#xalqaro_hamkorlik
Toshkent davlat agrar universiteti delegatsiyasi Kuban davlat agrar universitetida: xalqaro hamkorlik va innovatsion tajriba almashinuvi
Agrar sohada xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va innovatsion rivojlanishni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida Toshkent davlat agrar universiteti rektori N. Oblamuradov boshchiligidagi delegatsiya Kuban davlat agrar universitetining umumiy maydoni 10 ming gektar bo’lgan
zamonaviy tajriba xo‘jaligi faoliyati bilan tanishdi.
Tajriba maydonlarida bug‘doy, arpa, makkajo’xori va boshqa madaniy ekinlarning zamonaviy agrotexnologiyalar asosida yetishtirilish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.
Mutaxassislar bilan uchrashuvlar davomida ekinlarni parvarish qilishda qo‘llanilayotgan ilg‘or agrotexnik tadbirlar, zamonaviy seleksiya yutuqlari va hosildorlikni oshirishga qaratilgan innovatsion uslublar bo‘yicha maʼlumot almashindi. Ayniqsa, resurstejovchi texnologiyalar va biologik faol o‘g‘itlardan samarali foydalanish tajribalari delegatsiya a’zolarida katta qiziqish uyg‘otdi.
Shuningdek, delegatsiya a’zolari aqlli chorvachilik yo‘nalishidagi ilg‘or amaliyotlar bilan ham tanishdi. Mazkut tajriba xo’jaligida jami 1200 ga yaqin golshteyn zotli qoramollar boqilib, ular kuniga har biri o’rtacha 44 litr sut bermoqda. Chorvachilik kompleksida zamonaviy raqamli texnologiyalar, avtomatlashtirilgan sog‘ish tizimlari hamda hayvonlar salomatligini monitoring qilish bo‘yicha ilg‘or uslublardan foydalanilayotgani e’tirof etildi.
Tashrif davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida agrar sohada ilmiy-tadqiqot, innovatsion loyihalar va talabalar almashinuvi sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Krasnodar o’quv tajriba xo‘jaligi agronomlar, muhandislar, veterinariya shifokorlari, zootexniklar, buxgalter va iqtisodchilar tayyorlashda yetakchi hisoblanadi. Zamonaviy texnikalar «GLONASS» tizimi bilan jihozlangan, aniq dehqonchilik va sun’iy yo‘ldosh monitoringi yo‘lga qo‘yilgan.
Kuban o‘quv-tajriba xo‘jaligi bugungi kunda 7,5 ming gektarlik ko‘p tarmoqli yer maydoniga ega. Har yili 13 ming tonna don mahsulotlari yetishtiriladi.
Tarkibidagi tajriba stansiyasi yerga ishlov berish, o‘g‘itlash va himoya texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib boradi.
Toshkent davlat agrar universiteti bugungi kunda xalqaro tajribalarni o‘rganish, zamonaviy innovatsion texnologiyalarni ta’lim va ishlab chiqarishga joriy etish, shuningdek, ilmiy-amaliy hamkorlik doirasini kengaytirish orqali agrar ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga qat’iy intilmoqda.
IN ENGLISHНА РУССКОМ✍️TDAU axborot xizmati 🎖 📝 💻 📝 📝 🎞