Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
9
1
1.2 k
#Xalqaro_hamkorlik

TDAU va Polshaning WSB universiteti o‘rtasidagi strategik sheriklik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

II O‘zbekiston–Polsha oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumi doirasida TDAU rektori, professor N.Oblomuradov tomonidan qator strategik uchrashuvlar o‘tkazildi. Jumladan, 3 yillik hamkorimiz – WSB universiteti bilan bo‘lib o‘tgan muloqot natijalari alohida ahamiyatga ega bo‘ldi.

Forum doirasida imzolangan shartnoma o‘zaro ishonch va manfaatdorlik ruhida hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida magistratura bosqichida qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshirildi.

Ma’lumot uchun: 1995-yilda tashkil etilgan Polshaning WSB universitetida bugungi kunda 11 mingdan ortiq talaba tahsil oladi. Universitet CEEMAN IQA akkreditatsiyasi, EUR-ACE sertifikati, HR Excellence in Research mukofoti hamda EFMD va EUA kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar a’zoligiga ega.

IN ENGLISH
НА РУССКОМ

✍️TDAU axborot xizmati

  🎖  📝  💻  📝  📝  🎞
04/26/2025, 19:33
t.me/tdau_news/45826
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found