Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
4
1.2 k
#tanlov

“Kelajak ixtirochilari” tanlovi: Toshkent davlat agrar universitetida ilm-fan bayrami

✔️Toshkent davlat agrar universiteti Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakulteti “Biokimyo va fiziologiya” kafedrasi hamda Doktorantura va iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi hamkorligida “Kelajak ixtirochilari” tanlovi tashkil etildi. Tanlovda fizika va kimyo fanlariga qiziquvchi 50 nafar talaba-yoshlar ishtirok etib, o‘zlarining innovatsion g‘oyalari va tajribalari bilan qatnashdilar.

✅Tadbir davomida talabalar tomonidan qiziqarli kimyoviy va fizikaviy tajribalar namoyish etildi. Tanlovda faol ishtirok etgan barcha talabalar va ularning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.

IN ENGLISH
НА РУССКОМ

✍️TDAU axborot xizmati

  🎖  📝  💻  📝  📝  🎞
04/26/2025, 13:47
t.me/tdau_news/45819
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found