Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
4
5
773
#jarayon

“Art Karavan Agro” — San’at, tabiat va tarix uyg‘unligidagi sayohatni o’z ichiga oldi

Toshkent davlat agrar universitetida ilk bor tashkil etilgan “Art Karavan Agro” festivali san’at, tabiat va tarixni uyg‘unlashtirgan ilhomli loyiha sifatida tarixda qoldi. Festival doirasida xalqaro taniqli rassomlar va universitetning Yoshlar ittifoqi a’zosi bo‘lgan iqtidorli talabalar ishtirokida to‘rt kunlik ijodiy safar uyushtirildi.

Festival ishtirokchilari Toshkent viloyatining tarixiy va tabiiy go‘shalarida mahoratli rassomlardan saboq olish, o‘z iste’dodlarini charxlash va yangi ilhom manbalarini kashf etish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Har bir kun o‘ziga xos mazmun va ruhda o‘tdi.

Ijodiy safarning birinchi kuni Zangiota tumanidagi mashhur “Zangiota” me’moriy majmuasida tarixiy obidalarni tomosha qilib, rassomlar va iqtidorli talabalar betakror me’moriy yodgorliklarni qog‘ozga ko‘chirishdi, tarix va san’at uyg‘unligini o‘z asarlarida aks ettirishdi.

Ikkinchi kun Bo‘stonliq tumanining so‘lim va sokin go‘shasi — Yusufxonaga bag‘ishlandi. Tabiatning nafis manzaralari, musaffo havo va go‘zal landshaftlar ishtirokchilarga yangi ruh bag‘ishladi. Rassomlar shu yerda o‘z asarlarida tabiatning go‘zalligini, uni his etish va tasvirlash san’atini namoyon etishdi.

Uchinchi kunning manzili Oqtosh qishlog‘i bo‘ldi. Tog‘ va vodiylarning betakror manzaralari san’atkorlarga yangicha qarash va ijod uchun imkoniyat yaratdi. Har bir kartinada Oqtoshning tabiiy go‘zalligi, beg‘ubor tabiati va iliq manzaralari o‘z aksini topdi.

Festivalning yakuniy manzili Humson qishlog‘i bo‘ldi. Osoyishta va betakror tabiat qo‘ynida rassomlar san’at va tabiat uyg‘unligini chuqur his etishdi. Bu yerda yaratilgan asarlar nafaqat san’atkorlarning professional mahoratini, balki ularning tabiatga bo‘lgan muhabbatini ham namoyon etdi.

“Art Karavan Agro” festivali davomida Toshkent davlat agrar universitetining 20 nafardan ortiq iqtidorli talabalari taniqli rassomlar ishtirokida mahorat darslarida qatnashib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashdi. Bu tajriba ular uchun nafaqat amaliy san’at saboqlari, balki ijodiy o‘sish va professional rivojlanish uchun mustahkam zamin bo‘lib xizmat qilishiga ishonamiz.

IN ENGLISH
НА РУССКОМ

✍️TDAU axborot xizmati

  🎖  📝  💻  📝  📝  🎞
04/28/2025, 17:09
t.me/tdau_news/45888
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found