Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
2
1.2 k
#jarayon

“Kelajakka qadam” – Yoshlar uchun ulkan imkoniyatlar eshigi!

✅“Yangi O‘zbekiston” gazetasining 81-sonida Toshkent davlat agrar universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori N.Oblomuradovning “Kelajakka qadam – Yoshlar uchun ulkan imkoniyatlar dasturi” nomli maqolasi e’lon qilindi. Maqolada Prezidentimizning 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-sonli Qarori asosida yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, innovatsion g‘oyalarni hayotga tatbiq etish hamda ilm-fan bilan iqtisodiyot o‘rtasidagi uzviy integratsiyani kuchaytirish borasidagi muhim tashabbuslar haqida so‘z yuritiladi.

✔️ Ayniqsa, Toshkent davlat agrar universitetida “O‘zmilliybank” AJ bilan hamkorlikda ishga tushirilgan “Kelajakka qadam” dasturi yoshlarimiz uchun keng imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Bu dastur Zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash uchun xizmat qilmoqda. Mazkur maqola hozirda universitetimiz talaba-yoshlari o‘rtasida katta qiziqish bilan o‘rganilmoqda.

IN ENGLISH
НА РУССКОМ

✍️TDAU axborot xizmati

  🎖  📝  💻  📝  📝  🎞
04/26/2025, 08:59
t.me/tdau_news/45806
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found