Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
16
12
1.2 k
#xalqaro_hamkorlik

TDAU va Kuban davlat agrar universiteti o‘rtasida strategik hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi

Toshkent davlat agrar universiteti va Rossiyaning nufuzli Kuban davlat agrar universiteti o‘rtasidagi ko‘p yillik samarali hamkorlik aloqalari yangi rivojlanish bosqichiga chiqdi.

TDAU rektori N.Oblomuradov boshchiligidagi delegatsiyaning Kuban davlat agrar universitetiga rasmiy tashrifi doirasida tomonlar o‘rtasida strategik sheriklikni yanada mustahkamlash va ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot sohalarida hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Rasmiy muzokaralar davomida ikki oliy ta’lim muassasasi vakillari qishloq xo‘jaligi ta’limi va ilmiy izlanishlar sohasida qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish, innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish va zamonaviy ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish masalalarini keng muhokama qildilar. Jumladan, 2+2 modeli asosida bakalavriat bosqichida 2 ta ta’lim yo’nalishida qo’shma ta’lim dasturlarini joriy etishga kelishildi.

Muzokaralar yakunida tomonlar ikki tomonlama manfaatdorlik va o‘zaro ishonch ruhida yangi strategik hamkorlik shartnomasini imzoladilar. Ushbu hujjat nafaqat akademik almashinuv va ilmiy hamkorlikni kuchaytirish, balki agrar soha uchun xalqaro darajadagi raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashni ham ko‘zda tutadi.


Imzolangan shartnoma, shubhasiz, TDAUda zamonaviy qishloq xo‘jaligi rivojiga xizmat qiluvchi innovatsion yechimlarni yaratish hamda global agrar ta’lim maydonida faol integratsiyani kuchaytirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Shu bilan birga, TDAU rektori N. Oblomuradov Kuban davlat agrar universitetida tahsil olayotgan O‘zbekistonlik talaba-yoshlar bilan uchrashib, ularning ta’lim jarayoni, erishayotgan yutuqlari, kundalik faoliyati hamda kelajakdagi rejalari bilan yaqindan tanishdi. Uchrashuv davomida talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy izlanishlar va innovatsion tashabbuslarni rag‘batlantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

TDAU xalqaro hamkorlikni kengaytirish orqali milliy ta’lim sifatini oshirish, talabalar va professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish hamda agrar sohada ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirishni o‘z oldiga ustuvor vazifa qilib qo‘ygan.

IN ENGLISH
НА РУССКОМ

TDAU axborot xizmati

  🎖  📝  💻  📝  📝  🎞
04/26/2025, 23:01
t.me/tdau_news/45837
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found