Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
7
10
1.0 k
#ilmiy_kengash

Ilmiy kengashda ilmiy unvon va yutuqlar uchun taqdirlash marosimi o‘tkazildi

Bugun Toshkent davlat agrar universiteti Kengashining 9-sonli majlisi doirasida bir guruh professor-o‘qituvchilar ilmiy unvon va yutuqlari uchun tantanali ravishda taqdirlandi.

Quyidagilar taqdirlanishdi:

🎚Abduvasikov Abduaziz Abdulazizovich — Xalqaro hamkorlik, transformatsiya va strategik rivojlanish bo‘yicha prorektor, qishloq xo‘jaligi iqtisodioti ixtisosligi bo‘yicha professor ilmiy unvonini olgani uchun;
🎚Abdurasulov Shavkat Abdurasul o‘g‘li — Umumiy zootexniya va veterinariya kafedrasi dotsenti, veterinariya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olgani uchun;
🎚Mukimov Ziyaviddin Mamurovich — Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash kafedrasi v.b. dotsenti, shu yo‘nalish bo‘yicha dotsent ilmiy unvonini olgani uchun;
🎚Hakimov Dilmurod Valijon o‘g‘li — Qishloq xo‘jaligi biotexnologiyasi, standartlashtirish va sertifikatlash kafedrasi v.b. dotsenti, mahsulotlar sifati va standartlashtirish ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonini olgani uchun;
🎚Turdiev Saydali Ashurovich va Tilovova Gavhar Abdakhatovna — “Forest Dictionary” mobil ilovasini tayyorlaganlari uchun DGU 48558 guvohnomasi bilan taqdirlandilar.

IN ENGLISH
НА РУССКОМ

✍️TDAU axborot xizmati

  🎖  📝  💻  📝  📝  🎞
04/28/2025, 12:50
t.me/tdau_news/45874
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found