#jarayon
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor S. Boboyev tomonidan texnikumlar faoliyati o‘rganildi
Toshkent davlat agrar universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori S. Boboyev tomonidan Zangiota agrotexnologiyalar texnikumi, Yangiyo‘l tumanidagi 2-son politexnikum hamda Bo‘ka agrotexnologiyalar texnikumlarining faoliyati o‘rganildi.
O’rganish davomida texnikumlarda o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik baza va ta’lim jarayonini tashkil etish holati, shuningdek, mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, mavjud muammo va kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi va tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.
IN ENGLISHНА РУССКОМ✍️TDAU axborot xizmati 🎖 📝 💻 📝 📝 🎞