#ilmiy_kengash
Ilmiy kengashda TDAU rektori N.Oblomuradov xalqaro hamkorlik bo‘yicha taqdimot o‘tkazmoqda
Toshkent davlat agrar universiteti Kengashining 9-sonli majlisi doirasida universitet rektori N.Oblomuradov o‘zining kuni kecha Polsha davlati va Kuban davlat agrar universitetiga amalga oshirgan rasmiy tashrifi natijalari yuzasidan keng qamrovli taqdimot o‘tkazmoqda.
Taqdimot davomida tashriflarning asosiy maqsad va vazifalari, o‘zaro hamkorlik bitimlari va erishilgan kelishuvlar, yangi ilmiy loyihalar, talabalar almashinuvi dasturlari va qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish rejasi, tajriba almashish va o‘quv-uslubiy faoliyatni rivojlantirish istiqbollari haqida batafsil ma’lumot berilmoqda.
IN ENGLISHНА РУССКОМ✍️TDAU axborot xizmati 🎖 📝 💻 📝 📝 🎞