#ilmiy_kengash
Fan olimpiadasi g‘oliblari ilmiy kengashda taqdirlandi
Toshkent davlat agrar universitetida o‘tkazilgan Fan olimpiadasining universitet bosqichi natijalari bo‘yicha eng yaxshi natijalarga erishgan talabalar Ilmiy kengash majlisida tantanali tarzda taqdirlandi.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, Fan olimpiadasining kafedra bosqichida 180 nafardan ortiq talabalar ishtirok etdi. Shundan 40 nafar talaba fakultet bosqichiga yo‘llanib, ular orasidan 8 nafar talabalar universitet bosqichiga saralandi.
Universitet bosqichida hakamlar hay’ati qarori va tanlov nizomiga asosan quyidagi talabalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:
🟢1-o‘rin — Hojiyev Baxodir Akram o‘g‘li, Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakulteti, 4-bosqich talabasi;
🟢2-o‘rin — Mirxosilov Ulug‘bek Alisher o‘g‘li, Agrologistika va biznes fakulteti, 2-bosqich talabasi;
🟢3-o‘rin — Ro‘zmatova Sevinch Baxtiyor qizi, O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti, 4-bosqich talabasi.
G‘oliblarga universitet rektori tomonidan diplomlar topshirildi.
Mazkur natijalar universitetda ilm-fan va bilimga intilayotgan yoshlar salohiyati yuksalib borayotganidan dalolat beradi.
IN ENGLISHНА РУССКОМ✍️TDAU axborot xizmati 🎖 📝 💻 📝 📝 🎞