#Xalqaro_hamkorlik
🇺🇿🇵🇱TDAU va Polshaning WSB universiteti o‘rtasidagi strategik sheriklik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda
TDAU rektori N.Oblomuradov Polsha davlatiga xizmat safari doirasida Polshaning WSB universiteti bilan hamkorlik shartnomasi imzolagani haqida xabar bergan edik.
Ayni damda mazkur oliygoh vakillaridan tashkil topgan delegatsiya Toshkent davlat agrar universitetida mazkur imzolangan shartnoma muhokamasi va istiqbolda amalga oshiriladigan ishlar chora-tadbirini ishlab chiqish maqsadida bo’lib turibdi.
Strategik ruhda bo’lib o’tayotgan uchrashuvda kelgusida magistratura bosqichida qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish, talabalar almashinuvi, professor-o’qituvchilar almashinuvi hamda ilmiy loyihalarni amalga oshirish kabi masalalar muhokama qilinmoqda.
Ma’lumot uchun: 1995-yilda tashkil etilgan Polshaning WSB universitetida bugungi kunda 11 mingdan ortiq talaba tahsil oladi. Universitet CEEMAN IQA akkreditatsiyasi, EUR-ACE sertifikati, HR Excellence in Research mukofoti hamda EFMD va EUA kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar a’zoligiga ega.
IN ENGLISHНА РУССКОМ✍️TDAU axborot xizmati 🎖 📝 💻 📝 📝 🎞