👍👍👍👍👍👍👍
Bugun 28-aprel haftaning dushanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
🇺🇳BMT – Butunjahon ishda xavfsizlik va Salomatlik kuni.
🌏Havoli konditsioner tug‘ilgan kun.
🇮🇩Indoneziya – Milliy she’riyat va adabiyot kuni.
🇵🇱Polsha – Ishda xavfsizlik va salomatlik kuni.
#muhim_voqealar
🔹1784 – Fransiyada ixtirochilar B.Lonua va J.Benvenyu birinchi vertolyotning modelini namoyish qildilar.
🔹1969 – Leonid Gaydayning “Brilliant qo‘l” komediyasi ekranlarga chiqdi.
🔹1995 – Toshkentda ma'rifatparvar adib, shoir va davlat arbobi Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
🔹 2001 – birinchi kosmik sayyoh – amerikalik Dennis Titoning parvozi.
🔹2014 – Amerikalik talabalar tomonidan yaratilgan, elektr yordamida harakatlanadigan Electric Blue avtomobili elektromobillar o‘rtasidagi dunyo rekordini yangiladi.
#tavalludlar
🔹1753 – Frans Ashar – nemis kimyogari, qand lavlagidan birinchi bo‘lib spirt va uksus olishga erishgan.
🔹1916 – Ferruchchio Lamborjini – Italiya avtomobil ishlab chiqaruvchisi, hashamatli sport avtomobillari yaratuvchisi.
🔹1964 – Zulayho Boyxonova – aktrisa, xonanda, O‘zbekiston xalq artisti.
🔹1973 – Rashid Xoliqov – xonanda, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist.
🔹1985 – Kaniza (Shahrizoda Ahmedova) – xonanda, “Nihol” mukofoti sovrindori.
🏛 Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati
Sahifalarimizni kuzatib boring
✈️ adchti.uz
🕊
Telegram 📱
Facebook 📱
Instagram 📺
YouTube