#Mahorat_darsi
😏Toshkent tibbiyot akademiyasida – zamonaviy yondashuv asosidagi mahorat darsi
Bugun Toshkent tibbiyot akademiyasida tibbiy ta’limda zamonaviy yondashuvlarni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar, magistrantlar va talabalarning bilimini chuqurlashtirish, ularning psixologik savodxonligi va bilimi darajasini oshirish, shuningdek, tibbiy va psixologik bilimlar integratsiyasini ta’minlash maqsadida navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi.
Pedagogika va psixologiya kafedrasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Suitsid va uning oldini olish” mavzusidagi ushbu mashg‘ulot PROFI universiteti asoschilaridan biri, taniqli olim G‘ayrat Shoumarov tomonidan olib borildi.
Mazkur mahorat darsi doirasida:
•suitsid muammosining psixologik, ijtimoiy va tibbiy jihatlari kompleks tahlil qilindi;
•ushbu muammoning oldini olishda zamonaviy yondashuvlar va profilaktik mexanizmlar muhokama qilindi;
•multidissiplinar yondashuv orqali soha mutaxassislari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbirni yuqori saviyada tashkil etishda kafedra mudiri R.N. Melibayeva, dotsentlar Y.K. Narmetova, Z.A. Dexkambayeva, N.A. Askarova, katta o‘qituvchi T.R. Bekmirov va o‘qituvchi M.A. Boboyeva faol ishtirok etdi.
Bu kabi tashabbuslar yoshlar salomatligi, ruhiy barqarorlik va hayotga ijobiy munosabatni shakllantirish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
#TTAmatbuotkotibi
✅Bizni kuzatishda davom eting!
TMA.uz |
Telegram |
Facebook |
Instagram |
YouTube |
X