Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
IB
Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti
https://t.me/ibratnamdchti
Channel age
Created
Language
Uzbek
1.27%
ER (week)
21.92%
ERR (week)

Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutining rasmiy telegram kanali

Institut rektoriga murojaat uchun:

@rektorga_murojaat1_bot

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
Found 4 192 results
Qadriyat barhayot – yoshlar libosida!
Til va tarjima fakultetida milliy ruh uyg‘oq!

🏛 Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Til va tarjima fakultetida yoshlarimiz milliy qadriyatlarimizni yuragida, ko‘nglida va libosida e’zozlamoqda.
Fakultet talabalari tomonidan boshlangan tashabbus — har kuni milliy libosda dars mashg‘ulotlarida qatnashish — bugunga kelib chinakam qadriyat bayramiga aylangan.

🖼 Bu tashabbus orqali ajdodlarimiz merosiga sadoqat, milliy o‘zlikni anglash va madaniyatimizni faxr bilan namoyon etish g‘oyalari yoshlar qalbiga chuqur singmoqda.

Milliy qadriyat – bu nafaqat o'tmish, balki bugun va ertamizning ruhiy asosi!

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

🔹Bizni kuzatishda davom eting

🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
🔹Youtube 🔹Web-sayt
04/25/2025, 07:40
t.me/ibratnamdchti/26695
#Siyosiy_ma’rifat_soati_15_son

📚“Siyosiy ma’rifat soati”

⏺️Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!

⏺️Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy ma’rifat soati” haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.

▶️ Navbatdagi o‘quvni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining youtubedagi https://youtu.be/6OOFashm71k sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

@otabek_khasanov
04/25/2025, 06:13
t.me/ibratnamdchti/26694
Ilm yo‘lida – sharafli g‘alaba sari: Ibrat izdoshlari respublika bosqichida

🇺🇿Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Ulug‘bek jamg‘armasi hamkorligida o‘tkazilayotgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining viloyat bosqichi nihoyasiga yetdi.
Namangan viloyatining barcha tumanlaridan tanlab olingan 60 nafar iqtidorli yoshlar orasidan 20 nafari Respublika bosqichiga yo‘llanma olishga sazovor bo‘ldi.

👀Faxr bilan ta’kidlash joizki, Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutidan tanlovda 5 nafar talaba ishtirok etdi. Ulardan 2 nafari o‘z bilim, salohiyat va izlanuvchanligi bilan ajralib turib, keyingi — Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi:

G‘oliblarimiz:
✅Sobirjonova Mushtariy Muzaffar qizi – Til va tarjima fakulteti, 2-bosqich talabasi
✅Hikmatullayeva Mohlaroyim Azizjon qizi – Til va tarjima fakulteti, 1-bosqich talabasi

👀Bu yutuq – nafaqat talabalarning shaxsiy mehnati , balki ustozlarining g‘amxo‘rligi, institutdagi ilmiy muhit va bilimga bo‘lgan e’tibor samarasidir.

😀 G‘olib bo‘lgan har bir ishtirokchi BHMning 10 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Yoshlarimizga ilm yo‘lida bardavom izlanish, qat’iyat va kelgusi bosqichda yorqin zafarlar tilaymiz!

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

🔹Bizni kuzatishda davom eting

🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
🔹Youtube 🔹Web-sayt
04/25/2025, 04:05
t.me/ibratnamdchti/26691
❌🔤🔤🔤❌🔤🔤🔤🔤🔤🔤

🗓 KUN TARIXI — 25 APREL

1. Muhim voqealar:
⚡️1953-yil – Jeyms Uotson va Frensis Krik DNK molekulasining spiral shaklidagi tuzilmasi haqida ilk marta ilmiy maqola chop etdi. Bu kashfiyot zamonaviy genetikaning poydevorini yaratdi.

⚡️1915-yil – ANZAC kuni: Avstraliya va Yangi Zelandiyaning harbiy kuchlari Gallipoli jangi (Turkiya)da qatnashgan kun. Ushbu sana hozir har yili ANZAC Day sifatida yodga olinadi.

⚡️2005-yil – Bugungi Butunjahon bezgakka qarshi kurash kuni (World Malaria Day) ilk bor nishonlangan (2007-yildan rasmiy bayram sifatida tan olingan).

2. Mashhur tavalludlar:
⚡️1284-yil – Angliya shahzodasi, keyinchalik qirol bo‘lgan Edvard II tug‘ilgan.

⚡️1940-yil – Amerikalik aktyor Al Pacino dunyoga kelgan – “Godfather” filmidagi afsonaviy roli bilan tanilgan.

3. Bayram va esda qolarli sana:
⚡️Bezgakka qarshi kurash kuni – Bu kun butun dunyoda sog‘liqni saqlash va profilaktika ishlariga e’tiborni kuchaytirish maqsadida o‘tkaziladi.

⚡️ANZAC kuni – Avstraliya va Yangi Zelandiyada vatan uchun jon bergan askarlarni xotirlash kuni.

📝Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Axborot xizmati

🔹Bizni kuzatishda davom eting

🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
🔹Youtube 🔹Web-sayt
04/25/2025, 03:59
t.me/ibratnamdchti/26690
Farzand – orzu, ota-ona – tayanch, ustoz – yo‘lchi yulduz!

🔘Til va tarjima fakultetida ota-onalar ishtirokida hayotiy savollar va dolzarb masalalarga bag‘ishlangan ochiq muloqot o‘tkazildi. Bu uchrashuvda fakultet dekan o‘rinbosari U.Soliyev, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i B.Samihanov, O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i M.Qoraboyev hamda fakultet jamoasi ishtirok etdi.

Uchrashuv jarayonida quyidagilarga e’tibor qaratildi:
💠 Talabaning o‘zini tutishi, odobi, kiyinish madaniyati va jamoadagi munosabatlari – bu faqat institut mas’uliyati emas, balki oilaning ham bevosita ta’sir doirasi ekanligi;
💠 Ijtimoiy tarmoqlarda farzandlar qanday kontentga e’tibor qaratayotgani, kimlardan ilhom olayotgani – ota-ona uchun signal bo‘lishi kerakligi;
💠 Ijarada yashashdagi xavfsizlik, qonuniylik va ota-onaning doimiy aloqada bo‘lish zaruriyati;
💠 O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i M.Qoraboyev tomonidan Vazirlar Mahkamasining 149-sonli qarori mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi
🔘Yig‘ilishning eng e’tiborli qismi — “Ijtimoiy faollik indeksi” haqida bo‘ldi. Har bir talabaning jamiyatdagi o‘rni, tashabbuskorligi, madaniy tadbirlardagi ishtiroki endilikda maxsus indeks asosida baholanadi. Bu:
➡️ Shunchaki ko‘rinish uchun emas,
➡️ Talabaning grant, rag‘bat va imkoniyatlar sari yo‘lini ochadigan mezondir.
➡️Ushbu tizim orqali har bir talabaga o‘zini ifoda etish, o‘zgarishlar markazida bo‘lish, ijodiy fikr bildirish imkoniyati yaratiladi.
🔘Mazmunli, ochiq va samimiy ruhda o‘tgan yig‘ilish ota-onalar va ustozlar o‘rtasidagi muloqotni yanada chuqurlashtirdi. Chunki farzand tarbiyasi — faqat uyda emas, institutda ham birgalikdagi sa’y-harakat bilan amalga oshadi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

🔹Bizni kuzatishda davom eting

🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
🔹Youtube 🔹Web-sayt
04/24/2025, 18:55
t.me/ibratnamdchti/26680
Farzand – orzu, ota-ona – tayanch, ustoz – yo‘lchi yulduz!

🔘Til va tarjima fakultetida ota-onalar ishtirokida hayotiy savollar va dolzarb masalalarga bag‘ishlangan ochiq muloqot o‘tkazildi. Bu uchrashuvda fakultet dekan o‘rinbosari U.Soliyev, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i B.Samihanov, O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i M.Qoraboyev hamda fakultet jamoasi ishtirok etdi.

Uchrashuv jarayonida quyidagilarga e’tibor qaratildi:
💠 Talabaning o‘zini tutishi, odobi, kiyinish madaniyati va jamoadagi munosabatlari – bu faqat institut mas’uliyati emas, balki oilaning ham bevosita ta’sir doirasi ekanligi;
💠 Ijtimoiy tarmoqlarda farzandlar qanday kontentga e’tibor qaratayotgani, kimlardan ilhom olayotgani – ota-ona uchun signal bo‘lishi kerakligi;
💠 Ijarada yashashdagi xavfsizlik, qonuniylik va ota-onaning doimiy aloqada bo‘lish zaruriyati;
💠 O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i M.Qoraboyev tomonidan Vazirlar Mahkamasining 149-sonli qarori mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi
🔘Yig‘ilishning eng e’tiborli qismi — “Ijtimoiy faollik indeksi” haqida bo‘ldi. Har bir talabaning jamiyatdagi o‘rni, tashabbuskorligi, madaniy tadbirlardagi ishtiroki endilikda maxsus indeks asosida baholanadi. Bu:
➡️ Shunchaki ko‘rinish uchun emas,
➡️ Talabaning grant, rag‘bat va imkoniyatlar sari yo‘lini ochadigan mezondir.
🔘Ushbu tizim orqali har bir talabaga o‘zini ifoda etish, o‘zgarishlar markazida bo‘lish, ijodiy fikr bildirish imkoniyati yaratiladi.
🔘Mazmunli, ochiq va samimiy ruhda o‘tgan yig‘ilish ota-onalar va ustozlar o‘rtasidagi muloqotni yanada chuqurlashtirdi. Chunki farzand tarbiyasi — faqat uyda emas, institutda ham birgalikdagi sa’y-harakat bilan amalga oshadi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

🔹Bizni kuzatishda davom eting

🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
🔹Youtube 🔹Web-sayt
04/24/2025, 18:54
t.me/ibratnamdchti/26670
#onlayn_konferensiya

Birozdan so‘ng oliy ta’limda mikrosertifikatlarning boshqarish tizimi bag‘ishlangan onlayn konferensiya boshlanadi

Hurmatli professorlar, tadqiqotchilar, talabalar va ta’lim sohasiga qiziqadigan mutaxassislar sizni mazkur onlayn konferensiyamizga taklif qilamiz!

💡Sizni nimalar kutmoqda:
- Mavzuga oid eng so‘nggi tadqiqotlar va innovatsiyalar;
- Tajribali mutaxassislar bilan ochiq muloqot;
- Microcredential haqida nafqat o‘rganish, balki unda ishtirok etish imkoni: jumladan, E-pass, EuShengen viza olish kutmoqda.

🎤 Tashkilotchilar:
OTFIV Jamoatchilik kengashi raisi Feruza Rashidova – moderator;
Dorota Sylwia Majewicz – spiker (Polsha);
Mohira Alibekova – spiker.

Konferensiyada qatnashish uchun havola:
https://us06web.zoom.us/j/5037546705?pwd=aWlFTVJRbElTK1dqdktJaENwd3MxZz09&omn=81024303240

Bizni kuzating
Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
04/24/2025, 18:06
t.me/ibratnamdchti/26669
🔹🔹🔹🔹

🎓Talaba-yoshlar uchun “Ma’rifat dars” lari doimiy tarzda tashkil qilinmoqda.

📕 Mashg‘ulot davomida mamlakatimizda olib borilayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, parlamentlararo hamkorlik, turizm va xorijiy investitsiyalar, shuningdek, oliy va kasbiy ta’lim sohalaridagi yangiliklar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

↪️Toshkent davlat stomatologiya instituti

↪️Andijon davlat texnika instituti

↪️Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

↪️TATU Samarqand filiali

↪️Namangan davlat chet tillari instituti

↪️Turon universiteti

↪️Guliston davlat universiteti

↪️TDTU Olmaliq filiali

↪️Andijon davlat pedagogika instituti

↪️Xalqaro innovatsion universitet

↪️Jizzax davlat pedagogika universiteti

↪️Andijon davlat universiteti

↪️Innovatsion texnologiyalar universiteti

↪️Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti

↪️Namangan davlat universiteti

↪️SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali

↪️Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti

↪️Belarus-O‘zbekiston qoʻshma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti

✅ Bu kabi dars mashg‘ulotlari yoshlarda bilim va dunyoqarashni kengaytirish, mamlakatimizning taraqqiyot yo‘nalishlari bilan tanishtirishga xizmat qiluvchi muhim tashabbuslardan biri hisoblanadi.

Bizni kuzating:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
04/24/2025, 17:11
t.me/ibratnamdchti/26659
Превратим патриотизм в истинную веру!!!
#Факультет_языков_и_перевода
#Кафедра_русского_языка_и_литературы

🟢24 апреля 2025 года состоялся круглый стол на тему "Превратим патриотизм в истинную веру". В мероприятии приняли участие молодёжь, наставники и представители общественности. Во время мероприятия обсуждались вопросы воспитания чувства любви к Родине, преданности нации, внедрения идей независимости в сознание молодёжи, сохранения национальных ценностей и подготовки молодого поколения к защите Родины.

🟢В ходе беседы участники поделились своим мнением, предложили различные идеи и инициативы. Было подчеркнуто, что патриотизм — это не только слова, но и вера, проявляющаяся в делах и самоотверженности. А независимость — высшее благо, и её защита — священный долг каждого гражданина.

🟢В завершение участники выразили готовность проявлять патриотизм через конкретные действия и поставили перед собой цели по воспитанию молодого поколения как преданных своей Родине, высоконравственных личностей.

🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
🔹Youtube 🔹Web-sayt
04/24/2025, 13:41
t.me/ibratnamdchti/26654
YOSHLAR HUQUQIY MADANIYATINI YUKSALTIRISH – BARCHAMIZNING USTUVOR VAZIFAMIZ

🏛 Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida Davlatobod tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Shukurov Boburjon Zokirjonovich ishtirokida "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

🔹Bizni kuzatishda davom eting

🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
🔹Youtube 🔹Web-sayt
04/24/2025, 13:40
t.me/ibratnamdchti/26653
0424(4).mov
"Ma’rifat ulashing" — so‘zlar yurakka yetib boradigan, qalblarga nur olib kiradigan she’r.
Til va tarjima fakulteti Gid AU-23 guruh talabasi Obidova Mumtozbegim Bahodirjon qizi tomonidan yozilgan ushbu she’r ma’rifat, bilim va ziyoni ulug‘laydi.

Uni mehribon tyutori Hodjiboyeva Muqaddasning saboq va e’tibori ilhomlantirdi.

Ma’rifatni ulashish — eng yuksak fazilatdir.
She’r orqali sizni ham ma’rifat yo‘lida bir qadam tashlashga chorlaymiz.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

🔹Bizni kuzatishda davom eting

🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
🔹Youtube 🔹Web-sayt
04/24/2025, 13:40
t.me/ibratnamdchti/26652
Talabalar xavfsizligi – ustuvor vazifamiz!

🏛 Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Til va tarjima fakultetida "Talabalar xavfsizlik kuni" munosabati bilan profilaktik suhbat tashkil etildi. Tadbir Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha psixolog Sh. Mamadjanova hamda fakultet tyutori U. Abdulxamidov tashabbusi bilan o‘tkazildi.

✅Tadbirning asosiy maqsadi – talabalar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, ularni huquqiy ong va madaniyatga yo‘naltirishdan iborat bo‘ldi. Uchrashuvda Davlatobod tumani IIB HPB 2-sonli mahalla HTM profilaktika inspektori leytenant M. Abdurazakova hamda Davlatobod tumani IIB profilaktika inspektori R. Ibragimov ishtirok etdi.

✅Tadbir davomida talabalar bilan huquqiy masalalar yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berildi.

Ma’naviy sog‘lom, huquqiy bilimi boy yoshlar – xavfsiz kelajak poydevori!

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

🔹Bizni kuzatishda davom eting

🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
🔹Youtube 🔹Web-sayt
04/24/2025, 13:04
t.me/ibratnamdchti/26647
04/24/2025, 12:25
t.me/ibratnamdchti/26645
Уч авлод учрашуви: илм-фан фидоийларига эҳтиром

Вилоят ҳокимлиги ва “Нуроний” жамғармаси ташаббуси билан бу йил илк марта хайрли ташаббусга қўл урилди. Наманганнинг барча туманларида туғилиб-ўсган, умрини илм-фанга бағишлаган инсонлар иштирокида “Уч авлод учрашуви” ташкил этилмоқда.

Тўрақўрғондаги “Ҳумо” мажмуасида ҳам ана шундай тадбир катта кўтаринкиликда ўтказилди. Пойтахтимиз ҳамда вилоятимиздаги жамоат ва таълим даргоҳларида меҳнат қилиб келаётган тумандош профессор-олимлар, улар қаторида фаол нуронийлар, иқтидорли ёшлар вакиллари давра тўридан жой олдилар.

Туман ҳокими Шерали Қосимов илму фан фидоийларини эъзозлаш миллий қадриятларимизнинг ажралмас бўлаги эканлиги, инсон ақли ва салоҳиятининг маҳсули бўлган илмий, ижодий ва бадиий асарлар йиллар ўтган сайин янада қадр топиб, жамият тараққиётига хизмат қилишини ўз сўзида баён этди.

Тадбирда вилоят “Нуроний” жамғармаси раиси Икромхон Нажмиддинов, меҳнат фахрийлари Абдулхай домла Турсунов, Умматали Шамсиев, профессор Абдулҳамид Анорбоев ва бошқалар ёшлар билим чўққиларини пухта эгаллаб, олимларнинг муносиб вориси бўлишларини тиладилар.

Турон ФА номидан бир гуруҳ фаолларга турли номдаги эсдалик кўкрак нишонлари топширилди. Шунингдек, туман ҳокимлигининг Ташаккурнома ва эсдалик совғалари тақдим этилди.
04/24/2025, 12:25
t.me/ibratnamdchti/26646
04/24/2025, 12:25
t.me/ibratnamdchti/26642
04/24/2025, 12:25
t.me/ibratnamdchti/26643
04/24/2025, 12:25
t.me/ibratnamdchti/26639
04/24/2025, 12:25
t.me/ibratnamdchti/26640
04/24/2025, 12:25
t.me/ibratnamdchti/26644
04/24/2025, 12:25
t.me/ibratnamdchti/26641
#Ogohlik
Ma’rifat yo‘li

🏛 Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Filologiya fakulteti ENG-DU-23-guruh talabasi Nilufar Adhamxonova va Diyorbek Murodillayev tomonidan tayyorlangan videorolik taqdim etiladi.

➡️Shior: "Vaqtingni jaholatga emas — ma’rifatga sarfla!"

🟢Ushbu ijodiy ish yoshlarning ilm va ma’rifatga intilish, ongli hayot tarzini targ‘ib etishga qaratilgan.

Tyutor: Dilnoza Yuldasheva

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

🔹Bizni kuzatishda davom eting

🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
🔹Youtube 🔹Web-sayt
04/24/2025, 11:35
t.me/ibratnamdchti/26638
"Ma’rifat ulashing" — so‘zlar yurakka yetib boradigan, qalblarga nur olib kiradigan she’r.
Til va tarjima fakulteti Gid AU-23 guruh talabasi Obidova Mumtozbegim Bahodirjon qizi tomonidan yozilgan ushbu she’r ma’rifat, bilim va ziyoni ulug‘laydi.

Uni mehribon tyutori Hodjiboyeva Muqaddasning saboq va e’tibori ilhomlantirdi.

Ma’rifatni ulashish — eng yuksak fazilatdir.
She’r orqali sizni ham ma’rifat yo‘lida bir qadam tashlashga chorlaymiz.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

🔹Bizni kuzatishda davom eting

🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
🔹Youtube 🔹Web-sayt
04/24/2025, 10:00
t.me/ibratnamdchti/26637
👨‍🎓👨‍🎓👨‍🎓👨‍🎓👨‍🎓👨‍🎓👨‍🎓
Shaxmat – aql zakovat maydoni!

🔘Talabalar ligasi dasturi doirasida shaxmat sport turi bo‘yicha Namangan shahridagi Yoshlar markazida o‘tkazilgan musobaqada Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti GER-AU-22 guruh talabasi Ashurov Samandar va RUS-BR-23 guruh talabasi Hamidjonova Kamola munosib ishtirok etib, viloyat bosqichida faxrli III o‘rinni egalladilar.

🌐Mazkur yutuq – faqat shaxsiy g‘alaba emas, balki institutimiz sha’nini munosib himoya qilishdir. Talabalarimizni chin dildan tabriklaymiz va ularga kelgusi musobaqalarda ham ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

🔹Bizni kuzatishda davom eting

🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
🔹Youtube 🔹Web-sayt
04/24/2025, 09:40
t.me/ibratnamdchti/26629
YOSHLAR HUQUQIY MADANIYATINI YUKSALTIRISH – BARCHAMIZNING USTUVOR VAZIFAMIZ

🏛 Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida Davlatobod tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Shukurov Boburjon Zokirjonovich ishtirokida "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda institut rektori, professor Karimov Rivojiddin G‘ulomjanovich ham ishtirok etdi va yoshlar tarbiyasida huquqiy ongni shakllantirish dolzarb vazifa ekanini alohida ta’kidladi.

👀Uchrashuvda institutning Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'Ii B. Samihanov, Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens-nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A. Ikramov, professor-o‘qituvchilar, hamda talabalar qatnashdi.

👀Tadbir davomida bugungi globallashuv davrida yoshlar orasida uchrayotgan huquqbuzarliklar, ularning ildiz sabablari, ijtimoiy-iqtisodiy va psixologik omillari xolis tahlil qilindi. Ayniqsa, zamonaviy kiberjinoyatchilik, yoshlar orasida tarqalayotgan zararli internet oqimlari, firibgarlik va tahdidlarning oldini olish yuzasidan tizimli yondashuvlar muhokama markazida bo‘ldi. B. Shukurov o‘z nutqida jinoyat profilaktikasida ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlikni mustahkamlash, yoshlar ongida qonuniylik, fuqarolik mas’uliyati va vatanparvarlik g‘oyalarini mustahkamlash zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, ichki ishlar organlariga xizmatga kirish tartibi, professional talablari hamda bu sohaga qiziquvchi yoshlar uchun imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi.

👀Institut rektori R. Karimov o‘z so‘zida bunday uchrashuvlar nafaqat huquqiy tarbiyaning kuchayishiga, balki talaba-yoshlarning hayotiy qarorlar qabul qilishida mas’uliyatli bo‘lishiga, jamiyatdagi faol pozitsiyasini aniqlashiga xizmat qilishini bildirdi.

👀Tadbir savol-javob, ochiq muloqot shaklida davom etdi. Talabalar ichki ishlar tizimidagi islohotlar, korrupsiyaga qarshi kurash, yoshlar huquq va manfaatlarini himoya qilishga doir qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi.

👀Uchrashuv yakunida huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan bu kabi tadbirlar muntazam davom ettirilishi ta’lim va tarbiyada samaradorlikni oshirishda muhim vosita ekani ta’kidlandi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

🔹Bizni kuzatishda davom eting

🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
🔹Youtube 🔹Web-sayt
04/24/2025, 08:44
t.me/ibratnamdchti/26628
🟦🟦
Xo‘jamov Muzaffar Rasuljonovich dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi

🟢2025-yil 23-aprel kuni Andijon davlat universiteti huzuridagi DSc.03/31.12.2020.Tar.60.01 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishida Xo‘jamov Muzaffar Rasuljonovich “O‘zbekistonda oziq-ovqat siyosati: muammo va yechimlar (XX asrning 40–50-yillari)” mavzusida 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi ixtisosligi bo‘yicha tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

🟢Dissertatsiya mavzusi dolzarbligi, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati bilan e’tiborga molik bo‘lib, tadqiqotchi tomonidan mavzu doirasida chuqur ilmiy tahlillar amalga oshirilgan. Himoya jarayonida dissertant ishning mazmun-mohiyatini batafsil ochib berdi, asosli ilmiy xulosalar bildirdi hamda Ilmiy kengash a’zolarining barcha savollariga malakali va ishonchli javoblar qaytardi.

🟢Yig‘ilish yakunida Ilmiy kengash a’zolari tomonidan dissertatsiya ishi bir ovozdan yoqlanib, Xo‘jamov Muzaffar Rasuljonovichga tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

🟢 Instituti jamoasi nomidan Muzaffar Rasuljonovichni ushbu ilmiy yutuq bilan chin dildan tabriklaymiz hamda mustahkam sog‘lik, ijodiy ilhom va ilmiy izlanishlarida ulkan zafarlar tilaymiz.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

🔹Bizni kuzatishda davom eting

🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
🔹Youtube 🔹Web-sayt
04/24/2025, 06:50
t.me/ibratnamdchti/26609
❌🔤🔤🔤❌🔤🔤🔤🔤🔤🔤

🗓 KUN TARIXI — 24 APREL

1. Muhim voqealar:
➡️1800-yil – AQSHda Kongress kutubxonasi tashkil etildi. Bugungi kunda u dunyodagi eng yirik kutubxonalardan biridir.

➡️1915-yil – Usmoniylar imperiyasida arman ziyolilarining hibsga olinishi boshlangan kun. Bu sana ko‘plab davlatlarda Armanlar genotsidi xotira kuni sifatida eslanadi.

➡️1990-yil – Hubble kosmik teleskopi orbitaga chiqarildi. Bu koinotni chuqur o‘rganishda inqilobiy burilish bo‘ldi.

2. Mashhur tavalludlar:
➡️1942-yil – Amerikalik mashhur futbol murabbiyi Lou Holtz tug‘ilgan.

➡️1967-yil – Avstraliyalik mashhur aktrisa va model Melinda Clarke tug‘ilgan.

3. Bayram va esda qolarli sana:
➡️Arman xalqi xotira kuni – Ko‘plab mamlakatlarda insoniyat tarixidagi og‘ir sahifalardan biri sifatida xotirlab o‘tiladi.

➡️Kutubxonalar qadrlanadigan sana – Kongress kutubxonasining tashkil topgan kuni munosabati bilan ilm-ma'rifatning ahamiyati esga olinadi.

📝Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Axborot xizmati

🔹Bizni kuzatishda davom eting

🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
🔹Youtube 🔹Web-sayt
04/24/2025, 03:59
t.me/ibratnamdchti/26608
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Ruminiyalik professor ishtirokida institutda kechki ta'lim shaklida tahsil olayotgan talabalar uchun ochiq ma’ruza mashg‘ulotlari tashkil etildi

🏛 Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida Ruminiyaning “Lucian Blaga” nomidagi Sibiu universiteti professori Eveline Cioflec tomonidan Filologiya fakulteti kechki ta'lim shaklida tahsil olayotgan talabalar uchun ochiq ma’ruza mashg‘uloti o‘tkazildi.

✅Mazkur ma’ruzada zamonaviy tarjima yondashuvlari, til va madaniyat o‘zaro aloqasi, tarjimonlik jarayonida uchraydigan metodologik yondashuvlar, hamda filologik tadqiqotlar doirasidagi amaliy yo‘nalishlar haqida atroflicha fikr yuritildi. Professor Cioflec o‘z ilmiy tajribasi va xalqaro akademik amaliyoti asosida tarjima va tilshunoslik sohalarida kuzatilayotgan yangi tendensiyalar, dolzarb masalalar hamda ularning yechimlari borasida talabalarga ilmiy asoslangan yondashuvlarni taqdim etdi.

✅Talabalar ushbu mashg‘ulot davomida nazariy bilimlarini kengaytirish, tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish va xalqaro ilmiy tajriba bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Ma’ruza institutda olib borilayotgan ta’lim jarayonining xalqaro integratsiyasi yo‘lida muhim qadamlardan biri sifatida baholandi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

🔹Bizni kuzatishda davom eting

🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
🔹Youtube 🔹Web-sayt
04/23/2025, 18:48
t.me/ibratnamdchti/26601
Kitobxonlik haftaligi doirasida KITOB YARMARKASI tashkil etildi

📚Kitob – bilim manbai, ma’naviyat asosidir. Bugungi kunda yoshlar ongida kitobxonlik madaniyatini mustahkamlash, ularni mutolaaga oshno qilish dolzarb masalaga aylangan.

✔️Shu bois Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida “Kitobxonlik haftaligi” doirasida kitob yarmarkasi tashkil etildi. Unda turli janrlardagi ilmiy, badiiy va o‘quv adabiyotlari talabalarga namoyish etildi. Tadbir davomida talabalar va professor-o‘qituvchilar yangi adabiyotlar bilan tanishish, o‘zlari istagan kitoblarni xarid qilish hamda kitob mualliflari bilan muloqot qilish imkoniga ega bo‘ldilar.

📚Kitob yarmarkasi – institutda ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash, talabalarda mutolaa madaniyatini shakllantirish yo‘lidagi navbatdagi samarali loyiha bo‘ldi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

🔹Bizni kuzatishda davom eting

🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
🔹Youtube 🔹Web-sayt
04/23/2025, 18:44
t.me/ibratnamdchti/26589
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria