#Tabrik
INNOVATOR TALABALARIMIZDAN NAVBATDAGI NATIJA
⭐️Kuni kecha o‘z yakuniga yetgan, «Mirzo Ulug‘bek vorislari» Respublika tanlovining Namangan viloyat
bosqichida Namangan davlat universitetining 28 nafar innovator talabalari ham munosib ishtirok etdilar.
➡️ Mazkur tanlovda tuman-shahar saralash bosqichlarida munosib ishtirok etib, g‘olib sifatida viloyat bosqichiga yetib kelgan 60 nafar iqtidorli talaba-yoshlar republika bosqichi yo‘llanmasi uchun harakat qildilar.
➡️ Kun davomida o‘tkazilgan ilmiy-innovatsion loyihalar taqdimoti davomida 20 nafar eng yaxshi ishtirokchilar Respublika bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.
➡️ Quvonarlisi shundaki, ushbu bosqichda ham universitetimizning iqtidorli talabalari peshqadamlikni berishgani yo‘q. Viloyat bosqichida ishtirok etgan 20 nafar innovator talabalarimizdan 12 nafari Respublika bosqichi yo‘llanmasiga ega chiqdilar.
➡️ Respublika bosqichiga yo‘l olgan talabalarimiz:
🟢Abduvoidova Tursunoy Solijon qizi — Fizika-matematika fakulteti;
🟢Mirzayeva Ruxshona Ravshanbek qizi — Fizika-matematika fakulteti;
🟢Ergashova Xurshidaxon Botirjon qizi — Fizika-matematika fakulteti;
🟢Tursunaliyeva Sevinch Odiljon qizi — Fizika-matematika fakulteti;
🟢Xakimova Xumora Akramjon qizi — Fizika-matematika fakulteti;
🟢Tohirjonova Muattarxon Rasuljon qizi — Fizika-matematika fakulteti;
🟢Davlatov Abdulhafiz Rahmatilla o‘g‘li — Fizika-matematika fakulteti;
🟢Nazirjonova Gulasalbonu Nazirjon qizi — Biotexnologiya fakulteti;
🟢Qayumova Ozodaxon Zuxriddin qizi — Biotexnologiya fakulteti;
🟢Abdulxakimova Muxtasar Qaxramon qizi — Biotexnologiya fakulteti;
🟢Xatammirzayeva Sevara Odiljon qizi — Pedagogika fakulteti;
🟢Abduvaliyeva Munisaxon Xayotbek qizi — Filologiya fakulteti;
➡️ Yuqoridagi iqtidorli talabalarimiz universitet rektori bilan o‘tkazilgan
«Rektor va innovator yoshlar uchrashuvi»da belgilangan maqsad vazifalar qisman bajarishdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
💐 Universitet jamoasi nomidan respublika bosqichiga chiqqan innovator talabalarimiz tabriklaymiz. Keyingi bosqichda ham ularga omad va zafarlar tilab qolamiz!
🔹 Namangan davlat universiteti matbuot xizmati
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
🔹
Veb-sayt|🔹
Facebook | 🔹
Instagram | 🔹
YouTube