#xushxabar⚡️
🔴 TDIU talabalari “Universiada-2025” yengil atletika sport turi bo‘yicha musobaqalarida faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi
Toshkent shahridagi Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida “Universiada-2025” sport musobaqalarining yengil atletika sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talaba-yoshlari o‘z iqtidorlarini namoyish etib, munosib o‘rinlarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi:
🔸 100 m yugurish bahslarida “Menejment” fakulteti MO-22 guruh talabasi O‘ktamov Hamrobek II-o‘rin;
🔸 400 m yugurish bahslarida “Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari” fakulteti BET-76 guruh talabasi Norboyev Qilichbek II-o‘rin;
🔸 1500 m yugurish bahslarida “Turizm” fakulteti MR-50 guruh talabasi Sheraliyev Diyorbek I-o‘ringa ega bo‘ldi.
✔️ Shuningdek, talaba-yigitlar o‘rtasida jamoaviy tarzda o‘tkazilgan ESTAFETA 4x100 m hamda ESTAFETA 4x400 yugurish bahslarida II-o‘rinlarga sazovor bo‘lishdi.
Batafsil saytda🇺🇿 TDIU Axborot xizmati
🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial