Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
AD
Adpi.uz | Rasmiy kanal
https://t.me/adpiuz
Channel age
Created
Language
Uzbek
0.53%
ER (week)
10.56%
ERR (week)

✔️Veb-sayt:www.adpi.uz

✔️Facebook:www.fb.com/adpiuz

✔️Instagram:www.instagram.com/adpiuz

✔️Twitter:www.twitter.com/adpiuz

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
Found 4 294 results
1
🟦🟦🟦🟦

Bugun 27-aprel 2025-yil, yakshanba.

📆 Bugun:

🌏 Xalqaro kotiblar kuni.
🌏 Butunjahon grafik dizayn kuni.
🌎 Xalqaro tapirlar kuni.
🌏 Xalqaro yo‘l ko‘rstuvchi itlar kuni.
🇦🇹 Avstriya - Ikkinchi Respublika kuni.
🇬🇧 Buyuk Britaniya - Viski festivali.
🇮🇱 Isroil - Yom Xa-Zikaron bayrami.
🇮🇷 Eron - Xavfsiz transport kuni.
🇫🇮 Finlyandiya - Faxriylar kuni.    
🇲🇩 Moldova - Davlat bayrog'i kuni.    
🇳🇱 Niderlandiya,  Niderland Antil orollari, 🇦🇼 Aruba - Qirol kuni.
🇷🇺 Rossiya, Yakutiya - Respublika kuni.
🇸🇮 Sloveniya - Milliy qarshilik harakat kini.
🇺🇸 AQSh - Ko‘chat ekish kuni.
🇸🇱 Syerra-Leone, 🇹🇬 Togo - Mustaqillik kuni.
🇿🇦 JAR - Ozodlik kuni.

⏳ Tarixiy  voqealar:

🔰 1702 - Pyotr I din erkinligi va'dasi bilan Rossiyaga chet elliklarni olib kirish to'g'risida manifest e'lon qildi.
🏚 1828 - Londonda hayvonot bog‘i ishga tushdi.
✅ 1906 - Rossiya Davlat Dumasining birinchi majlisi ish boshladi.
🎗 1908 - Buyuk Britaniyada IV Olimpiya o‘yinlari boshlandi.
📝 1961 - Syerra-Leone Buyuk Britaniyadan mustaqillikka erishdi.
🏛 1996 - YUNESKOning Parijdagi bosh qarorgohida “Temuriylar davrida fan, madaniyat va maorifning  gullab-yashnashi” mavzuida ilmiy  muzey осhildi.
✈️ 2005 - Airbus A380 layneri tomonidan birinchi parvoz amalga oshirildi.
🚢 2014 - Janubiy Koreyada dunyodagi eng katta kemaning korpusi suvga tushirildi. 
💧 2014 - Yerda chuchuk suvning yangi zaxiralari topildi.

🎉 Bugun tug'ilganlar:

🧑🏻‍💼 1791 - Semyuel Morze (1872) - amerikalik rassom,  Morze alifbosi kashfiyotchisi.
👨‍💼 1820 - Gerbert Spenser (1903) - ingliz faylasufi va sotsiologi.
🤵🏻 1822 - Ulis Grant (1885) - AQShning 18-prezidenti (1869-1877).
👨🏻‍🏫 1878 - Sadriddin Ayniy (1954) - tojik adibi va shoiri, tojik adabiyotining asoschisi.
🕴 1891 - Sergey Prokofyev (1953) - rus kompozitori, pianinochi, dirijyor, xalq artisti (1947).
🧑‍🔬 1896 - Uolles Xyum Karozers (1937) - amerikalik kimyogar.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
04/27/2025, 03:59
t.me/adpiuz/35729
8
1.3 k
04/26/2025, 18:24
t.me/adpiuz/35727
8
1.2 k
04/26/2025, 18:24
t.me/adpiuz/35725
8
1.3 k
04/26/2025, 18:24
t.me/adpiuz/35728
8
1.2 k
04/26/2025, 18:24
t.me/adpiuz/35726
9
8
1.3 k
Bronza medal Andijon davlat pedagogika instituti ijodkor yoshlariga nasib etdi

Joriy yilning 21–25-aprel kunlari Andijon viloyatida "Atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil iqtisodiyot yili" munosabati bilan an'anaviy xalqaro Tasviriy va amaliy san’at festivali yuqori saviyada tashkil etildi.

Festival doirasida Andijon davlat pedagogika instituti Ijtimoiy va amaliy fanlar fakultetining tajribali rassomlari va iqtidorli talabalari tomonidan “San’at sari ilk qadam” nomli ijodiy ko‘rgazma taqdim etildi. Ushbu ko‘rgazma yoshlarning san’atga bo‘lgan qiziqishi, estetik didi va ijodiy tafakkurini namoyon etuvchi muhim tadbirlardan biri bo‘lib, unda 300 dan ortiq tasviriy san’at asarlari, amaliy san’at namunalari va boshqa badiiy ishlanmalar keng jamoatchilik e’tiboriga havola qilindi.

Quvonarli jihati shundaki, festival doirasida institut talabalari o‘zlarining san’at sohasidagi yuksak mahoratlari bilan e’tirof etildi. Jumladan, Aziza No'monova O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi tomonidan ta’sis etilgan nufuzli mukofot — bronza medal bilan taqdirlandi.

🏛 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalimizni kuzatib boring!
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
04/26/2025, 18:24
t.me/adpiuz/35724
6
1.3 k
04/26/2025, 18:14
t.me/adpiuz/35723
5
1.3 k
04/26/2025, 18:14
t.me/adpiuz/35722
4
1.1 k
04/26/2025, 18:14
t.me/adpiuz/35718
4
1.0 k
04/26/2025, 18:14
t.me/adpiuz/35720
5
1.1 k
04/26/2025, 18:14
t.me/adpiuz/35721
6
4
1.0 k
🟦🟦🟦🟦🟦

ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA “REKTOR KUBOGI – 2025” FUTBOL MUSOBAQALARINING 8-TUR UCHRASHUVLARI YAKUNLANDI

Andijon davlat pedagogika institutida professor-o‘qituvchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va jismoniy faollikni oshirish maqsadida tashkil etilgan “Rektor kubogi – 2025” futbol musobaqalarining 8-tur bahslari o‘tkazildi. Ushbu tur murosasiz kurashlarga boy bo‘lib, har bir jamoa g‘alaba sari bor kuchi bilan harakat qildi.

Uchrashuvlar davomida jamoalar katta ishtiyoq, taktika va texnik mahorat namoyish etib, tomoshabinlarga hayajonli lahzalarni taqdim etdi. Har bir jamoa safida futbolchilarning hamjihatligi, kuchli irodasi va g‘alabaga bo‘lgan intilishi yaqqol sezilib turdi.

🏛 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalimizni kuzatib boring!
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
04/26/2025, 18:14
t.me/adpiuz/35717
5
1.0 k
04/26/2025, 18:14
t.me/adpiuz/35719
7
11
1.1 k
Muhammad Yusuf — el ardoqlagan shoir

Bugun, 26-aprel kuni Andijon davlat pedagogika instituti Pedagogika fakultetida el suygan shoir, Andijon farzandi Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-ma’naviy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida shoirning boy ijodiy merosi va sermazmun hayoti haqida ma'ruzalar o'qildi, uning yurtparvarlik, sadoqat, muhabbat va insoniylik ruhidagi she’rlari talaba-yoshlar tomonidan jonli ifoda etildi. Shuningdek, Muhammad Yusufning hayoti va ijodiga oid qiziqarli faktlar, savol-javoblar hamda bahru bayt tarzidagi musobaqalar tashkil etildi.

Tadbirda ishtirokchilarning samimiy chiqishlari shoir ijodining dolzarbligini, bugungi yoshlar qalbida ham uning she’riyati barhayot ekanini yana bir bor tasdiqladi. Tadbir kuy-qo‘shiqlar va yurt mehriga yo‘g‘rilgan she’rlar bilan yakunlandi.

🏛 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalimizni kuzatib boring!
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
04/26/2025, 18:13
t.me/adpiuz/35711
12
1.2 k
04/26/2025, 18:13
t.me/adpiuz/35715
11
1.2 k
04/26/2025, 18:13
t.me/adpiuz/35716
12
1.1 k
04/26/2025, 18:13
t.me/adpiuz/35712
11
1.2 k
04/26/2025, 18:13
t.me/adpiuz/35713
13
1.2 k
04/26/2025, 18:13
t.me/adpiuz/35714
8
1.8 k
04/26/2025, 09:17
t.me/adpiuz/35705
8
8
1.7 k
26 aprel – Muhammad Yusuf tavallud topgan kun

Andijon shahridagi Muhammad Yusuf maydonida el suygan ijodkor, O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligiga bag‘ishlanib, “Yurtim, seni iddaolar qilmay sevaman” deb nomlangan adabiy-madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda shoir va yozuvchilar, adabiyot muxlislari, umumta’lim maktablari, oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchi, o‘quvchi va talabalari, keng jamoatchilik vakillari, ijodkor yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir avvalida ishtirokchilar tomonidan Muhammad Yusuf byusti poyiga gulchambarlar qo‘yilib, marhum shoirga yuksak ehtirom ko‘rsatildi.

Muhammad Yusuf o‘z ona xalqining yuksak orzu-intilishlari, armonlari, ertangi kunga bo‘lgan umid va ishonchini o‘z ovozi, o‘z sozi bilan jo‘shib kuylagan. U shu xalq bilan kuldi, shu xalq bilan yig‘ladi, u bilan yondi, faqat unga topindi. Bir jo‘mard o‘g‘lidan e’zoz topgan ona yurt ham uni boshiga ko‘tardi, bag‘rida ardoqladi, yozganlarini vatanparvarlik va millatsevarlik yo‘lida bayroq qildi.

Tadbirda so‘z olgan viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov shoir hayoti va ijodi, ayniqsa, uning yurtni, yuksak insoniy fazilatlarni ulug‘lovchi betakror satrlari xalqimiz qalbidan mustahkam joy olganligi, shoir she’rlari xalqimiz, yoshlarimiz qalbida vatanparvarlik, yurtga fidoyilik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.

Tadbir haqiqiy adabiyot, she’riyat bayramiga aylanib ketdi.

Tadbirda ijodkor va havaskor yoshlar tomonidan shoir she’rlaridan namunalar, shuningdek, shoirga atab yozilgan she’rlar o‘qildi, san’atkorlar tomonidan shoir she’rlari bilan aytiladigan qo‘shiqlar yangradi.

Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligiga bag‘ishlangan bu kabi adabiy tadbirlar mehnat jamoalari, ta’lim muassasalarida, xususan, shoir tug‘ilib o‘sgan Marhamat tumanidagi Qovunchi mahallasida kechga qadar davom etadi.

🏛 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalimizni kuzatib boring!
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
04/26/2025, 09:17
t.me/adpiuz/35701
8
1.7 k
04/26/2025, 09:17
t.me/adpiuz/35702
8
2.0 k
04/26/2025, 09:17
t.me/adpiuz/35708
8
1.7 k
04/26/2025, 09:17
t.me/adpiuz/35706
8
2.0 k
04/26/2025, 09:17
t.me/adpiuz/35709
8
1.7 k
04/26/2025, 09:17
t.me/adpiuz/35703
12
2.1 k
04/26/2025, 09:17
t.me/adpiuz/35710
8
1.8 k
04/26/2025, 09:17
t.me/adpiuz/35707
8
1.7 k
04/26/2025, 09:17
t.me/adpiuz/35704
9
17
2.3 k
#MuhammadYusuf
#71yilligi

BU YORUG' DUNYODA O'CHMAS CHIROG'IM

🔰Xalqimizning ardoqli farzandi, O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf she’riyatining chuqur hayotiy falsafasi yurtdoshlarimizni, ayniqsa, o‘smir-yoshlarimizni hayotga yangicha nazar, o‘zgacha tafakkur bilan qarashga, tarixdan xulosa chiqarib, istiqlolimizning teran mohiyatini anglab, uni ko‘z qorachig‘idek asrash va himoyalash yo‘lida jonbozlik ko‘rsatib yashashga chaqirishi bilan qadrlidir.

🎖Shoirning adabiyot rivojiga qo‘shgan hissasi munosib baholangan. Muhammad Yusuf “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan, “O‘zbekiston xalq shoiri” sharafiga musharraf bo‘lgan.

✅Bugun, shoirning barcha she'rlari yoshlarimiz qalbida sevimli va suyukli bo'lib, tildan tushmay kelmoqda.

🏛 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalimizni kuzatib boring!
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
04/26/2025, 06:53
t.me/adpiuz/35700
Repost
8
12
1.5 k
Андижон фарзанди, шоир Муҳаммад Юсуф хотирасига бағишланади

Facebook | Twitter | Instagram | YouTube | Telegram | TikTok
04/26/2025, 05:48
t.me/adpiuz/35699
5
4
2.1 k
🟦🟦🟦🟦

Bugun 26-aprel 2025-yil, shanba.

📆 Bugun:

🇺🇳 BMT - Xalqaro intellektual mulk kuni.
🇺🇳 Chernobil fojeasini xalqaro xotirlash kuni.
🇦🇲 Armaniston - Chegarachilar kun
🇮🇳 Hindiston - Varuthini Ekadashi festivali.
🇲🇾 Malayziya - Sulton Terengganuning tug'ilgan kuni.
🇷🇺 Rossiya - Notariuslar kuni
🇷🇺 Rossiya - Hisobchilar kuni.
🇷🇺 Rossiya, 🇺🇦 Ukraina - Radiatsiyaviy avariyalar va falokatlar qurbonlari xotirasi kuni.
🇷🇺 Rossiya, Mariy El - Milliy qahramonlar kuni.
🇷🇺 Rossiya, Tatariston - Ona tili kuni.
🇹🇿 Tanzaniya - Milliy birlashuv kuni.

⏳ Tarixiy  voqealar:

✅ 1607 - Amerikaning birinchi ingliz ko'chmanchilari Genri burniga (Virjiniya) kelib tushishdi.
🏛 1755 - Moskva davlat universiteti tashkil topdi.
🔰 1792 - "Marselza" inqilobiy madhiyasining tug'ilgan kuni.
☄️ 1803 - L'Aigle shahri yaqinida minglab meteorit parchalari yerga tushdi. Bu hodisa Yevropa olimlarini meteoritlar mavjudligiga ishontirdi.
📝 1920 - Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tashkil topdi.
🏍 1921 - London ko‘chalarida ilk bor mototsiklda politsiya patrullari paydo bo‘ldi
❇️ 1991 - Riga shahrida Arkadiy Raykinning 80 yilligiga bag‘ishlangan “Kulgi-91” birinchi xalqaro satira va yumor festivali ochildi.
💻 1999 - “Chernobil” kompyuter virusi dunyo bo‘yicha taxminan yarim million kompyuterni zararladi.

🎉 Bugun tug'ilganlar:

🎨 1798 - Viktor Ejen (1863) - fransuz rassomi, progressiv romantizmning yirik namoyandasi. 
🧑🏻‍💼 1886 - Abdulla To‘qay (1913) - tatar shoiri, adabiyotshunos, publitsist va tarjimon.
🤵🏻 1889 - Vitgenshteyn Lyudvig (1951) - avstriyalik faylasuf va mantiqshunos.
🤵🏻‍♀️ 1896 - Lutfixonim Sarimsoqova (1991) - O‘zbek teatr va kino san’atining yorqin yulduzi.
👨‍💼 1936 - Botir Zokirov (1985) -  O'zbekistan xalq artisti.
🧑🏻‍💼 1938 - Jamol Kamol - O'zbekiston xalq shoiri (1992). 
🤵‍♂️ 1954 - Muhammad Yusuf - (2001) - Oʻzbekiston xalq shoiri (1998), jamoat arbobi.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
04/26/2025, 04:01
t.me/adpiuz/35698
7
2.1 k
04/25/2025, 20:31
t.me/adpiuz/35696
7
2.0 k
04/25/2025, 20:31
t.me/adpiuz/35697
11
7
1.7 k
Andijon davlat pedagogika institutida “STEAM tadqiqotlar markazi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Joriy yilning 10–18 fevral kunlari Andijon davlat pedagogika instituti delegatsiyasi – institut rektori, professor B.M. Rasulov, Maktabgacha ta’lim fakulteti dekani, professor M.B. Artikova, Amaliy xorijiy tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD O.Sh. Shamatova, hamda Ishlar boshqarmasi boshlig‘i A.A. Sobirovlar Germaniya Federativ Respublikasiga xizmat safarida bo‘lib qaytdilar.

Tashrif chog‘ida delegatsiya a’zolari bir qator yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik memorandumlarini imzolashga, shuningdek, ilg‘or texnologiyalar asosida STEAM (Science, Technology, Engineering, Arts, Mathematics) yo‘nalishidagi o‘quv va tadqiqot faoliyatini yo‘lga qo‘yish yuzasidan muzokaralar olib borishga erishdilar.

Mazkur tashrif natijasida Andijon davlat pedagogika institutida zamonaviy texnologiyalar, interaktiv uskunalar, tajriba laboratoriya moslamalari va metodik resurslar bilan jihozlangan “STEAM tadqiqotlar markazi” tashkil etildi. Safar davomida olib kelingan barcha jihozlar va esdalik buyumlari ushbu markazga joylashtirildi. Bugungi kunda markazda STEAM fanlari bo‘yicha zamonaviy metodikalar asosida izlanishlar olib borilishi, talabalar va o‘qituvchilar uchun amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Kuni kecha ushbu markazning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut rektori, professor B.Rasulov so‘zga chiqib shunday dedi:

“Germaniyada biz ko‘rgan eng ilg‘or yondashuvlardan biri bu – fanlararo integratsiya orqali ta’lim samaradorligini oshirish va yoshlarni muammoli vaziyatlarda mustaqil fikrlashga o‘rgatish edi. Biz aynan shunday tizimni o‘z institutimizga olib kirishga harakat qilmoqdamiz. Bugun ochilayotgan ushbu STEAM tadqiqotlar markazi kelajakda nafaqat institutimiz, balki butun viloyatdagi pedagogik ta’limning rivojlanishida muhim o‘rin tutadi.”

Hozirgi kunda rivojlangan davlatlardagi STEAM markazlarida bolalar va talabalar dasturlash asoslari, robototexnika, sun’iy intellekt elementlari, 3D modellashtirish, muhandislik va san’at uyg‘unligi orqali innovatsion fikrlashga yo‘naltirilmoqda. Mazkur markaz ham aynan mana shunday faoliyat yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi.

Yaqin kelajakda Andijon davlat pedagogika institutining STEAM markazi orqali:
-talabalarning fanlararo izlanish olib borish ko‘nikmalari shakllantiriladi;
-ta’lim sifati innovatsion metodikalar asosida oshiriladi;
-xalqaro hamkorlik asosida qo‘shma loyihalar amalga oshiriladi;
-viloyatdagi maktablar va maktabgacha ta’lim muassasalari uchun metodik yordam ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi.

Institut jamoasi ushbu markazning faoliyati orqali ta’limda zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish va yosh avlodda ilmga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish yo‘lida yangi bosqichni boshlab berdi.

🏛 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalimizni kuzatib boring!
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
04/25/2025, 20:31
t.me/adpiuz/35688
7
1.8 k
04/25/2025, 20:31
t.me/adpiuz/35691
7
1.8 k
04/25/2025, 20:31
t.me/adpiuz/35689
7
1.9 k
04/25/2025, 20:31
t.me/adpiuz/35694
7
1.8 k
04/25/2025, 20:31
t.me/adpiuz/35690
7
2.0 k
04/25/2025, 20:31
t.me/adpiuz/35692
7
2.1 k
04/25/2025, 20:31
t.me/adpiuz/35695
7
1.9 k
04/25/2025, 20:31
t.me/adpiuz/35693
7
2.2 k
04/25/2025, 19:13
t.me/adpiuz/35687
10
1.9 k
04/25/2025, 19:13
t.me/adpiuz/35683
9
8
2.0 k
Talabalar turar joyida “Talabalar oqshomi” madaniy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi

Joriy yilning 25-aprel kuni Andijon davlat pedagogika instituti talabalar turar joyida “Talabalar oqshomi” deb nomlangan madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir institutning Musiqa ta’limi yo‘nalishida tahsil olayotgan ijodkor talabalar ishtirokida tashkil etildi. Oqshom davomida kuy-qo‘shiqlar, jonli ijroda musiqiy kompozitsiyalar, shuningdek, talabalar hayotidan ilhomlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Tadbir talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning estetik didini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va institutda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirishga xizmat qildi.

Tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olingan “Talabalar oqshomi” talabalar uchun yorqin hissiyotlar va unutilmas lahzalarni taqdim etdi.

🏛 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalimizni kuzatib boring!
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
04/25/2025, 19:13
t.me/adpiuz/35681
8
2.0 k
04/25/2025, 19:13
t.me/adpiuz/35682
7
2.2 k
04/25/2025, 19:13
t.me/adpiuz/35686
8
1.9 k
04/25/2025, 19:13
t.me/adpiuz/35684
7
1.9 k
04/25/2025, 19:13
t.me/adpiuz/35685
31
13
2.2 k
🟦🟦 🟦🟦🟦🟦

Ro‘ziqulov Sherzodbek Maribjonovich dissertatsiya ishini himoya qildi

Joriy yilning 25-aprel kuni Andijon davlat pedagogika instituti Ijtimoiy va amaliy fanlar fakulteti "Tarix" kafedrasi katta o‘qituvchisi Ro‘ziqulov Sherzodbek Maribjonovichning “O‘zbekiston SSR ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar (1946–1991-yillar)” mavzusidagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishining himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Himoya Andijon davlat universiteti huzuridagi DSc.03/31.12.2020.Tar.60.01 raqamli Ilmiy kengash majlisida o‘tkazildi.

Tadqiqotchi o‘z ilmiy ishining dolzarbligi, tarixiy manbalarga tayangan tahlillari va ilmiy-amaliy ahamiyatini asoslab berdi. Shuningdek, rasmiy opponentlarning fikr-mulohazalari hamda Ilmiy kengash a’zolarining savollariga asosli va batafsil javoblar berdi.

Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, dissertatsiya ishi 100 foiz ovoz bilan ma’qullanib, Ro‘ziqulov Sherzodbek Maribjonovich tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga loyiq deb topildi.

Andijon davlat pedagogika instituti jamoasi nomidan Sherzodbek Maribjonovichni ushbu ilmiy yutug‘i bilan samimiy tabriklab, unga kelgusi ilmiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar va zafarlar tilaymiz.

🏛 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalimizni kuzatib boring!
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
04/25/2025, 19:04
t.me/adpiuz/35680
13
1.8 k
04/25/2025, 18:57
t.me/adpiuz/35671
13
1.9 k
04/25/2025, 18:57
t.me/adpiuz/35679
17
1.7 k
04/25/2025, 18:57
t.me/adpiuz/35675
6
15
1.7 k
Milliy kuylar jarang sochdi: “Yangi O‘zbekiston bog‘i”da gastrol konsert bo‘lib o‘tdi

Bugun, 25-aprel kuni Bobur shaharchasidagi “Yangi O‘zbekiston bog‘i” yozgi amfiteatrida Andijon davlat pedagogika instituti Milliy musiqa cholg‘ulari ansambli tomonidan gastrol konserti tashkil etildi.

Konsert dasturini institutning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori M.Parpiyev kirish so‘zi bilan ochib berdi. U mazkur gastrol konserti yoshlarning estetik didini shakllantirish, milliy musiqaga mehr uyg‘otish va madaniy hordiq chiqarish uchun muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Ansambl a’zolari tomonidan ijro etilgan milliy kuylar zamonaviy talqinda yangrab, tomoshabinlar qalbidan chuqur joy oldi. An’anaviy cholg‘ularda ijro etilgan kompozitsiyalar yosh avlodni milliy qadriyatlarimizni yanada chuqurroq anglashga undadi.

🏛 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalimizni kuzatib boring!
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
04/25/2025, 18:57
t.me/adpiuz/35670
13
1.7 k
04/25/2025, 18:57
t.me/adpiuz/35672
13
1.9 k
04/25/2025, 18:57
t.me/adpiuz/35678
16
1.7 k
04/25/2025, 18:57
t.me/adpiuz/35673
16
1.8 k
04/25/2025, 18:57
t.me/adpiuz/35674
13
1.9 k
04/25/2025, 18:57
t.me/adpiuz/35677
13
1.7 k
04/25/2025, 18:57
t.me/adpiuz/35676
Repost
1.2 k
04/25/2025, 17:50
t.me/adpiuz/35665
Repost
1.6 k
04/25/2025, 17:50
t.me/adpiuz/35669
Repost
1.5 k
04/25/2025, 17:50
t.me/adpiuz/35668
Repost
1.2 k
04/25/2025, 17:50
t.me/adpiuz/35666
Repost
1.4 k
04/25/2025, 17:50
t.me/adpiuz/35667
Repost
2
1.1 k
#reyting #Ochiqlik_indeksi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ochiqlik indeksida birinchi!

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2024-yil yakunlari bo‘yicha Ochiqlik indeksi eʼlon qilindi.

📊Unga ko‘ra, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyati 88,1 bilan baholanib, vazirliklar ichida 1-o‘rin, barcha davlat organlari va tashkilotlar ichida esa 7-o‘rinda qayd etildi.

Vazirlik 2023-yil yakunlari bo‘yicha mazkur indeksda 67,4 ball bilan 42-o‘rin (sariq)da bo‘lgan.

Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
04/25/2025, 17:50
t.me/adpiuz/35664
5
10
1.5 k
Shoir tavalludiga bag‘ishlangan adabiy-ma’naviy tadbir bo‘lib o‘tdi

Yurtimizning ardoqli shoiri, xalq qalbidan chuqur o‘rin olgan Muhammad Yusuf tavalludining yilligi munosabati bilan Andijon davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim va maxsus pedagogika fakultetida adabiy-ma’naviy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida shoirning hayoti va boy ijodiy merosiga bag‘ishlangan chiqishlar, she’rlar, sahna ko‘rinishlari hamda kuy-qo‘shiqlar taqdim etildi. Talabalar Muhammad Yusuf ijodidagi yurtparvarlik, sadoqat, muhabbat va insoniylik ruhini o‘z ifodalarida jonli tarzda yetkazishga harakat qildilar.

Tadbir davomida shoir hayotiga oid qiziqarli faktlar, uning xalqchil satrlari, adabiyotimizda tutgan o‘rni haqida ham ma’ruzalar tinglandi. Fakultet jamoasi tomonidan tashkil etilgan adabiy burchak va kitob ko‘rgazmasi esa ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Mazkur tadbir yoshlarda milliy g‘urur, ijodkorlikka ishtiyoq va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

🏛 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalimizni kuzatib boring!
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
04/25/2025, 17:46
t.me/adpiuz/35658
8
1.7 k
04/25/2025, 17:46
t.me/adpiuz/35663
12
1.8 k
04/25/2025, 17:46
t.me/adpiuz/35662
11
1.7 k
04/25/2025, 17:46
t.me/adpiuz/35661
10
1.6 k
04/25/2025, 17:46
t.me/adpiuz/35659
10
1.6 k
04/25/2025, 17:46
t.me/adpiuz/35660
7
1.6 k
04/25/2025, 17:44
t.me/adpiuz/35656
7
1.5 k
04/25/2025, 17:44
t.me/adpiuz/35657
3
8
1.4 k
Bitiruvchilar bandligini ta’minlashga qaratilgan amaliy uchrashuv o‘tkazildi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 14-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon viloyatida mutasaddi tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh shakllantirilib, oliy ta’lim muassasalarida bitiruvchi talabalar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Shunday uchrashuvlardan biri joriy yilning 25-aprel kuni Andijon davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut rektori B.Rasulov, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Andijon viloyati Kengashi raisi Sh.Abdusamatov, “O‘zmilliybank” AJ bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari M.Xasanov, bank sohasi mutaxassislari, mahalliy hokimliklar vakillari, tegishli tashkilotlar mas’ullari, fakultet dekanlari hamda bitiruvchi talabalar ishtirok etdilar.

Uchrashuvda bitiruvchilarga tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, ayniqsa imtiyozli kreditlar olish tartibi, zarur hujjatlar ro‘yxati, kredit olish jarayonidagi amaliy bosqichlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, mehnat bozoridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan moliyaviy va huquqiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yuzasidan ham atroflicha tushuntirishlar berildi.

Tadbir davomida bitiruvchi talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilish, bevosita muloqotga kirishish imkoniga ega bo‘ldilar.

🏛 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalimizni kuzatib boring!
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
04/25/2025, 17:44
t.me/adpiuz/35650
6
1.4 k
04/25/2025, 17:44
t.me/adpiuz/35655
7
1.4 k
04/25/2025, 17:44
t.me/adpiuz/35654
8
1.4 k
04/25/2025, 17:44
t.me/adpiuz/35651
7
1.4 k
04/25/2025, 17:44
t.me/adpiuz/35652
8
1.4 k
04/25/2025, 17:44
t.me/adpiuz/35653
9
1.4 k
04/25/2025, 17:38
t.me/adpiuz/35645
9
1.4 k
04/25/2025, 17:38
t.me/adpiuz/35644
8
1.4 k
04/25/2025, 17:38
t.me/adpiuz/35649
8
1.4 k
04/25/2025, 17:38
t.me/adpiuz/35647
8
1.5 k
04/25/2025, 17:38
t.me/adpiuz/35648
9
1.4 k
04/25/2025, 17:38
t.me/adpiuz/35646
9
1.4 k
04/25/2025, 17:38
t.me/adpiuz/35641
8
9
1.4 k
“Atlas elegant fashion” milliy liboslar namoyishi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 25-aprel kuni Andijon davlat pedagogika institutida Xotin-qizlar Kengashi tashabbusi bilan “Atlas elegant fashion” nomli milliy liboslar namoyishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni institut rektori, professor B.Rasulov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Tadbir doirasida talaba-qizlar tomonidan atlas va adras matolaridan tikilgan, milliy va zamonaviy uslub uyg‘unligida yaratilgan liboslar namoyish etildi. Ko‘rgazmada nafaqat liboslar dizayni, balki u orqali milliylik, an’anaviy madaniyat va zamonaviylikning o‘zaro uyg‘unligi namoyon bo‘ldi.

Shuningdek, sahnada talaba-qizlar tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi, milliy qadriyatlarni targ‘ib etuvchi sahna chiqishlari namoyish qilindi. Bu orqali ishtirokchilar nafaqat o‘z iqtidorlarini, balki o‘zbek xalqining boy madaniy merosini faxr bilan aks ettirishdi.

Tadbir yakunida institut Xotin-qizlar Kengashida faoliyat olib borayotgan fakultetlarning dekan maslahatchilari institut rektori tomonidan faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Mazkur tadbir yosh avlod qalbida milliy urf-odatlarimizga hurmat, o‘ziga ishonch, estetik did va g‘urur hissini shakllantirishga xizmat qildi.

Fotogallareya

🏛 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalimizni kuzatib boring!
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
04/25/2025, 17:38
t.me/adpiuz/35640
8
1.4 k
04/25/2025, 17:38
t.me/adpiuz/35643
8
1.4 k
04/25/2025, 17:38
t.me/adpiuz/35642
5
1.6 k
04/25/2025, 17:25
t.me/adpiuz/35635
6
1.6 k
04/25/2025, 17:25
t.me/adpiuz/35639
5
1.6 k
04/25/2025, 17:25
t.me/adpiuz/35638
5
1.6 k
04/25/2025, 17:25
t.me/adpiuz/35636
6
1.6 k
04/25/2025, 17:25
t.me/adpiuz/35637
5
1.5 k
04/25/2025, 17:25
t.me/adpiuz/35633
6
1.5 k
04/25/2025, 17:25
t.me/adpiuz/35634
5
1.7 k
04/25/2025, 17:25
t.me/adpiuz/35632
10
5
1.7 k
Institut talabalari Muhammad Yusuf tavallud topgan qishloqqa tashrif buyurdi

Andijon davlat pedagogika institutida shoir, Andijon farzandi Muhammad Yusuf tavalludi keng nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan institutning Filologiya fakulteti dekani Sh.Hasanov rahbarligida professor-o‘qituvchilar va talabalar shoir tug‘ilib o‘sgan Marhamat tumaniga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida ishtirokchilar Muhammad Yusufning uy muzeyiga borib, u yerdagi tarixiy manbalar, shoirga oid nodir eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, Qovunchi qishlog‘ida joylashgan shoir yodgorlik monumenti ziyorat qilinib, uning hayoti va ijodiga doir muhim ma’lumotlar talabalarga yetkazildi.

Mazkur tashrif yoshlarning yurtga muhabbat, adabiyot va san’atga hurmat ruhida tarbiyalanishiga xizmat qilishi bilan bir qatorda, ularda shoir ijodini chuqur anglash va qadrlash tuyg‘ularini mustahkamladi.

Tadbir yakunida talabalar tomonidan Muhammad Yusuf she’rlari ifodali o‘qilib, shoirning adabiy merosiga bo‘lgan chuqur ehtirom ifoda etildi.

🏛 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalimizni kuzatib boring!
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
04/25/2025, 17:25
t.me/adpiuz/35631
7
1.5 k
04/25/2025, 17:24
t.me/adpiuz/35630
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria