📌 #Tahlil
| Garov huquqi islohoti: bank kuchlimi, qarzdor ojizmi?
2025-yil fevral oyida Qonunchilik palatasi, mart oyida Senat tomonidan tasdiqlangan yangi qonun — kreditor (asosan bank) manfaatlarini huquqiy jihatdan mustahkamlab berdi.
🧩 Bu qonun nima o‘zgartirdi?
Garovga qo‘yilgan mol-mulk ustidan bankning huquqlari ustuvor deb belgilandi;
Garovni sudsiz, ya’ni tezlashtirilgan tartibda realizatsiya qilish imkoniyati kengaydi;
“Garov to‘g‘risida” va “Ipoteka to‘g‘risida”gi qonunlarga o‘zgartirish kiritildi;
Sud hujjatlarini ijro etish tartibida bank foydasiga soddalashtirishlar kiritildi.
🟩 Bu islohot kim uchun?
✅ Banklar va kreditorlar uchun foydali:
Garov pullanadi — sudsiz, byurokratiyasiz;
Muammoli kreditlar tezroq undiriladi;
Aktivlar portfeli “tozalanadi”.
❗️ Qarzdor fuqarolar va tadbirkorlar uchun xavfli:
Ular sudsiz mol-mulkdan mahrum bo‘lishi mumkin;
Qarzdorning huquqiy himoyasi zaiflashadi;
Realizatsiya jarayonida noaniqliklar va bahsli holatlar yuzaga kelishi mumkin.
📊 Nechog‘lik asosli edi bu islohot?
Statistikaga ko‘ra:
2024-yilda banklarning kredit portfelidagi muammoli qarzlar ulushi 10,4% ga yetgan (Markaziy bank ma’lumoti).
Sud tizimi yuklamasi yuqori, ijro jarayoni sekin.
Yirik moliyaviy garovlarni realizatsiya qilish o‘rtacha 7-9 oy vaqt olgan.
👉 Demak, banklar uchun bu qonun – vaqt va xavfni kamaytiruvchi vosita
⚖️ Ammo muammo nimada?
- Qarzdorning mulki sudsiz tortib olinadi;
- Baholash va realizatsiya jarayoni yopiq bo‘lishi mumkin;
- Tadbirkorlar va aholining moliyaviy xavfsizligi pasayadi;
- Davlat bu bilan bank foydasini fuqarolik huquqlaridan ustun qo‘ygan bo‘lishi
mumkin.@generalissimo_marshal