Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
AD
Adliya yangiliklari/Новости юстиции
https://t.me/adliyangiliklari
Channel age
Created
Language
Uzbek
0.32%
ER (week)
9.93%
ERR (week)

Adliya vazirligi

🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5

🌐 https://gov.uz/oz/adliya

📞1008

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
Found 1 306 results
Vazir o'rinbosari Nu'mon Muxammadiyev adliya boshqarmasi faoliyati bilan tanishdi

Adliya vaziri o‘rinbosari Nu’mon Muxammadiyev Sirdaryo viloyatida xizmat safari davomida adliya boshqarmasida tashkil etilgan axborot tahlil, media va situatsion-tahliliy markazlar faoliyati, yoshlar balansi elektron dasturining imkoniyatlarini ko‘zdan kechirdi.

Tashrif davomida sohaviy nazorat samaradorligini ta`minlash, huquqiy kontentlar va media materiallarni sodda va xalqchil tilda tayyorlash, fuqarolarga davlat va huquqiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini yanada oshirish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi.

Shundan so‘ng Guliston shahar adliya bo‘limining yangi binosi ko‘zdan kechirilib, aholi va tadbirkorlik subyektlariga yaratib berilgan sharoitlar bilan tanishildi.

📌 Kanalga ulanish
04/21/2025, 13:37
t.me/adliyangiliklari/18434
❗️Mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlar diqqatiga!

⚡️Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori talablariga muvofiq oliy ta’limdan keyingi ta’limning shakllaridan biri mustaqil izlanuvchilikka Yagona elektron tizim — daraja.ilmiy.uz orqali hujjatlarni onlayn topshirish boshlandi.

✅Hujjatlar joriy yilning 15-may kuniga qadar qabul qilinadi.


📌Mustaqil izlanuvchilik(PhD)ga til sertifikati talab etilmaydi.

Batafsil: 👇👇👇
https://sudex.uz/?p=8246
04/21/2025, 13:29
t.me/adliyangiliklari/18433
Adliya vaziri o‘rinbosari Nu’mon Muxammadiyev sirdaryolik tadbirkorlarning muammolarini o‘rgandi

Adliya vaziri o‘rinbosari Nu’mon Muxammadiyev sirdaryolik tadbirkorlar bilan ochiq muloqot qilish, ularning faoliyatida duch kelayotgan muammolarni o‘rganish maqsadida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov tomonidan savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasida o‘tkazilgan navbatdagi tadbirkorlar qabulida ishtirok etib, sirdaryolik tadbirkorlarning murojaatlarini tingladi.

Tadbir davomida qarzdorlikni undirish, kredit ajratish, soliq qonunchiligi, tender o‘tkazish kabi masalalarda murojaatlar qabul qilinib, ularning huquqiy yechimi yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi.

📌 Kanalga ulanish
04/21/2025, 12:49
t.me/adliyangiliklari/18430
🧷 6 oylik kurslarga qabul boshlandi!

➡️ Masofaviy ta'lim shaklida tashkil etiladigan Oliy ma'lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslariga qabul boshlandi.

✅Kurslarga barcha oliy ma'lumotli shaxslar hujjat topshirishlari mumkin.

⏰Hujjatlarni qabul qilish 20-apreldan 20-mayga qadar qabul.centertsul.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

📩Talabgorlar hujjat topshirishda Id-karta (pasport), oliy ma'lumot to‘g‘risidagi diplomni elektron shaklda ilova qiladilar.

♻️Qabul kvotasi: 150 nafar (o'zbek guruhi - 125 nafar, rus guruhi - 25 nafar); to‘lov-kontrakt miqdori: 16 216 165 so‘m.

❗️Bitiruvchilarga diplom berilib, yuridik xizmat, davlat xizmatlari markazlari va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida barcha lavozimlarda, advokatura va notariat tizimida oliy yuridik ma'lumot talab etmaydigan barcha lavozimlarda ishlash huquqiga ega bo‘ladi.

☎️ 71 200 02 35
☎️ 71 233-66-36 (1018)

👉@Training_institute_for_lawyers
👉@centertsul
04/21/2025, 12:38
t.me/adliyangiliklari/18429
#yangilik

Abituriyentlar uchun yangi imkoniyat!🎉

📲“Huquq maktabi” mobil ilovasida yangi “Abituriyentlar uchun testlar” bo‘limi ishga tushirildi.

📝Ushbu bo‘limdagi testlarni bajarish orqali foydalanuvchilar huquqiy bilimlarini sinab ko‘rishlari mumkin.

✅Barcha testlar huquqiy manbalarga tayangan holda soha mutaxassislari tomonidan shakllantirilgan.

📲 Ilovani IOS va Android orqali yuklab oling va yangi imkoniyatlardan foydalanib bilimingizni mustahkamlang!

Kanalga ulanish:
👉@huquq_talimi
04/21/2025, 08:58
t.me/adliyangiliklari/18428
#OAV_biz_haqimizda

MUAMMOLAR O'RGANILIB, HAL ETILMOQDA

📌 Kanalga ulanish
04/20/2025, 12:47
t.me/adliyangiliklari/18427
Muallif huquqiga rioya qilmaslikning oqibati yoxud “Yaxshimasmi” hamda “Ertaga boramizmi” qoʼshiqlari she’rlaridan ruxsatsiz foydalangan mashhur bastakor Shaxboz Nosirjonov jarimaga tortildi...

🎙Maʼlumki, soʼnggi vaqtlarda mualliflik huquqi obyektlaridan biri hisoblangan musiqiy asarlardan muallif ruxsatisiz foydalanish holatlari yuzasidan Adliya vazirligiga qilingan murojaatlar soni sezilarli darajada ortib bormoqda.

Muallif huquqi buzilgan yana bir holatda Mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamoat birlashmasi tomonidan xalqimiz orasida "Abdussamiy" taxallusi bilan tanilgan shoir Shoxrux Abduvoxidovga tegishli “Yaxshimasmi” hamda “Ertaga boramizmi” nomli she’rlari muallifning ruxsatisiz ijro etilganligi holati yuzasidan huquqiy chora ko'rilishini so'rab qilingan murojaat Adliya vazirligi tomonidan o‘rganilib chiqildi.

O‘rganish mobaynida xalqimiz orasidagi taniqli ijodkorlar Rayhon Ganiyeva ijrosidagi “Yaxshimasmi” hamda “Sahar” guruhi solisti Anvar Jo‘rayev tomonidan ijro etilgan “Ertaga boramizmi” nomli qo‘shiqlarining she’rlari, bastakor Shaxboz Nosirjonov tomonidan muallif ruxsatsiz foydalanganligi aniqlanib, holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177 prim 1-moddasi bilan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborildi.

Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnabod tuman sudining qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 177 prim 1-moddasining birinchi qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining
2 (ikki) baravari miqdorida – 750 000 (yetti yuz ellik ming) so‘m jarima jazosi tayinlandi.

Eslatib o'tamiz, O‘zbekiston Respublikasi "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida"gi Qonunining 65-moddasiga asosan muallif yoki mutlaq huquqlarning boshqa egasi huquqbuzardan zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ming baravarigacha miqdorda to‘lanishi lozim bo‘lgan tovonni to‘lashini talab qilishga haqli hisoblanadi.

📌 Kanalga ulanish
04/18/2025, 10:59
t.me/adliyangiliklari/18426
Davlat xizmatlari markazlarining asosiy tamoyillaridan biri:

Mamnuniyat va sharaf bilan insonlarga yordam berish.

✅Davlat xizmatlari markazlarining har bir xodimi “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ulug'vor g'oyani so'zsiz amalga oshirish uchun xizmat qiladi.

🔹Shu sababli, davlat xizmatlarini ko'rsatish – ular uchun nafaqat kasb, balki sharaf hamdir.

🌟 Unutmang, biz sizning qulayligingiz uchun ishlaymiz!

Telegram | Facebook | Bot
04/18/2025, 10:38
t.me/adliyangiliklari/18425
04/18/2025, 07:08
t.me/adliyangiliklari/18421
04/18/2025, 07:08
t.me/adliyangiliklari/18423
04/18/2025, 07:08
t.me/adliyangiliklari/18419
04/18/2025, 07:08
t.me/adliyangiliklari/18424
04/18/2025, 07:08
t.me/adliyangiliklari/18420
04/18/2025, 07:08
t.me/adliyangiliklari/18422
Adliya vaziri Buloqboshi tumanida

Adliya vaziri Akbar Tashkulov tumanga tashrifini adliya boʻlimi tomonidan "Qumguzar" mahallasida "Huquqiy mahalla" loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishishdan boshladi.

Shuningdek, Adliya vaziri va Prezident Administratsiyasi xodimlari tomonidan Andijon viloyatida Prezidentning 03.01.2025 yildagi “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori ijrosi bo‘yicha hududlarda amalga oshirilgan ishlar ahvoli o‘rganildi.

Xususan, tashrif davomida kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan Buloqboshi tumanidagi qizil toifali “Mirzakalon Ismoiliy" mahallasida tashkil etilgan Huquq-tartibot maskaniga tashrif buyurildi hamda amalga oshirilgan ishlar o‘rganilib, tuman prokurori, IIB boshlig’i, “mahalla yettiligi” va boshqa mas’ul mutasaddilarga bir qator ko‘rsatmalar berildi.

Mazkur qarorda belgilangan huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan vazifalar yana bir bor ta’kidlanib o‘tildi hamda bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan topshiriqlar berildi.
Mahalla yettiligi a'zolariga metodik yordam ko'rsatish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, adliya vaziri mahalla nuroniylari bilan ko'rishdi. Ular bilan jamiyatda bo'layotgan o'zgarishlar haqida suhbatlar olib borildi.

Shu bilan birga, tumandagi 3-umumiy o'rta ta'lim maktabida uchrashuv tashkil etilib, maktab hududida face-id qurilmasi bilan ta'minlanganligi hamda o'quvchilar o'rtasida jinoyatchilikni oldini olish va boshqa masalalar bo'yicha suhbat o'tkazildi.

📌 Kanalga ulanish
04/18/2025, 07:08
t.me/adliyangiliklari/18418
04/17/2025, 18:29
t.me/adliyangiliklari/18416
04/17/2025, 18:29
t.me/adliyangiliklari/18417
Huquqiy malakali kadrlar safi kengayadi

Bugun Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi hamda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti oʻrtasida har tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash toʻgʻrisida oʻzaro hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Mazkur hujjat oliygoh va markaz oʻrtasida sheriklik munosabatlarini oʻrnatish hamda uzoq muddatli, samarali, oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, qolaversa birgalikdagi loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan. Bunda yaxshi niyat, oʻzaro hurmat hamda ishonch asosida umumiy qabul qilingan amaliyotdan kelib chiqqan holda maʼlumot almashish va taqdim etish, ilmiy-amaliy konferensiyalar, forumlar, seminarlar tashkil qilish, amaliyot yoki stajirovka uchun yoʻllash va qabul qilish boʻyicha hamkorlik qilish nazarda tutilgani eʼtirofga molik.

Bundan tashqari, hamkorlik doirasida bepul asosda safar-maʼruzalar oʻtkazish, shuningdek, universitet talabalari uchun markazga ekskursiyalar tashkil etiladi. Innovatsion loyihalarni birgalikda ishlab chiqish hamda yangi innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish esa oʻzaro hamkorlikni yanada mustahkamlaydi.

Albatta, halol raqobat asoslangan va monopoliyadan holi, amaldagi qonunchilikka toʻla mos keladigan hamkorlik memorandumi malakali, huquqiy bilimi teran mutaxassislarni tayyorlashda muhim omil boʻlib qoladi.

📌 Kanalga ulanish
04/17/2025, 18:29
t.me/adliyangiliklari/18415
Keyingi manzil Andijon tumani

Adliya vaziri Akbar Tashkulov Andijon tuman adliya boʻlimi binosida tumandagi "Qurama" mahallasida "Huquqiy mahalla" loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.

Suhbat davomida adliya vaziri tomonidan mahalla yettiligi uchun 12 turdagi hujjat namunalari va qo'llanmalar tayyorlash bo'yicha tushunchalar berildi.

Shuningdek, vazir va Prezident Administratsiyasi xodimlari tomonidan Prezidentning 03.01.2025-yildagi “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ahvoli ham o‘rganildi.

Xususan, adliya bo'limi binosida kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan Andijon tumanidagi qizil toifali “Sanoat” mahallasi mas'ul xodimlari ishtirokida qaror ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilinib, tuman prokurori, IIB boshlig’i, “mahalla yettiligi” va boshqa mas’ul mutasaddilarga qarorda belgilangan huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan vazifalar yuzasidan tavsiyalar berildi.

📌 Kanalga ulanish
04/17/2025, 17:29
t.me/adliyangiliklari/18410
04/17/2025, 17:29
t.me/adliyangiliklari/18412
04/17/2025, 17:29
t.me/adliyangiliklari/18413
04/17/2025, 17:29
t.me/adliyangiliklari/18414
04/17/2025, 17:29
t.me/adliyangiliklari/18411
04/17/2025, 16:46
t.me/adliyangiliklari/18409
04/17/2025, 16:46
t.me/adliyangiliklari/18408
04/17/2025, 16:46
t.me/adliyangiliklari/18407
#xalqaro_hamkorlik

Adliya vazirligida Curtis xalqaro yuridik firmasining katta korporativ huquqshunosi Mark Hammerson
qabul qilindi.

Uchrashuvda adliya va huquq sohasida hamkorlik aloqalari, xususan, nizolarni hal qilishning muqobil imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Adliya vaziri oʻrinbosari M.Ikramov Mark Hammersonga soʻngi yillarda Oʻzbekistonda arbitraj institutini rivojlantirishda amalga oshirilayotgan ishlar, soʻnggi tendensiyalar haqida soʻzlab berdi.

Bundan tashqari, 2024-yil 8-oktyabr kuni imzolangan Adliya vazirligi va Curtis oʻrtasida mavjud oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum ham alohida taʼkidlab oʻtildi.

Maʼlumki, Oʻzbekistonda tovar ayirboshlashni koʻpaytirish va iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha faol ishlar olib borilayotgani, xususan, neft-gaz sanoati, qishloq xoʻjaligi, energetika sohasida yirik loyihalar amalga oshirilmoqda, qayta tiklanadigan energiya manbalari ham faol rivojlanmoqda. Shu nuqtayi nazardan, bunday loyihalarni huquqiy qoʻllab-quvvatlashda xalqaro yuridik kompaniyalarning roli juda dolzarb boʻlib qolayotgani qayd etildi.

M.Hammerson, oʻz navbatida umumiy hisobda, shu davrgacha firma tomonidan neft-gaz, farmatsevtika, telekommunikatsiya va qurilish va boshqa sohalardagi sarmoyaviy bitimlar doirasida vujudga kelgan nizolar yuzasidan 40 dan ortiq mamlakatlar manfaatlari xalqaro arbitrajlarda himoya qilinganini va Oʻzbekiston bilan ushbu yoʻnalishlarda mavjud hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida M.Ikramov M.Hammersonni va butun Curtis xalqaro yuridik firmasining vakillarini 29-30-may kunlari tashkil etilayotgan IV Xalqaro Yuridik Forum “Tashkent Law Spring”ga taklif etdi.

📌 Kanalga ulanish
04/17/2025, 16:46
t.me/adliyangiliklari/18405
04/17/2025, 16:46
t.me/adliyangiliklari/18406
04/17/2025, 14:29
t.me/adliyangiliklari/18401
04/17/2025, 14:29
t.me/adliyangiliklari/18404
Adliya vazirligi mas'ullari tomonidan joylarga chiqqan holda “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonunning mazmun-mohiyatini manfaatdor tashkilotlar vakillariga va aholiga tushuntirish boʻyicha seminar-yigʻilishlar tashkil etilmoqda.

Xususan, Jizzax viloyati, Zarbdor tumanida 2024-yil va 2025-yil yanvar-aprel oylarida tumanda 3 ta mahalla xatlovdan oʻtkazilib, “Eʼtirof” axborot tizimiga jami 564 ta obyektlar kiritilgan. Shundan, 405 tasi muhokamada, 114 tasi eʼlonga chiqarilgan, 41 tasi adliya boshqarmasida xulosa berish jarayonida hamda 4 tasi boʻyicha ijobiy xulosalar berilib, eʼtirof etish boʻyicha qaror qabul qilish jarayonida.

Shuningdek, Sirdaryo viloyati bo‘yicha jami 33 ta mahallada 8 762 ta ko‘chmas mulk obyektlari xatlovdan o‘tkazilgan. Shundan, Qonun tatbiq etiladigan 1 531 tasi o‘rganib chiqish uchun muhokamaga chiqarilgan.

Mazkur Qonun kuchga kirgan paytdan boshlab hozirgi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar holati tahlil qilinib, o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ularda qurilgan uy-joylariga bo'lgan huquqlari rasman e'tirof etish bo‘yicha tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.

Yigʻilishlarda xatlov oʻtkazish va xulosa berish jarayonida yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar hamda muammolar muhokama qilinib, masʼul xodimlarga tegishli koʻrsatmalar berildi.

📌 Kanalga ulanish
04/17/2025, 14:29
t.me/adliyangiliklari/18399
04/17/2025, 14:29
t.me/adliyangiliklari/18403
04/17/2025, 14:29
t.me/adliyangiliklari/18402
04/17/2025, 14:29
t.me/adliyangiliklari/18400
Adliya vazirligi mas'ullari tomonidan joylarga chiqqan holda “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonunning mazmun-mohiyatini manfaatdor tashkilotlar vakillariga va aholiga tushuntirish boʻyicha seminar-yigʻilishlar tashkil etilmoqda.

Xususan, Jizzax viloyati, Zarbdor tumanida 2024-yil va 2025-yil yanvar-aprel oylarida tumanda 3 ta mahalla xatlovdan oʻtkazilib, “Eʼtirof” axborot tizimiga jami 564 ta obyektlar kiritilgan. Shundan, 405 tasi muhokamada, 114 tasi eʼlonga chiqarilgan, 41 tasi adliya boshqarmasida xulosa berish jarayonida hamda 4 tasi boʻyicha ijobiy xulosalar berilib, eʼtirof etish boʻyicha qaror qabul qilish jarayonida.

Shuningdek, Sirdaryo viloyati bo‘yicha jami 33 ta mahallada 8 762 ta ko‘chmas mulk obyektlari xatlovdan o‘tkazilgan. Shundan, Qonun tatbiq etiladigan 1 531 tasi o‘rganib chiqish uchun muhokamaga chiqarilgan.

Mazkur Qonun kuchga kirgan paytdan boshlab hozirgi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar holati tahlil qilinib, o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ularda qurilgan uy-joylariga bo'lgan huquqlari rasman e'tirof etish bo‘yicha tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.

Yigʻilishlarda xatlov oʻtkazish va xulosa berish jarayonida yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar hamda muammolar muhokama qilinib, masʼul xodimlarga tegishli koʻrsatmalar berildi.

📌 Kanalga ulanish
04/17/2025, 14:24
t.me/adliyangiliklari/18393
04/17/2025, 13:15
t.me/adliyangiliklari/18392
04/17/2025, 13:15
t.me/adliyangiliklari/18388
#xalqaro_hamkorlik

MDH davlatlari adliya organlari tomonidan O'zbekistonda yo'lga qo'yilgan yuridik xizmat markazlari tajribasi bilan qiziqishmoqda

Joriy yilning 16-aprel kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi tashabbusi bilan “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining yuridik xizmatlari sifatini oshirishda adliya organlarining roli” mavzusida onlayn formatda xalqaro seminar o‘tkazildi.

Seminarda MDHga aʼzo davlatlarning adliya vazirliklari vakillari yuridik xizmatlar sohasini takomillashtirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida o'zaro fikr almashdilar.

Jumladan, seminarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan hududlarda tashkil qilingan yuridik xizmat markazlari va "Muvofiqlashtirishdan avtomatlashtirishga: yuridik xizmatlarni raqamlashtirishga yo‘l" mavzusida "E-huquqshunos" elektron tizimi bo‘yicha taqdimot qilindi.

Xorijiy hamkasblarimiz tomonidan mazkur tizim orqali yaratilgan imkoniyatlar davlat tashkilotlarida qonuniylikni taminlashga katta hissa qo'shishini ta'kidladi.

📌 Kanalga ulanish
04/17/2025, 13:15
t.me/adliyangiliklari/18387
04/17/2025, 13:15
t.me/adliyangiliklari/18390
04/17/2025, 13:15
t.me/adliyangiliklari/18389
04/17/2025, 13:15
t.me/adliyangiliklari/18391
“Канефрон”ning kontrafakt nusxalarini ishlab chiqarilishi holati aniqlandi.

Germaniyaning “Bionorica SE” kompaniyaga tegishli “Канефрон” tovar belgisiga iste’molchlarni adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan “Каниферон С” nomi ostidagi kontrafakt biologik faol qo‘shimchalar “B. L.” MChJ tomonidan ishlab chiqarilib, savdoga taklif etilayotganligi holati ma'lum bo‘ldi.

Qonun buzilish holati yuzasidan huquqbuzarga nisbatan bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma kiritilib, tovar belgisiga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish chorasi ko‘rildi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177-moddasiga ko'ra o'zganing tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanish ma’muriy
javobgarlikka sabab bo‘ladi, shuningdek huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilinib BHMning 15 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima qo'llanilishi mumkin.

Bionorica SE - ilmiy tadqiqotlar yordamida o‘simliklardan asosida dori mahsulotlari ishlab chiqaruvchi dunyodagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi.

✅ kanalga a’zo bo’lish
04/17/2025, 10:14
t.me/adliyangiliklari/18386
04/17/2025, 09:48
t.me/adliyangiliklari/18384
04/17/2025, 09:48
t.me/adliyangiliklari/18385
Adliya vaziri Bo‘ston tumanida

Adliya vaziri Akbar Tashkulov Bo‘ston tuman adliya boʻlimi tomonidan tumandagi "Ko‘hinur" mahallasida "Huquqiy mahalla" loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishishdan boshladi.

Shuningdek, vazir va Prezident Administratsiyasi xodimlari tomonidan Andijon viloyatida Davlat rahbarining 03.01.2025 yildagi “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori ijrosi hamda kriminogen vaziyatni tahlil qilish faoliyatini tashkil etilishi bo‘yicha hududlarda amalga oshirilgan ishlar ahvoli ham o‘rganildi.

Xususan, tashrif davomida kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan Bos‘ton tumanidagi qizil toifali “Ko‘hinur” mahallasida qaror ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar o‘rganilib, tuman prokurori, IIB boshlig’i, “mahalla yettiligi” va boshqa mas’ul mutasaddilarga ijtimoiy profilaktika ishlarini yanada jadallashtirish, jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, huquqbuzarliklarga qarshi keskin kurashish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini va mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash, jinoyatlardan xoli hududga aylantirish borasida bir qator ko‘rsatmalar berildi.

Mazkur qarorda belgilangan huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan vazifalar yana bir bor ta’kidlanib, bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan tavsiyalar berildi.

📌 Kanalga ulanish
04/17/2025, 09:48
t.me/adliyangiliklari/18383
04/17/2025, 08:18
t.me/adliyangiliklari/18381
04/17/2025, 08:18
t.me/adliyangiliklari/18379
04/17/2025, 08:18
t.me/adliyangiliklari/18382
04/17/2025, 08:18
t.me/adliyangiliklari/18380
Adliya vaziri Akbar Tashkulov Andijonga boʻlgan xizmat safari davomida Ulugʻnor tuman adliya boʻlimi tomonidan tumandagi “Sariqsuv” mahallasida “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.

Ushbu loyiha asosida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan taqdimot tayyorlanib, qilingan ishlar yuzasidan batafsil maʼlumotlar berildi.

Shu bilan birga, Adliya vaziri tomonidan “Sariqsuv” mahalla yettiligi aʼzolari bilan davra suhbati olib borilib, ularning ish faoliyati, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganildi.

Shuningdek, Adliya vaziri va Respublika ishchi guruhi xodimlari tomonidan Prezidentning 03.01.2025-yildagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan “mahalla yettiligi” bilan uchrashuv oʻtkazilib, masʼul xodimlarning joriy yil 1-chorak davomida amalga oshirgan ishlari hisoboti tinglandi.

Mazkur qaror ijrosi yuzasidan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarning bartaraf qilinishi yuzasidan masʼullarga tavsiyalar berildi.

📌 Kanalga ulanish
04/17/2025, 08:18
t.me/adliyangiliklari/18374
04/17/2025, 08:18
t.me/adliyangiliklari/18376
04/17/2025, 08:18
t.me/adliyangiliklari/18375
⚡️6 oylik kurslarga qabul boshlanmoqda!

❗️Masofaviy ta'lim shaklida tashkil etiladigan Oliy ma'lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslariga qabul boshlanmoqda.

🎓Kurslarga barcha oliy ma'lumotli shaxslar hujjat topshirishlari mumkin.

⏰Hujjatlarni qabul qilish 20-apreldan 20-mayga qadar qabul.centertsul.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

📩Talabgorlar hujjat topshirishda Id-karta (pasport), oliy ma'lumot to‘g‘risidagi diplomni elektron shaklda ilova qiladilar.

♻️Qabul kvotasi: 150 nafar (o'zbek guruhi - 125 nafar, rus guruhi - 25 nafar); to‘lov-kontrakt miqdori: 16 216 165 so‘m.

❗️Bitiruvchilarga diplom berilib, yuridik xizmat, davlat xizmatlari markazlari va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida barcha lavozimlarda, advokatura va notariat tizimida oliy yuridik ma'lumot talab etmaydigan barcha lavozimlarda ishlash huquqiga ega bo‘ladi.

☎️ 71 200 02 35
☎️ 71 233-66-36 (1018)

📌 Kanalga ulanish
04/16/2025, 16:38
t.me/adliyangiliklari/18373
04/16/2025, 14:36
t.me/adliyangiliklari/18370
04/16/2025, 14:36
t.me/adliyangiliklari/18372
04/16/2025, 14:36
t.me/adliyangiliklari/18369
04/16/2025, 14:36
t.me/adliyangiliklari/18368
04/16/2025, 14:36
t.me/adliyangiliklari/18371
04/16/2025, 14:36
t.me/adliyangiliklari/18367
#Xalqaro_hamkorlik

Yevropa Parlamenti delegatsiyasi bilan uchrashuv.

Joriy yilning 16-aprel kuni adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov
va Yevropa Parlamentining Markaziy Osiyo bilan aloqalar bo‘yicha delegatsiyasi oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv boshida adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov delegatsiya vakillariga so‘ngi yillarda mamlakatimizda adliya va huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda Adliya vazirligi va Yevro Ittifoq bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar haqida so‘zlab berdi.

Yevropa Parlamenti delegatsiyasiga rahbarlik qilayotgan Tomas Zdexovskiy O‘zbekiston hukumati tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish sohalarida erishgan yutuqlarini yuqori baholadi.

Shuningdek, uchrashuvda Yevroparlament deputatlari nodavlat notijorat tashkilotlarini ro‘yxatga olish, inson huquqlarini ta’minlash, investorlar huquqlarini himoya qilish, sudlarning mustaqilligini kuchaytirish va boshqa sohalarda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

📌 Kanalga ulanish
04/16/2025, 14:36
t.me/adliyangiliklari/18366
#Xalqaro_yuridik_forum

2025-yil 29-30-may
Toshkent yana “Tashkent Law Spring” IV Xalqaro yuridik forumiga mezbonlik qiladi.

📌Asosiy mavzu – “Raqamli texnologiyalar davri: kelajakka huquqiy nazar”

Nega “Tashkent Law Spring”ni o‘tkazib yubormaslik kerak?
Keng netvorking
Eng ilg‘or bilimlarga ega bo‘lish
Amaliy yechimlar
Siyosat shakllanishidagi ta’sir

Bunday imkoniyat har 2-yilda 1 marotaba boʻlishi mumkin. Qoʻldan chiqarmang.

www.tashkentlawspring.uz rasmiy veb-saytida hozirоq roʻyxatdan oʻting.

📌 Kanalga ulanish
04/16/2025, 11:14
t.me/adliyangiliklari/18365
#Diqqat ❗️

❗️HURMATLI ADVOKATLAR!

⌛ Biz sizni "Uy-joy ijarasi bo'yicha nizolarda advokat ishtiroki o‘quv kursi"da kutib olishga tayyormiz.

▫️Bu kurs sizning professional rivojlanishingizga yangi yo'nalishlar ochadi, va sizni ushbu muhim sohada yetakchi mutaxassisga aylantiradi.

Ma'lumot uchun:
+998 71 234 53 46
+998 91 191 47 84

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating va yaqinlaringiz bilan ulashing!

📌 Kanalga ulanish
04/16/2025, 10:59
t.me/adliyangiliklari/18364
📣❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥

Elektr ta’minotidagi uzilish haqida ma’lumot!

Hurmatli Nurafshon shahri aholisi!

2025-yil 16-aprel kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha, F.To‘ytepa 6 kV 102-transformator punktida yangi SIP turidagi elektr kabellarini tortish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Mazkur texnik ishlar sababli quyidagi hududlarda elektr energiyasi vaqtincha o‘chiriladi:

📍 Oybek, Obod, Ma’rifat, Bobur, Dehqonobod, To‘ytepa, Uchqun, Yangiobod mahalla fuqarolar yig‘inlari
📍 Navro‘z MFY – A.Sahoba ko‘chasi

⚠️ Elektr ta’minoti to‘xtatilishi munosabati bilan, Nurafshon shahar adliya bo‘limining Davlat xizmatlari markazida ham elektr energiyasi bo‘lmaydi.

🔹 Elektr uzilishi davrida Sizga my.gov.uz portali orqali elektron davlat xizmatlaridan foydalanishni yoki yaqin atrofdagi boshqa Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishni tavsiya etamiz.

Keltirilayotgan noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | ✅Facebook | 🌐Veb sayt | 🌐Instagram|📹Youtube
04/16/2025, 10:04
t.me/adliyangiliklari/18363
#Adliya_xabari

Adliya vaziri  A.Tashkulov Andijon viloyatidagi "Mustaqillik" mahallasida bo'ldi.

Andijon viloyati respublikamizda aholisi eng zich joylashgan hududlardan hisoblanib, 1 km² ga 824 kishi toʻgʻri keladi.
2030-yilga borib viloyat aholisi qariyb 350 ming kishiga koʻpayib, aholi zichligi 1 km² ga 900 kishini tashkil qilishi kutilmoqda. Bu esa oʻz navbatida uy-joyga boʻlgan talabning ortishiga olib keladi.

Shu bois, A.Tashkulov “Mustaqillik” MFY aholisi bilan uchrashib, respublika hududlaridan samarali foydalanish, hududni meʼmoriy, ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik jihatdan yaxshilash boʻyicha Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Shaharsozlik renovatsiyasi toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi haqida ma'lumot berdi.

“Mustaqillik” MFY hududidagi 33 gektar yer maydonida maʼnan eskirgan 682 ta yakka tartibdagi uy-joylar va 37 ta noturar binolar oʻrnida renovatsiya loyihasini amalga oshirish orqali 2,4 ming xonadonli koʻp qavatli uy-joylar hamda xizmat koʻrsatish, ijtimoiy soha va boshqa turdagi obyektlarni qurish imkoniyati mavjudligi ta'kidlanib, salohiyatli investorlarni jalb qilgan holda, 2025-2030-yillarda bosqichma-bosqich renovatsiya dasturini amalga oshirish pilot loyihasini amalga oshirish imkoniyati mavjudligi ta'kidlandi.

Muloqot davomida, aholining fikrlari, taklif va e’tirozlari tinglandi.

📌 Kanalga ulanish
04/16/2025, 08:26
t.me/adliyangiliklari/18359
04/16/2025, 08:26
t.me/adliyangiliklari/18360
04/16/2025, 08:26
t.me/adliyangiliklari/18361
04/16/2025, 08:26
t.me/adliyangiliklari/18362
04/16/2025, 08:04
t.me/adliyangiliklari/18357
04/16/2025, 08:04
t.me/adliyangiliklari/18358
#Adliya_xabari

Andijon viloyati Qo'rg'ontepa tumani davlat xizmatlari markazining Qorasuv filiali yangi binosining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Ochilish marosimida, O'zbekiston Respublikasi adliya vaziri A.Tashkulov va Qo'rg'ontepa tuman hokimi ishtirok etdilar. 

Adliya vaziri mazkur marosimda nutq soʻzlab, yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlar fuqarolarimizning huquqlarini taʼminlashga, ularga tez, oson va qulay davlat xizmatlarini koʻrsatishga, vaqtlarini tejashga xizmat qilishini taʼkidlab oʻtdi.

Shuningdek, Adliya vazirligi tomonidan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida M.Normatovning tug'ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi muddati o'tkazilib qayd etilgan holda  fuqaroga shaxsan vazir  tomonidan tug'ilganlik haqidagi guvohnoma topshirildi.

📌 Kanalga ulanish
04/16/2025, 08:04
t.me/adliyangiliklari/18353
04/16/2025, 08:04
t.me/adliyangiliklari/18354
04/16/2025, 08:04
t.me/adliyangiliklari/18356
04/16/2025, 08:04
t.me/adliyangiliklari/18355
04/16/2025, 07:50
t.me/adliyangiliklari/18350
04/16/2025, 07:50
t.me/adliyangiliklari/18351
#Adliya_xabari

Anqara shahrida fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etish sohasini takomillashtirishga qaratilgan uchrashuv o‘tkazilmoqda.

Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Moldova va Turkiya davlatlari Adliya vazirliklarining mas’ul vakillari ishtirok etib, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan imkoniyatlar muhokama qilinmoqda.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vakilining taqdimoti o'tkazilib, sohadagi raqamlashtirish hamda fuqarolarga yaratilgan qulayliklar borasida mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida xorijiy tomon vakillari tanishtirildi.

Sohani yanada takomillashtirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish maqsadida 10 dan ortiq davlatlardan tashrif buyurgan Adliya vazirliklari va FHDY organlari vakillari o‘zaro ish tajribalarini almashishmoqda.

📌 Kanalga ulanish
04/16/2025, 07:50
t.me/adliyangiliklari/18349
04/16/2025, 07:50
t.me/adliyangiliklari/18352
04/15/2025, 18:40
t.me/adliyangiliklari/18348
04/15/2025, 18:40
t.me/adliyangiliklari/18346
04/15/2025, 18:40
t.me/adliyangiliklari/18347
Adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov va Niderlandiyaning O‘zbekistondagi Inson huquqlari bo‘yicha Elchisi Vim Girts oʻrtasida ikki tomonlama uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov mehmonlarga so‘ngi yillarda mamlakatimizda inson huquqlari va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, fuqarolik jamiyati, so‘z erkinligi hamda sud-huquq tizimi sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida gapirib oʻtdi.

Shuningdek, uchrashuvda BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining universal davriy hisoboti doirasida O‘zbekiston Respublikasining davriy hisobotini ko‘rib chiqish yakunlariga urg‘u berildi.

Elchi Vim Girts Janobi Oliylari, ushbu
234 ta tavsiyalardan 219 tasini O‘zbekiston qabul qilganligiga, ayniqsa majburiy mehnat, gender tenglikva oilaviy zo‘ravonlik masalalariga O‘zbekiston tomonidan mutlaqo chek qo‘yilganligiga, shuningdek, diniy bag‘rikenglik borasidagi yutuqlarga yuksak baho berdi.

Fuqarolik jamiyati institutlarining erkin faoliyati borasida amalga oshirilayotgan islohotlar muhokama qilinar ekan, mazkur sohadagi qonunchilik hujjatlari takomillashtirilishi natijasida nodavlat-notijorat tashkilotlarining soni 10 mingtaga yetdi.

Uchrashuv yakunida, M. Ikramov O‘zbekiston inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarini bajarishni davom ettirish, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlarining huquqlari va erkinliklarini himoya qilish borasidagi islohotlar ortga qaytmasligini hamda bu boradagi ishlar jadallik bilan davom ettirilishini ta’kidladi.

📌 Kanalga ulanish
04/15/2025, 18:40
t.me/adliyangiliklari/18343
04/15/2025, 18:40
t.me/adliyangiliklari/18344
04/15/2025, 18:40
t.me/adliyangiliklari/18345
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Huquqiy eksperiment to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Hozirga qadar qonunchilikda “huquqiy eksperiment” tushunchasi belgilangan bo‘lsa-da, huquqiy eksperimentni o‘tkazish bilan bog‘liq munosabatlar kompleks tarzda tartibga solinmagan. Qonun loyihasi ushbu huquqiy bo‘shliqni to‘ldirishga hamda huquqiy eksperimentlar o‘tkazishning asosiy talab va shartlarnini belgilashga qaratilgan.

Xususan, loyihada muayyan tartib-taomilni huquqiy eksperimentdan o‘tkazish vaqt, hudud va shaxslar doirasi bo‘yicha olib borilishi shuningdek, huquqiy eksprimentni o‘tkazish bosqichlari belgilanmoqda.

Bundan tashqari, huquqiy eksperiment o‘tkazish shakllari va usullari, uni tashkil etish va o‘tkazish shartlari, huquqiy eksperiment natijalarini baholash tartibi va ularni rasmiylashtirish bo‘yicha talablar o‘z aksini topmoqda.

Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi huquqiy eksperiment bo‘yicha yagona amaliyotni joriy etishga, huquqni qo‘llashdagi turlicha talqin qilish va murakkabliklarning oldini olishga xizmat qiladi.

📌 Kanalga ulanish
04/15/2025, 18:10
t.me/adliyangiliklari/18341
04/15/2025, 18:10
t.me/adliyangiliklari/18342
04/15/2025, 14:49
t.me/adliyangiliklari/18335
04/15/2025, 14:49
t.me/adliyangiliklari/18338
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria