Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
CN
Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации
https://t.me/cntiuz
Channel age
Created
Language
Uzbek
0.92%
ER (week)
10.52%
ERR (week)

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion Rivojlanish Agentligi huzuridagi Ilmiy-Texnik Axborot Markazi rasmiy kanali

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
“Green Spark”: Yashil kelajak sari

Markaziy Osiyoning eng kreativ yoshlari uchun yana bir imkoniyat! Agar sizda ekologik muammolarni hal qilishga qaratilgan innovatsion g‘oya yoki startapingiz bo‘lsa – bu tanlov aynan siz uchun!

Bu nafaqat g‘oyangizni tajribali ekspertlar oldida taqdim etish, balki uni hayotga tatbiq etish, yirik sovrinlar yutib olish va boshqa iqtidorli yoshlardan tanishish imkoniyati beradi!

Tanlovda Markaziy Osiyo davlatlaridagi kreativ yoshlar, talabalar, tadbirkorlar va ekologiya sohasidagi yosh mutaxassislar oshtirok etishi mumkin.

Tanlovda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oyalar qabul qilinadi:
• Raqamli texnologiyalar va AKT
• Kreativ va ratsionalizatorlik ishlanmalari
• Resurstejamkorlik va barqaror energiya loyihalari
• Ichimlik suvi va oziq-ovqat xavfsizligi yechimlari
• Ekologik muhofaza va yashil texnologiyalar

Mukofot jamg‘armasi 1-o‘rin uchun 10,000, 2-o‘rin 7,000, 3-o‘rin 5,000 va 4–5-o‘rinlar uchun 3,000 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofotlari beriladi!

Arizalar topshirish muddati: 28-aprel qadar
Final bosqichi: 15–17 may, Nukus shahri, Qoraqalpog‘iston

Hozirdanoq ariza topshiring:👉 Ariza shakli

Bizning sahifalarimiz:
Web-site | Instagram | YouTube | Facebook
04/28/2025, 19:00
t.me/cntiuz/3844 Link
#seminar

💙💙💙

"Xalqaro ilmiy ma'lumotlar bazalaridan samarali foydalanish" mavzusida seminar-treningga marhamat!

2025-yil 29-aprel kuni soat 11:00 da Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Ilmiy-texnik axborot markazi, "Springer Nature" va "Clarivate" kompaniyalari hamkorligida "Xalqaro ilmiy ma'lumotlar bazalaridan samarali foydalanish" mavzusida seminar-trening bo'lib o'tadi.

Seminarda Markaziy Osiyo mintaqasi uchun mas'ul mutaxassislar ishtirok etadi.

Barchani ushbu seminarga taklif qilamiz!

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
04/28/2025, 16:50
t.me/cntiuz/3843 Link
#IlmiyYangiliklar

Jeff Bezosning Blue Origin kompaniyasi 2025-yil 14-aprel kuni tarixdagi birinchi toʼliq ayollardan iborat jamoani kosmosga uchirdi.

Blue Originning New Shepard raketasi orqali amalga oshirilgan ushbu missiyada mashhur pop-qoʼshiqchi Keti Perri, jurnalist Geyl King, jurnalist Loren Sanches, NASA eksperti Аisha Boui, aktivist va Nobel mukofotiga nomzod Аmanda Nguenlar boʼlgan.

Parvoz 11 daqiqa davom etgan, shundan 4 daqiqa vaznsizlik holatida boʼlgan. Keti Perri parvoz davomida "What a Wonderful World" qoʼshigʼini ijro etgan va missiyani ilhomlantiruvchi deb atagan. Missiyaning maqsadi — ayollarning kosmosdagi ishtiroki va ilk ayollardan iborat ekipajning tarixiy ahamiyatini nishonlashdir.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
04/28/2025, 13:44
t.me/cntiuz/3841 Link
1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

📚TEZIS VA MAQOLA YOZISH QOIDALARI BO‘YICHA TAVSIYALAR!!!

Ilmiy ishlaringizni sifatli tayyorlash uchun zarur bo‘lgan asosiy qoidalar va tavsiyalar bilan tanishing!

@doktorantlarofficial

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
04/28/2025, 12:31
t.me/cntiuz/3840 Link
#seminar

🟦🟦🟦

Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan “Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini iqtisodiyot tarmoqlari ilmiy ehtiyoj va muammolari asosida shakllantirish” mavzusida seminar tashkil etilmoqda.

Sana: 30.04.2025.
Vaqti: 11:30.
Manzil: Innovatsion rivojlanish agentligi (Universitet ko’chasi, 7)

🟢Ro‘yxatdan o‘tish uchun

Seminarda ishtirok eting va mavzu doirasidagi savollaringizga mutaxassislarimizdan javob oling!

Bizni kuzating

Web-site
| Instagram | Facebook | YouTube
04/28/2025, 11:05
t.me/cntiuz/3839 Link
🟦🟦🟦

🌐 Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi "Muhandislik sohasidagi ilmiy va innovatsion ishlanmalar" bo‘yicha so‘nggi yangiliklarni taqdim etadi!

🤔3D-printer yordamida qurilgan temiryo‘l stansiyasi 6 soatda barpo etildi;

🤔50 yil xizmat qiluvchi yadroviy batareya ishlab chiqildi;

🤔Dunyodagi ilk qutqaruv droni ishlab chiqarildi;

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
04/25/2025, 22:29
t.me/cntiuz/3838 Link
04/25/2025, 19:49
t.me/cntiuz/3836 Link
⚖️👨‍💻👩‍💻💬

🗓 Maqolalarni topshirish muddati: 2025-yil 15-maygacha

📩 Onlayn va offlayn ishtirok shakllari mavjud.

📧 Maqolalar qabuli uchun: n.durdiev@csti.uz

💬Murojaat uchun: +998 (71) 203-32-23 (590)

@csti_murojaat_bot

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
04/25/2025, 19:49
t.me/cntiuz/3837 Link
#anjuman

✅✅✅✅✅✅

Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi tomonidan “Fan va texnologiyalar sohasidagi muammolar va ularning innovatsion yechimlari” mavzusidagi xalqaro miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumani tashkil etilmoqda.

Anjuman doirasida qishloq xo‘jaligi va texnologik sohalarga oid quyidagi sho‘balar bo‘yicha ma’ruzalar tinglanadi:

1️⃣ Ekologiya, seleksiya va urug‘chilik, sabzavotchilik, o‘simlikshunoslik;
2️⃣ Umumiy dehqonchilik, melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik, agrokimyo, agrotexnika va texnologiyalar.

Ilmiy izlanishlaringiz natijalarini xalqaro miqyosda taqdim etmoqchimisiz? Unda ushbu xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok eting!

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
04/25/2025, 19:49
t.me/cntiuz/3834 Link
Tashkilot targ'iboti faqat axborot xizmatining ishi emas, bu har bir xodimga tegishli masala!

Bugun Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik axborot markazi xodimlari uchun tashkil etilgan interfaol ma'ruzada shu kabi insaydlar olindi.

🖥 "Tashkilot mediaqiyofasini yaratishda PR-xizmatlarining yangi vazifalari va tamoyillar: korporativ va individual imijni shakllantirish texnologiyalari" deb nomlangan onlayn seminarda "Yangi media ta'im markazi" NNT direktori, filologiya fanlari doktori (DSc) Beruniy Alimovning ma'ruzasi tinglandi.

🔥 Onlayn interfaol ma'ruzadan muhim insaydlar:

👉 korporativ imij individual imijni shakllantirishdan boshlanadi;
👉 har kuni qilinayotgan ishlar ijtimoiy tarmoqlarda yoritilishi kerak;
👉 ijtimoiy tarmoqlardagi faollikka maqtanish deb emas, o'z ish faoliyatidan xabardor qilish deb qarash kerak;
👉 bugun dunyoni insonlar emas, ular shakllantirgan obrazlar boshqaradi...

Siz bu fikrlarning qaysi biriga qo'shilasiz? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring!
04/25/2025, 17:44
t.me/cntiuz/3831 Link
1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

💡Eng koʻp patentlar qaysi davlatlarga tegishli?

1. 🇨🇳 Xitoy: 1 500 000
2. 🇺🇸 AQSH : 600 000
3. 🇯🇵 Yaponiya: 300 000
4. 🇩🇪 Germaniya: 180 000
5. 🇰🇷 Janubiy Koreya: 170 000
6. 🇫🇷 Fransiya: 100 000
7. 🇬🇧 Birlashgan Qirollik: 90 000
8. 🇮🇳 Hindiston: 85 000
9. 🇨🇦 Kanada: 80 000
10. 🇮🇹 Italiya: 70 000
11. 🇳🇱 Niderlandiya: 65 000
12. 🇸🇪 Shvetsiya: 60 000
13. 🇨🇭 Shveytsariya: 55 000
14. 🇧🇷 Braziliya: 50 000
15. 🇷🇺 Rossiya: 45 000
16. 🇦🇺 Avstraliya: 40 000
17. 🇪🇸 Ispaniya: 35 000
18. 🇸🇬 Singapur: 30 000
19. 🇮🇱 Isroil: 25 000
20. 🇲🇽 Meksika: 20 000

Jahon intellektual mulk tashkiloti (WIPO)

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
04/25/2025, 15:57
t.me/cntiuz/3830 Link
#maqola

🌍 22 aprel — Xalqaro Yer kuni
Bu sana nafaqat tabiatni eslash, balki har birimizni atrof-muhitga nisbatan mas'uliyatli bo‘lishga undaydi. Ekologik muammolar kuchayib borayotgan bugungi kunda, tabiatni asrash — eng muhim vazifamizga aylangan. 🌱

Yer — yagona uyimiz. Uni asrash esa kelajagimizni asrash demakdir!

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
04/24/2025, 19:10
t.me/cntiuz/3829 Link
❗️IQ darajasi bo‘yicha dunyo davlatlarining yangi reytingi e’lon qilindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
04/24/2025, 16:54
t.me/cntiuz/3828 Link
#seminar

Buxoro davlat pedagogika institutida xalqaro ilmiy grantlar va ma’lumotlar bazalari bo‘yicha amaliy seminar tashkil etildi.

Seminar davomida ishtirokchilarga Pivot-RP xalqaro ilmiy grantlar bazasi, Web of Science kabi nufuzli platformalardan samarali foydalanish, ilmiy hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish va xalqaro loyihalarda ishtirok etish imkoniyatlari bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Seminar doirasida professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va doktorantlar uchun grantlar topish, ariza tayyorlash hamda maqolalarni nufuzli ilmiy jurnallarda chop etish bilan bog‘liq muhim tavsiyalar taqdim etildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va ilmiy faoliyatda xalqaro tajribaga integratsiyalash yo‘llari yuzasidan foydali ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
04/24/2025, 13:35
t.me/cntiuz/3822 Link
#seminar

“Pivot-RP xalqaro ilmiy grantlar bazasidan samarali foydalanish” mavzusida bo‘lib o‘tgan navbatdagi seminarimizda 100 nafardan ortiq ishirokchi offlayn va onlayn shaklda qatnashdi.

Mutaxassislarimiz tomonidan Pivot-RPda ro‘yxatdan o‘tish, foydalanish, grantlarga hujjat topshirish va ishtirok etish kabi yo‘nalishlardagi 20ga yaqin savollarga javob berildi.

⏺Eslatib o‘tamiz, seminar YouTube'dagi rasmiy sahifamizda saqlandi.

🔤Mavzu bo‘yicha savollaringizni izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin!

Bizni kuzating

Web-site
| Instagram | Facebook | YouTube
04/23/2025, 20:36
t.me/cntiuz/3821 Link
#seminar

🟥🟦🟦

Bugun 23-aprel va bizda navbatdagi seminar boshlanish arafasida.

Mavzu: “Pivot-RP xalqaro ilmiy grantlar bazasidan samarali foydalanish”

Seminarni onlayn kuzating!

Savollaringizni izohlarda yozib qoldiring. ⬇️

Bizni kuzating

Web-site
| Instagram | Facebook | YouTube
04/23/2025, 12:27
t.me/cntiuz/3819 Link
#Avtomobilsiz_kun

“Avtomobilsiz kun” ommaviy aksiyasiga siz ham ishtirok eting!

Ertaga, 23-aprel kuni respublika bo‘ylab “Avtomobilsiz kun” ommaviy aksiyasi o‘tkaziladi.

Aksiya munosabati bilan davlat tashkilotlari rahbarlari va xodimlariga shaxsiy avtomobillardan vaqtinchalik foydalanmaslik, buning o‘rniga jamoat transporti, velosiped yoki atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan boshqa transport vositalaridan foydalanish tavsiya etiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
04/22/2025, 22:08
t.me/cntiuz/3817 Link
#Inno_time
#hafta_yangiliklari

🌐Ilm-fan va innovatsiyalar dunyosidagi eng so‘nggi yangiliklar!

🦷 Inson tishi sun’iy ravishda yetishtirildi;

🔩 Issiq va sovuqqa bardoshli “supermetall” yaratildi;

🐬 Google delfinlar bilan muloqot qilish texnologiyasini taqdim etdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
04/22/2025, 21:09
t.me/cntiuz/3816 Link
Assalomu-alaykum hurmatli ilm ahli, qardli ustozlar va aziz yosh tadqiqotchilar!

Sizlarni 2025-yil 23-24-aprel kunlari Chirchiq davlat pedagogika universitetida o'tkazilayotgan “Falsafa va e’tiqod: o‘tmish, bugun va kelajak” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga taklif etamiz!

📚 Anjuman dasturi 👉 havola

📲 ZOOM ilovasiga 👉 havola
🔹Identifikator: 3157675651
🔸Kirish kodi: 1
04/22/2025, 19:28
t.me/cntiuz/3815 Link
😊😊😊😊

Namanganda ilmiy platformalar bo‘yicha amaliy seminar-treninglar o‘tkazildi

Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazining Ilmiy tahririyat va noshirlik boshqarmasi mutaxassislari tomonidan Namangan viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarida seminar-treninglar tashkil etildi.

Seminarlar Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, Namangan davlat pedagogika instituti hamda University of Business and Scienceda tashkil etildi.

Seminarlar davomida professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va yosh olimlar Researchgate.com va Academia.edu platformalari orqali h-indeks ko‘rsatkichini oshirish usullari bilan tanishdilar. Shuningdek, Scopus ma’lumotlar bazasidan samarali foydalanish, ro‘yxatdan o‘tish, maqolalarni izlash va ilmiy nashrlar bilan ishlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
04/22/2025, 17:00
t.me/cntiuz/3807 Link
#seminar

✅✅✅✅✅✅

📣Pivot-RP platformasi bo‘yicha amaliy seminar-treningga taklif etamiz!

📌 2025-yil 23-aprel kuni Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi tomonidan “Pivot-RP xalqaro ilmiy grantlar bazasidan samarali foydalanish” mavzusida seminar-trening tashkil etiladi.

Sana: 23.04.2025.
Vaqti: 11:30.
Manzil: Innovatsion rivojlanish agentligi (Universitet ko’chasi, 7)

Ro‘yxatdan o‘tish uchun

Batafsil ma'lumot uchun: @csti_murojaat_bot

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
04/22/2025, 11:04
t.me/cntiuz/3805 Link
1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

Ilmiy tadqiqot ishlari uchun eng foydali manbalar! 📝

🤔 Turnitin.com - plagiatni aniqlashda yordam beradi (xorijiy tillarda)

🤔 Antiplag.uz –milliy antiplagiat tizimi

🤔 Quillbot.com - qayta yozish va so‘zlarni ifodalash uchun platforma

🤔 Wordtune.com – siz yozmoqchi bo‘lgan fikrlarni yanada boyitib beruvchi sayt

🤔 www.refseek.com – akademik ilmiy resurslar qidiruv tizimi. Bir milliarddan ortiq manbalar: ensiklopediyalar, monografiyalar va jurnallar.

🤔 https://link.springer.com –10 milliondan ortiq ilmiy adabiyotlar bazasi: kitoblar, maqolalar, tadqiqot ishlari.

🤔 www.worldcat.org – 20 ming jahon kutubxonlari doirasidagi qidiruv tizimi. Eng noyob adabiyotlar manbai.

🤔 Grammarly.com - ingliz tilidagi ilmiy maqolani tekshirib beruvchi va xatolarini ko‘rsatuvchi dastur

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
04/21/2025, 16:56
t.me/cntiuz/3804 Link
#maxsus_dayjest

BUXORO – ilm va innovatsiyalar manzili!

Ilmiy-texnik axborot markazining maxsus dayjesti endi Buxoro viloyatiga bag‘ishlandi!

Qadimiy madaniyat va ilm maskani bo‘lgan Buxoro bugun qanday zamonaviy ishlanmalari bilan e’tibor qozonmoqda?
Biotibbiyot, raqamli texnologiyalar, qishloq xo‘jaligi va ekologik yechimlarda qanday innovatsiyalar hayotga tatbiq etilmoqda?

Yangi sonimizda siz:
🔘 onkologik qo‘shimchalar ishlab chiqarish;
🔘 gidroponika va mikroklonal ko‘chat yetishtirish;
🔘 sun’iy intellektli platformalar;
🔘 VR qurilmalar, STEM ta’limi va energiya tejamkor texnologiyalar haqidagi dolzarb yangiliklar bilan tanishasiz!

🟢 Yangi texnologiyalar, istiqbolli loyihalar va Buxoroning innovatsion salohiyati – barchasi yangi maxsus sonimizda!

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
04/21/2025, 12:58
t.me/cntiuz/3803 Link
#seminar

🟦🟦🟦

Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi tomonidan “Pivot-RP xalqaro ilmiy grantlar bazasidagi imkoniyatlaridan samarali foydalanish” mavzusida seminar tashkil etilmoqda.

Sana: 23.04.2025.
Vaqti: 11:30.
Manzil: Innovatsion rivojlanish agentligi (Universitet ko’chasi, 7)

🟢Ro‘yxatdan o‘tish uchun

Seminarda ishtirok eting va mavzu doirasidagi savollaringizga mutaxassislarimizdan javob oling!

Bizni kuzating

Web-site
| Instagram | Facebook | YouTube
04/21/2025, 10:49
t.me/cntiuz/3802 Link
#diqqat_tanlov

“Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida “Mudofaa sohasidagi ilmiy g‘oyalar” tanlovi bo‘yicha arizalar qabuli boshlandi.

Tanlov ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar:

- Tanlov ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi kerak;
- Tanlov ishtirokchilari yoshi, ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qat’iy nazar 40 yoshdan oshmasligi lozim;
- 1 nafar ishtirokchi 1 ta loyiha bilan ishtirok etishi mumkin.

⏺Topshirilgan ilmiy g‘oyani amalga oshirishga so‘ralgan mablag‘ miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravarigacha bo‘lishi zarur;

🗣Tanlov doirasida arizalar 2025-yilning 18-aprel kunidan 2025-yilning 18-may kuni soat 23:59 ga qadar “startup.ilmiy.uz” platformasi orqali qabul qilinadi.

🌐 Batafsil

Bizni kuzating

Web-site
| Instagram | Facebook | YouTube
04/19/2025, 15:31
t.me/cntiuz/3801 Link
#ilmiy_yutuq

🌍 Olimlar Yerdan 124 yorugʻlik yili masofada joylashgan okeanli sayyorada hayot belgilariga duch kelishdi

Gap K2-18b deb nomlangan sayyora haqida ketmoqda. U Arslon burjidagi qizil karlik atrofida aylanadi va Yerdan ikki baravar katta. U yerdagi bir yil ham atigi 33 kun davom etadi. Olimlar sayyora atmosferasida aniqlagan birikmalar Yerda faqat fitoplankton kabi tirik organizmlar tomonidan ishlab chiqariladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
04/18/2025, 17:59
t.me/cntiuz/3800 Link
#malaka_oshirish

Turkiyada “Axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik” bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi

Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) tashabbusi bilan Turkiyaning Anqara shahrida joylashgan TIKA markaziy ofisida tashkil etilgan “Axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik” yo‘nalishidagi o‘quv mashg‘ulotlarining 3-bosqichi muvaffaqiyatli yakuniga yetdi.

Mazkur o‘quv dasturida O‘zbekistonning qator vazirlik va idoralaridan vakillar ishtirok etdi. Jumladan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Mudofaa vazirligi, Fanlar akademiyasi, Adliya vazirligi, shuningdek, Innovatsion rivojlanish agentligi va uning huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi mutaxassislari faol qatnashishdi.

Dastur davomida ishtirokchilar xalqaro ekspertlar bilan birgalikda kiberxavfsizlik sohasidagi zamonaviy tendensiyalar va ilg‘or texnologiyalar bo‘yicha chuqur bilimlarga ega bo‘lishdi.

O‘quv mashg‘ulotlari yakunida barcha qatnashchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

Mazkur bosqich bilim almashish, tajriba orttirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
04/18/2025, 13:53
t.me/cntiuz/3799 Link
1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

📊 O‘zbekistonda Web of Science: 2024-yilgi foydalanish tahlili

🌐 Web of Science — bu butun dunyo bo‘yicha eng nufuzli ilmiy maqolalar, jurnallar va tadqiqotlarni jamlagan platforma bo‘lib, u orqali olimlar ilmiy axborotga tezkor va ishonchli kirish imkoniga ega bo‘ladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
04/18/2025, 12:03
t.me/cntiuz/3798 Link
#diqqat_tanlov

🟦🟦🟦

Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan amaliy tadqiqot va innovatsion loyihalarini qabul qilish uchun “O‘zbekiston-Xitoy” xalqaro qo‘shma tanlovi e‘lon qilinadi.

Tanlov 10 ta fan yo‘nalishida tashkil etilib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 9-martdagi 133-son qarorida belgilangan talablarga muvofiq o‘tkaziladi.

Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (Loyiha.ilmiy.uz) orqali 2025-yilning 16-iyuniga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun: +99871 203-32-23 (537/132/413).

🌐 Batafsil

Bizni kuzating

Web-site
| Instagram | Facebook | YouTube
04/17/2025, 18:33
t.me/cntiuz/3797 Link
Guliston davlat universitetida xalqaro ilmiy grantlar va ma’lumotlar bazalari bo‘yicha navbatdagi amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

📍16-aprel kuni Guliston davlat universitetida ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirokchilarga Pivot-RP grantlar platformasi va Web of Science bazasidan foydalanishning samarali usullari tanishtirildi.

✅ Seminar davomida professor-o‘qituvchilar va doktorantlar ilmiy loyihalar uchun grantlar topish, ariza topshirish va maqola chop ettirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar oldilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
04/17/2025, 17:05
t.me/cntiuz/3793 Link
1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

Pivot-RP — xalqaro ilmiy grantlar platformasi bo‘lib, dunyo bo‘ylab minglab tadqiqotchilar undan samarali foydalanmoqda.

Xo‘sh, O‘zbekiston tadqiqotchilari ushu platformadan qanday foydalanmoqda?

🔍 Shu kabi foydali maʼlumotlar va innovatsion atamalarni Inno Page sahifalarida kuzatib boring!

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
04/17/2025, 13:20
t.me/cntiuz/3792 Link
🌾 "AgroTech" sohasidagi startaplar uchun xalqaro tanlov!

World Food Prize Foundation va America’s Cultivation Corridor tomonidan e’lon qilingan Innovate for Impact Challenge tanlovi – bu global oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror qishloq xo‘jaligini ta’minlashga qaratilgan ilg‘or texnologiyalarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbusdir.

📌 Tanlovga kimlar topshirishi mumkin?
🔹 Foyda ko‘zlovchi (for-profit) erta bosqichdagi AgroTech startaplar
🔹 Loyihaning kamida bitta asoschisi unda to‘liq stavkada ishlayotgan bo‘lishi
🔹 Innovatsion, bozor talabi mavjud va barqaror rivojlanish maqsadlariga mos yechimlar egasi bo‘lishi kerak

📊 Baholash mezonlari:
✔️ Texnologiyaning yangiligi va ta’sir doirasi
✔️ Bozordagi salohiyat
✔️ Atrof-muhit va ijtimoiy barqarorlikka qo‘shgan hissasi
✔️ Kengaytirish va boshqa sharoitlarga moslashtirish imkoniyati

🏆 Mukofotlar:
🥇 1-o‘rin: $50,000
🥈 2-o‘rin: $10,000
🥉 3-o‘rin: $5,000

🎤 Finalchilar o‘z ishlanmalarini 2025-yilgi Borlaug Dialogue doirasida (Des Moines, Iowa, AQSH) 70 dan ortiq mamlakatdan kelgan 1,500 dan ziyod yetakchilar ishtirokida taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

🗓 Muhim sanalar:
🔹 Arizalarni qabul qilish: 2025-yil 21-yanvar
🔹 Ariza topshirishning so‘nggi muddati: 2025-yil 15-aprel
🔹 TOP-10 startap: 2025-yil iyun (DialogueNEXT India)
🔹 Ochiq ovoz berish: 2025-yil iyun–iyul
🔹 Final bosqichi: 2025-yil 21–23-oktabr (AQSH)

🇺🇿 O‘zbekistonlik ilmiy startaplar va innovatorlar uchun bu — global maydonda o‘z salohiyatini namoyon qilish, investorlar va xalqaro hamkorlar bilan bog‘lanish uchun ajoyib imkoniyat!

📧 Batafsil ma’lumot va ariza topshirish:
🔗 Rasmiy sahifa
📱 Pivot-RP bazasi

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 📷 Instagram
04/17/2025, 12:15
t.me/cntiuz/3791 Link
🟦🟦🟦

Xalqaro ilmiy grantlar va ma’lumotlar bazalari bo‘yicha amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 15-aprel kuni Guliston davlat pedagogika institutida ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan amaliy seminar-trening tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga Pivot-RP xalqaro ilmiy grantlar bazasi hamda Web of Science kabi nufuzli ilmiy ma’lumotlar platformalaridan samarali foydalanish bo‘yicha tushunchalar berildi.

Seminar doirasida professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va ilmiy xodimlar ilmiy loyihalar uchun moliyalashtirish manbalarini izlash, grantlarga ariza topshirish, hamda ilmiy maqolalarni nufuzli jurnallarda chop etish jarayonlariga oid amaliy ko‘nikmalarni egalladilar.

Seminar so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar va xalqaro ilmiy hamjamiyatga integratsiyalashish yo‘llari haqida muhim tavsiyalar oldilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
04/16/2025, 17:07
t.me/cntiuz/3788 Link
Abu-Dabida xarajatlari qoplanadigan butunjahon kongressi — IUCN World Conservation Congress🤔

18-35 yosh oralig'idagi yosh yetakchilar uchun tabiatni muhofaza qilish bo'yicha Abu-Dabida o'tkaziladigan butunjahon kongressi — IUCN World Conservation Congress taqdim etiladi.

Butunjahon tabiatni muhofaza qilish kongressi oʻz hamjamiyatlarida bioxilma-xillik, iqlim va barqaror rivojlanish muammolari boʻyicha ilgʻor yechimlarni ishlab chiqayotgan va amalga oshirayotgan yosh innovatorlar va istiqbolli yetakchilarni birlashtiradi.

📌Dastur doirasida quyidagi 5 ta muhim mavzu muhokama qilinadi:

🟠Scaling Up Resilient Conservation Action;
🟠Reducing Climate Overshoot Risks;
🟠Delivering on Equity;
🟠Transitioning to Nature-Positive Economies and Societies;
🟠Disruptive Innovation and Leadership for Conservation.

🗓 Ariza topshirish muddati: 24-aprel, 2025

Batafsil: https://www.oneyoungworld.com/scholarships/IUCN/2025

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
04/16/2025, 12:37
t.me/cntiuz/3787 Link
🟦🟦🟦

Ilmiy grantlar bo‘yicha amaliy seminar-trening bo‘lib o‘tdi

Shu yilning 14-aprel kuni Toshkent kimyo texnologiyalar instituti Yangiyer filialida Ilmiy-texnik axborot markazi hamda Clarivate kompaniyasi hamkorligida “Xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalaridan samarali foydalanish, xususan Pivot-RP xalqaro ilmiy grantlar bazasi imkoniyatlari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Mazkur seminarda professor-o‘qituvchilar, doktorantlar hamda ilmiy xodimlar grantlarni izlash, xalqaro moliyalashtirish dasturlaridan foydalanish va ariza topshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni egalladilar.

Seminar so‘nggida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
04/15/2025, 16:51
t.me/cntiuz/3782 Link
#diqqat_tanlov

🟦🟦🟦

Belarus Respublikasi Fan va texnologiyalar qo‘mitasi bilan hamkorlikda Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan fundamental loyihalar bo‘yicha “O‘zbekiston-Belarus” xalqaro qo‘shma tanlovi.

Tanlov 15 ta fan yo‘nalishida tashkil etilib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 9-martdagi 133-son qarorida belgilangan talablarga muvofiq o‘tkaziladi.

Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (Loyiha.ilmiy.uz) orqali 2025-yilning 10-iyuniga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.

Bizni kuzating

Web-site
| Instagram | Facebook | YouTube
04/15/2025, 12:06
t.me/cntiuz/3781 Link
📣 “Clarivate” kompaniyasi tomonidan o‘tkaziladigan vebinarda ishtirok eting!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi hamda “Clarivate” kompaniyasi hamkorligida vebinar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Mavzu: Dissertatsiya tayyorlashning barcha bosqichlari.

🗓 Sana: 15-aprel
🕑 O‘tkazish vaqti: 14:00–14:45
(Toshkent vaqti bilan)

🟢Ro'yxatdan o'tish uchun

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
04/15/2025, 10:49
t.me/cntiuz/3780 Link
Rossiya Venchur forumi doirasida tashkil etilgan “Milliy ustuvor yo‘nalishlar va intellektual mulk bozori” mavzusidagi davra suhbatining birinchi sessiyasida Ilmiy-texnik axborot markazi xodimlari faol ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekistonda intellektual mulk bozorini rivojlantirish, ushbu sohani qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan taqdimot o‘tkazildi. Shuningdek, milliy ustuvor yo‘nalishlarni belgilash, global tendensiyalar bilan uyg‘unlikda harakatlanish masalalari muhokama qilindi.

Davra suhbati intellektual mulk sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va innovatsion yechimlar almashinuvi uchun samarali platforma bo‘lib xizmat qildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
04/13/2025, 00:23
t.me/cntiuz/3776 Link
⚡️Ovozli chat

2025-yil 11-aprel kuni soat 11:00 da Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash Telegram kanalida izlanuvchilar faoliyati samaradorligining monitoringini tashkil etish bo‘yicha ovozli chat bo’lib o’tadi.

Mavzu yuzasidan barcha savollaringizga ushbu efirda jonli ravishda Innovatsion rivojlanish agentligi mutaxassislaridan javob olishingiz mumkin.

*️⃣EFIRGA QO'SHILISH

Bizni kuzating

Web-site
| Instagram | Facebook | YouTube
04/11/2025, 10:35
t.me/cntiuz/3775 Link
Bugun, 10-aprel kuni Qozon shahrida Rossiya venchur forumi o‘z ishini davom ettirdi

🤔O‘zbekiston Respublikasi Ilmiy-texnik axborot markazi vakillari forumning asosiy sessiyalarida ishtirok etib, ilmiy innovatsiyalar, texnologik startaplar va venchur investitsiyalar sohasidagi ilg‘or tajribalar bilan tanishdilar. Muhokamalarda ilmiy-texnik axborot tizimlarini rivojlantirish, tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

✔️Shuningdek, bugun O‘zbekiston Respublikasi Ilmiy-texnik axborot markazi va Tatariston Respublikasi Ilmiy-texnik axborot markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu memorandum ikki mamlakat ilmiy-texnik axborot muassasalari o‘rtasida ma’lumot almashinuvi, ilmiy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlash va innovatsion hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

💧 Mazkur kelishuv ilmiy-texnik taraqqiyotga ko‘maklashish, O‘zbekiston va Tatariston ilmiy hamjamiyatlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash hamda zamonaviy innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
04/10/2025, 23:36
t.me/cntiuz/3769 Link
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

Qozon shahrida ilmiy hamkorlik va tajriba almashish

📍Tatariston Respublikasi Milliy kutubxonasi, Rossiya venchur forumi, Tatariston Respublikasi Ilmiy-texnik axborot markazi – Qozon shahrida O‘zbekiston ilmiy-texnik hamjamiyat vakillari bo‘lib, ilmiy va innovatsion muassasalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrifda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Ilm-fanni rivojlantirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, Innovatsion rivojlanish agentligi hamda O‘zbekiston Ilmiy-texnik axborot markazi vakillari ishtirok etdi.

✅ 9—11-aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan Rossiya venchur forumi doirasida 9-aprel kuni Innopolis shahrida forum oldi tadbiri tashkil etildi. Unda ishtirokchilar innovatsion loyihalar, ilmiy ishlanmalar hamda venchur investitsiyalar imkoniyatlari bilan tanishishdi. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalar va startap ekotizimini rivojlantirish bo‘yicha muhokamalar ham o‘tkazildi.

📚Tatariston Respublikasi Milliy kutubxonasida delegatsiya kutubxonaning ilmiy-ma’rifiy faoliyati, elektron resurslar bazasi hamda innovatsion axborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha tajribasi bilan tanishdi.

🤝Tatariston Respublikasi Ilmiy-texnik axborot markazida ilmiy axborot almashinuvi, tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash va ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ilmiy axborot bazalarini yaratish, ma’lumotlarni raqamlashtirish hamda ilmiy-innovatsion tadqiqotlarga oid istiqbolli loyihalar yuzasidan fikr almashildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
04/10/2025, 14:28
t.me/cntiuz/3759 Link
🟦🟦🟦🟦

📒 9-aprel – buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavallud topgan kun!

Tarix sahifalarida o‘zining nodir iste’dodi, kuchli irodasi va adolatli boshqaruvi bilan o‘chmas iz qoldirgan buyuk siymolardan biri – Sohibqiron Amir Temur 9-aprel kuni tavallud topgan.

Uning harbiy va siyosiy dahosi nafaqat o‘z davrida, balki bugungi kunda ham butun dunyo tarixshunoslari tomonidan e’tirof etilmoqda. Sohibqiron qoldirgan meros, uning davlat qurishdagi tamoyillari va jahon taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi xalqimiz uchun doimo faxr va iftixor manbai bo‘lib qoladi.

⭐️Amir Temur siymosi – kuch va adolat timsoli!

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
04/09/2025, 09:55
t.me/cntiuz/3758 Link
1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣#️⃣3️⃣

🟢ICLD (Swedish International Center for Local Democracy) Women’s Political Leadership–➡️https://icld.se/en/international-programmes/the-programmes/itp-local-political-leaders-capacitating-women-in-politics/

🟢Cartier Women Initiatives Regional Awards (Central Asia)–➡️https://www.cartierwomensinitiative.com/awards

🟢Cartier Women Initiatives Science and Technology Pioneer Awards–➡️https://www.cartierwomensinitiative.com/science-technology-pioneer-award

🟢Cartier Women Initiatives Diversity, Equity and Inclusion Award– ➡️https://www.cartierwomensinitiative.com/diversity-equity-inclusion-award

🟢Cartier Women Initiatives Impact Awards– ➡️https://www.cartierwomensinitiative.com/impact-awards

🟢Cartier Women Initiatives Fellowship program–➡️https://www.cartierwomensinitiative.com/fellowship

🟢 L’Oréal-UNESCO For Women in Science (FWIS) International Awards–➡️https://www.unesco.org/en/prizes/women-science

🟢UNESCO Prize for Girls’ and Women’s Education–➡️https://www.unesco.org/en/prizes/girls-womens-education

🟢CFA Women’s Scholarship–➡️https://www.cfainstitute.org/en/programs/cfa/scholarships/womens

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
04/08/2025, 17:23
t.me/cntiuz/3757 Link
Joriy yilning 11-aprel sanasida Innovatsion rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan Jahon bankining “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasi doirasida “Ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish va ilmiy ishlanmalarga biznes-investitsiya” mavzusida biznes-forum o‘tkaziladi.

Biznes-forumda MUNIS loyihasi tomonidan xususiy sektor bilan birgalikda moliyalashtirilayotgan yuqori texnologik loyihalarini dastlab natijalari va yaratilgan mahsulotlari potensial xaridor va investorlarga namoyish etiladi. Loyihalar Axborot texnologiyalaridan tortib, tibbiyot va qishloq xo‘jaligi kabi sohalarni qamrab oladi.

Shu bilan birga, ilmiy ishlanmalarga davlat va xususiy sektor investitsiyalarini jalb qilishning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashish maqsadida yetakchi xorijiy va mahalliy ekspertlar ishtirokida plener sessiya ham tashkil etiladi.

Tadbir so‘ngida MUNIS loyihasi tomonidan amalga oshirilayotgan eng ilg‘or 10 ta loyihalarning investorlar uchun namoyishi (pitch) o‘tkaziladi.

Bizni kuzating

Web-site
| Instagram | Facebook | YouTube
04/08/2025, 15:00
t.me/cntiuz/3756 Link
📢 NIH R21 Grant: Inson asab tizimi uchun mikrofiziologik tizimlarni ishlab chiqish!

🔬 AQSH Milliy sog‘liqni saqlash institutlari (NIH) tomonidan e’lon qilingan grant nerv tizimining murakkab arxitekturasini realroq aks ettiruvchi mikrofiziologik tizimlar (MPS) yaratishga yo‘naltirilgan.

💰 Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash: 2 yilga maksimal $275,000

🗓 So‘nggi muddatlar:
Yangi ariza: 16 iyun / 16 oktabr 2025
Qayta topshirish: 16 iyul / 16 noyabr 2025

🔑 Tadqiqot yo‘nalishlari:
Neyrofiziologiya
Asab tizimi va qarish
Biotibbiyot muhandisligi
Ko‘rish, eshitish va kommunikatsiya buzilishlari

📎 Batafsil ma'lumot va ariza:
🔗 NIH rasmiy sahifasi
🔗 Pivot-RP sahifasi

📌 Talabgorlar: Oliy ta’lim muassasalari, tadqiqot markazlari, nohukumat tashkilotlar va xususiy sektor vakillari.

🔔 Ilm-fan yangiliklaridan doimiy xabardor bo‘lish uchun kanalimizga obuna bo‘ling:
👉 telegram kanal

#Grantlar #NIH #AsabTizimi #Neyrofiziologiya #Innovatsiya #R21 #Tadqiqot #IlmiyLoyiha
04/08/2025, 12:48
t.me/cntiuz/3755 Link
Anqarada “Axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik” bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarining 3-bosqichi boshlandi

📍Anqara, Turkiya 🇹🇷

🟢Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi mutaxassislari Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) tashabbusi bilan tashkil etilgan “Axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik” turkumidagi o‘quv mashg‘ulotlarning 3-bosqichida ishtirok etmoqda.

🗓 Joriy yilning 7-12 aprel kunlari Anqara shahrida o‘tkazilayotgan mazkur o‘quv jarayonida O‘zbekistonning turli vazirlik va idoralaridan mutaxassislar ishtirok etmoqda. Ushbu mashg‘ulotlar axborot xavfsizligini ta’minlash va sohadagi so‘nggi tendensiyalar bo‘yicha tajriba almashishga qaratilgan.

✔️Dastur doirasida xalqaro ekspertlar tomonidan zamonaviy axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik bo‘yicha interaktiv mashg‘ulotlar olib borilmoqda. Ishtirokchilar ilg‘or tajribalar bilan tanishib, sohaga oid dolzarb masalalar bo‘yicha bilim almashmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
04/07/2025, 21:55
t.me/cntiuz/3754 Link
1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

🟠 Xorijiy ilmiy stajirovkalarni tashkil etish bo‘yicha yagona elektron tizimda ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha video qo‘llanma!

Xorijiy universitetlarda ilmiy tajriba orttirish imkonini beruvchi stajirovka dasturlari davom etmoqda.

✅ E’lon qilinayotgan tanlovlarga ro‘yxatdan o‘tish jarayoni bilan tanishish uchun maxsus video qo‘llanmani taqdim etamiz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
04/04/2025, 17:33
t.me/cntiuz/3753 Link
Bucharest Summer University 2025 🌍

Bucharest University of Economic Studies tomonidan tashkil etiladigan 2 haftalik yozgi maktab bakalavr, magistratura va doktorantura talabalari uchun mo‘ljallangan.

Mavzu: AI davridagi marketing: tushunchalar, jalb qilish, innovatsiyalar.

Dasturning asosiy maqsadi butun dunyodan kelgan ishtirokchilar uchun xalqaro madaniy va akademik tadbir uyushtirib, iqtisodiy muammolarga birgalikda yechim topishdir.

🔸Dastur tili: ingliz tili
🔸Yosh: chegaralanmagan
🔸Ro'yxatdan o'tish muddati: 01.05.2025
🔸Davlat: Ruminiya 🇷🇴

Batafsil: https://bsu.ase.ro/

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
04/03/2025, 18:36
t.me/cntiuz/3752 Link
​​📣📣📣 “Ilm-fan va innovatsion rivojlanish – Наука и инновационное развитие – Science and Innovative Development” ilmiy jurnalining 2025-yil 3-soniga maqolalar qabuli boshlandi.

❗️Jurnalda maqolalar oʻzbek, qoraqalpoq, rus va ingliz tillarida nashr etiladi.
❗️Oʻzbek tilidagi maqolalar faqat lotin alifbosida qabul qilinadi.

📞 Mualliflar ilmiy maqolalarni ilm.fan@inbox.ru pochtasi yoki +998 99 373-90-35 telegram raqamiga yuborishlari mumkin.

‼️Ilmiy maqolalar jurnalga qo‘yilgan talablarga muvofiq yozilgan bo‘lishi lozim.

Maqolalar qabul qilingan kundan boshlab 30 ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi.

📌 Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasining TEXNIKA FANLARI bo‘yicha chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlari ro‘yxatiga kiritilgan.

❗️Jurnalga faqat TEXNIKA fanlaridan o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida yozilgan maqolalar qabul qilinadi.

‼️Bakalavr va magistratura talabalarining maqolalari qabul qilinmaydi.

‼️ Jurnalda maqolalar bepul chop etiladi.

📌 Jurnal iyun oyida nashr etiladi.

Facebook | Telegram | Web | Instagram
04/03/2025, 15:49
t.me/cntiuz/3751 Link
4️⃣4️⃣4️⃣ ⚖️👨‍💻👩‍💻💬

Tech Horizon 2025: Xalqaro IT va innovatsiyalar konferensiyasi

Anjumanda:
🔹IT, ta’lim va raqamli texnologiyalar bo‘yicha global trendlar;
🔹O‘qituvchilar, olimlar, IT mutaxassislar va ish beruvchilar uchun imkoniyat.

👥 Tashkilotchilar:
➡️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi;
➡️Raqamli texnologiyalar vazirligi;
➡️Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash Ulug‘bek jamg‘armasi;
➡️Toshkent shahridagi INHA universiteti;
➡️“Mirzo Ulug‘bek vorislari” tayyorlov o‘quv kurslari;
➡️“Science and Innovation” xalqaro ilmiy jurnali.

📝Maqolalar qabul muddati: 10-aprel
📧 Aloqa uchun: @Science_MMM_journal | info@scientists.uz

⬇️Dastur, namuna va hujjatlar topshirish shakli

📍Manzil: Hilton Tashkent City
📅Sana: 17-aprel, 2025-yil
🕙Vaqt: 10:00

Bizni kuzating
Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
04/03/2025, 10:16
t.me/cntiuz/3750 Link
#Inno_time
#hafta_yangiliklari

🌐Ilm-fan va innovatsiyalar dunyosidagi eng so‘nggi yangiliklar!

🧬Gen terapiyasida yangi texnologiya yaratildi;

📰 Sun’iy intellekt yaratgan ilk gazeta chop etildi;

🪐 Marsda kislorod ishlab chiqarish texnologiyasini yaratildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
04/02/2025, 16:40
t.me/cntiuz/3749 Link
1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣#️⃣2️⃣

📣📣Ayol va qizlar uchun stipendiya va imkoniyatlar!

✅Schlumberger Foundation scholarships for women–➡️ https://www.slb.com/about/who-we-are/schlumberger-foundation

✅Margaret McNamara awards–➡️ https://www.mmeg.org/programs

✅PEO International Peace Scholarships for Women–➡️ https://www.peointernational.org/about-peo-international-peace-scholarship-ips

✅Forte MBA–➡️ http://www.fortefoundation.org/site/PageServer?pagename=mba_fellows

✅FINCAD Women Scholarship–➡️ https://fincad.com/about

✅Goldman Sachs 10,000 Women Growth Fellowship–➡️ https://www.goldmansachs.com/citizenship/10000women/growth-fellowship/index.html

✅MPower Financing Women in STEM Scholarship–➡️ https://www.mpowerfinancing.com/scholarships/women-in-stem

✅Online News Association Women’s Leadership Accelerator–➡️ https://journalists.org/programs/womens-leadership-accelerator/

✅International Women’s Fund Media Foundation The Howard G. Buffett Fund for Women Journalists (FWJ)–➡️https://www.iwmf.org/programs/fund-for-women-journalists/

✅ McKinsey Next Generation Women Leaders EMEA–➡️https://www.mckinsey.com/next-generation-women-leaders/emea

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
04/02/2025, 12:50
t.me/cntiuz/3748 Link
🟦🟦🟦

Ilmiy tadqiqot ishingiz uchun zamonaviy laboratoriya va noyob ilmiy obyektlardan bepul foydalanishni istaysizmi? Unda ushbu dastur aynan siz uchun!

2025-yil 1-apreldan “Akademik harakatchanlik” dasturi tanlovida ishtirok etish uchun hujjatlar qabuli boshlandi.

Hujjatlar 30-aprelgacha https://akadem.ilmiy.uz/ platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.

Ushbu dastur yosh olimlarga ilmiy tashkilot va oliy ta’lim muassasalarining noyob ilmiy obyektlari, zamonaviy ilmiy laboratoriya va tajriba-konstruktorlik byurolaridan tekin foydalanish huquqini beradi.

Dasturda ishtirok etish uchun qo‘yiladigan shartlar:

- Loyiha ijrochisining yoshi ularning ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qatʼiy nazar 40 yoshdan oshmasligi;
- 1 ta ishtirokchi 1 ta ilmiy loyiha bilan ishtirok etishi;
- Topshirilgan ilmiy loyiha summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan oshmasligi;
- Dasturni amalga oshirish muddati 1 oydan 6 oygacha bo‘lishi.

Loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq barcha xarajatlar davlat tomonidan to‘liq qoplab beriladi.

“Akademik harakatchanlik” dasturi haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.

Arizalar topshirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha: (71) 203-32-23 (246)

Bizni kuzating

Web-site
| Instagram | Facebook | YouTube
04/02/2025, 11:08
t.me/cntiuz/3747 Link
#seminar

🟦🟦🟦

Innovatsion rivojlanish agentligining Ilm-fan va ta’lim integratsiyasi boshqarmasi tomonidan “Akademik harakatchanlik dasturi tanloviga hujjat topshirish va loyiha xarajatlar smetasini shakllantirish” mavzusida seminar tashkil etilmoqda.

Sana: 02.04.2025.
Vaqti: 11:30.
Manzil: Innovatsion rivojlanish agentligi (Universitet ko’chasi, 7)

🟢Ro‘yxatdan o‘tish uchun

Seminarda ishtirok eting va mavzu doirasidagi savollaringizga mutaxassislarimizdan javob oling!

❗️Ro‘yxatdan o‘tish 1-aprel 14:00ga qadar davom etadi.

Bizni kuzating

Web-site
| Instagram | Facebook | YouTube
04/01/2025, 19:40
t.me/cntiuz/3746 Link
#anjumanlar_royxati
#aprel

📢📢📢🗓2025-yil aprel oyida xalqaro va respublika miqyosida o'tkaziladigan ilmiy va ilmiy texnik tadbirlar ro'yxati❕

Joriy yilning aprel oyida jami 240 ta ilmiy va ilmiy texnik tadbirlar o'tkazilishi rejlashtirilgan bo'lib, shundan xalqaro miqyosdagi tadbirlar soni 134 tani respublika miqyosdagi tadbirlar soni 106 tani tashkil qiladi.

🔽📩www.anjumanlar.uz sayti orqali anjumanlarning axborot xati bilan tanishish va ishtirok etish uchun maqola yuborish imkoniyati mavjud.

👉 @ilmiy_darajali_kadrlar
04/01/2025, 12:28
t.me/cntiuz/3745 Link
04/01/2025, 12:28
t.me/cntiuz/3744 Link
📣 “Clarivate” kompaniyasi tomonidan o‘tkaziladigan vebinarda ishtirok eting!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi hamda “Clarivate” kompaniyasi hamkorligida vebinar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Mavzu: Web of Science va Pivot-RP orqali grant moliyalashtirishni izlash.

🗓 Sana: 1-aprel
🕑 O‘tkazish vaqti: 14:00–14:45
(Toshkent vaqti bilan)

🟢Ro'yxatdan o'tish uchun

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
04/01/2025, 10:20
t.me/cntiuz/3743 Link
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria