Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
Joriy yilning 11-aprel sanasida Innovatsion rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan Jahon bankining “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasi doirasida “Ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish va ilmiy ishlanmalarga biznes-investitsiya” mavzusida biznes-forum o‘tkaziladi.

Biznes-forumda MUNIS loyihasi tomonidan xususiy sektor bilan birgalikda moliyalashtirilayotgan yuqori texnologik loyihalarini dastlab natijalari va yaratilgan mahsulotlari potensial xaridor va investorlarga namoyish etiladi. Loyihalar Axborot texnologiyalaridan tortib, tibbiyot va qishloq xo‘jaligi kabi sohalarni qamrab oladi.

Shu bilan birga, ilmiy ishlanmalarga davlat va xususiy sektor investitsiyalarini jalb qilishning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashish maqsadida yetakchi xorijiy va mahalliy ekspertlar ishtirokida plener sessiya ham tashkil etiladi.

Tadbir so‘ngida MUNIS loyihasi tomonidan amalga oshirilayotgan eng ilg‘or 10 ta loyihalarning investorlar uchun namoyishi (pitch) o‘tkaziladi.

Bizni kuzating

Web-site
| Instagram | Facebook | YouTube
04/08/2025, 15:00
t.me/cntiuz/3756
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found