Bugun, 10-aprel kuni Qozon shahrida Rossiya venchur forumi o‘z ishini davom ettirdi
🤔O‘zbekiston Respublikasi Ilmiy-texnik axborot markazi vakillari forumning asosiy sessiyalarida ishtirok etib, ilmiy innovatsiyalar, texnologik startaplar va venchur investitsiyalar sohasidagi ilg‘or tajribalar bilan tanishdilar. Muhokamalarda ilmiy-texnik axborot tizimlarini rivojlantirish, tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
✔️Shuningdek, bugun O‘zbekiston Respublikasi Ilmiy-texnik axborot markazi va Tatariston Respublikasi Ilmiy-texnik axborot markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu memorandum ikki mamlakat ilmiy-texnik axborot muassasalari o‘rtasida ma’lumot almashinuvi, ilmiy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlash va innovatsion hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.
💧 Mazkur kelishuv ilmiy-texnik taraqqiyotga ko‘maklashish, O‘zbekiston va Tatariston ilmiy hamjamiyatlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash hamda zamonaviy innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️
🚀
Telegram 🔵
Facebook 📷
Instagram 🎬
YouTube