#seminar
Buxoro davlat pedagogika institutida xalqaro ilmiy grantlar va ma’lumotlar bazalari bo‘yicha amaliy seminar tashkil etildi.
Seminar davomida ishtirokchilarga Pivot-RP xalqaro ilmiy grantlar bazasi, Web of Science kabi nufuzli platformalardan samarali foydalanish, ilmiy hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish va xalqaro loyihalarda ishtirok etish imkoniyatlari bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Seminar doirasida professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va doktorantlar uchun grantlar topish, ariza tayyorlash hamda maqolalarni nufuzli ilmiy jurnallarda chop etish bilan bog‘liq muhim tavsiyalar taqdim etildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va ilmiy faoliyatda xalqaro tajribaga integratsiyalash yo‘llari yuzasidan foydali ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️
🚀
Telegram 🔵
Facebook 📷
Instagram 🎬
YouTube