Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
🟦🟦🟦

Xalqaro ilmiy grantlar va ma’lumotlar bazalari bo‘yicha amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 15-aprel kuni Guliston davlat pedagogika institutida ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan amaliy seminar-trening tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga Pivot-RP xalqaro ilmiy grantlar bazasi hamda Web of Science kabi nufuzli ilmiy ma’lumotlar platformalaridan samarali foydalanish bo‘yicha tushunchalar berildi.

Seminar doirasida professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va ilmiy xodimlar ilmiy loyihalar uchun moliyalashtirish manbalarini izlash, grantlarga ariza topshirish, hamda ilmiy maqolalarni nufuzli jurnallarda chop etish jarayonlariga oid amaliy ko‘nikmalarni egalladilar.

Seminar so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar va xalqaro ilmiy hamjamiyatga integratsiyalashish yo‘llari haqida muhim tavsiyalar oldilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
04/16/2025, 14:07
t.me/cntiuz/3788
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found