Anqarada “Axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik” bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarining 3-bosqichi boshlandi
📍Anqara, Turkiya 🇹🇷
🟢Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi mutaxassislari Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) tashabbusi bilan tashkil etilgan “Axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik” turkumidagi o‘quv mashg‘ulotlarning 3-bosqichida ishtirok etmoqda.
🗓 Joriy yilning 7-12 aprel kunlari Anqara shahrida o‘tkazilayotgan mazkur o‘quv jarayonida O‘zbekistonning turli vazirlik va idoralaridan mutaxassislar ishtirok etmoqda. Ushbu mashg‘ulotlar axborot xavfsizligini ta’minlash va sohadagi so‘nggi tendensiyalar bo‘yicha tajriba almashishga qaratilgan.
✔️Dastur doirasida xalqaro ekspertlar tomonidan zamonaviy axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik bo‘yicha interaktiv mashg‘ulotlar olib borilmoqda. Ishtirokchilar ilg‘or tajribalar bilan tanishib, sohaga oid dolzarb masalalar bo‘yicha bilim almashmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️
🚀
Telegram 🔵
Facebook 📷
Instagram 🎬
YouTube