Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
😊😊😊😊

Namanganda ilmiy platformalar bo‘yicha amaliy seminar-treninglar o‘tkazildi

Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazining Ilmiy tahririyat va noshirlik boshqarmasi mutaxassislari tomonidan Namangan viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarida seminar-treninglar tashkil etildi.

Seminarlar Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, Namangan davlat pedagogika instituti hamda University of Business and Scienceda tashkil etildi.

Seminarlar davomida professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va yosh olimlar Researchgate.com va Academia.edu platformalari orqali h-indeks ko‘rsatkichini oshirish usullari bilan tanishdilar. Shuningdek, Scopus ma’lumotlar bazasidan samarali foydalanish, ro‘yxatdan o‘tish, maqolalarni izlash va ilmiy nashrlar bilan ishlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️

🚀 Telegram 🔵 Facebook 📷 Instagram 🎬 YouTube
04/22/2025, 11:00
t.me/cntiuz/3807
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found