🌍 Olimlar Yerdan 124 yorugʻlik yili masofada joylashgan okeanli sayyorada hayot belgilariga duch kelishdi
Gap K2-18b deb nomlangan sayyora haqida ketmoqda. U Arslon burjidagi qizil karlik atrofida aylanadi va Yerdan ikki baravar katta. U yerdagi bir yil ham atigi 33 kun davom etadi. Olimlar sayyora atmosferasida aniqlagan birikmalar Yerda faqat fitoplankton kabi tirik organizmlar tomonidan ishlab chiqariladi.