📈Toshkent Fitch Ratings’dan BB- xalqaro kredit reytingini oldi
🛡2025-yil 25-aprelda Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi Toshkent shahriga "Barqaror" prognozi hamda BB- darajasidagi uzoq muddatli kredit reytingini berdi. Bu agentlik bilan hamkorlik qayta tiklanganidan so‘ng poytaxtning ilk mustaqil xalqaro reytingidir.
🇺🇿Berilgan reyting Toshkent shahrining moliyaviy holati mustahkamligi va asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning barqarorligini aks ettiradi. Fitch Ratings o‘z tahlilida shaharning qarz yuki boshqariladigan darajada qolayotganini, daromad bazasining o‘sishi esa ijobiy rivojlanish ko‘rsatayotganini ta’kidlaydi. Bu esa moliyaviy mas’uliyat va boshqaruv samaradorligining yuqori darajasidan dalolat beradi.
Toshkent mintaqa shaharlari orasida
O‘zbekiston poytaxti xalqaro reytingda xuddi shu darajadagi shaharlar qatoriga qo‘shildi, jumladan:
• Yerevan (Armaniston) - 2023-yil avgust oyidan beri BB- reytingiga ega;
• Ummon (Iordaniya) - mamlakatning BB- darajasidagi suveren reytingini aks ettiradi;
• Turkiyaning Istanbul, Anqara, Izmir, Antaliya, Bursa, Manisa, Mersin va Mug‘la kabi yirik shaharlari - 2024-yil sentyabr oyidan boshlab BB- reytingiga ega.
Shunday qilib, Toshkent Markaziy Osiyoda BB- xalqaro reytingini olgan birinchi va yagona shahar bo‘ldi. Bu uning xalqaro maydondagi mavqeini sezilarli darajada mustahkamlaydi va poytaxtning investitsiyaviy jozibadorligini oshiradi.
Fitch Ratings reytingining berilishi shaharni yanada rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish va aholining hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan strategik loyihalarni amalga oshirish yo‘lidagi muhim qadamdir.
—
📈Ташкент получил международный кредитный рейтинг BB- от Fitch Ratings
🛡25 апреля 2025 года международное рейтинговое агентство Fitch Ratings присвоило городу Ташкенту долгосрочный кредитный рейтинг на уровне BB- с прогнозом «Стабильный». Это первый независимый международный рейтинг столицы после возобновления сотрудничества с агентством.
🇺🇿Присвоенный рейтинг отражает устойчивость финансового положения Ташкента и стабильность ключевых макроэкономических показателей. В своём анализе Fitch Ratings отмечает, что долговая нагрузка города остаётся управляемой, а рост доходной базы демонстрирует положительную динамику, что свидетельствует о высокой степени финансовой ответственности и эффективности управления.
Ташкент на фоне городов региона
Столица Узбекистана присоединилась к числу городов с аналогичным уровнем международного рейтинга, таких как:
• Ереван (Армения) — рейтинг BB- с августа 2023 года;
• Амман (Иордания) — отражает суверенный рейтинг страны на уровне BB-;
• Крупные города Турции, включая Стамбул, Анкару, Измир, Анталью, Бурсу, Манису, Мерсин и Муглу — рейтинг BB- с сентября 2024 года.
Таким образом, Ташкент стал первым и единственным городом Центральной Азии, получившим подтверждённый международный рейтинг BB-, что значительно укрепляет его позиции на международной арене и повышает инвестиционную привлекательность столицы.
Присвоение рейтинга Fitch Ratings — важный шаг на пути дальнейшего развития города, привлечения инвестиций и реализации стратегических проектов, направленных на повышение качества жизни его жителей.
YouTube |
Facebook |
Instagram |
Web-site |
Telegram-bot