👍👍👍
“Barhayot she'riyat" nomli adabiy kechada Muhammad Yusuf ijodiy merosi yodga olindi
Bugun, 25-aprel kuni Andijon davlat universitetida atoqli shoir, xalqimizning ardoqli farzandi Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligi munosabati bilan "Barhayot she'riyat" nomli adabiy kecha o'tkazildi.
Tadbirda dastlab, universitet rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev so‘z olib, Muhammad Yusuf she’riyatining faqatgina badiiy jihatdan emas, balki ma’naviy va ijtimoiy jihatdan ham xalqimizning ongida katta iz qoldirgani, shuningdek, shoirning ijodi, uning she’riyatidagi Vatan madhi, insoniy qadriyatlar va muhabbat kabi mavzularning yoshlar tarbiyasida muhim o‘rin tutishini ta'kidladi.
Tadbirning badiiy qismida shoirning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan videorolik taqdim etildi. Shundan so'ng, iqtidorli talabalar ijrosida Muhammad Yusufning eng sara she’rlaridan namunalar, she'riy asarlaridan parchalar tinglanib, diltortar kuy-qo'shiqlar yangradi.
Tadbirda so‘z olganlar, shoir Muhammad Yusufning o‘zgacha iste'dodi va uning she’riyati orqali xalqimizning ma'naviy olamiga qo‘shgan ulkan hissasini alohida ta’kidladi, uning ijodi insoniyat uchun qadrli bo‘lib, uning so‘zlari xalqimizning yuragiga chuqur kirib borishini, yoshlar uchun ilhom manbai bo‘lishi qayd etildi.
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan talabalar universitet rahbariyati tomonidan tashakkurnoma hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐
Telegram 🌐
Facebook 🌐
Instagram 🌐
YouTube