OLIY TAʼLIM VAZIRLIGIDA “EL-YURT UMIDI” JAMGʻARMASI STIPENDIATLARI BILAN AMALIY MULOQOT BOʻLIB OʻTDI
22-aprel kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida vazir Qoʻngʻirotboy Sharipov “El Yurt Umidi” jamgʻarmasi stipendiatlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Mazkur amaliy muloqot doirasida yosh mutaxassislarning xorijda orttirgan bilim va tajribalarini mamlakat iqtisodiyoti, ilm-fan hamda taʼlim sohalariga tatbiq etish, ularning shaxsiy rivojlanish va karera rejalariga doir yoʻl xaritalarini belgilab olish, ilmiy loyihalar va startaplarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Qoʻngʻirotboy Sharipov uchrashuv davomida yosh mutaxassislarni Vatanga sodiq, bilimli va tashabbuskor kadrlar sifatida koʻrayotganini alohida taʼkidlab, ularni Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotiga amaliy hissa qoʻshishga chorladi. Vazir inson kapitali va yosh mutaxassislarning roli mamlakat taraqqiyotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etishini alohida qayd etdi.
Taʼkidlash jizki, “El-Yurt Umidi” jamgʻarmasi orqali xorijda taʼlim olgan mutaxassis ichida Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tyutor lavozimida faoliyat yuritayotgan Yozilova Munojat Ixtiyor qizi ham bor, u Buyuk Britaniyaning “University of Reading”da ilm olgan yutuk kadr.
Uchrashuv samimiy va ochiq muloqot tarzida, savol-javoblar tarzida oʻtdi. Stipendiatlar oʻzlarini qiziqtirgan savollar va takliflarni bildirishdi. Ularning savollariga vazir Q.Sharipov va vazirlik masʼullari tomonidan atroflicha javoblar berildi.