#maktab_talimi
#ijro
MAKTAB TA'LIMI SIFATINI OSHIRISH YO‘LIDA UCHRASHUV
📍 Sirdaryo viloyatida umumta’lim maktablarida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan qo‘shma qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🔹 Ushbu qo‘shma qaror Sirdaryo viloyati hokimining 2025-yil 21-fevraldagi 29-9-0-F/25-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida imzolangan edi.
🤝 Qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan: Guliston davlat universiteti rektori M.Xodjiyev, Guliston davlat pedagogika instituti rektori J.Karshibayev, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali direktori Z.Xakimov, Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i N.Xolbayeva, Sirdaryo viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori G.Berdialiyeva, Bilim va malakalarni baholash agentligi Sirdaryo viloyati bo‘limi boshlig‘i A.Bahromov, shuningdek Sirdaryo viloyati hokimligi vakillari, qator oliy ta’lim muassasalari prorektorlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va bo'lim boshliqlari o‘zaro uchrashuv o‘tkazib, belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikdagi chora-tadbirlarni muhokama qilishdi.
🎙 Uchrashuvda Guliston davlat universiteti rektori M.Xodjiyev ta’lim sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib, bu yo‘nalishda universitet tomonidan ko‘rsatilayotgan amaliy yordam va kelgusidagi rejalar haqida ma’ruza qildi.
🎯 Uchrashuv davomida umumta’lim maktablarida fan o‘qituvchilari, o‘quvchilar, o‘quv dasturlari va pedagog kadrlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, ta’lim jarayonini baholash, natijalarni monitoring qilish, hamkorlikda amaliy tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
📌 Uchrashuv – ta’lim sifatiga jiddiy e’tibor qaratilayotganini va bu yo‘nalishda tizimli ish olib borilayotganini yana bir bor tasdiqladi.
🔗 Qo‘shma qaror ijrosi doimiy nazoratda bo‘ladi.
@gulduuz