“Yosh dasturchilar intellektual bellashuvi” o'tkazildi
Innovatsion texnologiyalar universitetida “Yosh dasturchilar intellektual bellashuvi” mavzusida talaba-yoshlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqani Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i G‘.Sultonov ochib berdi.
“Dasturiy injiniring va raqamli iqtisodiyot” kafedrasining dotsent v.v.b., p.f.f.d. (PhD) B.N.Tlegenov va p.f.f.d. (PhD) R.Auezova tadbir davomida so‘zga chiqib o‘z nutqida bunday tadbirlarning yoshlar uchun ilmiy va intellektual rivojlanishdagi o‘rni katta ekanligini ta’kidladi.
Universitetning Dasturiy injiniring va raqamli iqtisodiyot kafedrasi dotsenti v.v.b., p.f.f.d. (PhD) A.P.Jumamuratov intellektual musobaqa 13 savoldan iborat bo‘lib, talaba-yoshlarga faol ishtirok etishi kerakligini ta’kidlab, barcha ishtirokchilarga omadlar tiladi.
“Dasturiy injiniring” ta’lim yo‘nalishi talaba-yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yiniga 9 ta jamoa ishtirok etib, jamoalar orasida raqobat qizg‘in tarzda o‘tdi.
Musobaqa natijalariga ko‘ra jamoalar saralab olindi va kelgusi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.
☀️ Innovatsion texnologiyalar universiteti Matbuot xizmati
Bizning sahifalarimiz:
🕊
Telegram 📱
Instagram 📱
Facebook 📺
YouTube