Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
IX
Farg'ona viloyati Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
https://t.me/ixtisoslashtirilgantmafb
Channel age
Created
Language
Uzbek
-
ER (week)
34.39%
ERR (week)

Ushbu kanalimizda viloyatimizdagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablari hamda jahon , respublika ta’lim yangiliklari yoritib boriladi

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
Found 1 405 results
#rasmiy_bayonot
#ota_onalar_diqqatiga

❗️IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGINING PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH UCHUN TAYYORLAYDIGAN OʻQUV KURSLARI MAVJUD EMAS!

❌ Ijtimoiy tarmoqlarda “Prezident maktablariga tayyorlaymiz”, “Prezident maktablariga kirish uchun oraliq “repetitsion” test sinovlari” qabilidagi e’lonlar asosida “Prezident maktablari” brendi ostida tayyorlov kurslarining e’lonlari koʻp uchramoqda.

⚠️ Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Prezident maktablari nomidan faoliyat yuritib kelayotgan turli kanal va sahifalar ham koʻpaygan.

📍Bu kabi telegram kanallar va tayyorlov kurslarining Prezident maktablariga hech qanday aloqasi yoʻq!

‼️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan Prezident maktablariga kirish uchun hech qanday ORALIQ SINOV IMTIHONLARI oʻtkazilmaydi!

🤩 Prezident maktablari boʻyicha barcha tasdiqlangan ma’lumotlar Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining rasmiy sahifalari orqali yoritilib boriladi.

Telegr
am | Facebook | Instagram | YouTube
04/27/2025, 16:32
t.me/ixtisoslashtirilgantmafb/3911
#ochiq_kutubxona

Yaqinda Samarqandga borganimda viloyat Pedagogik mahorat markazi hovlisidagi ochiq kutubxona e’tiborimni tortdi.

Qiziq tashabbus. Menga juda yoqdi, sizlarga-chi?

@hilola_umarova
04/27/2025, 11:50
t.me/ixtisoslashtirilgantmafb/3900
#Prezident_maktablari

🤩 Qarshi va Termiz shahridagi Prezident maktablari "4S-Spirituality, Sport, Science, Socializing" festivalida ishtirok etmoqda.

Telegra
m | Facebook | Instagram | YouTube
04/27/2025, 11:17
t.me/ixtisoslashtirilgantmafb/3899
#xalqaro_hamkorlik
#Xitoy_safari

🤩 Agentlik delegatsiyasi XXRning Tyanjin shahridagi Nankai universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrifning dastlabki qismida Agentlik direktori Alisher Ubbiyev va Nankai universiteti vitse-prezidenti ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda tomonlar ikki davlat o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalari jadal rivojlanib borayotganini alohida ta’kidladilar.

Muzokaralar davomida Xitoy tili va madaniyati fakulteti bitiruvchilari hamda magistrlarini O‘zbekistonga xitoy tilini o‘qitish uchun jalb qilish, shuningdek, Nankai universiteti bilan Agentlik tizimidagi universitetlar o‘rtasida talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Ma'lumot uchun, 1919-yilda tashkil topgan mazkur universitetda bugungi kunda 11 nafar o‘zbekistonlik talaba ham borligi kishini quvontiradi. Agentlik direktori vatandosh talabalar bilan uchrashib, samimiy suhbatlashdi.

Tashrifning ikkinchi qismida delegatsiya universitetning Xitoy tili va madaniyati fakulteti rahbari bilan uchrashdi va davra suhbati o‘tkazilib, istiqboldagi hamkorlik rejalari muhokama qilindi.

Xitoyga safar doirasida delegatsiya Tyanjin shahrida o‘tkazilayotgan 85-xalqaro ta’lim jihozlari ko‘rgazmasida ham ishtirok etdi.

Mazkur ko‘rgazmada 300 dan ortiq tashkilot maktabgacha va maktab ta’limi uchun zamonaviy uskunalar, laboratoriya jihozlari, robototexnika hamda sun’iy intellekt integratsiya qilingan elektron dasturlarni namoyish etdi.

Shu tariqa delegatsiyaning Xitoyga tashrifi muvaffaqiyatli yakunlandi.

Telegra
m | Facebook | Instagram | YouTube
04/27/2025, 08:14
t.me/ixtisoslashtirilgantmafb/3892
#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | "Oʻtkan kunlar" romanining qirg'iz tilidagi nashri taqdimoti
#25apr #oʻzbekiston24

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
04/26/2025, 09:03
t.me/ixtisoslashtirilgantmafb/3873
#Muhammad_Yusuf_71_yoshda

26-aprel – O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun.

Muhammad Yusuf 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanida tug‘ilgan.

Shoir adabiyotimizda betakror timsollar yarata olgan, hayot voqeligini chuqur va o‘ziga xos tarzda ifodalagan, ajoyib iste’dod sohibi sifatida munosib iz qoldirgan.

Muhammad Yusuf 2001-yil 47 yoshida vafot etgan.

Ma’lumot uchun, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 2017-yildan faoliyat yuritib kelmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
04/26/2025, 07:10
t.me/ixtisoslashtirilgantmafb/3872
#xalqaro_hamkorlik
#Xitoy_safari

🤩 Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turgan Agentlik delegatsiyasi mamlakatning yetakchi ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va tajriba almashish masalalari yuzasidan muzokaralarni davom ettirmoqda.

Agentlik direktori Alisher Ubbuyev boshchiligidagi delegatsiyaning navbatdagi tashrif manzili XXRning Vuchin shahrida joylashgan “Yinghua Akademiyasi” yuqori maktabi bo‘ldi.

Tashrif davomida Agentlik vakillari mazkur maktabda ta’lim jarayoni, milliy va xalqaro dasturlar asosida olib borilayotgan o‘quv tizimi, o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar hamda darsdan tashqari mashg‘ulotlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, maktabda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik o‘quvchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Delegatsiyamiz va Yinghua Akademiyasi rahbariyati hamda Vuchin shahri hokimi o‘rtasida davra suhbati ham o‘tkazildi. Muloqotda tomonlar o‘zaro hamkorlikning istiqbollari yuzasidan taklif almashdilar. Muzokara yakunida Agentlik hamda “Yinghua Group” o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Shuningdek, delegatsiya “Yinghua Group” tizimidagi maktabgacha ta’lim muassasasi hamda boshlang‘ich maktabga ham tashrif buyurib, u yerda yaratilgan sharoitlar va o‘quv jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

Telegra
m | Facebook | Instagram | YouTube
04/25/2025, 17:48
t.me/ixtisoslashtirilgantmafb/3870
#Fotoreportaj
#Yilning_eng_yaxshi_tarbiyachisi

✅ “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2025” tanlovi doirasida maktabgacha ta’limdagi zamonaviy va yangi metodikalarga bag‘ishlangan taqdimotlar ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tdi.

Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ham ishtirok etdi.

🔴 Ayni damda tantanali taqdirlash marosimi davom etmoqda.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
❤ T
elegram 🌐 Facebook
� Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
04/25/2025, 17:10
t.me/ixtisoslashtirilgantmafb/3863
#Raqamli_avlod_qizlari
#Fotoreportaj

✅ "Raqamli avlod qizlari—2025" tadbiri doirasida mashg‘ulotlar davom etmoqda.

Jarayonlar qizg’in tarzda, bahs munozalarga boy holda tashkil etilgan.

➖ Kun yakunida ishtirokchi qizlar musobaqalarda ishtirok etib, yangi ko’nikmalarga ega bo‘lishmoqda.

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
04/25/2025, 14:24
t.me/ixtisoslashtirilgantmafb/3847
Hogwarts yozgi ilmiy oromgohiga qabul boshlandi

💥 Yozgi ta'tilda ilmiy loyihalar qilish, yangi do'stlar orttirish va o'z tajribasini yanada oshirishni maqsad qilgan yoshlarimiz uchun yaxshi yangiligimiz bor.

✅ “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari tomonidan Hogwarts yozgi ilmiy oromgohi tashkil etiladi. Ushbu ilmiy oromgohda siz IT, ekologiya, ta'lim, sanoat, huquq va siyosat sohalaridan birida o'z loyihangiz ustida ishlashingiz mumkin bo'ladi.

✨ Har bir loyihaga 6 kishi qabul qilinadi va ishtirokchilar jamoaviy ishlab, o'z loyihasini ishlab chiqishadi.

� Ro'yxatdan o'tish va loyiha haqida to'liq ma'lumot olish uchun Hogwarts kanalini kuzatib boring.

🔁 Engli
sh
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#yozgi_oromgoh #summer_camp

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-s
ayt | Telegram | Instagram | Facebook
04/25/2025, 13:46
t.me/ixtisoslashtirilgantmafb/3838
#Eco_schools_Uzbekistan

🌱"Eco-Schools Uzbekistan”  loyihasi doirasida hududlarda seminar-treninglar boʻlib oʻtmoqda

🤩 Seminar-treninglarda Agentlik tizimidagi loyihaga aʼzo maktablarning direktorlari, direktor oʻrinbosarlari, loyihaga masʼul pedagoglar, eko-faol oʻquvchilar ishtirok etishmoqda. Tadbirda "Iqlim oʻzgarishi va uning tasnifi", "7 qadam metodologiyasi" boʻyicha nazariy va amaliy mashgʻulotlar tashkil etilmoqda.

📸Suratda Fargʻona va Toshkent shahridagi Prezident maktabi, ixtisoslashtirilgan maktablar hamda umumtaʼlim maktablari ishtirokidagi treninglardan lavhalar.

Teleg
ram | Facebook | Instagram | YouTube
04/25/2025, 10:35
t.me/ixtisoslashtirilgantmafb/3836
#xalqaro_hamkorlik
#Xitoy_safari

🤩 Agentlik delegatsiyasining Xitoyga safari davom etmoqda.

Avval, xabar berilganidek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati va masʼul xodimlaridan iborat delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida boʻlib turibdi.

Agentlik delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasi Ta’lim vazirligi huzuridagi Xitoy tilini o‘qitish markaziga tashrif buyurib, markaz rahbariyati bilan muzokara o‘tkazdi.

Tashrif avvalida Agentlik vakillari ushbu markaz faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.

Uchrashuvning asosiy qismida Agentlik direktori Alisher Ubbiyev O‘zbekiston ta’lim tizimi, xususan ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari faoliyati, ularda oʻqitish jarayonlarini yangi sifat bosqichiga olib chiqish borasidagi islohotlar mazmun-mohiyati haqida maʼlumot berdi.

Tomonlar hamkorlikda xitoy tilini xorijiy til sifatida oʻqitish bo‘yicha oʻquv dasturlari va darsliklarni moslashtirish, xitoylik mutaxassislarni Agentlik tizimidagi maktablar ta’lim jarayoniga jalb etish hamda xitoy tilini o‘rganayotgan o‘quvchilar uchun HSK imtihonlarini aynan taʼlim maskanlarining oʻzida tashkil etish kabi masalalarni muhokama qildi. Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari yuzasidan takliflar almashildi.

Agentlik delegatsiyasi XXR Ta’lim vazirligi huzuridagi O‘quv dasturlari va darsliklar tadqiqoti institutiga ham tashrif buyurib, institut rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida Xitoy tilini xorijiy til sifatida o‘qitish bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur va darsliklarni O‘zbekiston standartlari hamda milliy madaniyatidan kelib chiqqan holda moslashtirish borasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Telegra
m | Facebook | Instagram | YouTube
04/24/2025, 17:45
t.me/ixtisoslashtirilgantmafb/3826
Qardosh Turkmanistondan tashrif buyurgan qadrdon mehmonimiz — muhtarama Oguljahon Gurbanguliyevna Atabayevani O‘zbekistonda kutib olishdan benihoya mamnunman.

Bugun biz birgalikda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi va Samarqand shahridagi inklyuziv ta’lim markazida bo‘lib, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarini qo‘llab-quvvatlash, ta’lim olish imkoniyatidan teng foydalanish uchun sharoit yaratish ishlari bilan tanishdik.

Ushbu uchrashuv bolalar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo’shma tashabbuslarni rivojlantirish uchun yaxshi asos bo‘lishiga ishonaman!



Искренне рада приветствовать в Узбекистане уважаемую Огулджахан Гурбангулыевну Атабаеву — дорогую гостью из братского Туркменистана.

Сегодня мы вместе посетили центр социальных услуг «Инсон» и инклюзивный образовательный центр в Самарканде, где ознакомились с практиками поддержки уязвимых категорий населения и создания условий для равного доступа к образованию.

Уверена, что эта встреча станет хорошей основой для развития совместных инициатив в поддержку детей и семей!
04/24/2025, 16:03
t.me/ixtisoslashtirilgantmafb/3810
🔴Yangiliklar
24.04.2025

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan "Zakovat" turnirining respublika bosqichida Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi jamoasi g‘oliblar qatoridan joy oldi!

🔔Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
💻𝐼𝑛𝑠�
𝑎𝑔𝑟𝑎��|📝𝑇𝑒𝑙��𝑔𝑟𝑎𝑚|📱 YouTube|🎙Radio FM 90.8 |Facebook
04/24/2025, 14:35
t.me/ixtisoslashtirilgantmafb/3793
Xalqaro IT sohasidagi qizlar kuni muborak bo‘lsin!

Axborot texnologiyalari hayotimizning ajralmas qismiga aylanib borayotgan bir paytda, qizlarning bu sohadagi faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlash alohida ahamiyatga ega.

Shu munosabat bilan yurtimizdagi barcha ilmga chanqoq, maqsadli, orzusi yo‘lida intilayotgan qizlarimizni samimiy muborakbod etamiz!

Texnologiyalar dunyosida o‘z o‘rningizni toping, yangilik yarating, ilmiy izlanishlar bilan yurt sha’nini yuksaltiring.


Поздравляем с Международным днём девушек в сфере информационных технологий!

В эпоху, когда информационные технологии становятся неотъемлемой частью повседневной жизни, особенно важно поддерживать активное участие девушек в этой стремительно развивающейся сфере.

От всей души поздравляем всех любознательных, целеустремлённых и неутомимо идущих к своей мечте девушек нашей страны!

Открывайте новые горизонты в мире технологий, создавайте инновации и вносите вклад в развитие науки во имя процветания Родины.
04/24/2025, 14:15
t.me/ixtisoslashtirilgantmafb/3788
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria