Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
NE
New Uzbekistan University | Yangi O'zbekiston Universiteti | Янги Ўзбекистон Университети
https://t.me/newuzbekistanuniversity
Channel age
Created
Language
Uzbek
4.44%
ER (week)
29.39%
ERR (week)

The official channel of New Uzbekistan University

Website: newuu.uz

Instagram: instagram.com/newuzbekistanuniversity

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
Found 206 results
Talabalarimiz hayoti mashhur olimlarning ma'ruzalari bilan yanada qiziqarli o'tmoqda

💥 Bugun dunyoda 9-o'rinda turuvchi Imperial College London oliygohi professori vatandoshimiz Rustam Ibragimov tomonidan iqtisodiyot bo'yicha ma'ruza tashkil etildi.

⚡️ Xorijlik va xorijda tahsil olgan professor o'qituvchilarning darslari va dunyoning top oliygohlarida ishlovchi professor-o'qituvchilarning universitetimizga doimiy kelib ma'ruza o'tishlari talabalarimiz zamonaviy bilimlarni puxta o'rganishlariga imkon yaratadi.

🌐Rustam Ibragimov Yale universitetida tahsil olgan hamda bir necha yil Harvard universitetida dars bergan. Bundan tashqari u Oxford, Cambridge va Columbia universitetlarida ham ta'lim bergan.

🎗 Professor Rustam Ibragimovdek yuksak bilim va tajribaga ega olimlarimiz O'zbekistonga kelib, universitetimizda bilim berayotganliklaridan faxrlanamiz.

🔁English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#guestlecture #harvard #yale #economics

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
04/25/2025, 16:14
t.me/newuzbekistanuniversity/3602
iPhone, iMac va iPadlar uchun programmalar qanday yaratiladi?

💥 Qisqa muddatda deyarli har birimiz sevib foydalanadigan Apple qurilmalariga dastur ishlab chiqishni o'rganish mumkinligini bilarmidingiz?

💫 Bundan tashqari Apple tomonidan sertifikat olib, ushbu sohaning mutaxassisi ekanligingizni rasman tasdiqlashingiz mumkin.

⚡️ "Yangi O'zbekiston" universiteti tomonidan tashkil etilgan SWIFT kursi bilan barcha orzularingiz haqiqatga aylanadi.

✨ Kurs haftada 2 ta nazariy va 1 ta amaliy mashgʻulot darslaridan iborat bo'lib, malakali mutaxassislar tomonidan olib boriladi.

📝 Batafsil ma'lumot olish va roʻyxatdan oʻtish: https://newuu.uz/en/courses/app-development-with-swift

❗️Ro'yxatdan o'tish 2-mayga qadar davom etadi. Darslar 5-may kunidan boshlanadi.

❓Savollaringiz boʻlsa, biz bilan bogʻlaning: t.me/nuuatcbot

🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#aplle #SWIFT

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
04/25/2025, 14:44
t.me/newuzbekistanuniversity/3601
Ilmiy konferensiya - yashil iqtisodiyotga oʻtishning dolzarb masalalari

💫 Universitetimizda joriy yilning 11-may kuni "Yangi O'zbekistonda yashil iqtisodiyotga o'tishning dolzarb masalalari" mavzusidagi yoshlar ilmiy konferensiyasi o'tkaziladi.

⚡️ Mazkur konferensiyaning asosiy maqsadi – yashil iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha dolzarb muammolarni muhokama qilish, innovatsion yechimlar bilan tanishtirish hamda milliy ilmiy hamkorlikni mustahkamlashdir.

✨ Anjuman ekologiya va iqtisodiyot sohalarida faoliyat yuritayotgan olimlar, mutaxassislar va talabalarni birlashtiruvchi muhim maydon bo‘lib xizmat qiladi.

🌐 Konferensiyada respublika bo'yicha barcha yoshlar va talabalar ishtirok etishlari mumkin.

👉 Ro'yxatdan o'tish

🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#ilmiy_konferensiya #yashiliqtisodiyot

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
04/24/2025, 16:51
t.me/newuzbekistanuniversity/3600
Hogwarts yozgi ilmiy oromgohiga qabul boshlandi

💥 Yozgi ta'tilda ilmiy loyihalar qilish, yangi do'stlar orttirish va o'z tajribasini yanada oshirishni maqsad qilgan yoshlarimiz uchun yaxshi yangiligimiz bor.

✅ “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari tomonidan Hogwarts yozgi ilmiy oromgohi tashkil etiladi. Ushbu ilmiy oromgohda siz IT, ekologiya, ta'lim, sanoat, huquq va siyosat sohalaridan birida o'z loyihangiz ustida ishlashingiz mumkin bo'ladi.

✨ Har bir loyihaga 6 kishi qabul qilinadi va ishtirokchilar jamoaviy ishlab, o'z loyihasini ishlab chiqishadi.

💫 Ro'yxatdan o'tish va loyiha haqida to'liq ma'lumot olish uchun Hogwarts kanalini kuzatib boring.

🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#yozgi_oromgoh #summer_camp

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
04/24/2025, 13:09
t.me/newuzbekistanuniversity/3599
Ахborot 24 | STEAM innovatsion markazining ochilish marosimi
#23apr

mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram
04/24/2025, 07:41
t.me/newuzbekistanuniversity/3598
Timurid partiyasi saylovda g'alaba qozondi

⚡️ “Yangi O‘zbekiston” universiteti Talabalar kengashi prezidentligiga o'tkazilgan saylovlar yakunlandi. Saylov natijalariga ko'ra Saidmurod Abrorov boshchiligidagi Timurid partiyasi eng ko'p (412 ta) ovoz to'plab, g'olib bo'ldi.

✅ Shuningdek, saylovda faol qatnashgan Meros jamoasi 206 ta, SSST jamoasi esa 68 ta ovozni qo'lga kiritdi.

🎗Ushbu ishonch va g'alaba bilan Saidmurod Abrorov hamda uning jamoasini tabriklaymiz. Kelajakda talabalar hayoti yanada qizg'in bo'lishiga ishonamiz.

🔁English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#election #timurid

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
04/23/2025, 14:10
t.me/newuzbekistanuniversity/3597
Xalifa universiteti bilan hamkorlik yanada kengaytiriladi

💥 “Yangi O‘zbekiston” universiteti delegatsiyasi Xalifa universitetida bo'lib, hamkorlik aloqalarini rivojlantirish borasida anglashinuv memorandumi va talabalar almashinuv dasturi bo'yicha kelishuv imzoladi.

💫 Kelishuvga binoan ikki tomonlama talaba va professor-o'qituvchilar almashinuvini ko'paytirish, qo'shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish va o'quv dasturlarini takomillashtirish borasida keng ko'lamli hamkorlik ishlari olib boriladi.

✅ Shuningdek, hozirda Xalifa universitetida tahsil olayotgan 6 nafar talabamiz bilan uchrashuv tashkil etildi.

✨Kuzgi semestrda yana 10 nafar talabamiz Xalifa universitetida o'qishni davom ettirishi rejalashtirilmoqda.

🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#memorandum #xalifauniversiteti

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
04/23/2025, 09:01
t.me/newuzbekistanuniversity/3593
Talabalar kengashi prezidentligiga saylov o'tkazilmoqda

💫 Har yili “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalar kengashi prezidentligiga saylovlar tashkil etiladi. Bu yilgi saylovda universitetning eng faol talabalaridan tarkib topgan SSST, Timurid va Meros partiyalari o'z dasturlari bilan qatnashishmoqda.

✨ Saylovchilar talabalar hayotini yanada maroqli qilishiga ishongan nomzodga ovoz berishlari mumkin.

✅ Ovoz berish bugun 23:59 ga qadar davom etadi va unda faqat universitetimiz talabalari qatnashishlari mumkin.

🎗 Barcha talabalarimiz saylovda faol qatnashishlarini so'rab qolamiz. Nomzodlarga esa omad!

🔁English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#election #meros #Timurid #SSST

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
04/22/2025, 09:41
t.me/newuzbekistanuniversity/3592
“Yangi O‘zbekiston” universiteti yanada rivojlantirilib, zamonaviy laboratoriyalar ochiladi

Bugun davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev huzurida ta'lim sifatini oshirish bo'yicha taqdimot qilindi.

Unda “Yangi O‘zbekiston” universitetida ulkan ilmiy salohiyat borligi ta'kidlanib, undan foydalangan holda muhandislik, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, tibbiyot kabi zamonaviy sohalarda mutaxassislar tayyorlashni rivojlantirish, yangi laboratoriyalar ochish rejalari taqdim etildi.

Shuningdek, universitetimizda ilm-fan, ta’lim va amaliyot integratsiyasini ta’minlash maqsadida Germaniyaning ilg‘or tajribasidan foydalangan holda zamonaviy universitet klinikasini tashkil etish rejalari davlatimiz rahbari tomonidan yuqori baholandi.

Universitetimiz yoshlarga sifatli bilim berish maqsadida ulkan imkoniyatlar taqdim etishda davom etadi.

🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#Prezident #taqdimot #Mirziyoyev

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
04/21/2025, 18:03
t.me/newuzbekistanuniversity/3589
"Anti-Corruption Hackathon 2025"ga start berildi

Joriy yilning 2-3-4 may kunlari "Yangi O‘zbekiston" universitetida “Anti-Corruption Hackathon 2025" xakatoni bo‘lib o‘tadi.

Unda ishtirokchilar ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda korrupsiyaga qarshi innovatsion yechimlar ishlab chiqish imkoniga ega bo'ladi.

G‘oliblar Gonkongda bo‘lib o‘tadigan Osiyo yoshlar korrupsiyaga qarshi kurashish xakatoni ("Coding4Integrity")da O‘zbekiston nomidan ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kiritadi.

Yo‘nalishlar:
🔹 davlat xaridlari, sport, qurilish, moliya va sug'urta tizimlarida korrupsiyaning oldini olish;
🔹 korrupsiyaga qarshi kurashishga aholi va yoshlarni jalb etish;
🔹 ochiq ma'lumotlar orqali korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan boshqa yondashuvlar.

Xakatonda ishtirok etish uchun 28-aprelga qadar ushbu havola orqali ro'yxatdan o'tish so'raladi.

🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#hackathon #anticorruption

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
04/21/2025, 13:37
t.me/newuzbekistanuniversity/3588
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga sanoat ekskursiyasi tashkil etildi

✅ "Yangi O‘zbekiston" universiteti talabalari va professor o‘qituvchilari uchun Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining dunyodagi eng yirik konlardan biri bo‘lgan Qalmoqqir koniga ekskursiyasi tashkil etildi.

✨Kunning ikkinchi yarmida kombinat mutaxassislari va Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali talabalari uchun seminar tashkil etildi.

🎗 Seminarda "Yangi O‘zbekiston" universiteti professor o‘qituvchisi Bugra Chashkurlu sun'iy intellekt texnologiyalarining afzallik jihatlari, ayniqsa uni sanoatda qo‘llanilishi borasida ma'ruza qildi.

🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#ekskursiya #OKMK

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
04/19/2025, 13:00
t.me/newuzbekistanuniversity/3581
Talabalarimizni qo‘llab-quvvatlash maqsadida strategik hamkorlik yo'lga qo'yildi

✅ APEX BANK, APEX INSURANCE hamda “Yangi O‘zbekiston” universiteti o'rtasida imzolangan strategik hamkorlik talabalarimiz kelajagi uchun muhim burilish nuqtasiga aylanishiga ishonamiz.

💥 Hamkorlik memorandumiga ko'ra talabalar kelajakda yangi avlod raqamli banki va mamlakatning yetakchi sug‘urta kompaniyasida amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

✨ Tadbir doirasida talabalar uchun maxsus ofis-tur ham tashkil etildi. Unda talabalar bank va sug‘urta kompaniyasi faoliyati bilan yaqindan tanishish, taqdimotlar tinglash va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniga ega bo'lishdi.

🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#apexbank #apexinsurance

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
04/18/2025, 19:24
t.me/newuzbekistanuniversity/3574
"Coding and Math Contest" tanlovida qatnashing

⚡️ Tanlov Yandex Uzbekistan bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan bo'lib, matematika va dasturlash bo'yicha onlayn shaklda o'tkaziladi.

✨ G'oliblar umumiy 65,000,000 so'm pul mukofoti va Yandeks ilovalaridan bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

✅ Ishtirokchilar 18-aprelga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Natijalar 27-aprel kuni "Yangi O‘zbekiston" universitetida e'lon qilinadi.

🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#tanlov #coding #math

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
04/17/2025, 19:38
t.me/newuzbekistanuniversity/3573
Dunyoning top oliygohlarida tahsil olgan professor-o‘qituvchilarimizning diplomlari rasman tan olindi

✅ Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan xorijning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olgan "Yangi O‘zbekiston" universiteti professor-o‘qituvchilarining ilmiy darajalari rasmiy ravishda nostifikatsiya qilindi.

💥 Ular orasida 19 nafar fan doktori va 15 nafar fan nomzodi (PhD) mavjud bo‘lib, barchasi xorijiy yetakchi universitetlarda tahsil olib, ilmiy faoliyat yuritgan mutaxassislardir.

🎗Professor-o’qituvchilarimizning barchasi dunyoning eng ilg’or universitetlarida olgan bilim va tajribasini universitetimiz talabalari bilan bo’lishib, dunyo darajasidagi ta’lim sifatini ta’minlashda davom etishadi.

🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#nostifikatsiya #professors

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
04/17/2025, 06:54
t.me/newuzbekistanuniversity/3566
Osiyo taraqqiyot bankining O'zbekistondagi iqtisodiy tadqiqotlari bo'yicha hisoboti o'tkazildi

✅ “Yangi O‘zbekiston” universitetida Osiyo taraqqiyot bankining (OTB) eng so‘nggi iqtisodiy tahlil va prognozlariga bag‘ishlangan yirik xalqaro anjuman – “ADB Outlook 2025” taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

✨ Tadbir davomida Osiyo Taraqqiyot Bankining 2025-yilga doir iqtisodiy prognozlari, jumladan, O‘zbekiston va mintaqaning iqtisodiy o‘sish sur’atlari, inflyatsiya dinamikasi, makroiqtisodiy barqarorlik hamda investitsiya muhiti bo‘yicha chuqur tahlillar taqdim etildi.

🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#ADB2025 #iqtisod

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
04/16/2025, 18:11
t.me/newuzbekistanuniversity/3559
Talabalar o‘rtasida respublika shaxmat musobaqasi o'tkaziladi!

⚡️ Joriy yilningl 25–26-aprel kunlari “Yangi O‘zbekiston” universitetida OTM talabalari o‘rtasida “Yangi O‘zbekiston kubogi” musobaqasi tashkil etiladi!

🎁Mukofot jamg‘armasi:
🥇 1-o‘rin – 20 million so‘m
🥈 2-o‘rin – 15 million so‘m
🥉 3-o‘rin – 10 million so‘m

✨ Musobaqa g‘oliblari avgust oyida Xalqaro shaxmat federatsiyasi prezidenti Arkadiy Dvorkovich tomonidan taqdirlanadi va xalqaro shaxmat universiadasiga qatnashish huquqini oladi!

❗️Musobaqaga ro'yxatdan o'tish 20-aprelgacha davom etadi.

🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#musobaqa #shaxmat

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
04/16/2025, 08:59
t.me/newuzbekistanuniversity/3558
Yorqin kelajakka yengil qadam!

✅ "Yangi O'zbekiston" universitetida kasb va karyera kuni o'tkazildi. Ushbu tadbirda 70 ga yaqin tashkilot va 130 ga yaqin korxona vakillari 270 ta ish o'rni taklifi bilan qatnashdi.

✨ Ular orasida “O‘zavtosanoat” AJ, “Uzbekistan Airways”, Uzcard, EPAM Uzbekistan, IT Park, Oʻzbekiston Milliy banki AJ, “Ipak Yo‘li banki” AITB va boshqa ko‘plab nufuzli tashkilotlar bo‘ldi.

⚡️Ushbu tadbir talabalarimiz ish bilan ta'minlanishi uchun ajoyib imkoniyat bo'la oldi.

🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#karyerakuni #bitiruvchilar

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
04/15/2025, 18:30
t.me/newuzbekistanuniversity/3557
Raqamli avlod qizlari 2025

✅ Raqamli avlod qizlari 2025 loyihasiga ishtirokchilarni saralab olish boshlandi. Loyiha gʻoliblari xorijda bo’lib o’tadigan ta’lim sayohatini qo’lga kiritishi mumkin.

💥 Loyiha ishtirokchiligidan mentorlikkacha — talabamiz Charos Abdusattorova "Raqamli avlod qizlari" haqida...

🛫 O‘tgan yili g‘oliblar qatorida Charos ham Birlashgan Arab Amirliklarida ta'lim sayohatida qatnashgan.

✨Ayni vaqtda qizlar.raqamliavlod.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari davom etmoqda.

🔁English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#Raqamli_avlod_qizlari #Lider_qizlar

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
04/11/2025, 15:46
t.me/newuzbekistanuniversity/3556
Orzuingizdagi joyda ishlashga tayyormisiz?

✅ Xabaringiz bor, ertaga "Yangi O'zbekiston" universitetida kasb va karyera kuni bo‘lib o‘tadi.

💥 Tadbirda yuqorida brendlari keltirilgan O‘zbekistonning yetakchi vazirlik va idoralari, xalqaro va mahalliy kompaniyalar ishtirok etadi.

✨Karyera kuni talabalarimiz yirik tashkilotlar bilan bevosita aloqalar o‘rnatishlari uchun ajoyib imkoniyatdir.

🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#karyerakuni #bitiruvchilar

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
04/10/2025, 19:18
t.me/newuzbekistanuniversity/3551
Dasturiy ta'minot muhandisligidan Mexanika muhandisligiga o'tganman

⚡️“Yangi O‘zbekiston” universiteti Mexanika muhandisligi yo‘nalishi talabasi Qodirbek Otayev Top-10 bitiruvchilar loyihasining navbatdagi ishtirokchisi bo‘ldi.

✅ Talabamiz universitetda tahsil olish davomida erishgan yutuqlari va talabalik hayoti qanday o‘tganligi haqida gapirib berdi.

👍 To‘liq video: https://youtu.be/lm11Xfj75o0

🎗Qodirbek kabi muhandislik sohasida tahsil olib, ko'plab yutuqlarga erishayotgan talabalarimiz ko'p. Biz ularni tanishtirib borishda davom etamiz.

💥 Qabul davom etmoqda: https://admission.newuu.uz

🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#top10 #bitiruvchilar

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
04/09/2025, 18:16
t.me/newuzbekistanuniversity/3550
Universitetimiz talabasi Germaniyada tahsil olmoqda

🛫 “Yangi O‘zbekiston” universiteti Sanoat boshqaruvi yo'nalishi talabasi Muhammad Tojiboyev bahorgi semestrni Germaniyaning Ingolshtadt texnika universitetida davom ettirmoqda.

✅ Ma'lumot uchun, universitetimiz va Ingolshtadt texnika universiteti o'rtasida o'tgan yili almashinuv memorandumi imzolangan edi. Unga ko'ra talabalar almashinuvi yo'lga qo'yilgan bo'lib, Muhammad ushbu dasturning ilk ishtirokchilaridan biri hisoblanadi.

🎗 “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalarning xalqaro tajribaga ega bo'lishlari uchun yetarli sharoitlar yaratib berish va xorijiy oliygohlar bilan aloqalarni kengaytirib borishda davom etadi.

🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#Germaniya #almashinuvdasturi #Ingolshtadt

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
04/09/2025, 09:58
t.me/newuzbekistanuniversity/3547
Muddatidan oldin qanday qilib talaba bo‘lish mumkin?

🌐 Talabalarni imtihonsiz muddatidan oldin qabul qilishni boshlab bergan xalqaro universitetlardan biri bu AQShning dunyoda TOP 6-o‘rinda turuvchi Stenford universiteti hisoblanadi.

✅ Yurtimizda ham ushbu tizimdan keng qo‘llanilmoqda. Jumladan “Yangi O‘zbekiston” universitetida ham abituriyentlar TOP universitetlar tomonidan qo‘llanilib kelinayotgan mazkur qabul tizimi asosida muddatidan oldin o‘z o‘rinlarini band qilish imkoniga egadirlar.

🇺🇿 Maqolani o'zbek tilida o'qish
🇬🇧 Read the article in English

👉 O'qishga ariza topshirish: admission.newuu.uz
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#qabul2025 #admission2025

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
04/08/2025, 20:12
t.me/newuzbekistanuniversity/3546
“Yangi O‘zbekiston” universitetida "Coding and Math Contest" tanlovi o‘tkaziladi

💥 Talabalar va IT-mutaxassislar uchun Yandex Uzbekistan bilan hamkorlikda "Coding and Math Contest" intellektual tanlovi o'tkaziladi. Tanlov ikki bosqichli bo‘lib, birinchi bosqich dasturlash, ikkinchi bosqich esa matematikaga bag‘ishlangan.

✨ Topshiriqlarni dunyoga mashhur trener Andrey Stankevich, Aleksey Tolstikov va Mahmud Sodiqov tayyorlagan. Tanlov g‘oliblari pul mukofotlari, gadjetlar va Yandex Plus promokodlari bilan taqdirlanadi. Umumiy mukofot jamg‘armasi 65 million so‘mni tashkil etadi.

💫 Ishtirokchilar 18-aprelga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Natijalar 27-aprel kuni "Yangi O‘zbekiston" universitetida e'lon qilinadi.

🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#tanlov #coding #math

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
04/07/2025, 19:00
t.me/newuzbekistanuniversity/3545
“Yangi O‘zbekiston” universitetida o'tgan hafta davomida oʻtkazilgan uchrashuv va muhim tadbirlar

🔹Safia Café & Bakery kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi;
🔹Universitetimiz talabasi Norvegiyadagi xalqaro talabalar festivalida qatnashdi;
🔹"Yangi O'zbekiston" universitetida "Kiberxavfsizlik sammiti 2025" bo‘lib o‘tdi;
🔹Ota-onalar kongressi o'tkazildi.

🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#haftalikyangiliklar #weeklynews

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
04/07/2025, 15:36
t.me/newuzbekistanuniversity/3541
✨ Navroʻz bayramiga bagʻishlab tashkil qilingan bayram tadbiri hamda Hancom akademiyasi ochilish marosimidan videolavaha.
➖➖➖➖➖➖➖➖
💥 The video highlight from the Navruz celebration and the opening ceremony of the Hancom Academy.

#festival #navruz

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
04/04/2025, 17:10
t.me/newuzbekistanuniversity/3540
Siemens kompaniyasidan katta miqdorda grant jalb qilindi

💥 “Yangi O‘zbekiston” universiteti Siemens kompaniyasi bilan qator muzokaralar jarayonida berilgan taklifga binoan “Siemens akademik hamkori” grant tanlovida ishtirok etildi.

✅ Mazkur grant natijasida universitetga muhandislik, dasturiy ta’minot va menejment sohalariga oid quyidagi dasturiy ta'minot paketlari 3 yilga taqdim etildi:

🔹NX Academic – Core & CAD
🔹NX Academic – CAE & CAM
🔹Teamcenter Unified Academic License
🔹Simcenter 3D Academic Bundle
🔹Learning Advantage Academic Membership for Educators
🔹Teamcenter Deployment
🔹Tecnomatix Manufacturing Academic Bundle

💻 Ushbu dasturiy ta’minot orqali talabalar kompyuter orqali loyihalashtirish (CAD), muhandislik tahlili (CAE) va menejment yo‘nalishlarida eng zamonaviy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.

🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#grant #siemens

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
04/04/2025, 14:58
t.me/newuzbekistanuniversity/3536
Navro‘z festivalida xalqlar do‘stligi va milliy qadriyatlar tarannumi

💫 “Yangi O‘zbekiston” universitetida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan keng ko‘lamli festival bo‘lib o‘tmoqda. Festivalda universitet xodimlari, ularning oila a’zolari, universitet hamkorlari va talabalardan iborat ko'p sonli mehmonlar qatnashmoqda.

✨ Bayramda eng qadrli an’analarimizdan biri – sumalak sayli, palov tayyorlash bo‘yicha chempionat, milliy xalq o‘yinlari, dorbozlarning chiqishlari, urf-odat va an’analarni aks ettiruvchi ko‘rgazmalar va konsert dasturlari tashkil etildi.

🌐 Shuningdek, tadbirda qator xorijiy davlatlarning yurtimizdagi elchixonalari vakillari ham ishtirok etdilar. Ular tomonidan o‘z mamlakatlarining Navro‘zga oid urf-odat va an’analarini aks ettiruvchi ko‘rgazmalar tashkil etildi.

🎗 Turli millat va elat vakillarining bir maydonda bayramni birgalikda nishonlashi o‘zaro hurmat va hamjihatlikni yanada kuchaytiradi.

🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#festival #navruz

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
04/04/2025, 12:04
t.me/newuzbekistanuniversity/3526
“Yangi O‘zbekiston” universitetida kasb va karyera kuni bo‘lib o‘tadi!

💥 Universitetning birinchi bitiruvchilari o‘z mehnat yo‘llarini samarali boshlashlari uchun ilk bor “Yorqin kelajakka yengil qadam” nomli kasb va karyera kuni tashkil etilmoqda.

📅 Tadbir sanasi: 2025-yil 11-aprel
⏰ Boshlanish vaqti: 10:00

✅ Ushbu tadbir doirasida talabalar ish beruvchilar bilan bevosita tanishish, kasbiy rivojlanish bo‘yicha maslahat olish hamda o‘z kelajagini rejalashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

✨ Barcha talabalar va kompaniya vakillarini ushbu tadbirga taklif etamiz!

🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#karyerakuni #bitiruvchilar

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
04/02/2025, 08:56
t.me/newuzbekistanuniversity/3525
Talabamiz Zulfiya Usmonova Slovakiyada!

⚡️ “Yangi Oʻzbekiston” universiteti 4-bosqich talabasi Zulfiya Usmonova hozirda Slovakiyaning “Comenius” universitetida almashinuv dasturida tahsil olmoqda.

💫 U “National Scholarship Program” (NSP) stipendiyasi gʻolibligini qoʻlga kiritgan boʻlib, oʻqish xarajatlari toʻliq qoplanadi.

🚙 Zulfiya “Comenius” universitetinig zamonaviy laboratoriyasida haydovchisiz harakatlanadigan mashinalar bo'yicha o'z loyihasini ishlab chiqmoqda.

🎗 Talabamizga muvaffaqiyatlar tilaymiz!

🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#talabalaralmashinuvi #Slovakiya

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
04/01/2025, 09:15
t.me/newuzbekistanuniversity/3521
Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!

“Yangi Oʻzbekiston” universiteti jamoasi barchangizni ezgulik, mehr-oqibat va barakaga yo‘g‘rilgan Ramazon hayiti bayrami bilan samimiy muborakbod etadi!

Ushbu fayzli kunlarda qalblaringiz xotirjamlik va shodlik bilan to‘lsin, oilalaringizga tinchlik va farovonlik, ishlaringizga esa ulkan muvaffaqiyatlar hamrohlik qilsin.

Bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin!

🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#bayram #tabrik #ramazon

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
03/30/2025, 08:34
t.me/newuzbekistanuniversity/3520
Muhammad bin Zoid nomidagi Sun'iy intellekt universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

✅ Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad ikki universitet o‘rtasida sun'iy intellekt (AI) sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.

💥 Muzokaralar davomida tomonlar Sun'iy intellekt yo‘nalishidagi qo‘shma dasturlarni ishlab chiqish, tadqiqot hamkorligini kengaytirish hamda ta'lim sifatini oshirish uchun akademik resurslar almashinuvini yo‘lga qo‘yish muhokama qilindi.

✨ Shuningdek, uchrashuvda jahon miqyosidagi zamonaviy muammolarga yechimlar topish muhimligini ta’kidlandi.

🎗 Mazkur uchrashuv ikkala universitet o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlik munosabatlari yo‘lida muhim qadam bo‘lib, innovatsion yondashuv va ilmiy salohiyatni ikki tomonlama oshirishga xizmat qiladi.

🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#uchrashuv #AI

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
03/27/2025, 14:08
t.me/newuzbekistanuniversity/3516
“Yangi O‘zbekiston” universitetida qaysi yo'nalishlarda o'qishga arizalar qabul qilinmoqda?

⚡️ 2025/2026 o'quv yili uchun quyidagi bakalavriat va magistratura dasturlariga o'qishga arizalar qabul qilinmoqda.

📝 Bakalavriat yo'nalishlari:
🔹Kimyo va materialshunoslik muhandisligi;
🔹Mexanika muhandisligi;
🔹Dasturiy ta’minot muhandisligi;
🔹Kiberxavfsizlik;
🔹Sun’iy intellekt va robototexnika;
🔹Amaliy matematika;
🔹Iqtisodiyot va ma’lumotlar tahlili;
🔹Pedagogika;
🔹Sanoat boshqaruvi.

✅ Bir yillik magistratura mutaxassisliklari:
🔸Sun’iy intellekt va mashinalarni o‘rganish;
🔸Loyiha boshqaruvi;
🔸Amaliy tilshunoslik va TESOL.

✅ Ikki yillik magistratura mutaxassisliklari:
🔹Iqtisodiyot va ma’lumotlar tahlili;
🔹Amaliy informatika;
🔹Sanoat boshqaruvi – innovatsiya va biznesni rivojlantirish;
🔹Zamonaviy fizika;
🔹Mexanika muhandisligi;
🔹Radioelektron qurilmalar va tizimlar;
🔹Barqaror kimyo muhandisligi va materiallar.

👉 O'qishga ariza topshirish: admission.newuu.uz

🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#qabul2025 #admission2025

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
03/25/2025, 16:39
t.me/newuzbekistanuniversity/3515
Women in Tech – "Yangi O‘zbekiston" universitetida!

💥 Texnologiyalarga qiziquvchi ayol-qizlar uchun ajoyib yangilik!

👍 Endilikda siz uchun Women in Tech Uzbekistan hamjamiyati va "Yangi O'zbekiston" universiteti Apple o'quv markazi tomonidan swift dasturlash tili bo'yicha bepul o'quv kursi tashkil etiladi.

✨ 27-mart kuni kursning rasmiy ochilish tadbiri bo'lib o'tadi. Unda siz universitet bilan yaqindan tanishish, Swift dasturlash kursi taqdimotida ishtirok etish hamda o'zingizni qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olish imkoniga ega bo'lasiz.

⁉️Kursga qabul tanlov shaklida bo'lib o'tadi. Tanlov shartlari haqida 27-mart kungi tadbirda bilib olishingiz mumkin.

📅 Vaqti: 27-mart, 11:00
📍 Manzil: "Yangi O‘zbekiston" universiteti
👉 Ro'yxatdan o'tish: https://forms.gle/NYzR9fTJTXaJR58b9

🎗 Joylar soni chegaralangan. Imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#womenintech

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
03/24/2025, 16:03
t.me/newuzbekistanuniversity/3514
Neytrino sirlari va atom yadrolari bo'yicha ma'ruzaga taklif qilamiz

✅ “Yangi O‘zbekiston” universitetida 26-mart kuni soat 13:00 da astrofizik olim, professor Toshitaka Kajino tomonidan ma'ruza tashkil etiladi.

✨ Professor Toshitaka Kajino – taniqli kosmolog va yadro astrofizigi. U neytrinolar, katta portlash (Big Bang) va atom yadrolarining paydo bo‘lishini tadqiq qilgan. So‘nggi tadqiqotlarida u og‘ir atom yadrolari asosan supernovalar va kollapsarlar natijasida hosil bo‘lishini aniqlagan.

👉 Ro'yxatdan o'tish: https://forms.gle/kna4PYD9fk35wPeT7
📍 Manzil: “Yangi O‘zbekiston” universiteti, U.C.A bino 2-qavati)

🎗 Barcha qiziquvchilarni ma'ruzada kutib qolamiz!

🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#astrofizika #lecture

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
03/24/2025, 09:47
t.me/newuzbekistanuniversity/3513
Navro‘z bayrami muborak bo‘lsin!

Hurmatli Prezidentimiz bayramda nafaqat yurtdoshlarimizni, balki xorijlik hamkorlarimizni, ziyolilarni alohida tabrikladilar.

Biz Navro‘z bayramida ahil jamoamiz hamda Garvard Universiteti va Massachusetts texnologiya instituti (MIT)ning magistrantlari bilan ishtirok etdik.

Mehmonlar bir umr unutilmas taassurot olganlarini aytishdi.

@hilola_umarova
03/21/2025, 11:31
t.me/newuzbekistanuniversity/3508
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria