Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
PM
Farg'ona shahridagi Prezident maktabi/ Presidential school in Fergana!
https://t.me/pmfergana
Channel age
Created
Language
Uzbek
-
ER (week)
21.7%
ERR (week)

Official page of the Ferghana Presidential School 🎓 - The best international and local teachers 👩‍🏫 - Innovative Technologies 🖥 - New training methods 📚 - STEM Subjects 👨‍💻🍀🦋🐇🔬 - useful enrichment programmes 🎼🎸📖🛠🥅🏊‍♂️ Murojaat: @Ferpm_bot

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
Found 1 385 results
#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | "Oʻtkan kunlar" romanining qirg'iz tilidagi nashri taqdimoti
#25apr #oʻzbekiston24

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
04/26/2025, 09:03
t.me/pmfergana/16292
#Muhammad_Yusuf_71_yoshda

26-aprel – O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun.

Muhammad Yusuf 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanida tug‘ilgan.

Shoir adabiyotimizda betakror timsollar yarata olgan, hayot voqeligini chuqur va o‘ziga xos tarzda ifodalagan, ajoyib iste’dod sohibi sifatida munosib iz qoldirgan.

Muhammad Yusuf 2001-yil 47 yoshida vafot etgan.

Ma’lumot uchun, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 2017-yildan faoliyat yuritib kelmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
04/26/2025, 07:10
t.me/pmfergana/16291
#xalqaro_hamkorlik
#Xitoy_safari

🤩 Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turgan Agentlik delegatsiyasi mamlakatning yetakchi ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va tajriba almashish masalalari yuzasidan muzokaralarni davom ettirmoqda.

Agentlik direktori Alisher Ubbuyev boshchiligidagi delegatsiyaning navbatdagi tashrif manzili XXRning Vuchin shahrida joylashgan “Yinghua Akademiyasi” yuqori maktabi bo‘ldi.

Tashrif davomida Agentlik vakillari mazkur maktabda ta’lim jarayoni, milliy va xalqaro dasturlar asosida olib borilayotgan o‘quv tizimi, o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar hamda darsdan tashqari mashg‘ulotlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, maktabda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik o‘quvchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Delegatsiyamiz va Yinghua Akademiyasi rahbariyati hamda Vuchin shahri hokimi o‘rtasida davra suhbati ham o‘tkazildi. Muloqotda tomonlar o‘zaro hamkorlikning istiqbollari yuzasidan taklif almashdilar. Muzokara yakunida Agentlik hamda “Yinghua Group” o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Shuningdek, delegatsiya “Yinghua Group” tizimidagi maktabgacha ta’lim muassasasi hamda boshlang‘ich maktabga ham tashrif buyurib, u yerda yaratilgan sharoitlar va o‘quv jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

Telegra
m | Facebook | Instagram | YouTube
04/25/2025, 17:48
t.me/pmfergana/16289
#Fotoreportaj
#Yilning_eng_yaxshi_tarbiyachisi

✅ “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2025” tanlovi doirasida maktabgacha ta’limdagi zamonaviy va yangi metodikalarga bag‘ishlangan taqdimotlar ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tdi.

Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ham ishtirok etdi.

🔴 Ayni damda tantanali taqdirlash marosimi davom etmoqda.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
❤ T
elegram 🌐 Facebook
� Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
04/25/2025, 17:10
t.me/pmfergana/16282
#Raqamli_avlod_qizlari
#Fotoreportaj

✅ "Raqamli avlod qizlari—2025" tadbiri doirasida mashg‘ulotlar davom etmoqda.

Jarayonlar qizg’in tarzda, bahs munozalarga boy holda tashkil etilgan.

➖ Kun yakunida ishtirokchi qizlar musobaqalarda ishtirok etib, yangi ko’nikmalarga ega bo‘lishmoqda.

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
04/25/2025, 14:24
t.me/pmfergana/16266
Hogwarts yozgi ilmiy oromgohiga qabul boshlandi

💥 Yozgi ta'tilda ilmiy loyihalar qilish, yangi do'stlar orttirish va o'z tajribasini yanada oshirishni maqsad qilgan yoshlarimiz uchun yaxshi yangiligimiz bor.

✅ “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari tomonidan Hogwarts yozgi ilmiy oromgohi tashkil etiladi. Ushbu ilmiy oromgohda siz IT, ekologiya, ta'lim, sanoat, huquq va siyosat sohalaridan birida o'z loyihangiz ustida ishlashingiz mumkin bo'ladi.

✨ Har bir loyihaga 6 kishi qabul qilinadi va ishtirokchilar jamoaviy ishlab, o'z loyihasini ishlab chiqishadi.

� Ro'yxatdan o'tish va loyiha haqida to'liq ma'lumot olish uchun Hogwarts kanalini kuzatib boring.

🔁 Engli
sh
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#yozgi_oromgoh #summer_camp

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-s
ayt | Telegram | Instagram | Facebook
04/25/2025, 13:46
t.me/pmfergana/16257
#Eco_schools_Uzbekistan

🌱"Eco-Schools Uzbekistan”  loyihasi doirasida hududlarda seminar-treninglar boʻlib oʻtmoqda

🤩 Seminar-treninglarda Agentlik tizimidagi loyihaga aʼzo maktablarning direktorlari, direktor oʻrinbosarlari, loyihaga masʼul pedagoglar, eko-faol oʻquvchilar ishtirok etishmoqda. Tadbirda "Iqlim oʻzgarishi va uning tasnifi", "7 qadam metodologiyasi" boʻyicha nazariy va amaliy mashgʻulotlar tashkil etilmoqda.

📸Suratda Fargʻona va Toshkent shahridagi Prezident maktabi, ixtisoslashtirilgan maktablar hamda umumtaʼlim maktablari ishtirokidagi treninglardan lavhalar.

Teleg
ram | Facebook | Instagram | YouTube
04/25/2025, 10:35
t.me/pmfergana/16255
#xalqaro_hamkorlik
#Xitoy_safari

🤩 Agentlik delegatsiyasining Xitoyga safari davom etmoqda.

Avval, xabar berilganidek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati va masʼul xodimlaridan iborat delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida boʻlib turibdi.

Agentlik delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasi Ta’lim vazirligi huzuridagi Xitoy tilini o‘qitish markaziga tashrif buyurib, markaz rahbariyati bilan muzokara o‘tkazdi.

Tashrif avvalida Agentlik vakillari ushbu markaz faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.

Uchrashuvning asosiy qismida Agentlik direktori Alisher Ubbiyev O‘zbekiston ta’lim tizimi, xususan ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari faoliyati, ularda oʻqitish jarayonlarini yangi sifat bosqichiga olib chiqish borasidagi islohotlar mazmun-mohiyati haqida maʼlumot berdi.

Tomonlar hamkorlikda xitoy tilini xorijiy til sifatida oʻqitish bo‘yicha oʻquv dasturlari va darsliklarni moslashtirish, xitoylik mutaxassislarni Agentlik tizimidagi maktablar ta’lim jarayoniga jalb etish hamda xitoy tilini o‘rganayotgan o‘quvchilar uchun HSK imtihonlarini aynan taʼlim maskanlarining oʻzida tashkil etish kabi masalalarni muhokama qildi. Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari yuzasidan takliflar almashildi.

Agentlik delegatsiyasi XXR Ta’lim vazirligi huzuridagi O‘quv dasturlari va darsliklar tadqiqoti institutiga ham tashrif buyurib, institut rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida Xitoy tilini xorijiy til sifatida o‘qitish bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur va darsliklarni O‘zbekiston standartlari hamda milliy madaniyatidan kelib chiqqan holda moslashtirish borasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Telegra
m | Facebook | Instagram | YouTube
04/24/2025, 17:45
t.me/pmfergana/16245
Qardosh Turkmanistondan tashrif buyurgan qadrdon mehmonimiz — muhtarama Oguljahon Gurbanguliyevna Atabayevani O‘zbekistonda kutib olishdan benihoya mamnunman.

Bugun biz birgalikda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi va Samarqand shahridagi inklyuziv ta’lim markazida bo‘lib, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarini qo‘llab-quvvatlash, ta’lim olish imkoniyatidan teng foydalanish uchun sharoit yaratish ishlari bilan tanishdik.

Ushbu uchrashuv bolalar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo’shma tashabbuslarni rivojlantirish uchun yaxshi asos bo‘lishiga ishonaman!



Искренне рада приветствовать в Узбекистане уважаемую Огулджахан Гурбангулыевну Атабаеву — дорогую гостью из братского Туркменистана.

Сегодня мы вместе посетили центр социальных услуг «Инсон» и инклюзивный образовательный центр в Самарканде, где ознакомились с практиками поддержки уязвимых категорий населения и создания условий для равного доступа к образованию.

Уверена, что эта встреча станет хорошей основой для развития совместных инициатив в поддержку детей и семей!
04/24/2025, 16:03
t.me/pmfergana/16229
Xalqaro IT sohasidagi qizlar kuni muborak bo‘lsin!

Axborot texnologiyalari hayotimizning ajralmas qismiga aylanib borayotgan bir paytda, qizlarning bu sohadagi faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlash alohida ahamiyatga ega.

Shu munosabat bilan yurtimizdagi barcha ilmga chanqoq, maqsadli, orzusi yo‘lida intilayotgan qizlarimizni samimiy muborakbod etamiz!

Texnologiyalar dunyosida o‘z o‘rningizni toping, yangilik yarating, ilmiy izlanishlar bilan yurt sha’nini yuksaltiring.


Поздравляем с Международным днём девушек в сфере информационных технологий!

В эпоху, когда информационные технологии становятся неотъемлемой частью повседневной жизни, особенно важно поддерживать активное участие девушек в этой стремительно развивающейся сфере.

От всей души поздравляем всех любознательных, целеустремлённых и неутомимо идущих к своей мечте девушек нашей страны!

Открывайте новые горизонты в мире технологий, создавайте инновации и вносите вклад в развитие науки во имя процветания Родины.
04/24/2025, 14:15
t.me/pmfergana/16208
#xalqaro_hamkorlik
#Xitoy_safari

🤩 Avval xabar berilganidek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati va masʼul xodimlaridan iborat delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida qator yetakchi ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish, tajriba almashish kabi masalalari yuzasidan muzokaralar olib bormoqda.

Tashrif doirasida Agentlik delegatsiyasi “Beijing Guangqumen” oʻrta maktabida bo‘lib, zamonaviy infratuzilma, ilg‘or o‘quv dasturlari va sun’iy intellektni o‘quv jarayoniga integratsiya qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Ushbu maktab 2025-yildan boshlab ta’lim jarayonini sun’iy intellektga moslashtirishni boshlagan ilk taʼlim muassasalaridan sanaladi. Hozirgi kunda maktabda 5700 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.

Shuningdek, Agentlik vakillari Pekin shahridagi nufuzli “Fangcaodi” xalqaro boshlang‘ich maktabiga ham tashrif buyurdi. Xitoy tilini xorijiy til sifatida oʻqitishida koʻp yillik tajribaga ega mazkur xalqaro maktabda 60 ta davlatdan 400 dan ortiq xorijiy o‘quvchilar va 1200 nafar mahalliy o‘quvchilar tahsil olmoqda. Tashrif davomida delegatsiya maktabda Misr madaniyatiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan haftalik tadbirlarda ishtirok etdi hamda xorijiy o‘quvchilarga mo‘ljallangan xitoy tili darslarini kuzatdi.

Agentlik direktori Alisher Ubbiyev va “Fangcaodi” xalqaro boshlang‘ich maktabi rahbariyati o‘rtasida boʻlib o‘tgan uchrashuvda boshlang‘ich sinflarda xitoy tilini xorijiy til sifatida o‘qitish tajribasi almashinuvi, qisqa muddatli o‘quvchi va o‘qituvchilar almashinuvi dasturlarini joriy etish hamda hamkorlikda xitoy tilini o‘qitish bo‘yicha dastur ishlab chiqish kabi masalalar muhokama qilindi.

Agentlik delegatsiyasining Xitoyga safari davom etmoqda.

Telegra
m | Facebook | Instagram | YouTube
04/24/2025, 13:45
t.me/pmfergana/16205
“Raqamli avlod qizlari — 2025” loyihasi Renessans oromgohida!

Bugun, 23 aprel kuni “Renessans” sog’lomlashtirish oromgohida “Raqamli avlod qizlari — 2025” loyihasi doirasida ilk ishtirokchilar o‘z tashrifini amalga oshirdi!

Mazkur loyiha 24-29 aprel kunlari davom etadi va unda butun yurtimiz bo‘ylab IT sohasiga qiziquvchi, izlanuvchan va intiluvchan qizlar ishtirok etishadi.

Oldinda ularni bilim, ilhom va yangi imkoniyatlarga boy hafta kutmoqda!
Yangi texnologiyalar, zamonaviy bilimlar va qiziqarli tajribalar — barchasi shu yerda!

Bizning ijtimoiy tarmoqlar👇�
Telegr
am I Instagram I Facebook I Youtub
04/24/2025, 05:52
t.me/pmfergana/16195
#prezident_maktabi
#ochiq_eshiklar_kuni

📣 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi sizlarni "Ochiq eshiklar" kuniga taklif etadi. 

📌 Ochiq eshiklar kunida:
➖ Maktab haqida taqdimot;
➖ Qabul jarayonlari haqida savol – javob;
➖ Qiziqarli mashg'ulotlar;
➖ Maktab binosi bo'ylab sayohat kutmoqda.

📆 29-APREL Seshanba kuni
⏰ 14:00
📍 Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi

Manzil: Farg'ona shahri, Qashqar 1-uy
Mo'ljal: Viloyat hokimyati yonida

🌐 Telegram manzi
limiz |Facebook sahifamiz|
04/23/2025, 13:55
t.me/pmfergana/16188
🙋‍♂️Maktab o'quvchilari uchun yana bir yangilik

Eko ta'lim fondi (FEE) tashabbusi bilan yo'lga qo'yilgan Global Action Days 2025 harakati doirasida maktablarda ekologik savodxonlikni oshirish uchun o'z hissangizni qo'shing.

Dunyo bo'ylab joriy yil 139 mamlakatdan 520 mingdan ortiq eko-faollar ushbu harakatga qo'shildi. Siz ham bu jarayonda faol bo'ling.

Global Action Days 2025 tashabbusiga a'zo bo'lib, nimalar qilinadi?
- Maktab yoki jamoa bilan ekologik tadbirlar tashkil etiladi;
- Daraxt ekish, chiqindilarni kamaytirish va tabiatni asrash bo'yicha loyihalar o'tkaziladi;
- Harakat va natijalar bilan bo'lishish (ijtimoiy tarmoq sahifalari) hamda boshqalarni ilhomlantish ham muhim.

📆Ushbu harakat 22-apreldan 6-mayga qadar davom etadi. Jarayonda kattayu-kichik ishtirok etishi mumkin.

❗️Ro'yxatdan o'tish havola orqali.

Hududlar kesimida guruhla
r | Media kanal | Web | Instagram | Facebook
04/23/2025, 12:16
t.me/pmfergana/16187
#Xushxabar
#Robotics_olympiad_2025

⚡️Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Xalqaro olimpiada g'olibi bo'ldi.

📌Avvalroq xabar berganimizdek, Turkiyada Robototexnika xalqaro olimpiadasi o'tkazilgan edi.

⚡️Ushbu olimpiadada 20 ga yaqin mamlakatlarning iqtidorli oʻquvchilari bilan birga Terma jamoamiz a’zolari 2 yosh toifasi boʻyicha munosib ishtirok etib, 4 yoʻnalishda jami 11 ta medalni qoʻlga kiritdi:

🥇1-o‘rin:
• MBot Line Following: Zomin IMI, Farg‘ona PM

🥈2-o‘rin:
• FootBot: Zomin IMI, Farg‘ona PM
• Lego Sumo: Farg‘ona PM

🔰Bugun g‘oliblikni qo'lga kiritgan o'quvchilar maktabimizda tantanali ravishda kutib olindi. Barcha g‘oliblarni tabriklaymiz va kelgusi olimpiadalarda ulkan zafarlar tilaymiz!

🌐 Telegram manzi
limiz | Facebook sahifamiz |
04/22/2025, 20:08
t.me/pmfergana/16186
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria