Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
SH
Шаффоф қурилиш миллий ахборот тизими
https://t.me/shaffof_qurilish
Channel age
Created
Language
Uzbek
0.99%
ER (week)
34.84%
ERR (week)

Аxborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

Manzil: Toshkent shahri, Аbay koʼchasi, uy :6 "a"

Mavzuga tegishli savollarni yuborishingiz mumkin. @Shaffofqurilish1, @SHaffofQurilish_Komplayens

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
#Bir_savolga_bir_javob

❓Biz qatnashgan tender natijalari chiqdi. Qarzdorligimiz bo‘lmasa-da, qarzdorlikni sabab qilib bizni chetlashtirishdi, Nega?

☺️Tender tugaganidan keyin, tartibga asosan yana tekshiruv o‘tkaziladi. Ana shu jarayonda qarzdorliklar platforma tomonidan onlayn tekshirilganda chiqsa ishtirokchi tenderdan chetlashtiriladi.

Bunday holatda ma’lumotlarni soliq orqali qaytadan tekshirib olish zarur.

Аxborot - kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

📱Facebook 📱Instagram 📱 Youtube
04/28/2025, 11:31
t.me/shaffof_qurilish/415 Link
Дополнительная информация

Подрядчики и проектировщики которые не смогли подать заявку на участие, могут заново попробовать это сделать в личном кабинете.

**

Qo‘shimcha ma’lumot

Arizani topshira olmagan pudratchilar va loyihachilar shaxsiy kabinetda qayta urinib ko‘rishlari mumkin.

Аxborot - kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

📱Facebook 📱Instagram 📱 Youtube
04/26/2025, 17:52
t.me/shaffof_qurilish/414 Link
#Hurmatli_foydalanuvchilar

Loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari tomonidan tenderlarda ishtirok etish uchun hujjatlarni topshirish paytida reyting tizimi tomonidan ishtirokchilarning reyting ko’rsatgichlarini tekshirishning imkoni bo'lmagani sababli ba’zi lotlar amalga oshmagan holatiga o’tdi. Shu sababli tender savdolarining barcha loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat ishtirokchilari uchun teng sharoitlarni ta'minlash maqsadida 25 aprel kuni yakunlanadigan ba’zi lotlar 28 aprel dushanba kuniga uzaytiriladi.

Keltirilgan noqulaylik uchun uzr soʻraymiz.

+++++++

Уважаемые пользователи!

Поскольку во время подачи документов для участия в тендерах со стороны проектно-изыскательных и строительных подрядных организаций не была возможна проверка рейтинговых показателей участников через рейтинговую систему, и некоторые лоты перешли в состояние “не состоявшийся”. В связи с этим, с целью обеспечения равных условий для всех проектно-изыскательных и строительных подрядных участников тендерных торгов, завершение не состоявшихся некоторых лотов, изначально запланированное на 25 апреля, переносится на понедельник, 28 апреля.

Приносим извинения за причиненные неудобства.

Аxborot - kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

📱Facebook 📱Instagram 📱 Youtube
04/26/2025, 15:05
t.me/shaffof_qurilish/413 Link
#Forum
#No_comment

📌Toshkentda “O‘zbekistonda davlat xaridlari tizimidagi imkoniyatlar va islohotlar” forumi bo‘lib o‘tdi.

Аxborot - kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

📱Facebook 📱Instagram 📱 Youtube
04/26/2025, 11:01
t.me/shaffof_qurilish/412 Link
#Forum
#Onlayn

📌Toshkentda “O‘zbekistonda davlat xaridlari tizimidagi imkoniyatlar va islohotlar” forumi bo‘lib o‘tmoqda

🔹 Forumning asosiy maqsadi — banklar bilan hamkorlikda rivojlanish strategiyalari va loyihalar haqida ma’lumot berish, mahalliy va xalqaro yetkazib beruvchilar uchun yangi bozor imkoniyatlarini ochish, davlat xaridlarida sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalardan foydalanishni kengaytirishdan iborat.

☺️ Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi rahbari M. Zagrutdinov forumda “Qurilish sohasidagi davlat xaridlari uchun elektron platforma” mavzusida taqdimot o‘tkazdi.

📊 Elektron tizimlar, avtomatlashtirilgan baholash va tender jarayonlari ishtirokchilar o‘rtasida qizg‘in muhokama qilindi.

Аxborot - kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

📱Facebook 📱Instagram 📱 Youtube
04/25/2025, 12:50
t.me/shaffof_qurilish/406 Link
#Bir_savolga_bir_javob

❓Shartnoma bo‘yicha ishlar yakunlandi, buyurtmachi ishni qabul qildi-yu, lekin ballarimiz qaytmayapti?

✔️Agar siz pudrat tashkiloti bo‘lsangiz, elektron tizimga dalolatnoma yuklanadi, yakunlangan ishlarni buyurtmachi qabul qiladi.

✔️Loyiha tashkiloti bo‘lsangiz, ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari bo‘yicha shaharsozlik ekspertizasining ijobiy xulosasi olingandan so‘ng, chegirma avtomatik ravishda tiklanadi.

Аxborot - kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

📱Facebook 📱Instagram 📱 Youtube
04/24/2025, 11:02
t.me/shaffof_qurilish/405 Link
#Hurmatli_foydalanuvchilar

2025-yil 24-arpeldan boshlab ro‘yxatga olingan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar (har bir shartnoma bo‘yicha alohida) bo‘yicha quyidagi cheklovlar amal qiladi: pudratchilar uchun — 5%, loyihalovchilar uchun esa — 2%.

Cheklovni yechish uchun, tender platformasining shaxsiy kabinetidagi "OBYEKT HOLATI" bo‘limiga quyidagi hujjatlarni yuklashingiz so‘raladi:

"Foydalanishga topshirish dalolatnomasi" — qurilish-montaj ishlari yakunlangan obyektlar uchun;

"Ekspertiza xulosasi" — shaharsozlik ekspertizasining ijobiy xulosasi olingan obyektlar uchun.

Ushbu cheklov 2025 yil 24-APREL sanasidan boshlab ro‘yxatdan o‘tkazilgan shartnomalar uchun joriy etiladi. Shu munosabat bilan, ishlar yakunlangan cheklovlarni yopish choralarini ko‘rishingizni so‘raymiz.

Buyurtmachilarga eslatma: Qo‘shimcha shartnoma ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan paytda “Shartnoma turini tanlang” bandida ilgari ro‘yxatdan o‘tkazilgan lotni ko‘rsatishingizni qat’iy so‘raymiz. Aks holda, pudratchilar yoki loyiha tashkilotlari uchun bu yangi shartnoma sifatida hisobga olinadi va ball bo‘yicha cheklov qo‘llaniladi.

Аxborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

****

Уважаемые пользователи!

Уведомляем, что для прямых договоров (для каждого договора отдельно), зарегистрированных начиная с 24 апреля 2025 года, будет действовать ограничение: 5% — для подрядчиков и 2% — для проектировщиков.

Просим вас загрузить в личном кабинете тендерной платформы, в разделе "СТАТУС ОБЪЕКТА", следующие документы для снятия ограничения:

"Акт ввода в эксплуатацию" — для объектов, на которых завершены строительно-монтажные работы;

"Заключение экспертизы" — для объектов, получивших положительное заключение градостроительной экспертизы.

Данное ограничение будет введено для зарегистрированных договор с 24 АПРЕЛЯ 2025 года. В связи с этим просим принять меры для закрытия ограничений у которых завершены работы.

Примечание заказчикам: При регистрации доп. договора убедительно просим заказчиков указать в пункте "Выберите тип данного договора" уже ранее зарегистрированный лот. В ином, случае у подрядчиков или проектировщиков будет учтено как новый договор и будет ограничение в балле.

Республиканский центр развития информационно-коммуникационных технологий


📱Facebook 📱Instagram 📱 Youtube
04/23/2025, 17:49
t.me/shaffof_qurilish/404 Link
#OAV_nigohida

☺️“Mening uyim” billing tizimidan ko‘p kvartirali uylardagi xonadonlar egalari hamda ularga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyalari foydalanadi.

✔️Jismoniy shaxslar uchun, ya’ni xonadon egalari bu tizimda barcha kommunal to‘lovlarni amalga oshirishi uchun imkoni mavjud: elektr ta’minoti, tabiy gaz, ichimlik suvi va kanalizatsiya, maishiy chiqindilarni yig‘ish va tashish uchun.

📌Kommunal xizmatlardagi balansni ham ko‘rish imkoni mavjud.

📣Batafsil "O‘zbekiston 24" TVda

Аxborot - kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

📱Facebook 📱Instagram 📱 Youtube
04/23/2025, 11:02
t.me/shaffof_qurilish/403 Link
#Bilasizmi?

📣Dunyoga mashhur binolar va ularning arxitektorlari!

💥Burj Khalifa — Dubay, BAA. Arxitektor  Adrian Smith (Skidmore, Owings & Merrill firmasi orqali)
Yaratilgan yili: 2010. Bu hozirgi kunda dunyodagi eng baland bino (828 metr)!

Аxborot - kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

📱Facebook 📱Instagram 📱 Youtube
04/22/2025, 11:00
t.me/shaffof_qurilish/402 Link
#Bir_savolga_bir_javob

❓Shartnomada ko‘rsatilgan joriy ta’mirni kaptial ta’mirga o‘zgartirishimiz kerak, buni qanday amalga oshirish mumkin?

📌Agar tender tugab, g‘olib aniqlangan bo‘lsa - shartnomaga o‘zgartirish kiritish imkoni mavjud emas.

✔️Agar tender hali davom etayotgan lot bo‘lsa - buyurmachi shtabga murojaat qilishi mumkin. Bunda, tender tugashidan eng kami bir ish kunidan oldin murojaat qilishi zarur. Faqatgina shtabning ko‘rsatmasiga asosan, zarur o‘zgarishlar kiritilishi mumkin. O‘zgartirish kiritilgan tenderni tugash muddati 10 ish kuniga cho‘ziladi.

Аxborot - kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

📱Facebook 📱Instagram 📱 Youtube
04/21/2025, 11:04
t.me/shaffof_qurilish/401 Link
#OAV_nigohida

"Нұрлы жол" газетінің 2025 жыл 18 апрель 32 (3297)-саны оқуға ұсынылды.

©️ Бұл файл газета редакциясы тарапынан ұсынылды.

〰️〰️〰️〰️〰️

Аxborot - kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

📱Facebook 📱Instagram 📱 Youtube
04/19/2025, 11:18
t.me/shaffof_qurilish/388 Link
#Tabrik

“Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni” munosabati bilan Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligida  tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov sohada faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarni kasb bayrami bilan samimiy tabrikladi.

Tadbir doirasida ushbu sohada uzoq yillar davomida samarali mehnat qilib kelayotgan, o‘z kasbiga fidoyilik bilan yondashayotgan bir guruh xodimlar va hamkor tashkilotlar vakillari Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan ta’sis etilgan “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Mukofotlangan xodimlar ushbu e’tirofni fidokorona xizmatlariga berilgan yuksak baho, eng asosiysi — davlat ishonchining ifodasi ekanini ta’kidladi.

Аxborot - kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

📱Facebook 📱Instagram 📱 Youtube
04/18/2025, 17:04
t.me/shaffof_qurilish/385 Link
#Bayram_shukuhi

📌 Soha fidoiylari munosib taqdirlandilar

18 aprel – Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi va uning tarkibidagi korxonalarda ham keng nishonlandi.

Viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan boshqaruv servis kompaniyalari vakillari va sohaga daxldor korxona-tashkilotlar mehnat jamoalarining ilg‘or vakillari taklif etilgan tadbirda so‘z olgan viloyat va shahar hokimligi mutasaddilari yig‘ilganlarni kasb bayrami munosabati bilan samimiy muborakbod etdilar.

✨Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri tomonidan “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan bir qator soha fidoiylariga mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek, soha taraqqiyotiga qo‘shgan munosib hissasi, yillar davomida sadoqat bilan xizmat qilgani uchun e’tirof etilgan tizim xodimlari Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasining faxriy yorlig’i hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
04/18/2025, 14:13
t.me/shaffof_qurilish/380 Link
#Bu_muhim

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ko‘p qavatli uylar qurilishi keskin ko‘paydi. Ammo afsuski, noqonuniy qurilish qilayotgan tadbirkorlar va yangi ko‘p kvartirali uy quraman, deb fuqarolar ishonchiga kirib, aldov yo‘li bilan ularning pulini olishni maqsad qilganlar ham tez-tez uchramoqda.

Qurilishi hali bitmagan yoki umuman boshlanmagan uylardan kvartira sotib olishda nimalarga e'tibor berish kerak?


Аxborot - kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

📱Facebook 📱Instagram 📱 Youtube
04/18/2025, 11:04
t.me/shaffof_qurilish/377 Link
#Bu_muhim

💥 Qurilish va uy-joy kommunal sohasi "Shaffof qurilish" axborot tizimi orqali raqamlashtirilmoqda. Elektron tenderlar -ulardan biri. Elektron reytingda yuqori o‘rin egallagan qurilish tashkilotlarining tenderda yutish imkoniyati katta bo‘ladi. Elektron reyting va elektron tender bir-biri bilan chambarchas bog‘liq.

☺️Mazkur platformalar Vazirlar Mahkamasining "Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori  ijrosini ta’minlash maqsadida yaratilgan. Tegishli Nizomga ko‘ra ishtirokchi (oferent) obyektning qiymati va xavf-xatar toifasiga qarab, qurilish tashkilotlari quyidagi elektron reytingda ijobiy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgandagina tanlovga kiritiladi:

I xavf-xatar toifasidagi obyektlar uchun:

-qiymati 1 mlrd so‘mgacha (qurilish obyekti qiymati) — «DD» va undan yuqori;
-qiymati 1 mlrd so‘mdan 2 mlrd so‘mgacha — «DDD» va undan yuqori;
-qiymati 2 mlrd so‘mdan 6 mlrd so‘mgacha — «S» va undan yuqori;
-qiymati 6 mlrd so‘m va undan yuqori — «SS» va undan yuqori elektron reyting bahosiga ega;

II xavf-xatar toifasidagi obyektlar uchun:

-qiymati 5 mlrd so‘mgacha — «SS» va undan yuqori;
-qiymati 5 mlrd so‘mdan 10 mlrd so‘mgacha — «SSS» va undan yuqori;
-qiymati 10 mlrd so‘mdan 20 mlrd so‘mgacha — «V» va undan yuqori;
-qiymati 20 mlrd so‘mdan 30 mlrd so‘mgacha — «VV» va undan yuqori;
-qiymati 30 mlrd so‘m va undan yuqori — «VVV» va undan yuqori elektron reyting bahosiga ega;

III xavf-xatar toifasidagi obyektlar uchun:

-qiymati 10 mlrd so‘mgacha — «SS» va undan yuqori;
-qiymati 10 mlrd so‘mdan 20 mlrd so‘mgacha — «SSS» va undan yuqori;
-qiymati 20 mlrd so‘mdan 40 mlrd so‘mgacha — «V» va undan yuqori;
-qiymati 40 mlrd so‘m va undan yuqori — «VV» va undan yuqori elektron reyting bahosiga ega;

IV xavf-xatar toifasidagi obyektlar uchun:

-qiymati 20 mlrd so‘mgacha — «SS» va undan yuqori;
-qiymati 20 mlrd so‘mdan 50 mlrd so‘mgacha — «SSS» va undan yuqori;
-qiymati 50 mlrd so‘mdan 80 mlrd so‘mgacha — «V» va undan yuqori;
-qiymati 80 mlrd so‘mdan 110 mlrd so‘mgacha — «VV» va undan yuqori;
-qiymati 110 mlrd so‘m va undan yuqori — «VVV» va undan yuqori elektron reyting bahosiga ega.

📱Tanlovda yagona oferent ishtirok etganda yoki birorta ham oferent ishtirok etmaganda, elektron reyting bahosi pasayib boradi.
Аxborot - kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi
              
📱Facebook 📱Instagram📱 Youtube
04/17/2025, 11:00
t.me/shaffof_qurilish/376 Link
Hurmatli foydalanuvchilar!

Yillik hisobotlar asosida tegishli davlat organlaridan olingan ma’lumotlarga tayangan holda sohaviy qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini yangilash ishlari to‘liq yakunlanganini ma’lum qilamiz.

****

Уважаемые пользователи!

Работы по обновлению рейтинга строительно-подрядных организаций на основании данных годовых отчетов соответствующих органов полностью завершены.

Аxborot - kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

              
📱Facebook 📱Instagram📱 Youtube
04/16/2025, 17:03
t.me/shaffof_qurilish/375 Link
#Bu_qiziq

☺️“Mening uyim” avtomatlashtirilgan billing axborot tizimi Davlatimiz rahbarining 2021 yil 19 iyundagi "Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida"gi qarori asosida ishlab chiqilgan.

🏡Ushbu tizim ko‘p kvartirali uylarni boshqarish va kommunal to‘lovlarni amalga oshirishni raqamlashtirish hamda soddalashtirishga xizmat qilmoqda.

✔️Tizim imkoniyatlaridan foydalanmoqchi bo‘lgan jismoniy shaxslar shaxsiy identifikatsion raqami orqali kiradi va elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi, kanalizatsiya, maishiy chiqindilar uchun to‘lovlarni amalga oshirish hamda balansini tekshirish imkoniga ega bo‘ladi. Shuningdek, boshqaruvchi tashkilot faoliyati bo‘yicha hisobotlarni kuzatadi.

✔️Boshqaruv servis kompaniyalari uchun ham bir qator qulayliklar mavjud. Ular tizimga elektron raqamli imzo orqali kiradi va o‘ziga tegishli barcha ko‘p kvartirali uylar haqida ma’lumot olish, yashovchilarning murojaatlari va to‘lovlarini ko‘rish va javob berish imkoniga ega.

Tizim O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “MUNIS” kliring tizimi bilan integratsiya qilingan. Bu tijorat banklari kassalari orqali majburiy badallarni qabul qilish imkonini yaratadi.

Аxborot - kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi
              
📱Facebook 📱Instagram📱 Youtube
04/16/2025, 11:02
t.me/shaffof_qurilish/374 Link
#Onlayn
#Ochiq_muloqot

Mamlakatimizda yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash, ularning hayotga mustaqil qadam qo‘yishlari uchun barcha sharoitlarni yaratishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi hamda Toshkent arxitektura va qurilish universiteti hamkorlikda tashkillashtirgan “Rahbar va yoshlar” ochiq muloqoti boshlandi. 

Maqsad- yoshlar bilan samimiy suhbatlashish, ular ichki dunyosiga nazar solish, qiziqishlarini o‘rganish, tahlil qilish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Uchrashuvda 100 dan ortiq yoshlar ishtirok etmoqda.

Аxborot - kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi
              
📱Facebook 📱Instagram📱 Youtube
04/15/2025, 15:10
t.me/shaffof_qurilish/369 Link
#Quruvchilar_fikri

📌Xabaringiz bor, “Quruvchilar fikri” ruknida qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning mulohazalarini e’lon qilib bormoqdamiz. Ushbu rubrika orqali sohadagi islohotlar, xususan, raqamlashtirish jarayonlarining ahamiyati haqida fikrlar bildirilmoqda.

☺️Quruvchilar sohada joriy etilgan raqamli yechimlar korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, shaffoflikni ta’minlash va samaradorlikni oshirishda muhim omil bo‘layotganini ta’kidlashmoqda.

📣To‘liq video

Аxborot - kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi
              
📱Facebook 📱Instagram📱 Youtube
04/15/2025, 11:02
t.me/shaffof_qurilish/368 Link
#Bir_savolga_bir_javob

❓Moliyalashtirish jadvaliga kiritilgan summani platforma qabul qilmayapti?

📌Ha, agar platforma taklif qilingan summani qabul qilmasdan turgan bo‘lsa, uni teng taqsimlab, tiyinlari bilan (masalan, 1000.50) nuqta qo‘yib, ajratib kiritish kerak. Shunda platforma kiritilgan so‘mmani qabul qiladi.

Аxborot - kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi
              
📱Facebook 📱Instagram📱 Youtube
04/14/2025, 11:02
t.me/shaffof_qurilish/367 Link
#Yangi_xizmat

✏️Bu xizmatdan foydalanish uchun Yagona davlat xizmatlari portalidan sinov tartibidagi xizmatlar bo‘limida joylashtirilgan Toshkent shahridagi obyektni qayta ixtisoslashtirish,rekonstruksiya qilish ruxsatnomasi va arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini olish xizmatiga kiring.

🔈To‘liq video bu yerda

Аxborot - kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi
              
📱Facebook 📱Instagram📱 Youtube
04/11/2025, 11:02
t.me/shaffof_qurilish/366 Link
#Bu_qiziq

📱Xitoydagi Yaxi avtomagistrali (Yanszyan-Shichuan yo‘li) dunyodagi eng murakkab muhandislik inshootlaridan biri hisoblanadi. Umumiy uzunligi 240 km, ayrim ko‘priklarini balandligi 200 metrdan ziyod bo‘lgan bu yo‘l Xitoyning Yunnan va Sichuan provinsiyalarini bog‘laydi va katta qismi baland tog‘li hududlardan o‘tgan.

⚡️“Osmonda qurilgan yo‘l” sababli 10 soatlik masofa endi taxminan 4 soatda bosib o‘tiladi.

🖥️Xitoyda Yaxi avtomagistrali qurilishida raqamli texnologiyalar va tizimlar keng qo‘llanilgan. Xususan, qurilish jarayonida loyiha boshqaruvi va sifat nazorati uchun raqamli vositalardan foydalanilgan. Bu yondashuvlar qurilishning sifatini ta'minlash va muddatlarda bajarilishini nazorat qilishda muhim rol o‘ynagan.

Аxborot - kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi
              
📱Facebook 📱Instagram📱 Youtube
04/10/2025, 11:10
t.me/shaffof_qurilish/365 Link
Bugun 9-aprel-Sohibqiron Amir Temur tavvalud topgan kun (1336-1405)

Amir Temur – tarixdagi eng buyuk sarkardalardan biri bo‘lib, uning strategiyasi va g‘alabalari butun Osiyoning tarixini o‘zgartirdi. Uning kuchli arimiya tuzishdagi iqtidori, harbiy jang san’ati va amalga oshirgan islohotlari jahon sahnasida salmoqli ahamiyatga ega.

Uning rahbarligida Temuriylar davlati yuksaldi. Shuningdek, uning davlat qurish va boshqarishdagi yutuqlari xalqlar o‘rtasidagi aloqa va madaniy muvozanatni mustahkamlashga xizmat qildi. Bobomiz Amir Temurning muvaffaqiyatga erishish yo‘llari dunyo xukmdorlariga namuna bo‘lib xizmat qilib kelmoqda.

Аxborot - kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi
              
📱Facebook 📱Instagram📱 Youtube
04/09/2025, 10:07
t.me/shaffof_qurilish/364 Link
Hurmatli loyihachilar!!!

Loyiha-qidiruv tashkilotlari reytingi yangi mezonlar bo'yicha yangilash jarayoni to'liq yakunlanganligini ma'lum qilamiz.

Аxborot - kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

***

Уважаемые проектировщики!!!

Сообщаем, что процесс обновления рейтинга проектно-изыскательных организаций по новым критериям полностью завершен.

Республиканский центр развития информационно-коммуникационных технологий

📱Facebook 📱Instagram 📱 Youtube
04/08/2025, 13:49
t.me/shaffof_qurilish/363 Link
#Quruvchilar_fikri

☺️Oldingi qog'ozbozliklar yo'q bo'lib, davlat tashkilotlarining barcha tizimlari bir-biri bilan chambarchas bog'langan  va bu "Shaffof qurilish" orqali amalga oshiriladi.

📣Batafsil: https://youtu.be/2a-wZuvl3a4

Аxborot - kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

📱Facebook 📱Instagram 📱 Youtube
04/08/2025, 11:01
t.me/shaffof_qurilish/362 Link
#Bir_savolga_bir_javob

❓Loyihachilar uchun tenderga topshirishda reyting kategoriyasi bo‘yicha qanday cheklovlar bor? Masalan, hududlar bo‘yicha...

✔️Loyihachilar uchun tenderga topshirishda reyting kategoriyasi bo‘yicha quyidagi cheklovlar mavjud:

⭐️Loyiha tashkilotlari reytingda ro‘yxatdan o‘tgan hududlar bo‘yicha tenderlarda ishtirok etish huquqiga ega. Bu cheklov asosan 1 va 2-darajali xavf-xatar toifasiga kiruvchi obyektlar uchun amal qiladi.
⭐️Agar obyekt 3 yoki 4-darajali xavf-xatar toifasiga kirsa, hududiy cheklov bekor qilinadi. Bu, o‘z navbatida, tashkilotlarga boshqa hududlarda ham tenderda ishtirok etishga imkon yaratadi.

🖥Kategoriyaga muvofiq tenderda qatnashish:

🔔Loyihachilar reytingdagi o‘z kategoriyasiga mos keluvchi obyektlar uchun tenderlarda ishtirok etish huquqiga ega. Agar tashkilot reytingi yuqori bo‘lmasa, murakkab va katta masshtabdagi obyektlarning tenderlarida qatnasha olmaydi.

Ushbu cheklovlar loyihalar sifatini ta'minlash va tender jarayonini adolatli qilish uchun muhimdir.

Аxborot - kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

📱Facebook 📱Instagram 📱 Youtube
04/07/2025, 11:02
t.me/shaffof_qurilish/361 Link
#Bir_savolga_bir_javob

❓Loyiha qidiruv obyektlari ishlarini yakunlash muddati e’longa 5 kun qo‘yilgan.Shu to‘g‘rimi, aslida minimal va maksimal necha kun bo‘lishi kerak?

📌Bu bo‘yicha kunni buyurtmachi belgilaydi.

✔️Biroq, bu muddat O‘zbekiston Respublikasining 684-son qonuni talablaridan chetga chiqmagan bo‘lishi lozim. Ya’ni, tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh ming baravarigacha (byudjet buyurtmachilari uchun bazaviy hisoblash miqdorining olti ming baravarigacha) miqdordagi tanlovlar uchun 5 ish kunidan 30 ish kunigacha, tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh ming baravaridan ortiq (byudjet buyurtmachilari uchun bazaviy hisoblash miqdorining olti ming baravaridan ortiq) miqdordagi tender savdolarida 12 ish kunidan 30 ish kunigacha bo‘lgan oraliqda Buyurtmachi tomonidan belgilanadi.

Аxborot - kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

📱Facebook 📱Instagram 📱 Youtube
04/04/2025, 11:04
t.me/shaffof_qurilish/360 Link
#Bir_savolga_bir_javob

❓Viloyatdagi qurilish tashkiloti barcha hududlarda o‘tkaziladigan tenderlarda ishtirok eta oladimi?

📌Agar lotning xavf-xatar toifasi 3 yoki 4 bo‘lsa boshqa viloyatdagi qurilish tashkilotlari qatnasha oladi. Agar 1 yoki 2 bo‘lsa faqat o‘sha viloyatdagi tashkilotlar ishtirok etadi.

❌Yana bir jihati bor. Tenderning boshlang‘ich narxi (QQS bilan) bazaviy hisoblash miqdorining 200 000 baravarigacha bo‘lsa, faqat o‘sha hudud (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri)da yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar qatnashadi (Toshkent shahri va Toshkent viloyati yagona hudud deb qabul qilinadi).

🔼Tenderning boshlang‘ich narxi (QQS bilan) bazaviy hisoblash miqdorining 200 000 baravari va undan yuqori bo‘lgan obyektlar hamda III va IV xavf-xatar toifasidagi obyektlar bo‘yicha o‘tkaziladigan elektron tenderlarida hududiy cheklov tatbiq etilmaydi.

Аxborot - kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

📱Facebook 📱Instagram 📱 Youtube
04/03/2025, 11:04
t.me/shaffof_qurilish/359 Link
#Quruvchilar_fikri

📱Qurilish qonuniymi yoki noqonuniyligini bilish uchun mijozlar qanday yo'l tutishi kerak?

❗️Bu savolga qurilish kompaniyasi rahbari Nozimov Inomiddin o'z fikrini bildiradi.

🎬 To'liq video

Аxborot - kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

📱Facebook 📱Instagram 📱 Youtube
04/02/2025, 11:04
t.me/shaffof_qurilish/358 Link
#Bir_savolga_bir_javob

❓Majburiy Ijro Byurosi (MIB) dan taqiq qo‘yilgan edi. Hozirda taqiq yechildi, lekin, tenderda qatnasha olmayapman?

📌MIB taqiqni yechganidan so‘ng, bu ma’lumot reyting va tender tizimiga avtomatik ravishda kiritiladi.

✔️Agar muammo bo‘layotgan bo‘lsa, tegishli tashkilotlarga (MIB yoki tender platformasi administratorlariga) murojaat qilib, yangilanish holatini tekshiring.

➡️Boshqa cheklovlar bor-yo‘qligini aniqlang – Soliq qo‘mitasi, Kadastr agentligi, banklar va tegishli tashkilotlar taqiqni saqlanib qolgan bo‘lishi mumkin.

🌐Yuridik maqomingizni Davlat xizmatlari agentligi (my.gov.uz), Reyting.mc.uz yoki tender platformasiga kirib, tashkilotingiz holatini tekshiring.

Agar barcha tekshirishlardan keyin ham hujjatlar "taqiq" yoki "faol emas" degan holatda bo‘lsa, ularga rasmiy murojaat qilib, ma’lumotlarni yangilashni so‘rashingiz mumkin.

Аxborot - kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

📱Facebook 📱Instagram📱 Youtube
04/01/2025, 11:03
t.me/shaffof_qurilish/357 Link
#табрик

☺️Аxborot - kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi jamoasi Sizlarni Ramazon hayiti bilan tabriklaydi.

⭐Xonadoningizda fayzu baraka va osoyishtalik tilaymiz!

🇺🇿Yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi yanada mustahkam va barqaror bo‘lsin!
                                            ___

#поздравление

☺️Коллектив Республиканский центр развития информационно-коммуникационных технологий поздравляет Вас с праздником Рамазан.

🇺🇿Желаем всем крепкого здоровья, удачи, долгой счастливой жизни. Пусть в семьях всегда царит достаток, в стране мир и спокойствие.

Аxborot - kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

📱Facebook 📱Instagram 📱 Youtube
03/30/2025, 06:02
t.me/shaffof_qurilish/356 Link
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria