📱Xitoydagi Yaxi avtomagistrali (Yanszyan-Shichuan yo‘li) dunyodagi eng murakkab muhandislik inshootlaridan biri hisoblanadi. Umumiy uzunligi 240 km, ayrim ko‘priklarini balandligi 200 metrdan ziyod bo‘lgan bu yo‘l Xitoyning Yunnan va Sichuan provinsiyalarini bog‘laydi va katta qismi baland tog‘li hududlardan o‘tgan.
⚡️“Osmonda qurilgan yo‘l” sababli 10 soatlik masofa endi taxminan 4 soatda bosib o‘tiladi.
🖥️Xitoyda Yaxi avtomagistrali qurilishida raqamli texnologiyalar va tizimlar keng qo‘llanilgan. Xususan, qurilish jarayonida loyiha boshqaruvi va sifat nazorati uchun raqamli vositalardan foydalanilgan. Bu yondashuvlar qurilishning sifatini ta'minlash va muddatlarda bajarilishini nazorat qilishda muhim rol o‘ynagan.