#Bir_savolga_bir_javob
❓Majburiy Ijro Byurosi (MIB) dan taqiq qo‘yilgan edi. Hozirda taqiq yechildi, lekin, tenderda qatnasha olmayapman?
📌MIB taqiqni yechganidan so‘ng, bu ma’lumot reyting va tender tizimiga avtomatik ravishda kiritiladi.
✔️Agar muammo bo‘layotgan bo‘lsa, tegishli tashkilotlarga (MIB yoki tender platformasi administratorlariga) murojaat qilib, yangilanish holatini tekshiring.
➡️Boshqa cheklovlar bor-yo‘qligini aniqlang – Soliq qo‘mitasi, Kadastr agentligi, banklar va tegishli tashkilotlar taqiqni saqlanib qolgan bo‘lishi mumkin.
🌐Yuridik maqomingizni Davlat xizmatlari agentligi (my.gov.uz), Reyting.mc.uz yoki tender platformasiga kirib, tashkilotingiz holatini tekshiring.
Agar barcha tekshirishlardan keyin ham hujjatlar "taqiq" yoki "faol emas" degan holatda bo‘lsa, ularga rasmiy murojaat qilib, ma’lumotlarni yangilashni so‘rashingiz mumkin.
Аxborot - kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi📱
Facebook 📱
Instagram📱
Youtube