Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
MI
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
https://t.me/minstroyuz
Channel age
Created
Language
Uzbek
0.67%
ER (week)
13.85%
ERR (week)

O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298

🌐 http://www.mc.uz/

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
Found 2 395 results
#DIQQAT

⚠️ Bolalar o'rtasida "Kommunal madaniyat challenge" e'lon qilinadi!

🏢 Farzandlaringiz bilan ko'p qavatli uylarda yashash madaniyatiga oid videorolik oling va instagramga #kommunal_madaniyat heshtegi bilan joylang.

🏘 Eng yaxshi roliklar Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligining rasmiy sahifalarida e'lon qilib boriladi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
04/28/2025, 14:12
t.me/minstroyuz/30504
04/28/2025, 12:28
t.me/minstroyuz/30503
#JARAYON

🗺 Joriy yilning 25-aprel kuni Toshkent Arxitektura-qurilish universiteti hamda “O‘zshaharsozlik LITI” davlat muassasasi rahbari va mutaxassislari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Bunda yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, tomonlar o'rtasida o'zaro tajriba almashish va qo‘shma loyihalar ustida hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida “O‘zshaharsozlik LITI” davlat muassasasi va Toshkent Arxitektura-qurilish universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandum kelgusida sohada ta’lim va amaliyot o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, innovatsion loyihalarni rivojlantirish hamda yosh mutaxassislarning kasbiy malakasini oshirishga xizmat qiladi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
04/28/2025, 12:28
t.me/minstroyuz/30499
04/28/2025, 12:28
t.me/minstroyuz/30500
04/28/2025, 12:28
t.me/minstroyuz/30502
04/28/2025, 12:28
t.me/minstroyuz/30501
❓Сейсмик хавфсизликни таъминлаш тизими такомиллаштирилиши бўйича қонунчиликка қандай ўзгартишлар киритилмоқда?

АОКАда ўтказилган брифингда Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги вазирлиги Ахборот хизмати раҳбари Саидносир Усмонов саволга батафсил жавоб берди:

🔝Ўзбекистон Республикасининг Жиноят кодексига бинолар ва иншоотлардан фойдаланишга доир рухсатнома бериш ҳамда уларни фойдаланишга қабул қилиб олиш қоидаларини бузганлик, шаҳарсозлик соҳасидаги ваколатли давлат органларининг рухсатисиз объектларни қурганлик, қонунчиликни бузган ҳолда кўп квартирали уйлардаги таянч конструкцияларни ўзгартирганлик ёки реконструкция қилганлик, шунингдек бинолар ва иншоотларни аҳоли пунктларининг тасдиқланган бош режаларини, уларни режалаштириш ва қуриш лойиҳаларини бузган ҳолда лойиҳалаштирганлик, реконструкция қилганлик ва қурганлик учун жавобгарлик юзага келишини назарда тутувчи ўзгартиришлар киритилган.

🔝Ўзбекистон Республикасининг Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодекси ҳам бордию лойиҳа ташкилотларининг муаллифлик назоратини амалга ошириш доирасида бериладиган кўрсатмаларини буюртмачилар бажармаса, шунингдек эксперт ташкилотларнинг шаҳарсозлик ҳужжатларига доир ижобий хулосасисиз объектлар қуриладиган бўлса, бунинг учун ҳам жавобгарлик белгиланмоқда. Шунингдек шаҳарсозлик соҳасидаги қоидабузарликлар учун солинадиган жарималар миқдорларини кўпайтириш назарда тутилди.

🔝Хусусан, қурилиши тугалланган бино ва иншоотлардан фойдаланишда рухсатнома бериш ҳамда уларни фойдаланишга қабул қилиш қоидаларини бузиш, бордию шундай ҳаракатлар учун маъмурий жазо қўлланилганидан кейин содир этилган бўлса, — бир йилгача ахлоқ тузатиш ишлари ёки икки йилгача озодликни чеклаш ёхуд икки йилгача озодликдан маҳрум қилиш билан жазоланиши белгилаб қўйилди.

🔝Объектларни қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги соҳасида назорат қилиш инспекцияларининг рухсатномасисиз қуриш, шундай ҳаракатлар учун маъмурий жазо қўлланилганидан кейин содир этилган бўлса, —икки йилгача ахлоқ тузатиш ишлари ёки бир йилдан уч йилгача озодликни чеклаш ёхуд бир йилдан уч йилгача озодликдан маҳрум қилиш билан жазоланиши кўзда тутилган.

✍️ Батафсил

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
04/28/2025, 12:06
t.me/minstroyuz/30498
04/28/2025, 11:46
t.me/minstroyuz/30497
04/28/2025, 11:46
t.me/minstroyuz/30496
#Reyd

📍Samarqandda ko‘p qavatli uyning tom qismida o‘zboshimchalik bilan qurilayotgan qurilish aniqlanib, bartaraf etildi.

🚨 Xabar berib kelayotganimizdek, Samarqand viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan viloyatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan reyd tadbirlari davomida Samarqand shahrining Ro‘dakiy ko‘chasida joylashgan 179-A sonli ko‘p qavatli uyning tom qismida o‘zboshimchalik bilan qurilayotgan qurilish aniqlandi.

Mazkur qurilish ko‘p qavatli uyning loyihasida nazarda tutilmagan bo‘lib, seysmik hodisa vaqtida binoning tebranishini kuchaytirib, seysmik mustahkamligiga zarar yetkazishi mumkin.

Holat inspeksiya tomonidan nazoratga olinib, hududdagi boshqaruv servis kompaniyasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘zboshimchalik bilan olib borilayotgan qurilish bartaraf etildi.

Ta’kidlash joizki, inspeksiya xodimlari tomonidan viloyatimiz bo‘ylab reyd tadbirlari davom etmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
04/28/2025, 11:46
t.me/minstroyuz/30495
#BRIFING

🏢 Koʻp kvartirali uylardagi tayanch konstruksiyalarni qonunchilikni hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni buzgan holda oʻzgartirish yoki rekonstruksiya qilish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilandi.

Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq bino va inshootlarni yoki boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlashga taqiq va cheklovlar belgilangan zonalarda ushbu ishlarni bajarish yoki aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalariga, ularni rejalashtirish va qurish loyihalariga zid ravishda yaʼni bosh rejalarda nazarda tutilmagan bino va inshootlarni loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish va qurish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishiga sabab boʻladi.

Davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros koʻchmas mulk obyektlarining qoʻriqlanadigan tegralarida, alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarda, shu jumladan, oʻzining tarixiy-madaniy qimmatiga koʻra Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlarda va ularning qoʻriqlanadigan tegralarida moddiy madaniy meros obyektlari hisoblanmagan bino, inshootlar hamda boshqa obyektlarni belgilangan tartibda ruxsatnoma olmasdan qurish yoki buzish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishiga olib keladi. Ushbu moddaning birinchi-beshinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlar odam oʻlishiga yoxud boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Mazkur moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u koʻp kvartirali uylardagi tayanch konstruksiyalarning amalga oshirilgan oʻzgartirilishini yoki ularni rekonstruksiya qilish tufayli yoʻl qoʻyilgan buzilishlarni, shuningdek, ularning oqibatlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etsa, javobgarlikdan ozod etiladi.

📌 Shuningdek, shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish boʻyicha:

Loyihalash, qurilish-montaj ishlari bajarilayotganda talablarni buzish, shuningdek, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish hamda yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyalarining koʻrsatmalarini bajarishdan qasddan boʻyin tovlash yoki oʻz vaqtida bajarmaslik fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravari, mansabdor shaxslarga esa yetmish baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari, mansabdor shaxslarga esa bir yuz ellik baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

🎚️ Brifingni onlayn tarzda ko‘rish uchun havola👇

https://www.facebook.com/share/v/1FpntzeFmk/?mibextid=wwXIfr

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
04/28/2025, 10:10
t.me/minstroyuz/30494
#BRIFING

🟢 So'nggi yillarda mamlakatimizda shaharsozlik sohasini takomillashtirish va shaharsozlik faoliyati obyektlarining seysmik xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tizimli ishlar qilinmoqda. Holbuki, dunyoning turli mamlakatlarida sodir boʻlayotgan kuchli zilzilalar va buning natijasida yetkazilayotgan zararlar koʻlami mamlakatimizda seysmik xavfsizlikni taʼminlashga hamda bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirishga qaratilgan bir qator manzilli chora-tadbirlar amalga oshirilishini talab etmoqda. Xususan, bino va inshootlar qurish hamda taʼmirlashni amalga oshiruvchi tashkilotlarning masʼuliyatini oshirish, shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan talablarga qatʼiy rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish zarurati yuzaga kelmoqda. Shundan kelib chiqqan holda “Seysmik xavfsizlikni taʼminlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi.

Mazkur hujjat bilan shaharsozlik qoidalarini buzib, noqonuniy qurilish olib borgan yoki xavfli oʻzgartirishlar qilgan shaxslarga nisbatan javobgarlik choralari kuchaytirildi. Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga binolar va inshootlardan foydalanishga doir ruxsatnoma berish hamda ularni foydalanishga qabul qilib olish qoidalarini buzganlik, shaharsozlik sohasidagi vakolatli davlat organlarining ruxsatisiz obyektlarni qurganlik, qonunchilikni buzgan holda koʻp kvartirali uylardagi tayanch konstruksiyalarni oʻzgartirganlik yoki rekonstruksiya qilganlik, shuningdek, binolar va inshootlarni aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalarini, ularni rejalashtirish va qurish loyihalarini buzgan holda loyihalashtirganlik, rekonstruksiya qilganlik va qurganlik uchun javobgarlik yuzaga kelishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilgan. Bunda jinoiy javobgarlik, aybdor shaxslar ushbu huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlikka tortib boʻlinganidan keyin yuzaga keladi. Odam oʻlishiga yoki boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlgan tarzda shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun alohida jinoiy javobgarlik belgilandi.

Shuningdek, qonunchilikni buzgan holda koʻp kvartirali uylardagi tayanch konstruksiyalarni oʻzgartirish yoki rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq jinoyatni birinchi marta sodir etgan hamda amalga oshirilgan oʻzgartirish yoki buzilishlarni, xususan, ularning oqibatlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etgan shaxs javobgarlikdan ozod etilishi mumkinligi nazarda tutildi.
Oʻzbekiston Respublikasining "Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida"gi kodeksi ham bordiyu loyiha tashkilotlarining mualliflik nazoratini amalga oshirish doirasida beriladigan koʻrsatmalarini buyurtmachilar bajarmasa, shuningdek, ekspert tashkilotlarning shaharsozlik hujjatlariga doir ijobiy xulosasisiz obyektlar quriladigan boʻlsa, buning uchun ham javobgarlik belgilanmoqda. Bunda shaharsozlik sohasidagi qoidabuzarliklar uchun solinadigan jarimalar miqdorlarini koʻpaytirish nazarda tutildi.

🏠 Xususan, qurilishi tugallangan bino va inshootlardan foydalanishda ruxsatnoma berish hamda ularni foydalanishga qabul qilish qoidalarini buzish, bordiyu shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, bir yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilab qoʻyildi. Obyektlarni qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyalarining ruxsatnomasisiz qurish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi koʻzda tutilgan.

🎚️ Brifingni onlayn tarzda ko‘rish uchun havola👇

https://www.facebook.com/share/v/1FpntzeFmk/?mibextid=wwXIfr

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
04/28/2025, 10:05
t.me/minstroyuz/30493
#BRIFING

📣 DIQQAT! DIQQAT!

✍️ Ayni daqiqalarda AOKAda “Seysmik xavfsizlikni taʼminlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan brifing bo‘lib o‘tmoqda. Unda vazirlik axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov ishtirok etmoqda.

🎚️ Brifingni onlayn tarzda ko‘rish uchun havola👇

https://www.facebook.com/share/v/1FpntzeFmk/?mibextid=wwXIfr

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
04/28/2025, 10:02
t.me/minstroyuz/30492
❗️Президент Қарорига асосан (ПҚ-100-сон) унда белгиланган чора-тадбирларнинг амалга оширилиши натижасида мамлакатимизда марказлашган иссиқлик таъминоти қамрови 37 фоиздан 58 фоизгача етказилади. Тизимдаги йўқотишлар 38 фоиздан 20 фоизгача қисқартирилади.

@issiqlikaj
04/28/2025, 09:37
t.me/minstroyuz/30491
#BU_MUHIM

28-aprel - Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni

🏢 Ko‘p qavatli uyga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv tashkilotlari o‘z ishchi-xodimlarining sog‘lig‘ini majburiy sug‘urtalashi kerak

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
04/28/2025, 08:50
t.me/minstroyuz/30490
#BU_MUHIM

28-aprel - Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni

🔗 Qurilishda xavfsizlik qoidalariga amal qilish – ishchilarning hayoti va atrof-muhit himoyasi uchun muhim!

📔 Shaharsozlik norma va qoidalariga ko‘ra qurilish chiqindilari va havozalar maxsus yopiq tarnovlar orqali, usti berk qutilar yoki konteynerlarga tushirilishi kerak. Bu nafaqat xavfsizlikni ta’minlaydi, balki shahar muhitini toza saqlashga ham xizmat qiladi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
04/28/2025, 08:16
t.me/minstroyuz/30489
#fakt
#ekspertiza

🏢 Bino-inshoot qurilishidan avval loyiha-smeta hujjatlari ekspertizadan o‘tkazilmasa qanday oqibatlarga olib keladi?

✅ Binoning konstruktiv mustahkamligi va zilzilaga bardoshliligi so‘roq ostida bo‘ladi.
✅ Yong‘in xavfsizligi talablariga amal qilinmasligi ehtimoli katta.
✅ Avtoturargohlar va bolalar maydonchasi e'tibordan chetda qolishi mumkin.
✅ Xonadonlarga kerakli miqdorda yorug‘lik tushishi nazoratsiz qoladi.

👆Shuning uchun ham qurilish chuqur tahlil va hisob-kitoblar asosida bo‘lishi lozim!

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
04/28/2025, 07:48
t.me/minstroyuz/30488
#Brifing

🔴 Mavzu: “Seysmik xavfsizlikni taʼminlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni mazmun-mohiyati

⏰Vaqti: 12:00

⭐️ Ishtirok etadi: Saidnosir Usmonov, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Axborot xizmati rahbari 

📍Manzil: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
04/28/2025, 07:06
t.me/minstroyuz/30487
#Dayjest

🔴 Hafta dayjesti: qurilish va kommunal sohada ro'y bergan muhim voqealar tafsilotlari

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
04/27/2025, 07:55
t.me/minstroyuz/30486
#BU_MUHIM

❕ Xavfli balandlikdagi ishlarga faqat 18 yoshdan katta, tibbiy ko‘rikdan o‘tgan, kamida bir yillik ish tajribasiga va 3-razryaddan past bo‘lmagan tarif razryadiga ega bo‘lgan xodimlar jalb etilishi mumkin.

📌 Qurilish-pudrat tashkilotlari rahbarlari uchun muhim eslatma: qurilish obyekti atrofida harakatlanuvchi fuqarolar, xodimlaringiz hayoti va salomatligiga befarq bo‘lmang.

Unutmang, xavfsizlik qoidalari va yo‘riqlarga amal qilish har birimizning burchimizdir.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
04/26/2025, 10:08
t.me/minstroyuz/30485
Marg‘ilon tarixida yangi sahifa ochildi (+video)

Marg‘ilonning “Yangi O‘zbekiston” massivi hududidagi 82 gektar maydonda birinchi bosqichda 6532 xonadonli 82 ta ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan o‘ntasida ish boshlangan edi.

🎥 https://youtu.be/R8dcJgKi6m4

Batafsil: https://uza.uz/posts/713436

📱Mobil ilova 👉 iOS | Android

O`zbekcha | Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор
04/26/2025, 08:44
t.me/minstroyuz/30484
04/26/2025, 05:55
t.me/minstroyuz/30481
IIP’ni tekshirish va ishga tayyorligini baholash bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari

🏭 "ТEXNOPARK" MChJning individual issiqlik punktlari (IIP) ishlab chiqarish zavodida mutaxassislar (rahbarlar, muhandislar, texnologlar) uchun amaldagi IIP bo‘yicha texnik me’yoriy-huquqiy hujjatga kiritilgan o‘zgartirishlar yuzasidan qisqa muddatli o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Trening doirasida ishtirokchilarning IIP’ni tekshirish va ishga tayyorligini baholash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish ham ko‘zda tutilgan edi.

🔘 Texnik hujjatlarga kiritilgan o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan.

💼 O‘quv jarayonida ishtirokchilarga yangi me’yoriy hujjatlar, tekshirish mezonlari va ekspluatatsiyaga qabul qilish tartiblari haqida batafsil ma’lumot berildi. Ekspertlar o‘zlarining kasbiy ko‘nikmalarini interaktiv mashg‘ulotlar va amaliy misollar yordamida mustahkamlashdi. Shuningdek, ishtirokchilar faoliyat yuritayotgan IIP obyektiga tashrif buyurishdi. Trening yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

💬 Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, yangi talablar asosida ishlash orqali soha vakillari zamonaviy standartlarga javob beradigan ITP tizimlarini o‘rnatish va ekspluatatsiyaga topshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

P.S. 26.04 kuni TEXNOPARK’da Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi vakillari uchun alohida trening tashkil etiladi. Unda ishtirokchilarga IIP texnik parametrlari va energiya tejash sohasidagi iqtisodiy afzalliklari haqida batafsil ma’lumot beriladi.
_____________________

Обучение в области инспектирования и проверки готовности к работе ИТП

🏭 На заводе производстве индивидуальных тепловых пунктов (ИТП) ООО «ТEXNOPARK» проведено краткосрочное обучение специалистов (руководители, инженеры, технологи) с внесёнными изменениями в действующий технический нормативно-правовой акт об ИТП. В задачи тренинга также вошло дальнейшее совершенствование их знаний и навыков по проверке и оценке готовности ИТП к эксплуатации.

🔘Изменения тех.документации разработаны специалистами Министерства строительства и жилищно-коммунального обслуживания Республики Узбекистан.

💼В ходе обучения участники получили подробную информацию о новых нормативных документах, критериях проверок и процедурах ввода в эксплуатацию. Эксперты закрепили свои профессиональные навыки с помощью интерактивного обучения и практических примеров.
Участник посетили объект с действующим ИТП.
По итогам тренинга были вручены сертификаты.

💬По мнению экспертов, работая в соответствии с новыми требованиями, специалисты отрасли получат возможность устанавливать и вводить в эксплуатацию ИТП, соответствующие современным стандартам.

P.S. 26.04 в TEXNOPARK будет проведён тренинг для заинтересованных представителей Министерства строительства и жилищно-коммунального обслуживания. Их детально ознакомят с тех.параметрами ИТП, экономическими преимуществами в области энергосбережения.

📞 (95) 323-33-33
📞 (95) 325-55-55

Telegram | 📸Instagram | ✅Facebook | 🌍texnopark.uz
04/26/2025, 05:55
t.me/minstroyuz/30477
04/26/2025, 05:55
t.me/minstroyuz/30482
04/26/2025, 05:55
t.me/minstroyuz/30479
04/26/2025, 05:55
t.me/minstroyuz/30480
04/26/2025, 05:55
t.me/minstroyuz/30483
04/26/2025, 05:55
t.me/minstroyuz/30478
✅ O‘ZGASHKLITI zamonaviy SPT (Standard Penetration Test) texnologiyasidan faol foydalanmoqda

✅ Ushbu usul muhandislik-geologik izlanishlarda gruntlarning zichligi va ko‘tarish qobiliyatini aniqlash uchun zarur hisoblanadi. Ayniqsa, murakkab geologik sharoitlarda binolar poydevorini ishonchli loyihalash uchun muhimdir.

⚙️ Institut muhandislari tomonidan SPT uskunalarining davriy kalibrovkasi majburiy ravishda amalga oshiriladi. Bu uskunalarning mahalliy va xalqaro talablariga muvofiqligini ta'minlaydi hamda hisob-kitoblardagi xatoliklar xavfini minimallashtiradi.

✅ O‘ZGASHKLITI активно применяет современную технологию SPT (Standard Penetration Test) для определения плотности и несущей способности грунтов при инженерно-геологических изысканиях.

✅ Этот метод необходим для надёжного проектирования фундаментов зданий, особенно в сложных геологических условиях.

⚙️ Инженерами института в обязательном порядке проводится периодическая калибровка оборудования SPT, что обеспечивает соответствие местным, а также международным требованиям и минимизирует риски ошибок при расчётах.

✅ O‘ZGASHKLITI actively uses the modern SPT (Standard Penetration Test) technology to determine the density and bearing capacity of soils during engineering-geological investigations.

✅ This method is essential for reliable foundation design, especially in complex geological conditions.

⚙️ The institute's engineers regularly calibrate the SPT equipment as a mandatory practice. This ensures compliance with both local and international standards and minimizes the risk of errors in calculations.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
04/25/2025, 19:33
t.me/minstroyuz/30476
04/25/2025, 17:49
t.me/minstroyuz/30475
04/25/2025, 17:49
t.me/minstroyuz/30473
04/25/2025, 17:49
t.me/minstroyuz/30474
#DIQQAT

📣 Axborot xizmati rahbarlari faoliyati baholandi:

🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi TOP-3likda

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan e’lon qilingan navbatdagi reyting natijalariga ko‘ra Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati 21 ta vazirlik orasida 3-o‘rinni egalladi.

Baholash 2024-yil yakunlariga ko‘ra “Ochiqlik indeksi”ning asosiy indikatorlari asosida amalga oshirilgan bo‘lib, unda jami 150 nafar matbuot kotibi ishtirok etdi. Ularning faolligi, ochiqlikka sodiqligi, OAV bilan ishlash sifati va dolzarb masalalar bo‘yicha axborot berishdagi yondashuvlari e’tiborga olindi.

📌 Bu natija – bizga bildirilgan ishonchdir. Shu bilan birga bu bizning har bir xabar, har bir savol va murojaat ortida jamoatchilik ishonchi turganini unutmasligimiz kerakligini yana bir bor eslatib turadi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
04/25/2025, 17:49
t.me/minstroyuz/30472
#JARAYON

🏠#Mipim_2025da “Yangi Toshkent”loyihasi

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
04/25/2025, 16:45
t.me/minstroyuz/30471
04/25/2025, 15:26
t.me/minstroyuz/30470
04/25/2025, 15:26
t.me/minstroyuz/30466
04/25/2025, 15:26
t.me/minstroyuz/30468
04/25/2025, 15:26
t.me/minstroyuz/30467
04/25/2025, 15:26
t.me/minstroyuz/30469
#JARAYON

🔠 Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish institutida qurilish va shaharsozlik sohasida nazorat inspektorlari uchun malaka oshirish kursi boshlandi.

Ma'lumki, hamma soha qatori bunyodkorlikda ham raqamlashtirish texnologiyalarini rivojlantirish orqali shaffoflikni ta'minlash, qurilish ishlari sifatini talab darajasida amalga oshirilishini monitoring qilishda yangicha yondashuvlarning ahamiyati tobora ortmoqda.

❕ Bu esa soha mutaxassislarining malakasini oshirish, xalqaro tajriba asosida bilim va ko'nikmalarini rivojlantirishni taqozo etadi. Ayni maqsadda tashkil etilgan o'quv dasturi nazariy va amaliy dars jarayonlarini o'zida jamlagan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
04/25/2025, 15:26
t.me/minstroyuz/30465
#Bunyodkorlik

🏛 Arda Xiva – bunyodkorlik ishlarining yangi namunasi

Bugungi kunda Urganch shahridan Xiva shahriga yo‘lga chiqsangiz, muzey shaharga to‘rt, besh kilometr qolmasdan yo‘lning o‘ng tomonidan go‘zal bir shaharcha qad rostlaganiga ko‘zingiz tushadi. Tarix va zamonaviylikni uyg‘unlashtirgan holda barpo qilingan “Arda Xiva” turizm kompleksi qisqa muddatda mahoratli quruvchilarimiz tomonidan turizm sohasining yana bir yorqin loyihasiga aylandi.

📍G‘ovik ko‘lga tutash holda barpo qilingan bu maskanda 5 ta 810 o‘rinli mehmonxona, 13 ta mehmon uylari, 2000 ming kishiga xizmat ko‘rsatuvchi ochiq va 2000 kishiga mo‘ljallangan yopiq akvapark hamda attraksionlar, 3000 ming o‘rinli amfiteatr, sohil bo‘yida sayr qilish uchun 4 kilometrli yo‘laklar, 11 ta hunarmand uylari, “Ko‘hna Urganch” nomidagi tarixiy muzey, 5000 mkvlik musiqali favvora, “Sharq bozori”, 5 ta kinoteatr va konsert zallari, 2 kilometrlik qayiqda sayr qilish uchun ariqlar, 1000 ta avtomashinaga mo‘ljallangan avtoturargohlar mavjud.

Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo qilingan “Arda Xiva” turizm kompleksi 24.5 gektar maydonda joylashgan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
04/25/2025, 14:34
t.me/minstroyuz/30464
⛺️«O‘zbekiston bunyodkori» газетасининг 2️⃣0️⃣2️⃣5️⃣➖йил, 2️⃣5️⃣➖апрель кунги 3️⃣6️⃣➖сонида:

🔹Ички назорат бўлинмалари
ходимларининг электрон реестри юритилади

🔹“Ўзбекгидроэнерго” АЖда
“Вазиятлар маркази” ишга тушди

🔹“ОНА УЙИ” она ва бола учун янги таянч нуқта

🔹Янги уйларнинг калитлари топширилди

🔹Ўз устида ишлаган киши
ҳеч қачон ютқазмайди

💻 Wеb-иловада ⬅️
💻 RASMIYSAYT ⬅️

📰 Газетанинг ҳар бир сони ҳақида тезкор маълумотлар билан танишиш имконига эга бўласиз!
〰️〰️〰️〰️〰️

Расмий саҳифаларимизга аъзо бўлинг👇
🔵TELEGRAM🔵INSTAGRAM
04/25/2025, 14:15
t.me/minstroyuz/30463
04/25/2025, 12:50
t.me/minstroyuz/30460
04/25/2025, 12:50
t.me/minstroyuz/30457
04/25/2025, 12:50
t.me/minstroyuz/30456
04/25/2025, 12:50
t.me/minstroyuz/30462
04/25/2025, 12:50
t.me/minstroyuz/30458
04/25/2025, 12:50
t.me/minstroyuz/30459
#JARAYON

🏘Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligida korrupsiyaga qarshi kurash va komplayens-nazorati tizimini takomillashtirishga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda vazirlik markaziy apparati, hududiy bo‘limlari va tizimdagi tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens-nazorati xodimlari ishtirok etdi. Yig‘ilishda davlatimiz rahbari raisligida joriy yilda bo‘lib o‘tgan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash yig‘ilishida ilgari surilgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

🔵Tadbir davomida tizimda komplayens-nazoratini samarali tashkil etish, korrupsiyaning oldini olish, xodimlar o‘rtasida halollik tamoyillarini mustahkamlash va faoliyatda ochiqlikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shu bilan birga korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va ularni minimallashtirish bo‘yicha aniq choralar belgilab olindi.

Yig‘ilish yakunida korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ichki nazorat tizimini yanada kuchaytirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va xodimlar malakasini oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
04/25/2025, 12:50
t.me/minstroyuz/30453
04/25/2025, 12:50
t.me/minstroyuz/30455
04/25/2025, 12:50
t.me/minstroyuz/30454
04/25/2025, 12:50
t.me/minstroyuz/30461
04/25/2025, 12:20
t.me/minstroyuz/30452
🏗 BUILD PRO EXPO 2025 TASHKENT – Qurilish va ko‘chmas mulk sohasidagi ko'rgazma-yarmarka! 🏡

📅 Sana: 3-4 may 2025
📍 Manzil: Axelon, Anhor Park, Toshkent

🔥 Sizni nimalar kutmoqda?
✅ Yangi qurilgan uy-joylar va ko‘chmas mulk yarmarkasi – eng yaxshi takliflar
✅ Qurilish materiallari ko‘rgazmasi – innovatsiyalar va zamonaviy texnologiyalar
✅ Yetakchi qurilish kompaniyalari, investorlar va bozor ekspertlari ishtiroki
✅ Yangi hamkorliklar, foydali bitimlar va dolzarb trendlar

🚀 O‘zbekiston qurilish sanoati markazida bo‘ling!

🔗 BUILD PRO EXPO Tashkent 2025’da ishtirok eting!

Ko'rgazma tashklotchisi:
"SOF EXPO"

🌐 www.sofexpo.uz, @‌sof_expo_bot
📞 +998 (55) 704-0-705

_

🏗 BUILD PRO EXPO 2025 TASHKENT – Главное событие в сфере строительства и недвижимости! 🏡

📅 Дата: 3-4 мая 2025
📍 Место: Axelon, Anhor Park, Ташкент

🔥 Что вас ждет?
✅ Ярмарка новостроек и недвижимости – лучшие предложения от застройщиков
✅ Выставка строительных материалов – инновации и современные технологии
✅ Участие ведущих строительных компаний, инвесторов и экспертов рынка
✅ Новые партнерства, выгодные сделки и актуальные тренды

🚀 Будьте в центре строительной индустрии Узбекистана!

🔗 Присоединяйтесь к BUILD PRO EXPO Tashkent 2025!

Организатор выставки:
"SOF EXPO"

🌐 www.sofexpo.uz, @‌sof_expo_bot
📞 +998 (55) 704-0-705
04/25/2025, 12:20
t.me/minstroyuz/30451
04/25/2025, 11:53
t.me/minstroyuz/30444
04/25/2025, 11:53
t.me/minstroyuz/30446
04/25/2025, 11:53
t.me/minstroyuz/30449
#Milliyligimiz_faxrimiz

🔗 Milliy libos – bu nafaqat go‘zallik, balki xalqimizning tarixi, madaniyati va urf-odatlarini o‘zida aks ettirgan bebaho meros.

🏘 Bu jihatlar bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda uning tizim tashkilotlari xodimlarining liboslarida yanada yaqqolroq namoyon bo‘ldi.

Asllik va nafosat timsoli bo‘lgan milliy liboslarimizga ehtirom bilan yondashaylik va ularni har kuni faxr bilan kiyishni odat qilaylik!

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
04/25/2025, 11:53
t.me/minstroyuz/30441
04/25/2025, 11:53
t.me/minstroyuz/30448
04/25/2025, 11:53
t.me/minstroyuz/30450
04/25/2025, 11:53
t.me/minstroyuz/30445
04/25/2025, 11:53
t.me/minstroyuz/30443
04/25/2025, 11:53
t.me/minstroyuz/30447
04/25/2025, 11:53
t.me/minstroyuz/30442
#Ochiqlik_indeksi

📣 Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi Ochiqlik indeksida yuqori natijani qoʻlga kiritdi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2024-yilda davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik boʻyicha amalga oshirilgan ishlar samaradorligi va natijadorligini baholashga qaratilgan Ochiqlik indeksi yakuniy natijalari eʼlon qilindi.

🏘 Unga koʻra Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi 81,3 ball (+53 o'sish ko'rsatkichlari) bilan vazirliklar orasida 6-o'rinni qoʻlga kiritdi.

Maʼlumot o'rnida ta'kidlash joizki, mazkur baholashda 98 ta respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – vazirlik, qoʻmita, agentlik, inspeksiya va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati qamrab olingan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
04/25/2025, 09:13
t.me/minstroyuz/30440
#BU_MUHIM

🏠 O'zingiz yashaydigan uyga nisbatan mas'uliyat va daxldorlikni his qiling, befarq bo'lmang!

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
04/25/2025, 08:11
t.me/minstroyuz/30439
#DIQQAT
#BU_MUHIM

🏠 Ko‘p kvartirali uyni boshqarish organini elektron reyestrda ro'yxatdan o‘tkazish va ko‘p kvartirali uyni biriktirish xizmati joriy qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda ariza yuborish bo‘yicha ishlab chiqilgan qo‘llanma bilan tanishing!

___________________________________________________________

#ВНИМАНИЕ
#ЭТО_ВАЖНО

🏠 Запущено услуга по регистрации органа управления многоквартирными домами в электронном реестре и закреплению многоквартирного дома.

Ознакомьтесь с инструкцией по подаче электронного заявления через Единый портал интерактивный государственных услуг Республики Узбекистан.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
04/24/2025, 17:01
t.me/minstroyuz/30438
04/24/2025, 16:20
t.me/minstroyuz/30437
04/24/2025, 16:20
t.me/minstroyuz/30434
04/24/2025, 16:20
t.me/minstroyuz/30433
04/24/2025, 16:20
t.me/minstroyuz/30435
#Xalqaro_hamkorlik

🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi mutaxassisi Husniddin Shodiyev va bir guruh soha mutaxassislari Xitoy davlatida boʼlib lift xafsizligini taʼminlash tajribasi bilan tanishmoqdalar.

Safar davomida delegatsiya aʼzolari lift qurilmalarini ishlab chiqaruvchi korxonalar, sinov laboratoriyalari va inspeksiya idoralari vakillari bilan uchrashuvlar oʼtkazib, lift sifati va xavfsizligini ta'minlash yuzasidan tajriba almashmoqdalar.

Xususan, Shanxay shahrida bo'lib turgan yurtdoshlarimiz bir vaqtning o'zida 354 000 ta lift qurilmasini masofadan kuzatuvchi Situatsion markazda bo'ldilar. Yirik ma'lumotlar bazasi, raqamlashgan boshqaruv mexanizmi tajribasi yuzasidan rasmiy ham uchrashuv ham tashkil etildi.

Unda tomonlar manfaatli hamkorlik loyihalari yuzasidan fikr almashdilar.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
04/24/2025, 16:20
t.me/minstroyuz/30432
04/24/2025, 16:20
t.me/minstroyuz/30436
#BU_MUHIM

🏠 Ko'p qavatli uylarda liftlar eng zarur va qimmatbaho mulkdir. Ko'pchilikning og'irini yengil qilishga qaratilgan ushbu qurilmaga daxl qilish jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladi.

O'z mulkingizni himoya qiling va ogoh bo'ling!

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
04/24/2025, 12:35
t.me/minstroyuz/30431
#BU_QIZIQ

💻 Qurilish jarayonini osonlashtirish va samaradorligini oshirish uchun foydali maslahatlar

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
04/24/2025, 11:42
t.me/minstroyuz/30430
#Savol_bering_javob_beramiz

❓Shartnoma bo‘yicha ishlar yakunlandi, buyurtmachi ishni qabul qildi-yu, lekin ballarimiz qaytmayapti?

✔️Agar siz pudrat tashkiloti bo‘lsangiz, elektron tizimga dalolatnoma yuklanadi, yakunlangan ishlarni buyurtmachi qabul qiladi.

✔️Loyiha tashkiloti bo‘lsangiz, ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari bo‘yicha shaharsozlik ekspertizasining ijobiy xulosasi olingandan so‘ng chegirma avtomatik ravishda tiklanadi.

Аxborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
04/24/2025, 08:29
t.me/minstroyuz/30429
#JARAYON

📍 Avval xabar berganimizdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o'rinbosari Toir Alimatov Qo'qon shahrida bo'lib, 34,2 gektar yer maydonida amalga oshirilayotgan "Yangi O'zbekiston" massivini ko'zdan kechirdi.

📌 Vazir o'rinbosari mas‘ullarga ishlarning sifatiga e'tibor berib, nazoratni kuchaytirish, qurilish madaniyati va xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilish, ishchilarni maxsus kiyim-bosh bilan ta'minlash hamda binolarni oʻz vaqtida topshirish zarurligi yuzasidan aniq topshiriqlar berdi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
04/24/2025, 08:07
t.me/minstroyuz/30428
04/24/2025, 07:16
t.me/minstroyuz/30425
#JARAYON

📍QO'QONDAGI YANGI O'ZBEKISTON MASSIVI JADAL SUR'ATLARDA BARPO ETILMOQDA

🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Toir Alimatov Qoʻqon shahri “Aziztepa” MFY Movarounnahr, Xoʻjand va Istiqlol koʻchalari kesishmasida joylashgan 34,2 gektar yer maydonida barpo etilayotgan "Yangi O'zbekiston" massividagi obyektlarning qurilish jarayonlari bilan tanishdi.

📌 Vazir o'rinbosari mas‘ullarga ishlarning sifatiga e'tibor berib, nazoratni kuchaytirish, qurilish madaniyati va xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilish, ishchilarni maxsus kiyim-bosh bilan ta'minlash hamda binolarni oʻz vaqtida topshirish zarurligi yuzasidan aniq topshiriqlar berdi.

📑 Ma'lumot uchun, "Yangi O'zbekiston" massivida jami 6 315 xonadonga ega 83 ta koʻp qavatli uy-joylar,1 ta biznes markazi, 1 ta 1 650 oʻrinli umumtaʼlim maktabi, 1 ta mehmonxona binosi, 1 ta savdo va koʻngilochar markazi, 1 ta institut binosi (yotoqxonasi bilan), 2 ta koʻp qavatli avtoturargoh va massivning oʻrta qismida sayilgoh tashkil etiladi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
04/24/2025, 07:16
t.me/minstroyuz/30423
04/24/2025, 07:16
t.me/minstroyuz/30427
04/24/2025, 07:16
t.me/minstroyuz/30424
04/24/2025, 07:16
t.me/minstroyuz/30426
04/23/2025, 19:26
t.me/minstroyuz/30418
04/23/2025, 19:26
t.me/minstroyuz/30421
#JARAYON

🏙 Marg‘ilon shahrining yangi bosh rejasi ishlab chiqilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-132-sonli qaroriga asosan Marg‘ilon shahrining yangi bosh rejasi “O‘zshaharsozlik LITI” bosh loyiha instituti tomonidan ishlab chiqilmoqda. Bugungi kunda “O‘zshaharsozlik LITI” DM bo‘lim boshlig‘i I.Xasanov boshchiligidagi mutaxassislar tomonidan yangilanayotgan Marg‘ilon shahar bosh rejasida

yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, sanoat zonasi, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish, ko‘kalamzorlashtirish va rekreatsiya zonalari, bino hamda inshootlarni joylashtirishda tarixiy zona va shaharning boshqa hududlarida joylashgan madaniy yodgorliklarning muhofaza zonalari talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash;

energiya tejamkor zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali suv ta’minoti, oqova suv, irrigatsiya, elektr energiyasi, gaz, issiqlik va telekommunikatsiyalar ta’minoti obyektlarini modernizatsiya qilish;

hududning shaharsozlik qiyofasini shakllantiruvchi mavjud maydonlar, obodonlashtirilgan xiyobonlar va bog‘larni rekonstruksiya qilish hamda yangilarini qurish orqali shaharning me’moriy qiyofasini yaxshilash;

uy-joy, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat, san’at va dam olish obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda kapital ta’mirlash hisobidan ijtimoiy va turizm infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e’tiror qaratilmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
04/23/2025, 19:26
t.me/minstroyuz/30417
04/23/2025, 19:26
t.me/minstroyuz/30420
04/23/2025, 19:26
t.me/minstroyuz/30422
04/23/2025, 19:26
t.me/minstroyuz/30419
04/23/2025, 18:03
t.me/minstroyuz/30416
04/23/2025, 18:03
t.me/minstroyuz/30414
04/23/2025, 18:03
t.me/minstroyuz/30415
📹#Onlayn

Ta’kidlaganimizdek, vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva va boshqa mutasaddilar Xorazm viloyatida bo’lib, hududdagi uy-joylarga xizmat ko’rsatish sohasini o’rganmoqda.

Navbatdagi manzil “Xorazm shinam uylari” boshqaruv organi bo’ldi. Kompaniya 2024-yil tashkil etilgan bo’lib, bugungi kunda Urganch shahridagi 200 dan ortiq ko’p qavatli uyga xizmat ko’rsatib keladi.

Zamonaviy binosi, bir qator qo’shimcha servis xizmatlari va zaruriy moddiy texnika bazasi bilan kompaniya aholiga talab darajasida xizmat ko’rsatib kelmoqda. Bir necha yillar e’tiborsiz qolgan obyektlar obodligi ta’minlangani, mulkdorlar so’rovlari o’z vaqtida bajarilayotgani sohadagi ayni o’zgarishlarni ko’rsatmoqda.

-Bugun mamlakatimizning barcha hududlari, xususan, Xorazm viloyatida kóp kvartirali uylarga xizmat kórsatish sohasini takomillashtirish yuzasidan salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Aholining eng zarur ehtiyojlari bilan bog’liq tizimdagi bunday ishlar eng avvalo turmush tarzimizni yaxshilash uchun xizmat qilayotgani bilan ham ahamiyatli, - deya ta’kidladi O.Jo’rayeva.

Jarayonda obodonlashtirish ishlariga yanada e’tiborni kuchaytirish lozimligi qayd etildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
04/23/2025, 18:03
t.me/minstroyuz/30413
04/23/2025, 15:52
t.me/minstroyuz/30412
Repost
12
6
1.8 k
🇫🇷Марказлашган иссиқлик тизимини модернизация қилишда Франция тараққиёт агентлиги билан ҳамкорлик қилинади

Бу ҳақда “Иссиқликтаъминоти” АЖ бошқарув раиси Илҳом Тўраев ҳамда Франция тараққиёт агентлиги (AFD)нинг Ўзбекистондаги ваколатхонаси раҳбари ўринбосари Антуан Шевалье ўртасида бўлиб ўтган учрашувда маълум қилинди.

Яқинда эълон қилинган Президент Қарорида (ПҚ-100) қайта тикланувчи энергия манбалари қурилмалари ва ресурс тежамкор ускуналардан фойдаланган ҳолда аҳоли хонадонлари, ижтимоий соҳа объектлари ва тадбиркорлик субъектларини иссиқлик энергияси билан барқарор таъминлаш, иссиқлик таъминоти соҳасини ислоҳ қилиш, инновацион технологиялардан кенг фойдаланиш бўйича аниқ йўналишлар белгилаб берилган.

Бугунги учрашувда мазкур топшириқлардан келиб чиқиб, Франция тараққиёт агентлиги билан Фарғона вилояти Қиргули шаҳарчасидаги иссиқлик тармоқларини модернизация қилиш ва индивидуал иссиқлик пунктларини ўрнатиш* ҳамда кўп қаватли уй-жойларнинг энергия самарадорлигини энергоаудитдан ўтказиш бўйича ҳамкорлик истиқболлари кўриб чиқилди.

*Ушбу лойиҳа натижасида Қиргули шаҳарчасидаги 331 та кўп қаватли уй ёки 17360 та хонадон ҳамда 49 та ижтимоий соҳа объектининг марказлашган иссиқлик таъминоти яхшиланади.

@issiqlikaj
04/23/2025, 15:52
t.me/minstroyuz/30411
04/23/2025, 14:51
t.me/minstroyuz/30406
04/23/2025, 14:51
t.me/minstroyuz/30410
04/23/2025, 14:51
t.me/minstroyuz/30409
04/23/2025, 14:51
t.me/minstroyuz/30407
04/23/2025, 14:51
t.me/minstroyuz/30408
#JARAYON

📌Jurnalistlar qurilish-arixtektura yo'nalishidagi muhandislik loyihalari bilan tanishdi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2025-yilning aprel oyi “Muhandislik oyligi” deb eʼlon qilingan edi. Shu munosabat bilan bugun Toshkent arxitektura-qurilish universitetida press-tur bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan OAV vakillari universitetda muhandislik yoʻnalishi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar, talabalar tomonidan bajarilgan innovatsion loyihalar va ularning ilmiy-amaliy ishlanmalari bilan yaqindan tanishdilar.

Press-tur ishtirokchilariga universitetning ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan dual taʼlim dasturlari asosida olib borilayotgan faoliyati, shuningdek, yetakchi qurilish kompaniyalari bilan yoʻlga qoʻyilgan hamkorlik aloqalari haqida ham batafsil maʼlumot berildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
04/23/2025, 14:51
t.me/minstroyuz/30402
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria