Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
#Tabrik

“Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni” munosabati bilan Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligida  tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov sohada faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarni kasb bayrami bilan samimiy tabrikladi.

Tadbir doirasida ushbu sohada uzoq yillar davomida samarali mehnat qilib kelayotgan, o‘z kasbiga fidoyilik bilan yondashayotgan bir guruh xodimlar va hamkor tashkilotlar vakillari Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan ta’sis etilgan “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Mukofotlangan xodimlar ushbu e’tirofni fidokorona xizmatlariga berilgan yuksak baho, eng asosiysi — davlat ishonchining ifodasi ekanini ta’kidladi.

Аxborot - kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

📱Facebook 📱Instagram 📱 Youtube
04/18/2025, 17:04
t.me/shaffof_qurilish/385
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found