Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
#Bu_qiziq

☺️“Mening uyim” avtomatlashtirilgan billing axborot tizimi Davlatimiz rahbarining 2021 yil 19 iyundagi "Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida"gi qarori asosida ishlab chiqilgan.

🏡Ushbu tizim ko‘p kvartirali uylarni boshqarish va kommunal to‘lovlarni amalga oshirishni raqamlashtirish hamda soddalashtirishga xizmat qilmoqda.

✔️Tizim imkoniyatlaridan foydalanmoqchi bo‘lgan jismoniy shaxslar shaxsiy identifikatsion raqami orqali kiradi va elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi, kanalizatsiya, maishiy chiqindilar uchun to‘lovlarni amalga oshirish hamda balansini tekshirish imkoniga ega bo‘ladi. Shuningdek, boshqaruvchi tashkilot faoliyati bo‘yicha hisobotlarni kuzatadi.

✔️Boshqaruv servis kompaniyalari uchun ham bir qator qulayliklar mavjud. Ular tizimga elektron raqamli imzo orqali kiradi va o‘ziga tegishli barcha ko‘p kvartirali uylar haqida ma’lumot olish, yashovchilarning murojaatlari va to‘lovlarini ko‘rish va javob berish imkoniga ega.

Tizim O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “MUNIS” kliring tizimi bilan integratsiya qilingan. Bu tijorat banklari kassalari orqali majburiy badallarni qabul qilish imkonini yaratadi.

Аxborot - kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi
              
📱Facebook 📱Instagram📱 Youtube
04/16/2025, 11:02
t.me/shaffof_qurilish/374
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found