Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
NU
Channel age
Created
Language
Uzbek
-
ER (week)
23.67%
ERR (week)

@Nurmuhammad_Abduzoirov

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
Found 201 results
116
Avvalo barchangizga rahmat, bu video instagramda rasman 5 mingta boʻlganimiz uchun bizdan sizga kichkina tuhfa!

Yaʼni biroz uzunroq sheʼr oʻqidik.
Shu paytgacha bu qadar uzun sheʼr oʻqimasdim, yodlash oson, qisqa va odamlar ham tez koʻrib tugatadigan, zeriktirib qoʻymaydigan videolar olishga urinardik.
Agar sizga shunaqa uzun videolar ham maʼqul boʻlsa, buni bildirib keting. Shunda, qoʻrqmasdan yana-da uzun sheʼrlar oʻqiyveramiz...

Darvoqe,

22-mart kuni ilk mingta obunachini yigʻgan ekanmiz siz bilan. https://t.me/Nurmuhammad_Abduzoir/975

35 kunda yana 4 ming obunachi keldi.

Biz 5 ming kishimiz, bir kichkina qoʻshin!

Bu yoʻlda menga hamroh boʻlgan barcha doʻstlarimga rahmat aytaman,
Ayniqsa, menga gʻoyaviy va texnik tomondan tamomila qoʻllab quvvatlagan yaqinlarim
Jasur Ismoiliy,
Asliddin Nur,
Shohrux Usmonov,
Begzod Hazratov,
Behzod Sobirjonov,
Muhammad Ali Gʻafforov,
Nusratullo Neʼmatjonov

va albatta SIZ!

Oʻzi eng katta ishni ham siz qildingiz...

Biz qancha mehnat qilsak-da,
siz boʻlmaganingizda, hech qachon bugun bu natijaga erishmagan boʻlardik!
Rahmat sizga, yaxshi insonlar!

Nasib boʻlsa, keyingi marra — 10 ming kishilik auditoriyani ham siz bilan, sizning yordamingizda, birga toʻplaymiz.


P/s:
Bu birgina mening yutugʻim emas,
Sheʼriyatning ham kichik yutugʻi desak, menimcha, xato boʻlmaydi!

@Nurmuhammad_Abduzoir
04/25/2025, 23:29
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1112
127
Videoni bekorga 01:00da joylamadik. She’rni oxirigacha eshitsangizlar nega bunaqa qilganimizni bilib olishlariz mumkin. Siz bu videoni soat nechida koʻrdingiz? Yozib qoldiring.

#yangijamiyat #ijtimoiyfaol




https://www.instagram.com/reel/DI4ddP1ot4P/?igsh=MXVhdGVwbGF0dHh6ZA==
04/25/2025, 23:03
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1111
131
Ayni tunda, soat 1 da koʻrvoradigan video bor. Necha kishi uygʻoqmiz?
04/25/2025, 22:57
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1110
250
Har oy birorta kitob oʻqiymizmi jamoaviy)

Bitta, qisqaroq kitob tanlanadi.
Xohlaganlar oʻqiydi. Keyin oy oxirida nimadir suhbat quramiz, oy davomida oʻsha kitobdan "iqtibos"lar berib boramiz)
04/25/2025, 12:26
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1109
143
Oʻqiyotgan kitoblaringizdan, etingizni jimirlatgan, tagʻsir qilgan, esingizda qolib ketgan, bir gap bilan aytganda, "Tagiga chizilgan" qatorlarni yozib keting...

Qolganlar bu gap qaysi kitobdan ekanligini topishga harakat qiladi

@Nurmuhammad_Abduzoir
04/25/2025, 11:47
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1108
151
Savol-da, hozirgi kunda qaysi kitobni oʻqiyapsiz?

Rasmini ham joʻnating, iloji boʻlsa

@Nurmuhammad_Abduzoir
04/25/2025, 11:44
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1107
Repost
225
Usmonip, Nurmuhammadzoir va men uchalamiz yangi video olgandik. Shuni bugun montajini qilib joylavordik. Kirib koʻringlar yoqsa layk, komment yozib qoldiringlar obuna boʻlib qoʻyinglar. Buyogʻiga endi men ham instagramimni faol yuritishga kirishdim.

https://www.instagram.com/reel/DI1lxkmoXYi/?igsh=anZ3eWlpZmVoazJw
04/24/2025, 22:10
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1106
286
04/24/2025, 20:27
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1105
295
04/24/2025, 19:43
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1104
311
Eslatib qoʻyay, "Darvesh qoʻshigʻi"ni book.uz kitob doʻkonidan va Asaxiydan onlayn xarid qilishingiz mumkin.
Menda bu kitobdan qolmagan)

@Nurmuhammad_Abduzoir
04/24/2025, 16:31
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1103
282
Xuddi menga atalgandek-a)
04/24/2025, 12:33
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1102
Repost
285
Shoirga

Odam deyish mumkin, shishani quchib,
Tonggacha bekatda tunagan cholni...
Odam deyish mumkin, oʻzni unutib,
Erlar ori uchun yashar ayolni...

Odam deyish mumkin, burda non tilab,
Qarshingga moʻltirab chiqqan loʻlini.
Oʻzingda borini bersang boʻladi,
Toʻldirib yuborsang boʻlar qoʻlini...

Odam deyish mumkin, ust-boshi yamoq,
Roʻzgʻor deb musofir boʻlgan kishini.
U ham bolasini oʻylaydi axir,
Qoralab boʻlmaydi uning ishini...

Lekin bozor ichra daydib, telbarib,
Sheʼr kuylab oʻtirsa qismatga doir,
Odam deb boʻlmaydi bunday kimsani
Shoir deyish mumkin,
Shunchaki shoir!

Bonujon

https://t.me/nanash_qiz
04/24/2025, 06:02
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1101
341
Cheklangan muddatga xayr,
Men, albatta, qaytaman.

Oʻzimga tanaffus eʼlon qilaman.

Zerikkanda, sheʼrsiraganda
https://t.me/Nurmuhammad_Abduzoir/13
Mana shu xabardan boshlab oʻqib, pastga tushib kelaverasizlar...

Hozircha...

Instagramga esa baʼzi videolar olib qoʻyibmiz Jasur Ismoiliy bilan, balki, oʻshalarni joylab borarmiz...

Sheʼriy kechani esa Begzod Hazratov vaqt topganda mantaj qiladi. Uniyam ortiqcha qistamayman.

Hammasidan zerikdim, rosti.
Qilayotgan ishlarimdan, hech narsadan maʼno topolmayapman anchadan beri.

Yangi kuch, yangi sheʼr, yangi ilhom, yangi gʻoya topsam, qaytaman.
04/23/2025, 22:27
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1100
351
04/23/2025, 20:51
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1098
346
04/23/2025, 20:34
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1097
365
Qoʻlimda "sheʼriy kecha"miz yuklangan "fleshka" yuribdi.
Hali mantaj qilinish tugul, videosi, ovozi qanday chiqqan, bilmayman.
Nasib, tez kunlarda mantaj qilingach, yutubga joylayman.
Oʻzi kimdir kutyaptimi, kimgadir qiziqmi, buni ham bilmayman...

@Nurmuhammad_Abduzoir
04/23/2025, 16:40
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1096
297
Nega kitob orasiga pul yashirdik

5 ming soʻm — 5 mingta obunachi uchun, ramziy.
5 mingdan oshgandan keyin esa yashirgan har bir kitobimiz ichiga 10 ming soʻmdan joylab boshlaymiz. Shunday kattalashib boraveradi.
200 mingta obunachi boʻlsak, ehhe...
Qalay reja😁
04/23/2025, 08:11
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1095
296
04/23/2025, 08:03
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1094
308
Oxirida kitob bor. Topgan topoloqniki... Keyingi safar qaysi kitobni oʻynaylik
https://www.instagram.com/reel/DIxh-RqIRtC/?igsh=MXdlcW85dXcycXYxMw==
04/23/2025, 06:30
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1093
353
Rahmat,

Xoʻp, oʻqiymiz!
04/22/2025, 20:51
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1092
179
Новый донат от (Анонимно)
Сумма доната - 50,000 сум
Сообщение:
Ko’proq sherlar o’qing
04/22/2025, 20:51
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1091
236
Rahmat!

Sheʼrlarim ham chiroylimi?
04/22/2025, 18:56
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1090
240
Новый донат от (Анонимно)
Сумма доната - 10,000 сум
Сообщение:
Koʻzlaringiz uchun ular chindan ham chiroyli
04/22/2025, 18:55
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1089
291
Rahmat-ey!

Siz ham shu izzat-hurmatga loyiq insonlardansiz!
Oʻqishimiz esa hali davom etmoqda, yaqinda tugab qoladi, nasib)
04/22/2025, 17:07
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1088
285
Новый донат от (Анонимно)
Сумма доната - 10,000 сум
Сообщение:
Assalomu alaykum. Ijod ahli doimo xurmatga izzatga loyiqdir. Boʻlibam Jahon tillarida oʻqigan ekansiz (balki hali tugatmagandirsiz). Ijodiy kayfiyat aslo tark etmasin.
04/22/2025, 17:05
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1087
291
Rahmat, pulingiz koʻp boʻlsin!

Puli koʻplar esa:
https://tirikchilik.uz/nurmuhammadabduzoir
04/22/2025, 16:46
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1086
286
Новый донат от (Анонимно)
Сумма доната - 10,000 сум
Сообщение:
She'rlaringiz, ko'zlaringiz va ovozingiz uchun, ular bundan ko'prog'iga arzishini bilaman, plastigimdagi sonlar biroz ko'paysin
04/22/2025, 16:45
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1085
302
04/22/2025, 16:29
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1084
337
Instagramdagi arzimas ijodimni qoʻllab-quvvatlash uchun @Ravshan_Haqmurod 500 ming soʻm atadi...
Shunaqa paytlarda odam biroz xijolat ham boʻladi ekan...

Qani, bu xijolatkashligim biroz boʻlsa-da bosilishi uchun kanaliga oʻtib, obuna boʻlib, 200-300 ta obunachi qilib qoʻyaylik...

@Ravshan_Haqmurod
04/22/2025, 11:05
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1083
406
04/20/2025, 20:34
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1082
271
Dueldagi ishlarimizdan biri edi.
Oʻzimga juda yoqqan shunaqa video tayyorlash.
Bu birinchisi boʻlgan.
Yaqinda shuni oʻzimizda davom ettirsammikin deb oʻylab qoldim.
Videoni koʻrib, tagiga nimadir yozib keting-chi.

https://www.instagram.com/reel/DIqCYcfI7zg/?igsh=MXVrN3E1bm5sZ2Q0eg==
04/20/2025, 08:50
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1081
266
04/19/2025, 23:00
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1080
276
04/19/2025, 22:47
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1079
256
Yaqin kunlarda menga bir ogʻir savol berishdi:
Siz jamiyatga nima bera olasiz?

Xayolimga kelgan, birinchi narsani aytdim, keyin bu haqida oʻylab yurdim ancha vaqt! Hozir ham oʻylayapman, rostan ham, mendan jamiyatga nima foyda?
04/19/2025, 22:40
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1078
309
Shu yerda oʻz muammolaringiz, bugungi kunlarda nimalar sizni koʻproq qiynayotgani haqida yozib keting. Iltimos, erinmang va uzunroq xabar yozishga harakat qiling. Nima uchun soʻrayotganimni keyinroq aytib beraman...

https://t.me/QuestionUZ_Robot?start=edd1f67a85a
04/19/2025, 17:51
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1077
311
Muallifni topib boʻlishdi darrov.😢

Siz endi shu video izohiga biror sheʼr yozib keting!
Agar siz yuborgan sheʼrni oʻqisak, sizga ham kitob sovgʻa qilamiz!

Sheʼrlarni instagram profilga oʻtib, video izohida yozib kelsangiz foydaliroq
04/18/2025, 20:35
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1075
181
Talablarga binoan bir sheʼr joyladik...

Sheʼr muallifini topganlardan biriga kitob sovgʻa qilaman, nasib!

https://www.instagram.com/reel/DImJt86oJzB/?igsh=MWRjMXA4cmFwcnNnaA==
04/18/2025, 20:29
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1074
196
Bugunam sheʼr eshitaylik deb oʻlib turganlar bormi😄
04/18/2025, 20:20
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1073
254
04/18/2025, 16:49
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1072
Repost
287
***

Agar aqcha tushsa qoʻliga
Kibr tutar inson zotini.
Yo hashamdor qasr quradi,
Yoki ikta qilar xotinni.

Yo Fir'avn yoʻlini tutib
Oʻzin butkul ataydi "xudo".
Yo Makkani aylanib kelib,
Jannatingga qiladi daʼvo.

Kibr asli — eng yomon odat,
Mansab, amal — oʻtkinchi maydon.
Gar shu kibr boʻlmasa edi,
Quvilmasdi jannatdan shayton.

Muallif: @Ravshan_Haqmurod
Oʻqidi: @Nurmuhammad_Abduzoir

https://www.instagram.com/reel/DIjqVbVtkae/?igsh=MWIwbGxucHZ4MzI2Mg==
04/17/2025, 21:30
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1071
128
Bundayam uchta xato bor!
Topib, xatosini tagiga yozib keting kitob sovgʻa qilaman!

https://www.instagram.com/reel/DIjqVbVtkae/?igsh=MWIwbGxucHZ4MzI2Mg==
04/17/2025, 21:11
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1070
226
04/17/2025, 17:31
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1069
313
Yaqinda bitta yomon sheʼr yozgan boʻlsa-da, mana bunga atalgan kitobni @usmonosphere yutib oldi.

Xullas, men bilan yaqin boʻlaveringizlar, mana shunday joylarda, tanish-bilishchilik qivoraman!!!😁


@Nurmuhammad_Abduzoi
r
04/17/2025, 10:23
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1068
399
Bugun "Izlam"ga bagʻishlangan koʻrsatuvning ikkinchi qismi ketarkan efirga, men mana shu xabarni hamma yoqqa tarqalishini istardim. Chunki, bu koʻrsatuv reytingiga bevosita taʼsir qiladi.
Reyting yaxshi boʻlsa, Qaqnusga oʻxshash dasturlar koʻpayadi yoki tez-tez efirga uzatiladi...

Iltimos yuqoridagi xabarni, qoʻlingizdan kelgancha, yaqinlarga, guruh-kanallarga ulashing.
04/17/2025, 08:39
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1067
Repost
277
Yoshlar sheʼriyati haqida suhbatlashganmiz.

"Qaqnus"

🗓 17-aprel
⏰ 21:00
📺 "Madaniyat va ma'rifat" telekanalida!

@Qaqnus_kl
ub
04/17/2025, 08:36
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1066
404
Instagramga bitta video joyladim, diqqat bilan koʻrib, 5 ta xatosini topib bergan kishiga 1 ta kitob sovgʻa qilaman:

https://www.instagram.com/reel/DIeELr9thv9/?igsh=MTdsb2p4bzV3MWdqaA==
04/15/2025, 17:02
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1065
237
2x tezlikda oʻqilsin.
04/15/2025, 15:32
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1064
254
ЎЗИМ ҲАҚИМДА

Отам — Ёқуб духтир,
шартаки одам,
Ўнгрин бостирмаган бирор кимсага.
Ўнг ёғидан келсанг,
бахтинг,
биродар,
Йўқса,
байрам қилгил
қўлинг синса ҳам,
уйингга қайтолсанг —
бутун оёғинг.
Аввал овчи эди,
милтиғин ҳозир
ташлаган,
бобомдан қолган пичоғи
бостарида турар
ҳозир-у нозир...
Гапи — гап,
сўзи — сўз.
айтдими тамом
бажарар,
бошқа гап ортиқча,
абас!
Ва дейман
Ўзимга зуғм этиб
шу он:
Ахир,
мен
отамнинг боласиман,
бас!
Нега ёлтоқланай ўтган-кетганга —
очдан ўлармидим
итдай чопмасам?
ор-номус бекордир,
ғурур — бир танга
Нур Муҳаммад деган
номни топтасам!

12.04.2025

@Nurmuhammad_Abduzoir
04/15/2025, 13:58
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1063
305
* * *
Bolakay, ming rahmat odobing uchun,
Iltifoting uchun ming-ming tashakkur.
Azaldan abadga meros bo‘layotir
Kamyob bir xolislik, tansiq tiniq nur.

Shunga munosibdir. Bu ezgu qarzni
Jon bilan uzaman bir kun, hoynahoy.
Menga avtobusda o‘rningni berding,
Senga yer yuzidan bo‘shataman joy...

Matnazar ABDULHAKIM

Videosini koʻrish:

https://www.instagram.com/reel/DIcCqXwNxrl/?igsh=MTFpeWF1NWJoZHk0Zw==
04/15/2025, 06:12
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1062
350
Eng yoqtirgan sheʼringizni ushbu post ostiga yozib ketsangiz, xursand boʻlardim!
04/14/2025, 18:16
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1061
247
Mana shu maqolada men haqimda ham bir ogʻiz gap qoʻshib ketilgan ekan, oʻqib xursand boʻldim!

Rahmat, Santuagara.


— Hamma joyda bor-ey, bu Nurmuhammad.

@Nurmuhammad_Abduzoir
04/14/2025, 15:29
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1060
Repost
237
​​#maqola #tahlil #luğat

🕯"Izlam" izlamli?!

Bu savolga javob ko‘p kitobxonlarni qiziqtirgani tabiiy, shuning uchun ham tahliliy maqola yozishga qaror qildim. Yozgan revyularimda kitobxonlarga asarlarni subyektiv fikrlarga asoslanib tavsiya etgan yoki etmagan bo‘lishim mumkin. Lekin tahlil to‘laqonli obyektiv asoslarga tayangan holda "Izlam"ning izlam ekan yoki yo‘qligi, uning ustun va kamchiliklari haqida mufassal bayon etilgan. O‘tgan yil "Uliss"ni shunday tahlil qilgan edik. Endi esa "Izlam"ning ikkinchi faslini. Kelasi yilda esa Yangi asr avlodida chiqajak "Aks" to‘plami, Zabarjad Mediada nashr etilgan o‘n besh tomlik folklor asarlari va Ibn Haldunning "Muqadima" asarining tahlilini rejalashtirayapman. Bugungi tahlilini o‘qib bo‘lgach, kelgusi tahlillarning qaysi birini oldinroq o‘qishni istashingiz haqida fikr yozishni unutmang. Hurmat va ehtirom ila S.N.K

👉Maqolani o‘qish uchun bosing
👉Maqolaning dav
omi
04/14/2025, 15:28
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1059
Repost
244
Asqar Mahkam

Bu uyda bir paytlar buvim yashagan,
mehrsiz kelinin dastidan yonib.
Poydevor toshini o‘zi tashlagan,
Bizlarga non yopgan tunlar uyg‘onib.

O‘zi yer chopardi, o‘zi ekardi,
nevara tashvishi, besh mahal namoz.
G‘am oshib ketganda nos ham chekardi.
Qo‘shnilar goh yarash, gohi payt araz.

Ayriliq dardida oqargan sochi,
sarg‘ayib borardi kun o‘tgan sayin,
turmushga yetardi bazo‘r qulochi,
bu davru zamonga yetmasdi tayin.

Men esa shoirman -
boru yo‘g‘im shu...
Ba’zan she’r to‘qiyman o‘shanga atab.
She’r nima bilmagan va bilmaydi u,
o‘ylab ham ko‘rmagan yetmish yil yashab...

Bu uyda bir vaqtlar buvim yashagan.

@sobir_mukhammad
04/14/2025, 13:20
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1058
277
YouTubeda ham sahifamizni ochib qoʻydik.
Sheʼriy kechani keyinroq joylaymiz, nasib.
Ungacha, obuna boʻlib qoʻysalaringiz, koʻpayishib qolardik.

https://youtube.com/@nurmuhammadzoir?si=Y_1WqCJZqPfl0Auc
04/14/2025, 09:29
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1057
260
Sheʼrlar
6:00 dan boshlangan.

ZAHROTIY:
20:02
22:06

Samandar Abu Muhammad:
7:56
9:51

Ketmoq:
34:03
59:39

Sirojiddin Aziz:
37:46
1:08:55
Hamma oʻzi oʻqigan daqiqalarini izohlar qismida yozib ketsa, qoʻshib qoʻyaman

@Nurmuhammad_Abduzoir
04/13/2025, 21:35
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1056
316
Ehhe, zoʻr-ku!
Boshqa postlarga ham shunday bosib turingizlar-ey)
04/13/2025, 20:07
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1052
306
Chatni kutyotganlar bormi?
51 ta 🔥 boʻlsa, boshlab yuborardik.
04/13/2025, 19:55
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1051
Repost
315
Qoʻzichoqlarning nega qoʻchqor boʻlishga ulgurmasligi haqida hikoya

Biyday dala, oʻn-oʻn besh odam,
Davra qurib koʻrar “tomosha”:
Qondoshiga tilanib motam
Ikki koʻppak qonli talashar.

Yodlarida, bu jangga qadar
Shaldiragan zanjirlar sasi.
Yodlarida aylanib yotar
Et koʻrmagan yaloq kosasi.

Sharaf soʻzin bilmaslar, zotan,
Nomus-u or kirmagan tushga.
Bilganlari — yoshlik chogʻidan
Jang deb quloq-dumin kesishgan.

Tashlanishar, tisarilishar,
Gʻichirlaydi tishlari mahkam.
Borgan sari shiddati oshar,
Borgan sari torroq davra ham.

Tomoshabin qiyqirar betin,
Sohiblarin qoʻlida qamchi.
Boʻri emas, raqibi — doʻsti,
Qorovulmas oʻzi ham — jangchi.

Jang avjlanar, etlar uzilar,
Ikki qardosh qahri ham avjkor.
...Allaqayda beayb qoʻzilar
Boʻrilarga yem boʻlar nochor.

K. A.

@usmonosphere
04/13/2025, 12:28
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1050
362
Bugun kechki paytda kimning vaqti bor,
audiochatda mazza qilib sheʼr oʻqimaymizmi?

Oʻzingizga qulay vaqtni yozib keting!
04/13/2025, 11:36
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1049
730
"Undanam yomoni" chiqqandan beri "menda qanday ruhiy TRAVMA bor ekan" deb, koʻp oʻyladim, lekin aytishga arzigulik hech narsa topolmadim. Undanam yomoni, bu bilan hech kimni kuldira olmayman degan qoʻrquv bor.
Menimcha, oʻzimga boʻlgan ishonchning pastligi — mening travmam boʻlsa kerak. Buni yillar davomida tuzatib boramiz, albatta.
Hozircha esa mana bu imperavization shouni koʻrib turing, harqalay, bugun yakshanba...


https://youtu.be/jPfJC4_WR14?si=tHs6KJoNaM6d3Hmk
04/13/2025, 08:08
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1048
432
04/12/2025, 12:40
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1047
333
KUCHUKNING JAVOBI

(Shohrux Usmonovga)

Aljirama,
o‘rtoq,
gaping g‘irt yolg‘on,
Haloldir
ter to‘kib
topilgan yovg‘on.
Hartugul,
yurtsotar
kas emasman men,
Itman
vale itdan
past emasman men.
Qarichlab o‘lchangan
yurtim bor mening.
Yov kelsa,
Bo‘g‘zini
yirtgim bor mening.
Ko‘p yomon so‘zlading,
cho‘ri,
ovsar deb,
Meni chaqirgaylar
Bo‘ribosar deb.
Axir,
men bo‘lmasam
ko‘changda to‘ymi,
O‘ylab ko‘r,
kim qo‘rir
bir suruv qo‘yni?!
Darvoqe,
ustingdan
kulgim yo‘q mening,
Sen bilan
it-mushuk
bo‘lgim yo‘q mening.

Nurmuhammad Abduzoir
12.04.2025

@Nurmuhammad_Abduzoir
04/12/2025, 11:28
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1046
181
Usmonipning gulday ash'ori yoniga bir bogʻ tikan olib keldim.
Botmasmikin?
04/12/2025, 11:11
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1045
321
Darvoqe,

Motivatsion tilaklar yoki umuman, biror narsa yozmoqchi boʻlganlar uchun.

https://tirikchilik.uz/nurmuhammadabduzoir
04/11/2025, 17:44
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1044
211
Hozirgina shunaqa voqea boʻldi.

ochigʻi, bu meni rosa quvontirdi.
Avval bir-ikki marta donat qilishlaringizni soʻragandim, lekin, bunisi boshqacha "kayf" berarkan odamga. Chunki, oʻzi xohlab, soʻramasam ham donat qilyapti!
Ayting, bu butun koinotdagi 9860042103075588 nafar shoirdan qay biriga yoqmaydi?
04/11/2025, 17:40
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1043
274
04/11/2025, 16:20
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1042
306
04/11/2025, 16:13
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1041
337
04/11/2025, 15:55
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1040
344
04/11/2025, 15:51
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1039
351
Pushkin boʻlganimda "Duel"ga chaqirardim...
04/11/2025, 15:37
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1038
347
04/11/2025, 15:35
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1037
Repost
238
KUCHUKCHA

(Nurmuhammad Abduzoirga)

Eh sho‘rlik kuchukcha, chopganing chopgan,
Otilgan tayoqni topganing topgan.
Borasan, qaytasan, bilmaysan tinim,
Boshingni ko‘targil, kuchukcham, inim.
Olam keng, sen faqat bafurja bir boq,
Yoʻl desang yoʻl bisyor, bogʻ desang moʻl bogʻ.
Afsuski, o‘rgangan yo‘ling bor sening,
Ko‘z ochib ko‘rganing — Qo‘ling bor sening.
Qo‘l esa ko‘p zolim, bilgani ermak:
Senga oz yemish-u, ko‘p yumush bermak.
Unda ko‘ngil yo‘qdir, yo‘qdir afv sira,
Kuchukcham, aldanma, undan xavfsira.
Hozircha chaqqonsan, shovvoz-u chopqir,
Ol desa olg‘irsan, top desa topqir.
Vaqt o‘tar, o‘zgarar tayog‘-u lappak,
Hali ulg‘ayasan, bo‘larsan ko‘ppak.
Shunda yag‘ir boshing silamaydi Qo‘l,
Hech qursa yaxshilik tilamaydi Qo‘l.
Tayoqni tashla-yu, chopgil toʻrt taraf,
Tishlaring gʻijirlat — shu senga sharaf!

Shohrux Usmonov
11.04.2025

@usmonosphere
04/11/2025, 15:22
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1036
368
QAT’IYAT

Pokiza deb lab tekkizmay, oh,
Dilda saqlab yurganing suvga
Oyog‘larin yuvdi bir gumroh,
Balki bundan avval ham yuvgan...

Endi sening ikki yo‘ling bor,
Afzal bilib ko‘zing yummoqni
Hamon pok deb suvni ichgin yo
Borib o‘ldir o‘sha gumrohni...

©Nurmuhammad ABDUZOIR

Instagramda koʻrish:
https://www.instagram.com/reel/DISoN5nITs9/?igsh=OHlva3VpdmVwZTlw
04/11/2025, 06:49
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1035
366
Harqalay, bu masalada biz birlasha olamiz deb hisoblayman...

Sizdan koʻp narsa soʻramayman.
Arzimagan bir-ikki harakatni bajarsangiz, qolganini instagramning oʻzi amalga oshiradi!

Yaʼni har safar yangi video joylaganimda,
Izohlar qismiga bir misra sheʼr yoki biror bir maʼnoli narsa yozishingiz,

"like" bosishingiz,
Videolarni oxirigacha koʻrishingiz.
Eng muhimi, koʻproq odamlarga joʻnatib qoʻyishingiz kerak!


Bor-yoʻgʻi shu!
Balki, buning foydasi tegar, balki tegmas, lekin, hech boʻlmasa, menga "Motivatsiya" boʻladi!

Barchangizga rahmat!

Shundan boshlaylik:

https://www.instagram.com/reel/DIRZz4KtrCP/?igsh=ZWRqMTJnNTJ5emRj
04/10/2025, 22:00
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1034
293
04/10/2025, 21:51
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1033
311
04/10/2025, 21:46
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1032
280
Ayni paytda bir soʻrovnoma qilsak, nima deysizlar?
04/10/2025, 21:43
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1031
723
NIYAT

Onamni aldadim soppa-sog‘man deb,
Otamni aldadim: “Pulim bor doim”.
Og‘amni aldadim: “Borarman, nasib...”
Men seni nima deb alday, Xudoyim?!

G‘unchani gul dedim – kuldi, quvondi,
Bulbul deb aytganim chumchuqmi, bilmam,
Bunda baxt bor dedim, erkam ishondi...
Robbim, endi meni yolg‘onchi qilma!

Muallif: @Mansur_Jumayev
Oʻqidi: @Nurmuhammad_Abduzoir

Bizni instagramda qoʻllab-quvvatlash: https://www.instagram.com/reel/DIRZz4KtrCP/?igsh=ZWRqMTJnNTJ5emRj
04/10/2025, 20:15
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1030
309
Vaʼdaga vaʼfo qilgan holda, Mansur Jumayevdan yana bir sheʼr oʻqidik)
Ovozidagi "SHUM"ni yoʻqotolmadim, capcut pro kerak ekan😢

https://www.instagram.com/reel/DIRZz4KtrCP/?igsh=ZWRqMTJnNTJ5emR
j

Xoʻsh, keyingi safar kimdan oʻqiymiz,
Videoni koʻrib, izohiga sevimli shoiringiz ismini yozib keting
04/10/2025, 19:04
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1029
2.0 k
ИККИ ХУШОМАДГЎЙ

Икки хушомадгўй учрашди бир кун,
Очиғи, тажриба алмашмоқ учун.
Шундоқ бошлаб қолди гапни ҳаваскор:
– Менинг қалбим тўла ғурур, ифтихор.

Охири меники бўлди хўжайин,
Ишларим юришиб кетмоғи тайин.
У кун ўзларини яладим анча,
Товонидан тортиб тиззасигача.

Гал келди иккинчи хушомадгўйга,
Гапин бошлади у, толганча ўйга:
– Ҳозирги касбдошлар ўзгарган буткул,
Камтарликни билмас, мақтанар нуқул.

Мана биз донгдормиз, танийди ҳар ким,
Лекин ўтирибмиз, гердаймасдан жим.
Айтсам ишонмайсан, эҳ содда укам,
Ялаганмиз ундан юқорисин ҳам.

Абдулла Орипов

@Abdulla_Oripov_sherlari

Ўқиди: @Nurmuhammad_Abduzoir

Видеони инстаграм орқали томоша қилиш:
https://www.instagram.com/reel/DIOZSXdNV83/?igsh=MWp3cGtqY295Y3ZqZA==
04/09/2025, 15:09
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1028
196
Shu soʻrovnomadan keyin, Humoyun Fattohdan ham, Shohrux Usmonovdan ham sheʼr oʻqidik.
Endi-chi, endi kimning ijodidan oʻqiymiz?
Izohlar qismida eng yoqtirgan shoiringiz ismini (faqat bir kishini) yozib qoldiring!

Eng koʻp tilga olinganlaridan sheʼr topib oʻqiymiz!

Qani, ketdik.
04/09/2025, 13:41
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1027
180
Bugun ushbu sheʼrning kuni ekan:

***
Yovqur jangchi boʻlmoqchi edim,
Yogʻiylar koʻksiga tigʻ urgan askar.
Telbalikka, mardlikka moyil,
Yuragim qaqshar...

O, Najmiddin Kubrolar yonib,
Jonin fido aylagan paytda –
Tugʻilgan boʻlsaydim, yov koʻksin yorib
Haydab chiqarardim Vatandan.

Topilmaydi durustroq gʻanim,
Yigʻlayman, ishlabon qoʻl uchi bilan
Alam qilar piyoz toʻg‘rayotganim,
Amir Temur qilichi bilan.


@Nurmuhammad_Abduzoir
04/09/2025, 12:36
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1026
209
TO‘RTLIK

* * *
Yo‘l so‘ngida hammasi daf’atan bo‘lsa,
Tobuting - ishq, oppoq ko‘ngling kafan bo‘lsa..
Vatan topmay kezib chiqsang bor dunyoni
Va she’rlaring senga mangu Vatan bo‘lsa!

21.02.2019

© Nurmuhammad Abduzoirov

@Nurmuhammad_Abduzoir
04/09/2025, 10:33
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1025
288
Bunday, "reaksiya"chalar bilan fikr bildirib ketmaysizmi-yey, chiroyli boʻlib turardi postlar😄
Bu mengayam "matvatsa"ku.
04/08/2025, 16:14
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1024
234
ПОЕЗД ҲАҚИДА ШЕЪР

Чўчиб уйғонасан ярим кечада,
Йўловчи поезднинг «тақ-тақ»ларидан.
У сенинг уйқунгни олиб қочади
Учқунлар сачратиб туёқларидан...

Темирйўлдек титрар бир зум юрагинг,
Поезд ўтиб кетар вазмин ва оғир.
у афсус чекяпти, ана, қарагин,
Оҳидан ўт чиқиб кетяпти, ахир.

Энди тонг отгунча бўлиб нигорон,
Кўзингдан соғинчлар тизиб ташлайсан.
Сўнгсиз ҳаловатдан тополмай ором,
Менинг юрагимни ўйлай бошлайсан.

Мен эса бир он ҳам юмолмайман кўз,
Туну кун бедорман. лаҳзаларим йил,
Сени кечалари уйғотган поезд
Кўксимда дук-дуклаб турар муттасил.

Чўчиб уйғонасан ярим кечада
Йўловчи поезднинг «тақ-тақ»ларидан.
Қачонгача ҳаёт шундай кечади,
Қочиб кетгинг келар бари-баридан.

Бир куни зулматни мен ёриб ўтиб,
Тонг бўлиб умрингни ёруғ этаман.
Маликам, қўлингдан мен маҳкам тутиб,
Поездлар йўқ жойга олиб кетаман.

Шунда сен уйғониб кетмайсан тунлар,
Буткул қутуламиз хижронлардан биз.
Шунда муҳаббатнинг овозин тинглаб,
Кечалар бир он ҳам ухлай олмаймиз.

Нурмуҳаммад Абдузоир

#eski_daftardan

@Nurmuhammad_Abduzoir
04/08/2025, 13:57
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1023
315
Balki, bu kamtarlikdan biroz tashqariga chiqish boʻlsa kerak, lekin shuni istardim, sheʼriy kechadan beri biror misra, biror sheʼr nomi boʻlsa-da, nimadir biror kishining xotirasida yurgan boʻlsa...
Agar shunday boʻlsa, izohlar qismida yozib ketishingiz mumkin.
Mayli, u qanday aytilgan boʻlsa, shundayligicha xotirangizda qolmagan boʻlsin, baribir, bu meni xursand qiladi.

Aytgancha, mana bu yerda bir gala rasmlar eʼlon qildim,
Nazarimda oʻshandan beri aancha oʻtgandek:

https://www.instagram.com/p/DII3pTzN17d/?igsh=cmg4MHJtY3J3dDk4
04/07/2025, 11:50
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1022
246
Sheʼriy kecha sabab bu kanalda ham ancha kuzatuvchi yigʻilibdi)
Postlarni ulashgan, qoʻllab-quvvatlagan barchaga rahmat!

Hozir esa, biroz ikkilanyapman.
Shu kunlarda yangi sheʼr yozmayapman-u, eskilaridan joylab tursammikin ora-sira, nima deysizlar?
04/06/2025, 22:27
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1021
Repost
333
​​Kecha Gyote institutida bo'lib o'tgan she'riyat kechasida Nurmuhammad Abduzoirni iste'dodli shoir sifatida kashf qildim. She'rlari sermazmun, tinglovchiga qat'iy fikrni singdirmasligi bilan iliqlik hissini uyg'otadi. Hayotiy voqealar asosida yozilgan she'rlarini tinglaganda o'sha manzara xayolingizda jonlanadi. Nurmuhammadning yozganlarida samimiylik ruhi bor, shoir shaxsiyatidagi bu xarakter she'rlarida ham o'z aksini topgan.

Ijodiy kecha ssenariysiz tashkil qilingani bois erkin atmosferada o'tdi. Lekin ba'zi kamchiliklar ham ko'zga tashlandi. She'rlar orasidagi musiqiy chiqishlar anchayin sifatsiz bo'ldi. Qo'shiq aytganlar havaskordir balki, bu ularning shunchaki hobbisidir. Ammo bilishimiz kerakki, katta yoki kichikligidan qat'iy nazar, sahna ulug' dargoh. Uning o'z qonun-qoidalari bor. Sahna madaniyatiga rioya qilgan holda, tomoshabinga sifatli ijro ko'rsatish kerak.

Ishtirokchilardan biroz tayyorgarlik, tomoshabinlardan esa ularga bo'lgan hurmat keyingi safar bunday ijodiy kechalarning yanada yaxshi o'tishini ta'minlaydi. Umuman olganda, birinchi marta o'tkazilgan she'riyat kechasi uchun do'stona va ajoyib davra bo'ldi. Shoirga samimiy she'rlar uchun rahmat va bunday ijodiy kechalari davomli bo'lishini tilayman.

@dilnozajorayeva_blog
04/05/2025, 20:02
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1020
Repost
226
#haqida

Shoir jo‘ram

Kecha kunim juda tig‘iz o‘tdi, oxirgi uchrashuvni rejalab yo‘lga chiqdim. Joyni shoirning she’riy kechasi bo‘ladigan manzilga yaqin kelishgandim, vaqtim qolsa bir shingil she’r eshitib ketarman deb. Uchrashuv oxirgi daqiqalarda bekor bo‘ldi, shoirni oldiga bora qolarman deb bordim.

Horg‘in edim, buning ustiga charchoq, ko‘p qolishni reja qilmadim. Shoir she’rini boshlab qoldi-ku, sekin ruhimga uyg‘oqlik kira boshladi. Sehrli diyorda irmoqlardan oqayotgan zilol suv yer bag‘ridagi gullar ochilishiga hissa qo‘shgandek, tomirimdan oqayotgan qonga zilol suv qo‘shilib, men bahorga olib chiqardi. Etimning jimirlashi, ko‘krak qafasimdagi jonning urishi, qonlar oqimi bari bari men edim. Shoir she’rlarida o‘zimni yo‘qotdim va qayta topdim.

Kitoblarda katta shoirlarning davralari, she’riy kechalari haqida o‘qib havas qilardim. Bu havasni ro‘yoga olib chiqqan shoir jo‘ramga rahmat. 50 dan ziyod tomoshabin, 10 dan ortiq haqiqiy she’rlarinida yod biluvchi muxlislar qaddingizni uring shoirim. Yozdingiz, muxlis topdingiz, bizni she’ringizga oshno qildingiz.

Shoir juda samimiy inson, sodda. Institutda nemis tilini o‘zlashtira olmadim, balki Toshkentda yashash qiyinlik qilgandir, deb aytgan gapida haqiqat bor. Tosh kentning toshi ko‘p boshlarni yorgan, lekin kent toshlarni maydalay olyapsiz. Bizni she’r zavqidan bebahra qoldirmang, yozing.

Shoir jo‘ram omon bo‘ling!

P.S: jo‘ram "Dilsirot"(Birinchi kitobim)ni sovg‘a qilgandi, albatta bir she’rini o‘qib video qilaman

�KitobHouse👈
04/05/2025, 08:24
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1019
Repost
207
She’riy kechaniyam oʻtkazib oldik. Oʻylaganimizdan koʻproq odam kelibdi. Kechadan oldin Nurmuhammad aka bilan gaplashganimizda bunaqa joy yetmay qolib odamlar tik oyoqda turib she’r eshitishi haqida oʻylab ham koʻrmagandik.

Ochigʻi hozirgi kunda she’riyatga odamlar orasida buncha qiziqish borligini bilmasdim.

She’riy kecha haqida gapiradigan boʻlsam eng asosiysi samimiy kecha boʻldi. Soʻzlarda, she’rlarda tabiiylik alohida oʻrin egallab turdi.

Hech qanaqa talabalarni, oʻquvchilarni majburlamasdan muhimi havoyi gaplardan qochib mana shunaqa chiroyli va samimiy kechalar tashkil qilsa boʻlishidan quvondim.

Yosh ijodkorni qoʻllab-quvvatlagan kechani tashkil qilinishiga sababchi Gyote instutiga rahmat.
04/04/2025, 21:46
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1018
304
Meni, adabiyotni qoʻllab-quvvatlagan barchaga rahmat!
Men mazza qildim!
Sheʼr uchun, ijodkorni qoʻllab-quvvatlash uchun shuncha odam yigʻilgani oʻzi quvonarli holat!

Rahmat!

Sheʼriy kechalar davom etadi!

Bu oʻz-oʻzidan boʻlgani yoʻq, biz bir jamoadamiz!


Kecha haqida fikrlaringizni kutamiz!


@Nurmuhammad_Abduzoir
04/04/2025, 19:48
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1017
359
Sheʼriy kechagacha shu sheʼrni eshitib turamiz

https://www.instagram.com/reel/DIBYIUwN7aL/?igsh=MWE3ZHA2bHRkNW9mdQ==
04/04/2025, 14:05
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1016
576
DOHIY SINGARI

Qaytgunimcha
yig‘lamay turgin,
Olib borma umidni dorga.
Sog‘inchingni etarman surgun,
Mahzunliging bo‘lar badarg‘a.

Mustamlaka bo‘lib gina, kek,
G‘amdan ozod bo‘larsan yana.
Tunda quvongani kabi ko‘k,
Quvonarsan ko‘zlaring yona...

Atrofingga o‘rnatib halqa,
Seni ta’qib etgan hislarni
Yo‘q qilaman, butun bir xalqqa
Zulm qilgan dohiy singari...

Muallif: @HumoyunFattoh

Oʻqidi: @Nurmuhammad_Abduzoir

Videochi: Asliddin Nur

https://www.instagram.com/reel/DH-M7diIXDt/?igsh=aXhpMXRjaDFhbzhj
04/03/2025, 08:07
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1013
3.0 k
Sheʼriy kecha...

Shu kunlarda sheʼr eshitishga vaqtingiz qanday?

Istasangiz: 4-aprel kuni soat 19:30 da "Gyote" Institutiga keling...

Balki, mazza qilib tinglarsiz, balki unday boʻlmas, bahonada diydorlashamiz, shu!

Kecha davomida boshqa mehmonlar ham boʻladi...
Qoʻldan kelgancha, bir narsa qilib koʻramiz, oʻxshasa davom etadi...

Kirish mutlaqo tekin,
faqat kechikmay kelish kerak.

Moʻljal: "Abdulla Qodiriy" metro bekati...

Postni yaqinlaringizga ulashsangiz ham boʻlaveradi.

@Nurmuhammad_Abduzoir
04/01/2025, 22:49
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1012
113
Hozir aytaymi yoki ertagacha kutamizmi?


Men yozyapman, 50 ta 👍 boʻlsa hozir, boʻlmasa ertaga eʼlon qilaman
04/01/2025, 22:13
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1011
221
Tez orada bitta yangilik haqida xabar beraman! Sheʼrni qoʻmsab yurganlar bormi?
04/01/2025, 13:30
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1010
317
8 kunda yana 1000 ta kuzatuvchi keldi. Qoʻllab-quvvatlaganlarga rahmat!
03/31/2025, 07:31
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1009
Repost
206
Balki kelarsan...
03/30/2025, 19:57
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1005
214
Aytgancha, mana shu videoni hamma, imkon qadar, yaqinlariga joʻnatib, "istoriya"lariga joylasin.🙏
Video koʻproq koʻrilib, bir kishi boʻlsa ham opisaniyani oʻqib, yordam qilar balki... Hech boʻlmasa, ustozning sheʼrlari yana-da koʻproq kishiga yetib boradi.
Ertaga Yoʻldosh Eshbekdan yana sheʼr joylaymiz, nasib.

https://www.instagram.com/reel/DHyX9MRtRWd/?igsh=MTV3eXByOHRrOGZ0MA=
=
03/29/2025, 20:35
t.me/nurmuhammad_abduzoir/1004
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria