#marketing 📈
Kitob bozori
Hozirgi o‘zbek kitobi bozori haqida ba’zi tahliliy fikrlarim
So‘nggi vaqtlarda kitob o‘quvchilarning soni anchagina oshgan. Bozorda o‘sish juda ham yaxshi, sotilayotgan kitoblar va kitob trendlari buni tasdiqlab turibdi.
Xo‘sh, bu rivojlanayotgan bozorda nashriyotlarning ulushi qanday?
Nashriyotlarning bozor talabiga taklifi qanday?
✨Zamonaviy bozordagi trend bu sohaga ham ta’sir qilmay qo‘ymaydi. Internet, ijtimoiy tarmoqlar, target, media, inflyuyenserlar, reklama, PR davr talabi. Lekin biz doim hurmat qiladigan nashriyotlar Yangi asr avlodi, Akademnashr, Zabarjad Media va boshqalar trendlarga moslasha olgani yo‘q. Asaxiybooks esa alohida mavzu chunki u yerda "books" trafik olib kelish va brend uchun xizmat qiladi.
Yuqoridagi nashriyotlar asosiy savdoni "Solnichniy"(Quyoshli) bozori bilan birga qiladi. Ya’ni hech qanday reklama xarajatlarisiz ham savdo bo‘ladi lekin bu kun o‘tardan ortmaydi. Nashriyotlarda marketing bor, haminqadar. Shaxsiy fikrim marketingga beriladigan pulni keraksiz xarajat deb o‘ylashadi.
Ular chiqaradigan kitoblarni e’tirof etamiz, lekin mahsulotimiz yaxshi o‘zlari kelib olib ketishadi degan bilan ish bitmaydi. O‘zlari tanlab oladiganlar juda kam.
✨O‘zi "solnichniy" ochgan kitob do‘koni. "Qamar" kitob do‘konini eshitgansiz. Aynan ular media kuchini vaqtida his qilishdi, kitoblarni trendga chiqarib, sota olishyapti. 60-70 yoshlik onaxonlar "Yashamoq"ni yig‘lab o‘qiyaptiku) Tizimning ishlashi: bir qancha nashriyotlarning kitoblari ko‘tarasiga xarid qilinadi va 10 kishidan ziyod marketing jamoa tuziladi. Aynan 10 kishi bitta kitobni trendga chiqishi uchun ishlaydi. Undan tashqari inflyuyenser va blogerlar bilan hamkorliklar qilinadi. Masalan, Abdukarim Mirzayev "Maymunlar sayyorasi" kitobini yig‘lab o‘qidi, bu albatta auditoriyaning hislariga ta’sir qiladi.
✨"Gupka" kitobxon. Kitoblar saviyasi bo‘yicha e’tiroz bildirishingiz mumkin, diniy kitoblar yoki "sariq turk adabiyoti" ko‘p deb. Bozorning yaxshi tomoni o‘quvchilarda "kitob tanlash madaniyati" juda past. Ularga qanday kitob bersangiz "gupka" kabi o‘ziga oladi. Ya’ni bu yerda mahsulot ahamiyatsiz bering o‘qiydi. Taniqli biror kishi tavsiya qilsin albatta olib o‘qiydi. Har kuni reelsda bir kitob chiqaversin o‘shani o‘qiydi. Hamma o‘qiyapman desin trenddan qolmaslik uchun o‘qiydi. Saviya haqida bong urib o‘tirilganda, ular har qanday kitobni ommalashtira olishyapti.
✨Bu gaplardan keyin marketing oson deb o‘ylashingiz mumkin, unga faqat vaqt kerak. Brendni qo‘l bilan ushlab bo‘lmaydi, ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi. Shuning uchun ko‘p biznes egalari buni bekorchi vaqtga pulni yo‘qotish deb tushunishadi. Aslida mehr berilsa biznesni bog‘-u bo‘ston qiladi. Tasavvur qilishingiz uchun, "Qamar"ning marketing jamoasida ishlaydigan 10 kishi butun boshli nashriyotlarining jamoasidan ko‘proq.
Xullas shunaqa gaplar o‘rtoqlar, har doimgidek uzun post bilan boshingizni qotirdim. Kim o‘qidi yoki yo‘q, o‘zim uchun ham yozishim kerak edi. Buguncha shular hammaga rahmat)
✨aytgancha, bu ChatGPTning nashriyotlar haqida fikri: O‘zbekistondagi o‘zgaruvchan yosh kitobxon mentalitetiga javob bermaydi.
"Yashamoq"ni bilsangiz – ⚡️bosing
"Xandaq"ni bilsangiz – 🏆 bosing
👉
KitobHouse👈