Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Channel age
Created
Language
Uzbek
-
ER (week)
-
ERR (week)

«San’at tuyg'ularni namoyish etish shakli, tuyg'u esa hamma tushunadigan tilda ifodalanadi». S.Moem @musician_02

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
Found 16 results
DI
Dilnoza's World
103 subscribers
42
20 yil avval necha yoshda edingiz? Ko'zlaringizni bir lahza yumib, o'sha holatingizni eslang. Dunyongiz qanchalar o'zgargan? Anchami? Yoki birozgina? Dunyo ham huddi shuncha o'zgargan: 20 yil avval dunyo aholisining 29 foizi o'ta kambag'al hayot kechirgan. Hozir esa bu raqam 9 foizni tashkil qiladi. Vaholanki, milliardlab odamlar qiyinchiliklardan qutulib, jahon bozorining iste'molchisi va ishlab chiqaruvchisiga aylangan. Biz esa tushkunmiz.

Hans Rosling, “Factfulness”
04/20/2025, 05:20
t.me/dilnozajorayeva_blog/433
DI
Dilnoza's World
103 subscribers
109
Rasmini multfilm qilib ko'rmagan bitta men qoldim shekilli..
04/12/2025, 12:44
t.me/dilnozajorayeva_blog/432
DI
Dilnoza's World
103 subscribers
48
Bugun ertalab avtobusga chiqdim-da, oldiroqdagi o'rindiqqa borib o'tirdim. Orqa tarafda eshitilayotgan ovozlar asta balandlab, tortishuvga aylanib ketdi. Bir mast kishi tinmay so'kinib, haqoratli so'zlarni aytib ketayotgan ekan. Uni oldida o'tirgan odam bir-ikki qarab qo'ygan, tanbeh bergan. Ammo ichib olgan kishi yana o'sha so'zlarni takrorlayvergan. Oxiri janjal bo'lib ketdi.

- Og'zingdan bodi kirib, shodi chiqadi. Avtobusdan tushib ket. Nima, shuncha odam seni bu gaplaringni eshitib ketadimi, dedi o'sha yoshi kattaroq amaki. Ichgan odamga gapirganni foydasi yo'q, baribir ta'sir qilmadi. Haligi amakining battar jahli chiqdi.

Shu payt mast odamning yonida taxminan o'n ikki yoshlar atrofidagi kichkina bola: Amaki, men o'g'liman, kechiring - deb iltimos qila boshladi. Anavi odam hovuridan tushmadi, uni avtobusdan tushirib yubormoqchi bo'ldi. (Qanchalar radikallashib ketgan odamlar) Bolakay esa yana: Ho'p, uzr amaki, dadamni kechiring, - deb yalindi. (Menimcha, o'g'li o'zini tutolmaydigan darajada ichgan otasini uyga olib ketayotgandi) Haydovchi na to'xtashni biladi, na yo'lida davom etishni. Keyin o'sha mast odamni tushirib yuborishdi.Tortishuv bir yon bo'ldi-yu, kichkina bolaning otasi uchun yig'lagani ko'z oldimda qoldi.

Dadasi ichadigan oilalarni mahalla-ko'yda, yon-atrofimda ko'p marotaba ko'rganman. Ichkilik sabab qanchadan-qancha oilalarga darz ketgan va guvoh bo'lganmanki, otasining ichishidan uyalish hissi bolani qattiq iztirobga soladi.

Aytmoqchi bo'lganim, biz bugun zararli odatlarga borgan sari normal qaralayotgan zamonda yashayabmiz. Shunchaki qiziqish, sinab ko'rish bilan boshlangan bunday ishlardan butun umr qutulolmaslik mumkin. Xushyor bo'lish kerak har joyda, har bir qadamda va har bir qarorda. Aslida, dunyoga qiladigan yaxshiligimiz ham o'zimizni isloh qilishdan boshlanadi.

@dilnozajorayeva_blog
04/11/2025, 21:56
t.me/dilnozajorayeva_blog/431
DI
Dilnoza's World
103 subscribers
47
Boshing og'riyabdi.
Charchagansan. Dam olishing kerak.
Shunchaki charchash emas bu.
Kuching qolmagan, hech nima qilmasliging kerak bir muddat.
Lekin bu ham yordam bermaydi. Balki, o'zingni yaxshi his qilishing uchun uzoqlashgan odatlaringga qaytarsan.
Shovqinli shahardan zerikkansan. Yaqinlaring mehriga to'yib olsang bo'lardi.
Hayot poyga emas, to'xtashga haqqi bor har bir insonning.
Bugun, buguncha ertaroq uxla.
Uyg'ongach ancha yengil tortasan, o'tib ketadi og'riqlar, tushunarsiz hislar. Har bir tong kuch beradi davom etishga.
04/07/2025, 18:54
t.me/dilnozajorayeva_blog/430
DI
Dilnoza's World
103 subscribers
740
​​Kecha Gyote institutida bo'lib o'tgan she'riyat kechasida Nurmuhammad Abduzoirni iste'dodli shoir sifatida kashf qildim. She'rlari sermazmun, tinglovchiga qat'iy fikrni singdirmasligi bilan iliqlik hissini uyg'otadi. Hayotiy voqealar asosida yozilgan she'rlarini tinglaganda o'sha manzara xayolingizda jonlanadi. Nurmuhammadning yozganlarida samimiylik ruhi bor, shoir shaxsiyatidagi bu xarakter she'rlarida ham o'z aksini topgan.

Ijodiy kecha ssenariysiz tashkil qilingani bois erkin atmosferada o'tdi. Lekin ba'zi kamchiliklar ham ko'zga tashlandi. She'rlar orasidagi musiqiy chiqishlar anchayin sifatsiz bo'ldi. Qo'shiq aytganlar havaskordir balki, bu ularning shunchaki hobbisidir. Ammo bilishimiz kerakki, katta yoki kichikligidan qat'iy nazar, sahna ulug' dargoh. Uning o'z qonun-qoidalari bor. Sahna madaniyatiga rioya qilgan holda, tomoshabinga sifatli ijro ko'rsatish kerak.

Ishtirokchilardan biroz tayyorgarlik, tomoshabinlardan esa ularga bo'lgan hurmat keyingi safar bunday ijodiy kechalarning yanada yaxshi o'tishini ta'minlaydi. Umuman olganda, birinchi marta o'tkazilgan she'riyat kechasi uchun do'stona va ajoyib davra bo'ldi. Shoirga samimiy she'rlar uchun rahmat va bunday ijodiy kechalari davomli bo'lishini tilayman.

@dilnozajorayeva_blog
04/05/2025, 19:19
t.me/dilnozajorayeva_blog/429
DI
Dilnoza's World
103 subscribers
116
04/02/2025, 15:45
t.me/dilnozajorayeva_blog/428
DI
Dilnoza's World
103 subscribers
169
​​Iltimos... Menga qo'zichoq chizib ber!

Antuan de Sent-Ekzyuperi
“Kichkina Shahzoda”

Shunday asarlar borki, dastlabki satrlaridanoq siz uchun qadrli kitobga aylanadi. Mutolaa davomida his qilganlaringiz yodingizda qolishini istaysiz. Ko'nglingiz bir qadar yorishadi, atrofga boshqacharoq nigoh bilan qaray boshlaysiz. “Kichkina shahzoda” men uchun shunday asar. Kitob qachonlardir bolakay bo'lgan insonlarga bag'ishlanadi.

Voqealar nihoyatda oddiy yozilgan. Syujet, muallif chizgan suratlar, qahramonlar o'rtasidagi suhbat, barchasi tabiiy va shunisi bilan yoqimli. Kichkina shahzoda sayohat qilib yurarkan, turli insonlarga duch keldi. U uchratgan qirol o'ziga so'zsiz itoat qilinishini istaydigan kattalar timsoli bo'lsa, shuhratparast obrazida e'tirof etilishni yoqtiradiganlar toifasini ko'ramiz. Umrini raqamlar bilan o'tkazib, eng muhim narsalarni unutib qo'yayotgan, kattalarga xos jiddiylik ko'nglini-da egallagan korchalon esa o'zimizni o'zimizga ko'rsatadi.

Har bir sayyoraga tashrif kichkina shahzodaning hayratga to'la o'ylari, sayohat davomida olgan xulosalari bilan yakunlanadi.
“Barcha katta yoshdagilar qachonlardir bola bo'lganlar, faqat bu haqida hammalari ham eslamaydilar”
Asar ushbu g'oya zamirida bizga yana bir haqiqatni eslatadi:
“Faqat ko'ngil ko'zigina ochiq, eng asosiy narsani ko'z bilan ko'rolmaysan”.

Hayotda ko'rayotganlarimiz doimo bizga ko'ringanidek emasligini unutib qo'yamiz ba'zan. Siyratda, botinda pinhon bo'lgan haqiqatlarni ilg'amaymiz. Kitob bizga deydiki,
ko'ngil ko'zi bilan izlash lozim.

@dilnozajorayeva_blog
03/30/2025, 17:20
t.me/dilnozajorayeva_blog/427
DI
Dilnoza's World
103 subscribers
112
Qara, men umringda uchib yuribman,
Nomsiz qush - qanotim yashildir, yashil.
Ism qo‘y, tasdiqla yaralganimni,
So‘ngra ko‘zlaringning qa’riga yashir.

Yashirgin zamon-u makondan nari,
Yorug‘ tafakkurning olmos tig‘iman.
Balki, intiqomning, balki, tolening
Vahiysi, shovqinsiz hayqirig‘iman.

Oy gulchambar to‘qir barmoqlarimdan,
Erkimni yulduzlar cho‘qir betinim.
Meni tanidingmi, har bahor bedor
Bog‘ingda unguvchi maysa men edim.

Oppoq etik kiygan suluv daraxtlar
Bazmida uchrashgan edik biz ilk bor.
Nechun parishonsan, tutqun o‘ylarning
Qafasini chil-chil sindirib yubor.

Seni deb ming marta dunyoga keldim,
Ammo sen, ammo sen… taniy olmaysan.
Yodingni to‘zg‘itgan suratlar aro
Nechun siyratimni sevib qolmaysan?

Poyingga cho‘kaman, yuragim og‘rib,
Qanotlarim o‘sa boshlar daf’atan.
Gar meni eslasang, aslo o‘kinma,
Sen ham qushga aylan, ey aziz odam.


Madina Norchayeva

@dilnozajorayeva_blog
03/29/2025, 19:22
t.me/dilnozajorayeva_blog/425
DI
Dilnoza's World
103 subscribers
131
Eвгений Дога
Вальс из кинофильма
"Mой ласковый и нежный зверь"

@dilnozajorayeva_blog
03/26/2025, 09:21
t.me/dilnozajorayeva_blog/424
DI
Dilnoza's World
103 subscribers
96
Sizlar tarbiyalanuvchilarning u yoki bu mashg'ulotga bo'lgan layoqatiga qarab hukm chiqarmang. Chunki layoqatidan qat’i nazar, tinimsiz mehnat qilgan inson boshqalardan ko'ra oldinlab ketadi va ko'proq yutuqqa erishadi. Doimo muhabbatni asosiy mezon qilib oling.


Antuan de Sent-Ekzyuperi,
“Istehkom”

@dilnozajorayeva_blog
03/18/2025, 19:33
t.me/dilnozajorayeva_blog/423
DI
Dilnoza's World
103 subscribers
133
Şarkıcıların seslerindeki dalgalar gibi, icracıların parmaklarında da kendine özgü dalgalar bulunur ve bu sadece hassas bir kalpten gelir.

Reşat Nuri Güntekin
___

Ashulachilarning ovozlaridagi singari ijrochilarning barmoqlarida ham o‘ziga xos to‘lqinlar bo‘ladi, bu esa faqat hassos qalbdangina kelib chiqadi.

Rashod Nuri Guntekin

@dilnozajorayeva_blog
03/09/2025, 15:33
t.me/dilnozajorayeva_blog/422
DI
Dilnoza's World
103 subscribers
91
Ramazonning bahor bilan kelishi qanday go‘zal.
02/28/2025, 17:31
t.me/dilnozajorayeva_blog/421
DI
Dilnoza's World
103 subscribers
73
​​Insonlarning xarakteri, o‘zini tutishi, hatti-harakatlarini kuzatib, ular haqida bir fikrga kelishim oson edi, avvallar. Hozir guvoh bo‘layotganim voqea-hodisalarga, atrofimdagi odamlarning qanday ekanligiga nom berolmay qolganman. Kimningdir xatosi, noto‘g‘ri ishi uni ayblash uchun bir sabab bo‘lsa, oqlash uchun undan ko‘p fikrlar keladi xayolimga. Xulosa chiqarishda aniq bir to‘xtamga kelolmayman. Bir inson haqida o‘ylay turib, uning shundayligi faqat o‘ziga bog‘liq emasligini, yashab o‘tgan yo‘li, boshdan kechirganlarining ta’siri kuchli bo‘lishini yaxshiroq tushunyabman.
Ichimdagi savollarga juda ko‘p tarafdan javoblar keladi. Qay biri to‘g‘ri ekanligini bilolmay qolaman. Xulosasiz, yo‘limda davom etaman.

@dilnozajorayeva_blog
02/26/2025, 10:48
t.me/dilnozajorayeva_blog/420
DI
Dilnoza's World
103 subscribers
86
DI
Dilnoza's World
103 subscribers
86
​​“Muhabbat hayotning eng yuksak zuhuri edi”

Jek London - “Martin Iden”

Ruf va Martin. Biri jamiyat belgilab bergan talablarni hayot yo‘li deb biladigan, yana biri esa taqdir unga nimaniki ravo ko‘rsa, to‘laqonli yashab his qila oladigan inson. Asar davomida qahramonlarning boshdan kechirganlari, ular o‘rtasidagi munosabat va ziddiyatlarning asosi bir-biriga qarama-qarshi turmush tarzidir.

O‘sha har qanday insonni harakatga keltiruvchi, kuch bag‘ishlab, hayot nafasini beruvchi tuyg‘u ular qalbida ildiz otdi. Ammo yuqori tabaqa vakillari tomonidan o‘ylab topilgan qonun-qoidalar bu hislarga qat’iy chegara qo‘yardi. Martin qattiq kurashdi, to‘xtamadi. Sevgisiga erishish yo‘lida haqiqiy jasorat timsoli bo‘la oldi. U o‘z hayotida ham, yozganlarida ham doimo haqiqat bilan yashadi.

Ruf obrazi to‘la ochilmagan sirdek, nazarimda. Uning biroz manfaatparastligi-yu, kezi kelganda qo‘rqoqlik qilishi o‘z tabiatida bor edimi yoki yashab turgan muhiti sabab u shu holga kelganmi? Baxsli savollar Ruf xarakteri haqida chuqurroq o‘ylab ko‘rishga undaydi.
Jek Londonning o‘zi esa “U faqat kitobdan o‘qigan narsalarnigina bilardi, kitoblarda bo‘lsa, muallifning ijodiy xayoli har doim oddiy hayot hodisalarini qanday bo‘lsa shunday emas, balki go‘zal qilib tasvirlardi” deya ta’rif beradi.

Roman ikki inson munosabati asnosida jamiyat qarashlarini ochib beradi. Irodali bo‘lish teran aql-zakovatni shakllantirishda naqadar muhim ekanini qahramonlar misolida anglatadi. Har birimiz his qiladigan, qalbimizda yashaydigan nozik tuyg‘ularni uyg‘otadi.

@dilnozajorayeva_blog
02/16/2025, 08:59
t.me/dilnozajorayeva_blog/418
DI
Dilnoza's World
103 subscribers
71
Hammasi oldingidan-da yaxshi. Ko‘p narsalarni anglayabman. O‘qishga, ishga boraman. Kitoblar o‘qiyman. Xonadoshlarim bilan qiziq mavzularda suhbatlashamiz. Imkon qadar yoqtirgan joylarimga boraman. O‘zimni juda yaxshi his qilaman. Faqat.., faqat endi yozolmay qolyabman..
02/10/2025, 20:49
t.me/dilnozajorayeva_blog/417
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria