Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Channel age
Created
Language
Uzbek
-
ER (week)
13.23%
ERR (week)

Shunchaki, yozishni yoqtiraman. 🥂 Shuningdek: @sanduvoch_uz , @soz_lab , @ohangzor , @sheriston 💰 Donat uchun: https://tirikchilik.uz/usmonip 📬 Aloqa: @munshaotbot

Messages Statistics
Reposts and citations
Publication networks
Satellites
Contacts
History
Top categories
Main categories of messages will appear here.
Top mentions
The most frequent mentions of people, organizations and places appear here.
Found 298 results
US
Usmonip
2 292 subscribers
Repost
234
Bugun premyera qilingan “Tasbeh daraxti soyasida” kitobi tarjimoni Shohrux Usmonov dasxat qoʻymoqda.

�@akademnashr
04/26/2025, 15:15
t.me/usmonosphere/6577
US
Usmonip
2 292 subscribers
374
Qoʻshiq joylamay qoʻydiz deganlar uchun hindchasidan mana

@usmonosphere
04/25/2025, 21:34
t.me/usmonosphere/6576
US
Usmonip
2 292 subscribers
249
#donolar_bisotidan

Bir marta soch olsang, sartarosh hisoblanmaysan. Lekin bir marta odam oʻldirsang, tamom ​​— qotilsan!

© Muzaffar Sattoriy (xonadoshim)

@usmonosphere
04/25/2025, 19:44
t.me/usmonosphere/6575
US
Usmonip
2 292 subscribers
304
Odam bebaho xazinani kaftida tutib turishi mumkin, men sizlarga aytsam. Va u xazinaning nomi Abdulla Oripov kitoblari boʻladi :)

@usmonosphere
04/25/2025, 16:19
t.me/usmonosphere/6574
US
Usmonip
2 292 subscribers
Repost
300
04/25/2025, 15:01
t.me/usmonosphere/6573
US
Usmonip
2 292 subscribers
316
Qamar doʻkonidan sovgʻa, aniqrogʻi topishmoq keldi. Quti sirtida Nobel mukofoti tasviri. Ichida esa qora koʻzyonak, brayl yozuvidagi bitik va biroz gʻira-shira qilingan xat.

Ajoyib oʻylangan. Qaysi kitob chiqayotganini topdim. Sevimli yozuvchilarimdan birining eng mashhur romani.

Hammasidan ham kim tarjima qilgani juda qiziq. Chop etilishini besabrlik bilan, koʻzlarim toʻrt boʻlib kutaman!

@usmonosphere
04/25/2025, 14:17
t.me/usmonosphere/6572
US
Usmonip
2 292 subscribers
316
04/25/2025, 14:17
t.me/usmonosphere/6569
US
Usmonip
2 292 subscribers
316
04/25/2025, 14:17
t.me/usmonosphere/6570
US
Usmonip
2 292 subscribers
316
04/25/2025, 14:17
t.me/usmonosphere/6571
US
Usmonip
2 292 subscribers
317
04/25/2025, 14:00
t.me/usmonosphere/6568
US
Usmonip
2 292 subscribers
Repost
326
Kichkina shahzodaning yonidagi insonni tanidingizmi 🌚

Iqtibos qaysi kitobdan olinganini-chi?

Bu postni kitob o‘qimaydigan do‘stlaringizga yuborib qo‘yishni unutmang 💫

🔸Zabarjad Me
dia — eng yaxshisini ilinamiz!
04/25/2025, 08:21
t.me/usmonosphere/6567
US
Usmonip
2 292 subscribers
367
Koson haqida biladiganlar, sizlardan iltimos. Instagramda shu video ostiga “rostanam bu Koson shevasi, Koson ham Qashqadaryo” deb yozib kelinglar😁
04/24/2025, 21:39
t.me/usmonosphere/6566
US
Usmonip
2 292 subscribers
371
Doim shevamdan buxorolikmisiz deb gumon qilishadi. Yoʻq, buxorolik emasman, qashqadaryolik, kosonlikman.

Lekin shevamiz juda oʻxshash. Ishonmasangiz koʻring, mana bu videoda bizning shevadagi ba’zi soʻzlarni aytganman.

Adabiycha va xorazmchasi ham bor. Solishtirib mazza qilasiz.

👉�� https://www.instagram.com/reel/DI1lxkmoXYi/?igsh=anZ3eWlpZmVoazJw

@usmonosphe
re
04/24/2025, 21:33
t.me/usmonosphere/6565
US
Usmonip
2 292 subscribers
417
Kelinglar, bir ish qilamiz. Kim qaysi sohada ishlashi, nimaga yaxshi tushunishi yoki qaysi mavzularda bilim orttirayotgani haqida gaplashsak.

Shunda hammaga tayyor netvorking boʻladi. Oʻzim boshlab beraman.

Kamina Shohrux Usmonov. Tarjimonman. Ingliz-oʻzbek tarjima fakultetida bakalavr oʻqiganman. Hozir badiiy tarjima yoʻnalishi magistrantiman. Tarjimalarim gazet-jurnallarda va kitob holida chop etilgan, chop etilyapti.

Undan tashqari, kopirayter, musahhih, muharrir, koordinator, loyiha menejeri, kolumnist sifatida faoliyat yuritganman. Qisqasi, asosiy ishim kitoblar va matnlar bilan bogʻliq.

Hozir media sohasida oʻzimni sinab koʻryapman. Chunki bloglar yuritish, ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlashni avvaldan yoqtiraman.

San’atning barcha turlariga qiziqaman, ayniqsa, musiqa va tasviriy san’at jon-u dilim. Til oʻrganish, soʻzlar haqida bosh qotirish, yegan-yemagan gʻoyalar ustida suhbat qurish va yozishni sevaman.

Ana endi navbat sizga. Sohangiz va qiziqishlaringizni yozing.

@usmonosphere
04/24/2025, 20:05
t.me/usmonosphere/6564
US
Usmonip
2 292 subscribers
Repost
388
Reykjavik. #freepalestine

@panda_books
04/24/2025, 13:44
t.me/usmonosphere/6563
US
Usmonip
2 292 subscribers
Repost
388
04/24/2025, 13:44
t.me/usmonosphere/6562
US
Usmonip
2 292 subscribers
Repost
328
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqandda Motamsaro ona haykali poyiga gul qo‘yayotganida “nega bu yerda o‘zbekcha va inglizcha yozuv boru, ruschasi yo‘q”, deb sasibdi. Nega ruschasi bo‘lishi kerak? O‘zi nega kelgan bu go‘rso‘xta, nega uni Motamsaro ona haykalining oldiga olib borishgan? Pishirib qo‘yibdimi? Yo‘qol Putiningni oldiga!
04/23/2025, 13:17
t.me/usmonosphere/6560
US
Usmonip
2 292 subscribers
285
04/23/2025, 11:57
t.me/usmonosphere/6559
US
Usmonip
2 292 subscribers
343
Ora-sirada kundalik qoralab turaman. Ammo haligacha shuni muntazam odatga aylantirolmadim. Oxirgi yozganimga ham bir oydan oshibdi ekan.

Qachondir shu yoziqlarni oʻzim varaqlab koʻrarmikinman? Masalan, 23-24 yoshimda qanday oʻy-xayollar boshimni band qilgani, nima tashvishim boʻlgani, nimadan koʻproq quvonganimni oʻqish maroqli boʻlsa kerak.

Bu daftarda hodisalar ham, she’rlar va asarlardan parchalar ham, qaysidir kitobga munosabatim ham, hissiy evrilishlarim ham bayon etiladi. Demak, bugungi bitiklar kelajakda oʻtmish xotirasiga aylanadi...

Sizlar ham kundalik yozasizlarmi?

@usmonosphere
04/23/2025, 00:54
t.me/usmonosphere/6558
US
Usmonip
2 292 subscribers
312
#sheʼrparcha

Toshlarni sev,
Ular hech qachon
Yumshoqman deb aldamaydilar...

Suhrob Ziyo

@usmonosphere
04/21/2025, 21:24
t.me/usmonosphere/6557
US
Usmonip
2 292 subscribers
343
#tarjima

Oʻtgan yili “Akademnashr” nashriyotida “akadem•nasr” turkumi e’lon qilingandi. Oʻshanda ichimda “qaniydi shu turkumda birorta tarjimam chiqsa” degan niyat yilt etgandi.

Nashriyotdagilar sezishganmi deyman, Harper Lining “Tasbeh daraxti soyasida” nomli romani ayni shu turkumda chiqayotgan ekan.

Kitob tez kunda chop etiladi. Kaminaning yana bir “tuya goʻshti yegan” tarjimasidan bahramand boʻlasiz.

Menday dangasa tarjimon har kuniyam bunday katta hajmli va murakkab asarni oʻzbekchaga oʻgiravermaydi. Shuning uchun izohlarda bemalol tabriklab, koʻngil koʻtaradigan, yangi tarjimalarga ruhlantiradigan jumlalarni yozishingiz mumkin.

@usmonosphere
04/21/2025, 14:56
t.me/usmonosphere/6556
US
Usmonip
2 292 subscribers
Repost
228
04/21/2025, 13:34
t.me/usmonosphere/6554
US
Usmonip
2 292 subscribers
Repost
228
04/21/2025, 13:34
t.me/usmonosphere/6551
US
Usmonip
2 292 subscribers
Repost
228
04/21/2025, 13:34
t.me/usmonosphere/6549
US
Usmonip
2 292 subscribers
Repost
228
04/21/2025, 13:34
t.me/usmonosphere/6548
US
Usmonip
2 292 subscribers
Repost
228
04/21/2025, 13:34
t.me/usmonosphere/6553
US
Usmonip
2 292 subscribers
Repost
228
Kecha Oʻzbekiston U17 terma jamoasi futbol boʻyicha Osiyo chempioni boʻldi!

Hayajonli va jangovar oʻyinda yigitlarimiz ikkinchi boʻlimda 9 kishi oʻynab, Saudiya Arabistoni ustidan ishonchli gʻalaba qozonishdi.

Gʻalaba nashidasi nafaqat oʻzbek xalqini, balki qoʻshnilarimizni ham quvontirdi. Buni YouTube tarmogʻida bildirilgan izohlardan ham bilish mumkin.

🔍 Izohlar manbasi

@birildi
z #yakdilmintaqa
04/21/2025, 13:34
t.me/usmonosphere/6555
US
Usmonip
2 292 subscribers
Repost
228
04/21/2025, 13:34
t.me/usmonosphere/6552
US
Usmonip
2 292 subscribers
Repost
228
04/21/2025, 13:34
t.me/usmonosphere/6550
US
Usmonip
2 292 subscribers
Repost
228
04/21/2025, 13:34
t.me/usmonosphere/6547
US
Usmonip
2 292 subscribers
Repost
228
04/21/2025, 13:34
t.me/usmonosphere/6546
US
Usmonip
2 292 subscribers
353
Gʻalaba muborak! Faxrlanadigan tarixiy voqea.

Biz futbolni kulib-kulib koʻrdik. 9 kishimiz degan xavotir bilan tomosha qilmadik. Demak, kuchli ekanimizga ishonchimiz baland edi.

Barakalla, haqiqiy futbol mana shunday boʻladi.

@usmonosphere
04/20/2025, 20:09
t.me/usmonosphere/6545
US
Usmonip
2 292 subscribers
366
Menimcha, Saudiya hakamni faqat bir taymga sotib olgan shekilli :)

@usmonosphere
04/20/2025, 19:35
t.me/usmonosphere/6544
US
Usmonip
2 292 subscribers
381
Suhbatdan olinglar, xullas
04/20/2025, 17:47
t.me/usmonosphere/6543
US
Usmonip
2 292 subscribers
283
Bugun yakshanba-ku a, tarki odat amri mahol deydilar:

👉�� http://t.me/anonaskbot?start=5v6gq
04/20/2025, 16:56
t.me/usmonosphere/6542
US
Usmonip
2 292 subscribers
376
04/19/2025, 22:51
t.me/usmonosphere/6538
US
Usmonip
2 292 subscribers
376
04/19/2025, 22:51
t.me/usmonosphere/6533
US
Usmonip
2 292 subscribers
376
04/19/2025, 22:51
t.me/usmonosphere/6536
US
Usmonip
2 292 subscribers
376
04/19/2025, 22:51
t.me/usmonosphere/6534
US
Usmonip
2 292 subscribers
376
04/19/2025, 22:51
t.me/usmonosphere/6539
US
Usmonip
2 292 subscribers
376
04/19/2025, 22:51
t.me/usmonosphere/6532
US
Usmonip
2 292 subscribers
376
04/19/2025, 22:51
t.me/usmonosphere/6540
US
Usmonip
2 292 subscribers
376
04/19/2025, 22:51
t.me/usmonosphere/6535
US
Usmonip
2 292 subscribers
376
#sanʼat

“La Femme Muchas” («Женщины Мюшá») turkumi.1896-1911-yillarda ishlangan xromolitografiyalar.

Muallifi Alfon Muxa. Chex rassom, illyustrator va grafist. 1860-1939-yillarda yashagan. “Art Nouveau” ya’ni modern davrida Parijda ijod qilgan. Satirik teatr posterlari bilan nom taratgan.

Rassomni bugun kashf qildim. Ijodi ichida “La Femme Muchas” turkumi juda yoqdi! Muhtasham va oʻzgacha jozibaga ega asarlar ekan.

@usmonosphere
04/19/2025, 22:51
t.me/usmonosphere/6541
US
Usmonip
2 292 subscribers
376
04/19/2025, 22:51
t.me/usmonosphere/6537
US
Usmonip
2 292 subscribers
239
04/19/2025, 20:24
t.me/usmonosphere/6530
US
Usmonip
2 292 subscribers
239
Bugun rassom Sarvar aka Farmonov bilan tayyorlagan Alifbo kitobimizni birinchi marta qoʻlga olib koʻrdim.

Aytishlaricha, sotuvi yaxshi ketayotgan ekan. Hozir chegirmada 40 000 soʻm.

Uyingizda toʻrt yosh yoki undan kattaroq kichkintoyingiz boʻlsa, mana shu kitob orqali ham harflarni, ham hayvonlarni oʻrgatsangiz boʻladi.

@usmonosphere
04/19/2025, 20:24
t.me/usmonosphere/6531
US
Usmonip
2 292 subscribers
239
04/19/2025, 20:24
t.me/usmonosphere/6529
US
Usmonip
2 292 subscribers
294
Dam olish kunlari yaxshu kayfiyat bilan davom etyapti. @birildiz loyihamizning Instagramdagi obunachilari soni 200 taga yetdi.

Bunaqa zalvorli mavzu va tor qamrovga ega loyiha uchun yaxshi start, menimcha. Nima dedingiz?

Haliyam kuzatmayotgan boʻlsangiz, Instagram sahifa sizlarga muntazir.

Oy yakunigacha 500 ta boʻlishni reja qilganman. Sizdan arzimas qoʻllov boʻlardi :)

@usmonosphere
04/19/2025, 18:50
t.me/usmonosphere/6528
US
Usmonip
2 292 subscribers
384
Yildan yilga yashilikka, daraxtlarga mehrim oʻzgacha boʻlib boryapti. Ekologiya, atrof-muhit deyishsa eng birinchi boʻlib daraxt xayolimga keladi. Toza havo, goʻzal tabiat deyishsa ham.

Ilgari deyarli daraxtlarga qiziqmaganman. Hatto nomlariga ham qiziqmasdim. Hozir esa koʻp daraxtlarni ajratolmasligimdan uyalaman.

Ilgari tasavvurimdagi uy koʻp qavatli binolar ichi joylashgan, katalakday xonalardan iborat boʻlardi. Hozir uyim oldida bir parchagina yer boʻlsa-yu, unga biror tup daraxt eksam, soya-salqin solib tursa, deyman.

Shahar koʻchalarida yurganimda yam-yashil daraxtlarni koʻrib zavq bilan tikilaman. Shahar binolar, chiroqlar emas, menimcha, daraxtlar bilan tirik.

@usmonosphere
04/19/2025, 14:57
t.me/usmonosphere/6527
US
Usmonip
2 292 subscribers
467
#instagram

Instagram foydalanuvchilari uchun ajoyib video tayyorladim.

Markaziy Osiyo davlatlarining mashhur filmlari haqida.

👉�� https://www.instagram.com/reel/DIliyFcoszk/?igsh=MXJ3bnI1aThvdXlmcA==

@usmonosphe
re
04/18/2025, 16:09
t.me/usmonosphere/6525
US
Usmonip
2 292 subscribers
443
“Asaxiy Books”da bir yildan oshiqroq vaqt ishladim. Va yaqinda, mart oyida nashriyotni rasman tark etdim.

Bir yil davomida goʻzal xotiralar, ajoyib doʻstlar, quvnoq hamkasblar orttirdim. Oʻrgandim, oʻrgatdim. 10 ga yaqin kitoblar nashrdan chiqishida qoʻlim tegdi.

Bu qadar erkin, zamonaviy, doʻstona hamjamiyatni boshqa yerda uchratmadim. Asaxiydagi doʻstlarimni nomma-nom sanasam, ancha uzun post boʻlarkan.

Xullasi kalom, minnatdorman! Keyinchalik ham bir oyogʻim qadrdon ishxonamizda boʻladi, ora-orada borib turaman.

P.S: surat Asaxiydagi kunlardan esdalik :)

@usmonosphere
04/17/2025, 21:58
t.me/usmonosphere/6524
US
Usmonip
2 292 subscribers
438
“Qamar” kitoblar doʻkonidan yana bir ajoyib sovgʻa keldi. Bu ketishda kitob javonimdan Qamardan keladigan sovgʻalar uchun alohida tokcha ajrataman shekilli.

Oʻram har doimgidek san’atkorona! Tashakkur va omad!

@usmonosphere
04/17/2025, 13:16
t.me/usmonosphere/6523
US
Usmonip
2 292 subscribers
461
Yo piray, qozoq shoiri Abay bilan ovozimiz oʻxshash deb sirayam oʻylamagandim.

👉�� Mana, ishonmasangiz

@usmonosphe
re
04/16/2025, 15:40
t.me/usmonosphere/6522
US
Usmonip
2 292 subscribers
444
Yaxshiyam bu dunyoda musiqa degan narsa bor...

@usmonosphere
04/16/2025, 01:37
t.me/usmonosphere/6521
US
Usmonip
2 292 subscribers
Repost
205
Zabarjad Media нашриёти Ўзбекистон Фанлар академияси ўзбек тили, адабиёти ва фольклори институтининг фольклор бўлими билан ҳамкорликда «Ўзбек халқ оғзаки ижоди» рукнида фольклор намуналаридан иборат 15 жилдли китобни нашрдан чиқарди (реклама).

https://www.gazeta.uz/uz/2025/04/15/zabarjad-media/
04/15/2025, 18:33
t.me/usmonosphere/6519
US
Usmonip
2 292 subscribers
375
Yana bu shaharda yuzma-yuz keldik,
Naylaymiz, boshqa bir shaharimiz yoʻq.
Ehtimol, biz baxtli boʻla bilardik,
Ehtimol, baxtlimiz, xabarimiz yoʻq.

Romiz Ravshan

@usmonosphere
04/15/2025, 18:13
t.me/usmonosphere/6518
US
Usmonip
2 292 subscribers
449
Afsonaviy Siyovashning mana bu qoʻshigʻiga bir lahzada oshiq boʻldim. Matnidan baholi qudrat ozrogʻini tarjima qilishga urindim. Nasib etsa, toʻliq oʻgiraman. Hozircha chalasidan bahra oling:

پرنده های قفسی
عادت دارن به بیکسی
عمرشونو بی‌هم‌نفس
کز می‌کنن کنج قفس

نمی‌دونن سفر چیه
عاشق در به در کیه
هر کی بریزه شادونه
فکر می‌کنن خداشونه
یه عمر بی حبیبند
با آسمون غریبند
یه عمره بی‌حبیبن
با آسمون غریبن

Tutqun qafas qushlari
Yolgʻizlik — yumushlari.
Umrlarin yordan judo
Oʻtkazishar burchakda.
Bilmaslar nedir safar,
Kim oshiq-u darbadar,
Kim don tutar, yo suvlar
Xudo deb oʻylar ular.
Ularda yoʻq yori jon,
Begona hatto osmon,
Atrofda noz-ne’mat jam,
Mosuvolar shundan ham...

@usmonosphere

P.S: xatolari uchun uzr, fors tilim maqtanarli emas.
04/14/2025, 23:26
t.me/usmonosphere/6517
US
Usmonip
2 292 subscribers
Repost
373
Hech bo'lmasa, dastlabki 5 qatorini o'qing.

Men @Forstili_Mominzoda telegram kanalida fors tilini g'irt tekinga o'rgataman. Har haftaning yakshanba kuni 20:00 da telegram kanalda video chat orqali dars berib boryapman. Chatda ishtirok etganlarni savol-javob ham qilyapmiz.

Ammo bu usulda 1-2 yil vaqt sarflashni xohlamaydigan, elementar bilimlarni o'zlashtirganlar uchun esa premium guruhlarimizni ham ochganmiz. Unda darslar haftasiga 3 kun, oyiga 12 kun bo'lib o'tadi. 6 oyda 72 dars orqali fors tilini oson o'rganasiz.
✍️ Charosxon Abdullayeva

Darslar Shohro'z Mominzoda tomonidan onlayn shaklda olib boriladi 🤓

P.s.: Bugun 13 kundan keyin bo'lib o'tadigan Fors tili milliy sertifikat imtihoni haqida ham gaplashamiz.

� Shohro'z 📱 Shohro'z
📱
F_M 📱 So'xlik pedagog
04/14/2025, 15:18
t.me/usmonosphere/6516
US
Usmonip
2 292 subscribers
766
Qoraqalpogʻistonlik qizlar qani?
Keling, gap bor.

Shoir va tarjimon doʻstimiz Endryu Stenilend yangi tashabbusga qoʻl uribdi. “Qirq qiz” dostonini ingliz tiliga tarjima (aniqrogʻi, inglizcha adaptatsiya) qilmoqchi ekan.

Buning uchun loyihada ishtirok etishni istaydigan volontyor tarjimon qizlar qidirilmoqda. Qoraqalpoq va ingliz tillarini biladigan, xayrli ishga qoʻl urmoqchi boʻlgan va eng muhimi badiiy tarjimada ilk qadamlarni tashlash niyatida yurganlar boʻlsa, ana sizga yaxshigina imkoniyat.

Kelajakda “Qirq qiz” dostoni tarjimasida qatnashganman, deb maqtanib yurasiz. Maqtanishga dalil ham boʻladi, tarjimonlar safida nomingiz turadi.

Loyihaga qiziqqanlar Instagramdagi mana bu postda batafsil ma’lumot olishi mumkin:
👉�� Havola

@usmonosphe
re
04/14/2025, 12:20
t.me/usmonosphere/6515
US
Usmonip
2 292 subscribers
387
Qaro tunlar, qaro tunlar kiprigingday uzun-uzun

@usmonosphere
04/13/2025, 22:30
t.me/usmonosphere/6514
US
Usmonip
2 292 subscribers
424
Ajnabiy opadan Usmonovga salom ekan.

Videoni tasvirga olgan va allaqayerlik xonimga kaminani tanitgan obunachimga rahmat :)

@usmonosphere
04/13/2025, 21:44
t.me/usmonosphere/6513
US
Usmonip
2 292 subscribers
Repost
401
Апрель, 12. 02:31

Баъзан балиқ ўзини осади қармоққа, сен эса тутдим деб ўйлайсан.

@moonabsurd
04/13/2025, 15:28
t.me/usmonosphere/6511
US
Usmonip
2 292 subscribers
333
“bir zarbada tizzalarigacha, ikkinchi zarbada bellarigacha, uchinchisida yelkalarigacha...” degan ekan :)

@usmonosphere
04/13/2025, 11:47
t.me/usmonosphere/6510
US
Usmonip
2 292 subscribers
477
Qoʻzichoqlarning nega qoʻchqor boʻlishga ulgurmasligi haqida hikoya

Biyday dala, oʻn-oʻn besh odam,
Davra qurib koʻrar “tomosha”:
Qondoshiga tilanib motam
Ikki koʻppak qonli talashar.

Yodlarida, bu jangga qadar
Shaldiragan zanjirlar sasi.
Yodlarida aylanib yotar
Et koʻrmagan yaloq kosasi.

Sharaf soʻzin bilmaslar, zotan,
Nomus-u or kirmagan tushga.
Bilganlari — yoshlik chogʻidan
Jang deb quloq-dumin kesishgan.

Tashlanishar, tisarilishar,
Gʻichirlaydi tishlari mahkam.
Borgan sari shiddati oshar,
Borgan sari torroq davra ham.

Tomoshabin qiyqirar betin,
Sohiblarin qoʻlida qamchi.
Boʻri emas, raqibi — doʻsti,
Qorovulmas oʻzi ham — jangchi.

Jang avjlanar, etlar uzilar,
Ikki qardosh qahri ham avjkor.
...Allaqayda beayb qoʻzilar
Boʻrilarga yem boʻlar nochor.

K. A.

@usmonosphere
04/13/2025, 11:46
t.me/usmonosphere/6509
US
Usmonip
2 292 subscribers
432
Bu tunlar ham gʻanimat...
04/12/2025, 23:34
t.me/usmonosphere/6508
US
Usmonip
2 292 subscribers
Repost
441
#1000kitob #1000kitobmaktabi

1000KITOB loyihasi Tarjimon va muharrirlar maktabini boshlamoqda

#1000kitobmaktabi tarjimonlik va muharrirlik maktablari va an’analarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan. Uning doirasida tarjimonlar va muharrirlar uchun ikki haftalik intensiv kurslar tashkil etiladi. Bu kurslarda ekspertlarimiz va murabbiylarimiz ilmiy va ilmiy-ommabop tarjima va tahrir bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar beradi.

Bitiruvchilar 1000Kitob bilan hamkorlik qilish imkoniga ega bo‘ladi.

Ishtirokchilarga yosh, jins va ish tajribasi bo‘yicha cheklovlar qo‘yilmaydi. Asosiy urg‘u inglizchadan o‘zbekchaga tarjimaga beriladi, lekin boshqa tillardan tarjima qiluvchi mutaxassislar ham ishtirok etishi mumkin.

Ishtirokchiga aylanish uchun quyidagi havolaga kirib, so‘rovni to‘ldiring va kerakli hujjatlarni yuboring: https://forms.gle/hp6RAewTBa3f92976

Dedlayn – 14-aprel.

Murojaat uchun: @mingkitob_admin

O‘rinlar cheklangan, shoshiling!

Sahifalarimizga ulaning va ulashing👇

Telegra
m | Facebook | Instagram | YouTube | X
04/12/2025, 18:46
t.me/usmonosphere/6507
US
Usmonip
2 292 subscribers
377
Tabriklayman, Nurmuhammad! Siz Usmonipga she’r bagʻishlagan birinchi shoir sifatida tarixga kirdingiz.

Ilgari biror shoir bu sharafga erisholmagan edi.

@usmonosphere
04/12/2025, 12:11
t.me/usmonosphere/6506
US
Usmonip
2 292 subscribers
Repost
329
KUCHUKNING JAVOBI

(Shohrux Usmonovga)

Aljirama,
o‘rtoq,
gaping g‘irt yolg‘on,
Haloldir
ter to‘kib
topilgan yovg‘on.
Hartugul,
yurtsotar
kas emasman men,
Itman
vale itdan
past emasman men.
Qarichlab o‘lchangan
yurtim bor mening.
Yov kelsa,
Bo‘g‘zini
yirtgim bor mening.
Ko‘p yomon so‘zlading,
cho‘ri,
ovsar deb,
Meni chaqirgaylar
Bo‘ribosar deb.
Axir,
men bo‘lmasam
ko‘changda to‘ymi,
O‘ylab ko‘r,
kim qo‘rir
bir suruv qo‘yni?!
Darvoqe,
ustingdan
kulgim yo‘q mening,
Sen bilan
it-mushuk
bo‘lgim yo‘q mening.


Nurmuhammad Abduzoir
12.04.2025

@Nurmuhammad_Abduzoir
04/12/2025, 11:46
t.me/usmonosphere/6505
US
Usmonip
2 292 subscribers
500
#ajabtovur

“Qiz bolani kallapoʻsh bilan ur, yiqilmasa erga ber” degan naql bor ekan xalqimizda.

Bilarmidingiz? Men birinchi eshitishim, masalan.

@usmonosphere
04/11/2025, 22:32
t.me/usmonosphere/6504
US
Usmonip
2 292 subscribers
285
Shu qoʻshiqni sevdim. Necha kishi necha xil usulda aytgan boʻlsayam erinmay eshitishga tayyorman.

@usmonosphere
04/11/2025, 21:23
t.me/usmonosphere/6503
US
Usmonip
2 292 subscribers
408
04/11/2025, 16:23
t.me/usmonosphere/6502
US
Usmonip
2 292 subscribers
418
04/11/2025, 16:18
t.me/usmonosphere/6501
US
Usmonip
2 292 subscribers
418
04/11/2025, 16:10
t.me/usmonosphere/6500
US
Usmonip
2 292 subscribers
433
04/11/2025, 15:53
t.me/usmonosphere/6499
US
Usmonip
2 292 subscribers
418
04/11/2025, 15:49
t.me/usmonosphere/6498
US
Usmonip
2 292 subscribers
609
KUCHUKCHA

(Nurmuhammad Abduzoirga)

Eh sho‘rlik kuchukcha, chopganing chopgan,
Otilgan tayoqni topganing topgan.
Borasan, qaytasan, bilmaysan tinim,
Boshingni ko‘targil, kuchukcham, inim.
Olam keng, sen faqat bafurja bir boq,
Yoʻl desang yoʻl bisyor, bogʻ desang moʻl bogʻ.
Afsuski, o‘rgangan yo‘ling bor sening,
Ko‘z ochib ko‘rganing — Qo‘ling bor sening.
Qo‘l esa ko‘p zolim, bilgani ermak:
Senga oz yemish-u, ko‘p yumush bermak.
Unda ko‘ngil yo‘qdir, yo‘qdir afv sira,
Kuchukcham, aldanma, undan xavfsira.
Hozircha chaqqonsan, shovvoz-u chopqir,
Ol desa olg‘irsan, top desa topqir.
Vaqt o‘tar, o‘zgarar tayog‘-u lappak,
Hali ulg‘ayasan, bo‘larsan ko‘ppak.
Shunda yag‘ir boshing silamaydi Qo‘l,
Hech qursa yaxshilik tilamaydi Qo‘l.
Tayoqni tashla-yu, chopgil toʻrt taraf,
Tishlaring gʻijirlat — shu senga sharaf!

Shohrux Usmonov
11.04.2025

@usmonosphere
04/11/2025, 15:11
t.me/usmonosphere/6497
US
Usmonip
2 292 subscribers
502
#munosabat

Bugun anonim suhbat boshlaganimda “hammasi sir bo‘lib qoladi” degandim hazillashib. Lekin bir masala yuzasidan fikrlarimni yozib ketmoqchiman. Bilaman, sizga qiziq emas va davomini o‘qimaslik ixtiyoriga egasiz.

Qisqasi, anonimda bir yigit munosabatlari haqida gap boshladi. Ba’zi yozganlari kiberbo‘shliqda yo‘qolib ketdi shekilli, uzuq-yuluq yetib keldi. Anglashimcha, yigit bir qizni sevadi, unga talpinib, ishqida ado bo‘layotibdi. O‘laman sattor, qolaman sattor buyog‘i. Tushungan bo‘lsam, qiz ham boshida bolaga g‘ira-shira umid bergan. Endi o‘zini olib qochayotganmish.

Avvaliga e’tibor qilmadim, “ha, xavotir olmang” qabilida javob yozdim. Qarasam, yigit yozyapti: “menga yoqmayapsiz deyapti”, “nima qilishni bilmayapman”, “u universitetda o‘qiydi, men o‘qimadim, aybim shumikan”, “IELTSdan 7+ olmaguncha yozmang dedi” va hokazo.

Shunda dag‘alroq javob qaytardim. Shuni sal muloyimlashtirib yozib qoldiray: Aziz birodarim! Oyimchangiz “yoqmayapsan” dedimi, demak chindanam yoqmaysiz. Nimangiz unga ma’qul emas, bunisi boshqa masala. Suymaganga suykalma, degan dono xalqimiz. Unga yoqaman deb umringizni sarflamang. Ochig‘i, dunyoda qiz ko‘p. Shunchaki atrofga yaxshilab qarang. Atrofingiz tor bo‘lsa, kengaytiring. Koinot hech zamonda birgina inson atrofida aylanmagan. Aylanganidayam u sizning oyimchangiz bo‘lmasdi.

Universitetda o‘qimaskansiz, IELTSdan 7+ ololmabsiz. Qo‘ying, birorta o‘qiydigan, IELTSi yuqori tengini topib ketadi. Siz u uchun o‘qimang, chindan ehtiyoj sezsangiz o‘qing. Yo‘qsa oliy ta’lim diplomi qo‘radagi tutunni yelpishgagina yaraydi xolos. IELTSdan yuqori natija ham sizga hayotiy biror ko‘mak berishiga gumonim bor.

Do‘stim, siz avvalo inson, qolaversa, erkak kishisiz. Inson degani birovga yaxshi ko‘rinish uchun istalmagan marralarni zabt etishga majbur emas. Tayoqchani uloqtirib, “bor olib kel” deyishsa halloslab chopavermang. O‘rgangan qo‘l tayoqchasini uloqtiraveradi, siz chopaverasiz, umr esa o‘taveradi. Marralarni o‘zingiz xohlab zabt eting, birovga yaxshi ko‘rinish uchun emas. Ayniqsa, gap ikki jins munosabati haqida ekan, shaxs sifatida gavdangizni tik tuting, birovning yo‘rig‘iga yo‘rg‘alaydigan, egilib-bukilaveradigan bo‘lmang.

Egiluvchan odam hech kimga yoqmaydi, qadr-qiymati past bo‘ladi. Ayniqsa, ayollar oldida. Oyimchangiz sizni lappakka o‘tqizib, xohlagan shakliga solishidan foyda yo‘q. Hali hech bir qiz bunaqa odamni sevib qolganini ko‘rmaganman. Avvaliga sizni bas degancha o‘zgartirsayam, alaloqibat “menga bunaqa umurtqasizning keragi yo‘q” deydi. Chunki unga kuchli, egilmas-bukilmas, hukmfarmo qahramon kerak. Siz emas, birodar.

Do‘stona maslahatim, munosabatga kirishishdan avval o‘zingizni toping, hech bo‘lmasa izlab ko‘ring. Qo‘ygan maqsadlaringizga erishing, shakllaning, suyagingiz qotsin. O‘qigingiz kelsa, xohlab o‘qing. O‘zingizga yoqqan tilni kerakli darajada o‘zlashtiring. Qisqa aytganda, birov emas, o‘zingiz nima xohlashingizni tushunib yeting. Shunda sizni boringizcha qabul qiladigan, mayda kamchilikka ko‘z yumadigan, ismingizni eshitganda tasavvurida bir tog‘oracha xamir emas, gavdasi tik kishi jonlanadiganlar topiladi.

Bu maslahat o‘ldim-kuydimdagina emas, do‘stlik, hamkasblik, ish va hokazo munosabatlarda ham qo‘l keladi. Kimning oldida, qayerda, qachon ekanidan qat’iy nazar o‘zingiz bo‘ling. Sizni koptok qilib o‘ynamoqchi bo‘lganlarga qo‘l siltab qo‘ying, bas. Dunyoda qiz ham, yigit ham, ish ham, tashvish ham siz o‘ylagandan ancha ko‘p.

@usmonosphere
04/10/2025, 23:44
t.me/usmonosphere/6496
US
Usmonip
2 292 subscribers
396
“Asaxiy Books”da kamina tayyorlagan kitoblardan yana biri nashrdan chiqdi.

Esingizda boʻlsa, bir zamonlar “anov harfga qaysi hayvonni bilasiz?”, “manov harfga qaysi hayvonni bilasiz?” qilib yurgandim.

Oʻsha kunduzi chiroq yoqib qidirilgan ba’zi hayvon nomlari mana shu kitobchadan joy oldi.

Kitob orqali kichkintoylarga toʻrt yoshidan boshlab harflar va hayvonot olamini tanitishingiz mumkin. Undan tashqari, hayvonlar nomi oldida rus va ingliz tillaridagi tarjimalari ham keltirilgan.

Bitta oʻq bilan ikkita quyon: ham alifbo, ham lugʻat. Ayni kunlarda chegirma narxida xarid qilishingiz mumkin.

Batafsil:
http://asaxiy.uz/u/alifbo

@usmonosphere
04/10/2025, 17:49
t.me/usmonosphere/6494
US
Usmonip
2 292 subscribers
Repost
406
04/09/2025, 20:20
t.me/usmonosphere/6492
US
Usmonip
2 292 subscribers
Repost
406
04/09/2025, 20:20
t.me/usmonosphere/6490
US
Usmonip
2 292 subscribers
Repost
406
04/09/2025, 20:20
t.me/usmonosphere/6489
US
Usmonip
2 292 subscribers
Repost
406
04/09/2025, 20:20
t.me/usmonosphere/6491
US
Usmonip
2 292 subscribers
Repost
406
Amir Temur Oqsaroy peshtoqiga yozdirgan oʻsha mashhur ibora oʻzbek, tojik, qozoq, qirgʻiz va turkman tillarida.

@birildiz #yakdilmintaqa
04/09/2025, 20:20
t.me/usmonosphere/6493
US
Usmonip
2 292 subscribers
523
04/07/2025, 20:13
t.me/usmonosphere/6487
US
Usmonip
2 292 subscribers
523
04/07/2025, 20:13
t.me/usmonosphere/6486
US
Usmonip
2 292 subscribers
523
Yangi trendni oʻzimda ham sinab koʻrdim. ChatGPT dan mengayam “action figure” yasab ber, menam maqtanib yuray degandim.

Mana ahvol. Umuman oʻzimga oʻxshamabman. Sizlar ham ChatGPTga suratingizni yuklab, prompt yozsangiz shunaqa “action figure” tayyorlab beradi.

P.S: yuz qiyofangiz oʻxshashi uchun yuzingiz tiniq koʻringan suratdan foydalaning

@usmonosphere
04/07/2025, 20:13
t.me/usmonosphere/6488
US
Usmonip
2 292 subscribers
480
04/07/2025, 16:27
t.me/usmonosphere/6484
US
Usmonip
2 292 subscribers
480
#sanʼat

Pikassoning mana shu aji-buji kabutarlari ham kamida har biri bir necha ming dollardan sotilgan boʻlsa kerak...

Aslida, asarning qiymati ijodkorning uzoq yillik mehnati, shaxsiy brendini naqadar rivojlantirgani, uslubi, dovrugʻi va hokazolar bilan oʻlchanadi. Va bu toʻgʻri oʻlchov, menimcha.

Qoʻl uchida chizgan kabutaring ham minglab dollarga baholanishini istasang, Pikasso boʻl. Pikassodek dovruq qozon. Pikassodek oʻzingni va san’atingni olamga tanit.

@usmonosphere
04/07/2025, 16:27
t.me/usmonosphere/6485
US
Usmonip
2 292 subscribers
480
04/07/2025, 16:27
t.me/usmonosphere/6479
US
Usmonip
2 292 subscribers
480
04/07/2025, 16:27
t.me/usmonosphere/6480
US
Usmonip
2 292 subscribers
480
04/07/2025, 16:27
t.me/usmonosphere/6482
US
Usmonip
2 292 subscribers
480
04/07/2025, 16:27
t.me/usmonosphere/6481
US
Usmonip
2 292 subscribers
480
04/07/2025, 16:27
t.me/usmonosphere/6476
US
Usmonip
2 292 subscribers
480
04/07/2025, 16:27
t.me/usmonosphere/6478
US
Usmonip
2 292 subscribers
480
04/07/2025, 16:27
t.me/usmonosphere/6483
US
Usmonip
2 292 subscribers
480
04/07/2025, 16:27
t.me/usmonosphere/6477
US
Usmonip
2 292 subscribers
Repost
427
04/07/2025, 14:28
t.me/usmonosphere/6472
US
Usmonip
2 292 subscribers
Repost
427
04/07/2025, 14:28
t.me/usmonosphere/6471
US
Usmonip
2 292 subscribers
Repost
427
04/07/2025, 14:28
t.me/usmonosphere/6473
Search results are limited to 100 messages.
Some features are available to premium users only.
You need to buy subscription to use them.
Filter
Message type
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found
Messages
Find similar avatars
Channels 0
High
Title
Subscribers
No results match your search criteria