#Zakovat_Tta
💫Toshkent tibbiyot akademiyasiga biriktirilgan Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlarini qo‘llab-quvvatlash davom etmoqda... 👩🏻🎓Toshkent tibbiyot akademiyasi O'quv-uslubiy boshqarmasi va Bolalar kasalliklari propedevtikasi kafedrasi tomonidan Akademiyaga biriktirilgan Jamoat Salomatligi texnikumlarining o'quvchilari uchun yangicha formatdagi, bilim va ijobiy emotsiyalarga boy tadbir – “Zakovat-QUIZ” intellektual o‘yini o'tkazildi.
💫O'quvchilar "Hamshiralik ishi" fani bo'yicha o'z bilimlarini sinab o'zaro bellashdilar. #Zakovat_QUIZ o‘yini, nafaqat bilimlarni sinovdan o‘tkazish, balki yoshlar o‘rtasida ilmiy munozaralar olib borish va ularning kasbiy mahoratini rivojlantirishda muhim ahamiyatga egadir.
Tadbir yakunida, g‘olib jamoalar rag‘batlantirildi, ishtirokchilarga sertifikatlar va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
https://t.me/tma_official