💫 Anjumanning asosiy maqsadlaridan biri — Alzheimer va Parkinson kabi kasalliklarni erta bosqichda aniqlash, ularning rivojlanishini prognoz qilish hamda zamonaviy va maqsadli terapiya usullarini muhokama qilish, shuningdek, hamkasblar bilan tajriba almashish edi. Shu ma’noda biz belgilangan maqsadlarga erishdik. Molekulyar-genetik va neyropsixologik diagnostika, jarrohlik amaliyotlari hamda muqobil davolash yo‘nalishlari anjuman ishtirokchilarining diqqat markazida bo‘ldi.