Your trial period has ended!
For full access to functionality, please pay for a premium subscription
Message
HILTON mehmonxonasida “NEYRODEGENERATIV KASALLIKLAR MUAMMOLARI” MUHOKAMA QILINMOQDA.

Erta diagnostika — muvaffaqiyatli davolash garovi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi olimlari “Neyrodegenerativ kasalliklar: Altsgeymer va Parkinson kasalligini erta diagnostikasi, klinikasi va davolashning dolzarb muammolari” mavzusidagi ma’ruzalar bilan chiqishdi.

Tadbirda AQSh, Germaniya, Shvetsiya, Ukraina, Rossiya va O‘zbekistondan yetakchi olimlar, nevrologlar, neyropsixologlar va shifokorlar ishtirok etmoqda. Ular butun dunyoda hamda yurtimizda keng tarqalayotgan Altsgeymer va Parkinson kasalliklari bilan bog‘liq dolzarb masalalarni muhokama qilmoqdalar.

Nevrologik kasalliklarni erta tashxislash inson salomatligida muhim ahamiyat kasb etadi. Anjumanda ishtirok etgan mutaxassislar ushbu kasalliklarning ilk belgilaridayoq aniqlash va zamonaviy davolash usullarini qo‘llashning ahamiyati haqida fikr almashmoqdalar.

Nevropatologiyada aholiga sifatli va kafolatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, profilaktika va erta tashxislash sohalaridagi integratsiya mavzusi muhokamalar markazida turibdi.

✅Bizni kuzatishda davom eting!
TMA.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
04/25/2025, 09:56
t.me/tma_official/24310
Similar message chronology:
Newest first
Similar messages not found