“Kreativ kimyogarlar arenasi” — ilm-fan va ijodiy fikr uyg‘unligi!
😏Toshkent tibbiyot akademiyasida kimyo yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan 1-bosqich talabalari o‘rtasida “Kreativ kimyogarlar arenasi” ilmiy-ommabop shousi tashkil etilmoqda. Ushbu tadbir talabalarning kimyoga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning ijodiy fikrlash salohiyatini rivojlantirish hamda jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida o‘tkazilmoqda.
Tadbir davomida talabalar “Molekula mafiyasi” va “Elementlar simfoniyasi” jamoalariga bo‘linib, ilmiy tajribalar namoyishi, viktorinalar hamda sahna chiqishlari orqali o‘z bilim va iste’dodlarini namoyon etadilar. Har bir bosqich hakamlar hay’ati tomonidan adolatli baholanadi hamda yakunda eng kreativ jamoa aniqlanadi.
Shu munosabat bilan, Toshkent tibbiyot akademiyasi jamoasi barcha kimyogarlarni va ushbu yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalarni ilm-fan taraqqiyoti yo‘lida ko‘rsatayotgan fidokorona mehnatlari bilan samimiy muborakbod etadi
✅Bizni kuzatishda davom eting!
TMA.uz |
Telegram |
Facebook |
Instagram |
YouTube |
X