2025-yil 21–22-may kunlari Buxoro davlat tibbiyot institutida “Abu Ali ibn Sino ta’limotidan – Uchinchi Renessansgacha” mavzusida V Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi.
Mazkur konferensiyada ishtirok etish uchun 😏Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari o‘rtasida saralash tanlovi o‘tkazildi.
Saralash jarayonida 30 nafar intiluvchan va iqtidorli talabalar qatnashdi. Tanlov natijalari 8 nafar malakali hakam tomonidan baholandi.
Saralash yakunlariga ko‘ra:
•Sharodiya Das
•Qoriyev Sa’dulloh
talabalarimiz yuqori natijalar bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritib, xalqaro konferensiyada Toshkent tibbiyot akademiyasi sharafini himoya qilish huquqini qo‘lga kiritdilar.
Barcha talabalarimizni faol ishtiroklari uchun tabriklaymiz va ularga kelgusi ilmiy faoliyatlarida omad tilaymiz!
#TTA #IlmiyKonferensiya #YangiZafarlarga
✅Bizni kuzatishda davom eting!
TMA.uz |
Telegram |
Facebook |
Instagram |
YouTube |
X